kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему : "Честь и достоинство как этические категории" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Культура, как и общество, покоится на системе ценностей.

Ценности — социально одобряемые и разделяемые большинством людей представления о том, что такое добро, справедливость, патриотизм, романтическая любовь, дружба и т п Ценности не подвергаются сомнению, они служат эталоном и идеалом для всех людей

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему : "Честь и достоинство как этические категории" на узбекском языке»

Qadriyat oilada qadr topadi

Ценности достоинства семьи

Султонова Шахзода Хамроевна

Узбекистан, Бухарский педагогический колледж


Yurtimizda oila va jamiyat munosabatlari, xususan, ona va bolaning qonuniy qadriyatlarini tiklash ahamiyatga molik masala bo‘lib kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotidagi muhim omillardan biri – kishilarning qonun ustuvorligini ta’minlash. Qaysi bir davlatda qonun ustuvor bo‘lsa, o‘sha yerda tinchlik, osoyishtalik, xotirjamlik ta’minlanadi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri – bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalari bilan kafolatlab berishdan iborat. Bu huquqni amalga oshirish – davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartlaridir. Demokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda ana shu mezon bilan o‘lchanadi”.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrdan boshlab qonun ustuvorligiga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Qonun davlat vijdoni. Vijdon esa inson faoliyatini to‘g‘ri, adolatli izga soluvchi ichki ruhiy qonundir.

Bizning yurtimizda insonlar yaxshi ta’lim-tarbiyadan ibrat oladi. O‘z faoliyatini muayyan axloq va huquq mezonlariga moslaydi. O‘zini anglash orqali boshqalarni chuqurroq anglay boshlaydi. Bu boradagi birlik va mushtaraklik jamoatchilik fikri ta’siri ostida shakllanadi va mustahkamlanadi. Oilada ko‘p¬roq ona ma’naviy-huquqiy muhitni yaratishga xizmat qiladi, hamdardlik, g‘amxo‘rlik fazilatlarini uyg‘unlashtiradi. Ayol kishi mehr-muhabbati, sadoqati, mehnatsevarligi bilan oilaga fayz bag‘ishlaydi.

Demokratiya va huquqiy davlat barpo etish uchun kurash olib borilayotgan hozirgi paytda erkak va ayolning teng huquqliligi to‘la ta’minlanishi muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Bu davr ehtiyojlariga mos kelgan zaruriy talab sanaladi. O‘zbek oilasida onaning mehri va otaning talabchanligi ba’zan qattiqqo‘lligi bilan mush¬tarak bo‘lmog‘i lozim. Ota talabchan bo‘lsa-yu, ona yumshoq ko‘ngillik bilan bu talab¬chanlikka e’tiroz bildirsa, bola tarbiyasi buzilishi mumkin. To‘g‘ri hech bir ota-ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Oiladagi bola tarbiyasida otaning o‘z o‘rni borligini, uning zimmasidagi vazifalarni hech bir mehribon ona to‘la bajara olmasligini yana bir bor aytib o‘tmoqchimiz, xolos.

Oilada er-xotinning bir-biriga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi ham milliy huquqiy qadriyatlarimizga mos kelmaydi. Bunday holatlar farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi. Otani hurmat qilmaydigan farzand uyda ham, ko‘chada ham o‘zi xohlagan noma’qulchiligini qilaveradi. Iroda jihatidan zaifroq bo‘lgan onaning esa, uni bu yo‘ldan qaytarishga ku¬chi yetmaydi. Bunday holat oilaviy munosabatlar buzilishiga olib keladi. Yurtboshimiz ayolni e’zozlash lozimligini ko‘p bora ta’kidlaydilar. Oilada ona e’tiborli bo‘lsa, sog‘lom ma’naviy muhit qaror topadi. Oila a’zolariga mensimasdan muomala qiladigan farzand oxir-oqibat onasini ham behurmat qiladi.

Shu sababli o‘tmishdan oilada otaning mavqeyi va obro‘si har doim baland bo‘lib kelgan. Oilada otaning donishmandligi va onaning mehribonligi bilan ko‘p narsaga erishilgan.

Har bir farzand o‘z ota-onasi, yaqin kishilariga mehrli, g‘amxo‘r bo‘lishi kerak. Albatta, oilaning mustahkamligi uchun minglab yillar davomida to‘plangan tajriba, hayotiy sharoit borki, ularni poymol etib bo‘lmaydi. Biz yashayotgan jamiyatda muhabbat bu – avvalo, hayo, andisha, uyat, or-nomus, axloqiy qonun, iffatdan to‘kilgan oliy ma’naviyat pardasidir. Hayotda ana shunday pardalar oradan ko‘tarilib hamma narsa noqonuniy bo‘lib qolsa, oila qurish ishtiyoqini ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotida insoniy munosabatlar go‘zalligi nopoklik bilan o‘rin almashadi. Inson o‘zining ma’naviy go‘zalligi bilan umrini bezaydi. Ma’naviyatsizlik tufayli baxt qushini uchirib yuboradi. Buyuk bir donishmand aytganidek “Osonlikcha qo‘lga kiritilgan amal, boylik, zeb-u ziynat baxtlilik belgisi emas! Haqiqiy baxt faqat halol mehnat, mashaqqat, azob-uqubat bilan qo‘lga kiritiladi”.

Yashash shunchaki kun kechirish emas, balki undan orom olish, xushnud bo‘lish, qanoat hosil qilishdir. Jahonda hech qanday boylik, mansab insonga haqiqiy sevgi, rohat- farog‘at, ko‘tarinkilik baxsh etolmaydi. Hayot¬da insoniy sof muhabbat tuyg‘usi ma’naviy jihatidan oliy, insoniy huquqiy ongdir. Bu mos¬lik ta’lim-tarbiyaning oiladagi o‘zaro ishon¬chiga asoslangan ma’naviy muhit natijasi sanaladi. Ota-ona o‘z farzandlarining taqdiri, baxtini o‘ylaganidek, jamiyatimiz ham xalq manfaatlariga mos shakllanishi lozim. Bularning barchasi oilaviy hayot borasidagi diniy, milliy qadriyatlarining insonparvarlik va ado¬lat bilan bog‘langan mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushunishga imkon beradi.

Farzandning irodali bo‘lishi ham ko‘proq ota-ona tarbiyasiga, ularning namunasiga bog‘liq. Shuning uchun inson aqlining shunday ko‘zlari borki, ular erkak tarbiya ta’sirida yaxshiroq ochiladi. Hadis ilmida aytilganidek “Hech bir ota o‘z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi”.

Aql-hushli farzand otaning izidan boradi, do‘stlari va qadrdonlarini hurmat qiladi, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘ladi. Bular ota-ona mehri va umid bilan farzand qalbiga ekkan ma’naviyat urug‘ining yangi mevasidir. Asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlar, avvalo, oilada qadr topadi, mustahkamlanadi. Uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Султонова Шахзода Хамроевна

Дата: 20.06.2017

Номер свидетельства: 422550


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Курсы ПК и ППК для учителей!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства