kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья: 2024 ГОД - ГОД ПОДДЕРЖКИ MОЛОДЕЖИ И БИЗНЕСА

Нажмите, чтобы узнать подробности

2024 год был объявлен главой нашего государства Годом поддержки молодежи и бизнеса. Особое внимание уделено практическим аспектам реализации стратегии в 2024 году,

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья: 2024 ГОД - ГОД ПОДДЕРЖКИ MОЛОДЕЖИ И БИЗНЕСА»

2024 ГОД - ГОД ПОДДЕРЖКИ MОЛОДЕЖИ И БИЗНЕСА.

2024-YIL YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Jo'rayev Jahongir

Buxoro Avtomobil va yo'llar texnikumi o’qituvchisi

2024 год был объявлен главой нашего государства Годом поддержки молодежи и бизнеса. Особое внимание уделено практическим аспектам реализации стратегии в 2024 году,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish kabi muhim vazifamizni hayotga tadbiq etish maqsadida 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilindi.

Bizningcha, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” degan iboraning tagida olam-olam ma’no mujassam.

Avvalo, mamlakatimiz yoshlar mamlakati. Aholimizning 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Bu degani maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, xalq ta’limi tizimidagi muammolarni yechish va ta’lim sifatini oshirish choralarini ko‘rish, bu oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, oliy ta’limni sifat jihatdan yuqori bosqichga olib chiqish, bu oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi muammolarni bartaraf etish, yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish tizimini mukammallashtirish, umuman yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va h.k. Har yili mamlakatimiz aholisi 900 mingdan ortiq nafarga ortayotganligi esa ushbu masalalarga tizimli va tezkor yechimlar topishni taqozo etadi.

Endi “biznesni qo‘llab-quvvatlash” deganda nimalarni tushunamiz, shu masalaga ham bir diqqatimizni qaratsak. Avvalo “Biznes” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tiborimizni qaratsak,inglizcha business – ish, mashg‘ulot, korxona, degan ma’nolarni anglatadi. Demak, biznesni qo‘llab-quvvatlash deganda bandlikni, mashg‘ullikni, korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni tushunishimiz kerak. Shuningdek, biznes deganda, faqat pul topishga qaratilgan sohani emas, balki doimiy ravishda e’tiborga, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bor sohani tushunishimiz lozim. Ya’ni davlat tomonidan biznes qanchalik qo‘llab-quvvatlansa, biznes ham mamlakatning rivojiga, taraqqiyotiga, xizmatlar sifatining oshishiga, mamlakat imijining ko‘tarilishiga va alaloqibat xalqning farovonligiga xizmat qiladi. Biznes qanchalik rivojlansa, unga shunchalik ko‘p ishchilar kerak bo‘ladi, bu esa aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlaydi, yoshlarning noqonuniy migratsion jarayonlarga jalb etilishini kamaytiradi.

Prezident tabrigida ta’kidlanganidek, yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytirish, ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.Ijtimoiy sohalar rivoji mutlaqo yangi bosqichga ko‘tariladi. Muxtasar aytganda, yangi hayotni, Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun bor kuch va imkoniyatlar to‘liq safarbar etiladi.

Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor o‘g‘il-qizlarga tayanishimiz bugungi davrimizning talabidir.

Barchamiz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi muhit va sharoitlarga moslashib, o‘z tanlagan yo‘llaridan og‘ishmay yurishlari uchun tirgak bo‘lishimiz lozim. O‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun yoshlarga keng imkoniyatlarni yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – bugun har qanday darajadagi rahbar oldida turgan eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar jinoyatchiligi va xuquqbuzarliklarining oldini olish, ta’lim muassasalaridagi, kuch tuzilmalaridagi va korxona-tashkilotlardagi yoshlarimiz bilan tizimli ishlash yo‘lida joriy yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ham qator ishlar amalga oshiriladi.

Dunyo tajribasidan bilishimiz mumkinki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi. Shunday ekan, bugun yoshlarimiz uchun qancha sarmoya kiritsak ham kam. Yurtboshimizning “Yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytiramiz. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, „yashil“ va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz”, — deb ta’kidlaganlari bugungi axborot asrida yoshlarimizning xususiy bizneslarini rivojlantirish, ularni IT sohalariga keng jalb qilish har qachongidan ham muhim ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shunday ekan, viloyatda yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini joriy yilda yangi bosqichga olib chiqishda bor kuch va salohiyatimizni ishga solamiz!




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья: 2024 ГОД - ГОД ПОДДЕРЖКИ MОЛОДЕЖИ И БИЗНЕСА

Автор: Джураев Жахонгир

Дата: 20.02.2024

Номер свидетельства: 646040


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства