O’zbekistonda yashil iqtisodiyot o’rni va uni rivojlantirish shu bilan birga yashil energetika
O’zbekistonda yashil iqtisodiyot o’rni va uni rivojlantirish shu bilan birga yashil energetika
Mavzuyimizni kengroq yoritib olish uchun eng avvalo iqtisodiyot haqida ma’lumot berib o’tadigan bo’lsak. Iqtisod bu tejash, to’g’ri taqsimlash, va tog’ri yo’naltirish degan ma’nolardaham tushunsa bo’ladi. Ana endi yashil iqtisodiyot haqida so’z ochadigan bo’lsak. Bunda eng avvalo ekalogiyani muhofaza qilish. Tabiyatda atrof muhitni yashillashtirish. Atrof muhidga insonlar va texnikalardan yetkazilayotgan zararlarni muhofaza qilish. Xususan turli korxonalardan aftomobillardan turli xil texnikalardan tabiyat uchun kelayotgan zararlarni muhofaza qilish, Resurslardan va shu bilan birga qayta tiklanuvchi resurslardan oqilona foydalanish. Tabiatdagi ekalogiyani muhofaza qilish. Bularning barchasi yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«O’zbekistonda yashil iqtisodiyot o’rni va uni rivojlantirish shu bilan birga yashil energetika»
O’ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT
O’RNI VA UNI RIVOJLANTIRISH SHU BILAN
BIRGA YASHIL ENERGETIKA
MaxmudovaDilraboMirzaayevna
Buxoroshaharkasb-hunarmaktabimaxsusfano‘qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotni O’zbekistondagi o’rni va uni rivojlarntirish O’zbekistonda yashil energetika va yashil ekalogiyani rivojlantirish uchun qanday bosqichlar zarur ekanligi va nimalar qilish zarurligi haqida malumotlar yozilgan.
Kalit so’z: Yashil iqtisodiyot, yashil ekalogiya va yashil energetika.
Mavzuyimizni kengroq yoritib olish uchun eng avvalo iqtisodiyot haqida ma’lumot berib o’tadigan bo’lsak. Iqtisod bu tejash, to’g’ri taqsimlash, va tog’ri yo’naltirish degan ma’nolardaham tushunsa bo’ladi. Ana endi yashil iqtisodiyot haqida so’z ochadigan bo’lsak. Bunda eng avvalo ekalogiyani muhofaza qilish. Tabiyatda atrof muhitni yashillashtirish. Atrof muhidga insonlar va texnikalardan yetkazilayotgan zararlarni muhofaza qilish. Xususan turli korxonalardan aftomobillardan turli xil texnikalardan tabiyat uchun kelayotgan zararlarni muhofaza qilish, Resurslardan va shu bilan birga qayta tiklanuvchi resurslardan oqilona foydalanish. Tabiatdagi ekalogiyani muhofaza qilish. Bularning barchasi yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
O’zbekistonda yashil iqtisodiyotning o’rni haqida gap borar ekan. Bugungi kunga kelib nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyo bo’yicha yashil iqtisodiyotning o’rni juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shu jumladan hususan ekalogiyaning buzilishining oldini olish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektorni jalb qilishning o'rni va afzalliklari hamda yurtimizning yashil iqtisodiyotga o'tishi va xususiy sektorni iqlimni yaxshilashga yo'naltirilgan loyihalarini amalga oshirish hamda ustuvor sohalarni dekarbonizatsiya qilish. Hususan O’zekiston hududida sanoat, ishlab chiqarish, koxonalar va texnikalarning modenizatsiyalashda yashil iqtisodiyotning o’rni juda katta hioblanadi.
Yashil iqtisodiyotning rivojlantirishga nazar soladigan bo’lsak albatta ekalogiyagaham to’xtalib o’tmasak bo’lmaydi. Bilamizki yurtimiz boshidan o’tgan 2020-yildagi karona virus yani covid 19 pademya paytida insonlar uchun ekalogiya qanchalik muhum ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetdik. Bugungi kunda mustaqil o’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko’rsatadi. Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:
1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren-Olmaliq Chirchiqlarda, Farg’ona-Marg’ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiyekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turlixil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.
2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir.
4. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish.
O’zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo’llari
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash;
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish;
regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash;
tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini xilma – xiligini saqlash.
Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo’yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.
Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.
Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim.
Va shularniham aytib o’tish joyizki neft gaz orqaliham ekalogiyaga katta zarar yetishiniham gapirib o’tmasak bo’lmaydi.barchaga ma’lumki joriy yil boshidagi qish faslidagi anomal sovuqlarda yurtimizda neft gaz va elector energiya yetishmovchiligining guvvohi bo’ldik deb ayta olishim mumkun. Bilamizki yurtimizda elektor energiya ishlab chiqarishda 86 foiz neft gaz yoqish orqali 4 foiz ko’mir yoqish orqali 9 foiz elekto ges yani suvda daryolarda kotta kotta suv oquvchi kanallar va ariqlardan ishlab chiqariladi.faqatgina 1 foiz elekor energiya quyosh panellaridan, ishlab chiqariladi Bundan ko’rinib turibdiki elector energuya ishlab chiqarishda neft gazi va ko’mir yoqish orqali ishlab chiqariladi. Albatta buning birinchi o’rinda ekalogiya uchun katta zarar yetkazadi. Va undan tashqari neft gazini isrof bo’lishigaham sabab bo’ladi.
Agarda ushbu takidlab o’tilgan holatlarga o’zgartirish elektor energiya ishlab chiqarishda asosiy e’tiborni neft gaz yoki komir yoqib ishlab chiqarishga emas balki elektro geslardan quyosh panellaridan va shamol tegirmonlaridan elector energiya ishlab chiqarishni rivojlantirsak va neft gaz ko’mir yoqib energiya ishlab chiqarishni kamaytirsak nafaqat ekalogiya va atrof muhitga yetayotgan zararni kamayishiga balki neft gazni tejalishigaham katta foyda keltirgan bo’lamiz. Shunda axoligaham har qanday anomal sovuqlarda axoliga neft gaz va elektor energiya yetkazib berish darajasi ko’payadi bu esa aholi farovonligi oshirishga katta xissa qo’shilgan bo’ladi.
HULOSA
Hulosa qilib shuni ayta olish mumkunki yurtimizda yashil iqtisodiyotga katta e’tibor qaratish zarur.Resurslardan va qayta tiklanuvchi resurslarda oqilona voydalanish Ekalogiyaga yetayotgan zararlar miqdorini kamaytirish va ekalogiyani muhofaza qilish zarur. Bular bilan birga yashil energetika va yashil texnalogiyani rivojlantirishga katta etibor qaratish zarur. Buning uchun barchamiz birdek kurashish va burdamlikda xarakat qilish zarur xisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yashil iqtisodiyot darslik /А.В.Вахабов, Ш.Х.Хажибакиев Тошкент.: “Universitet”, 2020. -262 б.