Просмотр содержимого документа
«O‘zgarmas tok mashinalari»
O‘zgarmas tokmashinalari
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
Ismatov Mizrob Yaxyoyevich
Xozirgi kunda elektr mashinasozlik sanoati korxonalari xalq xo‘jaligining xar hil sohalari uchun o‘zgarmas tok elektr mashinalarini ishlab chiqarmoqda. Shu sababli o‘zgarmas tok elektr mashinalarining alohida qismlari xar hil tuzilishga ega bo‘lishi mumkin, biroq, mashinaning umumiy konstruktiv sxemasi bir xil. Mashinaning qo‘zg‘olmas qismini stator deyiladi, aylanuvchi qismi - yakor deyiladi
Stator. Stator 6 staninadan va unga boltlar bilan maxkamlangan 4 bosh qutblardan iborat. Staninaga qutblardan tashqari, podshipnik 7 va 12 qalqonlari maxkamlanadi. Stanina magnit o‘zakning bir qismi hisoblanib, u orqali magnit maydon tutashadi va berk konturni hosil qiladi. Stanina etarli darajada mexanik mustahkamlik va katta magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lgan materialdan (po‘latdan yasaladi). Stanina pastki qismida mashinani fundament plitasiga maxkamlash uchun 11 lapa mavjud, stanina aylanasi bo‘ylab teshiklar mavjud bo‘lib, unga bolt yordamida 4 bosh qutblar maxkamlanadi. Aksariyat, stanina yaxlit po‘lat trubadan qirqib yasaladi (kichik quvvatli mashinalar), yoki qirqilgan po‘lat listlaridan payvandlash yo‘li bilan (katta diametrli mashinalar bundan mustasno, transportirovka va montaj qulayliklari uchun ular yig‘iluvchan bo‘ladi).
O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
Bosh qutblar mashinada magnit maydon qo‘zg‘atish uchun mo‘ljallangan. Bosh qutb magnit 6 o‘zak va qutb g‘altagi 5 dan iborat. Qutbning yakorga qaratilgan tomonida qutb uchliklari (polyusnqe nakonechniki) mavjud. U mashina havo oralig‘ida magnit maydonning zaruriy taqsimlanishini ta’minlaydi. Bosh qutb magnit o‘zaklari 1-2 mm qalinlikdagi konstruksion po‘lat tunikachalardan yoki 3411 markali sovuq jo‘valangan anizotrop elektrotexnik po‘lat tunikachalardan shixtovka qilinadi. Bosh qutb shtamplangan plastinalari ataylab o‘zaro izolyasiyalanmaydi, chunki plastinalar yuzasidagi yupqa oksid plenka ularda induktivlanadigan uyurma toklarni keskin pasaytirish uchun etarli bo‘ladi. Anizotrop po‘lat jo‘valag yo‘nalishi bo‘yicha yuqori magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lib, plastinalar shtamplanishida va qutb paketi yig‘ilishida e’tiborga olinishi kerak. Jo‘valash yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lgan yo‘nalishda magnit singdiruvchanlik pastligi yakor reaksiyasining ta’sirini kuchsizlantiradi va bosh va qo‘shimcha qutblar tarqoq magnit oqimni kamaytiradi.
Kichik quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari qutb g‘altaklari karkassiz qilinadi - qutb o‘zagiga izolyasion qistirma (prokladka) joylashtirilib, misdan yasalgan chulg‘am o‘tkazgichlarini bevosita o‘raladi . Ko‘pgina mashinalarda (quvvati 1 kVt va undan kattaroq) qutb g‘altagi karkasli qilinadi: chulg‘am o‘tkazgichi karkasga (aksariyat, plastmassadan) o‘raladi, so‘ngra qutb o‘zagiga kiygiziladi . Mashinalarning ba’zi konstruksiyalarida qo‘zg‘atish chulg‘ami intensiv sovutilish uchun balandligi bo‘yicha birnecha qismlarga bo‘linadi, ular orasida ventilyasiya kanallari qoldiriladi.
Yakor. O‘zgarmas tok mashinasining yakori val 10, magnit o‘zak 3,yakor chulg‘ami 9 va kollektor 1dan iborat. Yakor magnit o‘zagi shixrovka qilingan konstruksiyadan iborat va yupqa tunikasimon elektrotexnik po‘latdan shtamplangan plasinalardan iborat. Plastinalar lak bilan qrplanadi, paketlarga yig‘iladi va quritiladi. Tayyor magnit o‘zak yakor valiga presslanib maxkamlanadi. Yakor magnit o‘zagining bunday tuzilishi, uning magnit maydonda aylanishidan hosil bo‘lgan qayta magnitlanishda induktivlanadigan uyurma toklarni keskin kamaytirish imkonini beradi. Yakor tashqi silindrik yuzasida bo‘ylama pazlar bo‘lib, ularda yakor chulg‘ami joylashtiriladi.
Karkassiz (a) va karkasli (b) qutb g‘altagi bo‘lgan bosh qutblar: