kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Касб-хунар мактаб амалиетида укитувчи махорати.Укитувчи ва укувчи уртасидаги мулокот.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Annotatsiya: O‗qituvchi obro‗si. Muloqot jarayonida o‗qituvchi tomonidan qo‗llaniladigan uslublar. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotining o‘ziga xosligi. O‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasida tashkil etiladigan muloqotga qo‗yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi.

Tayanch tushunchalar: O‗qituvchi obro‗si, muloqot jarayonini boshqarish uslublari,avtoritar uslub, liberal uslub, demokratik uslub, muloqot turlari: do‗stona muloqot, qo‗rquv asosiga qurilgan muloqot, hazil-mutoyibaga asoslangan muloqot, dars, darsdan tashqari jarayon, o‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasidagi muloqot, o‗quvchilar jamoasida ijodiy kayfiyatni yaratish.O‘qituvchi obro‗si. Pedagogik muloqotda o‘qituvchining obro‘si muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi obro‗si – bu pedagogning o‗quvchilar, ularning otaonalari, pedagogik jamoa, shuningdek, jamiyat tomonidan e‘tirof etilgan axloqiy maqomi. Pedagog o‗zi tomonidan qozongan obro‗ga tayanib, o‗quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi)larning hulqatvorlarini boshqaradi, ularning ishonchlarini qozonadi. Pedagogik obro‗ pedagogning ma‘naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarligini ham ifodalaydi. Pedagog ega bo‗lgan obro‗ darajasini uning chuqur bilimi, zakovati, mahorati, o‗z ishiga bo‗lgan munosabati va boshqalar belgilaydi. Yurish-turishda, muomalada, atrofdagilar –hamkasblar, o‗quvchilar, ularning ota-onalari bilan samimiy muloqotda bo‗lish, ijtimoiy axloq qoidalariga rioya qilish, vaziyatga bosiqlik bilan baho berish, ovoz ohangining dag‗al, qo‗rs bo‗lmasligi, aksincha, muloyim bo‗lish o‗qituvchining obro‗sini oshirishga xizmat qiladi. Muloqot chog‗ida hissiyotga berilmaslik, aksincha, aql bilan yondashish, vaziyat to‗g‗risida to‗la tasavvurga ega bo‗lmasdan xulosa chiqarmaslik, o‗quvchi yoki boshqalarni hech bir sababsiz ayblamaslik ham o‗qituvchining atrofdagilar o‗rtasida obro‗li bo‗lishiga olib keladi. Har qanday vaziyatda ham o‗qituvchi holatni har tomonlama tahlil qila olishi, aksincha, unga bir yoqlama baho berishga yo‗l qo‗ymasligi kerak.

II. Muloqot jarayonida o‗qituvchi tomonidan qo‗llaniladigan uslublar. O‗qituvchi (pedagog) tomonidan jamoa bilan muloqotni uyushtirish texnikasini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Ma‘lum vaziyatlarda o‗qituvchi rahbar sifatida o‗quvchilar, tarbiyalanuvchilar faoliyatlarini boshqaradi. Xuddi shu jarayonda ham muloqot yetakchi omil hisoblanadi. Biroq, muloqotning samaradorligi rahbar sifatida namoyon bo‗layotgan o‗qituvchi tomonidan qanday uslub (muloqot uslubi)ning tanlanganligi bilan belgilanadi. Odatda, o‗qituvchining rahbar sifatidagi muloqot uslublari uch turga ajratiladi:

1. Avtoritar uslub. Pedagogik muloqotda o‗qituvchining mutloq ustunligini ifodalovchi uslub bo‗lib, unga ko‗ra o‗quvchilarning barcha turdagi faoliyatlarining tashkil etilishi, mazmuni, shakli, metod va vositalarining barchasi faqat o‗qituvchi tomonidan belgilanadi. O‗quvchilarning har qanday tashabbuslari rag‗batlantirilmaydi, aksincha, buyruq, ko‗rsatma, yo‗llanma berish, shuningdek, jazolash choralarini ko‗rish orqali o‗quvchilarga ta‘sir etiladi. Hatto o‗quvchilarning faoliyatlari ijobiy baholangan vaqtda ham ularga bo‗lgan ta‘sir turli kesatiqlar bilan bayon etiladi. Ya‘ni: ―Sendan ijobiy xatti-harakatni kutmagan edim?!‖, ―Buni qaraya, nahotki o‗zgargan bo‗lsang!?‖, ―Qara-ya, birgina a‘lo baho olish bilan o‗zingni yaxshi inson bo‗lib qolgan deb hisoblaysanmi!?‖ va hokazo mazmundagi rag‗batlar, ular asli ijobiy holatni e‘tirof etishga yo‗naltirilgan bo‗lsa-da, o‗quvchini yangi yutuqlariga ilhomlantirmaydi. Aksincha, unda ta‘lim olishga, ta‘lim muassasasiga va pedagoglarga nisbatan sovuqqonlikni yuzaga keltiradi.

2. Demokratik uslub. Pedagogik muloqotda o‗qituvchi va o‗quvchilarning o‗zaro hamkorligini ifodalovchi uslub bo‗lib, unga ko‗ra o‗qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‗radi. O‗quv mashg‗ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishda har bir o‗quvchining fikrini inobatga olishga, ularni umumlashtirgan holda eng samaralisini tanlab olishga intiladi. Muhokamalar chog‗ida barcha o‗quvchilarning ishtiroklari ta‘minlanadi. O‗quvchilar tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar qo‗llab-quvvatlanadi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar amaliyotga tatbiq etiladi. Demokratik uslubdan foydalanayotgan pedagog, o‗qituvchi zimmasidagi vazifa faqatgina o‗quvchilarning faoliyatini nazorat qilish, tuzatishlar kiritishdan iborat emasligini anglab yetadi. Asosiy e‘tiborni o‗quvchilarning yutuqlarini e‘tirof etgan holda yoki ularning xatolarini o‗zlariga anglatgan holda samarali tarbiya chorasini ko‗rishga qaratadi. Har bir o‗quvchining yutug‗i alohida e‘tirof etiladiki, bu esa ularni yangi zafarlarga erishishga ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‗radigan o‗qituvchi har bir o‗quvchining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‗g‗ri taqsimlashga harakat qiladi, faol o‗quvchilarni taqdirlab borishni faoliyatining asosiy yo‗nalishi sifatida belgilaydi. Bu kabi pedagog, o‗qituvchi o‗quvchilar bilan muloqotni o‗rnatishda iltimos, maslahatga tayanib ish ko‗radi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Касб-хунар мактаб амалиетида укитувчи махорати.Укитувчи ва укувчи уртасидаги мулокот.»

KASB-HUNAR MAKTAB AMALIYOTIDA O„QITUVCHI MAHORATI.O„QITUVCHI VA O„QUVCHI O„RTASIDAGI MULOQOT



Xolmurodova Nafosat rus tili fani òqituvchisi

Tohirova Mohinur

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi fizika fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: O‗qituvchi obro‗si. Muloqot jarayonida o‗qituvchi tomonidan qo‗llaniladigan uslublar. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotining o‘ziga xosligi. O‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasida tashkil etiladigan muloqotga qo‗yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi.

Tayanch tushunchalar: O‗qituvchi obro‗si, muloqot jarayonini boshqarish uslublari,avtoritar uslub, liberal uslub, demokratik uslub, muloqot turlari: do‗stona muloqot, qo‗rquv asosiga qurilgan muloqot, hazil-mutoyibaga asoslangan muloqot, dars, darsdan tashqari jarayon, o‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasidagi muloqot, o‗quvchilar jamoasida ijodiy kayfiyatni yaratish.O‘qituvchi obro‗si. Pedagogik muloqotda o‘qituvchining obro‘si muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi obro‗si – bu pedagogning o‗quvchilar, ularning otaonalari, pedagogik jamoa, shuningdek, jamiyat tomonidan e‘tirof etilgan axloqiy maqomi. Pedagog o‗zi tomonidan qozongan obro‗ga tayanib, o‗quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi)larning hulqatvorlarini boshqaradi, ularning ishonchlarini qozonadi. Pedagogik obro‗ pedagogning ma‘naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarligini ham ifodalaydi. Pedagog ega bo‗lgan obro‗ darajasini uning chuqur bilimi, zakovati, mahorati, o‗z ishiga bo‗lgan munosabati va boshqalar belgilaydi. Yurish-turishda, muomalada, atrofdagilar –hamkasblar, o‗quvchilar, ularning ota-onalari bilan samimiy muloqotda bo‗lish, ijtimoiy axloq qoidalariga rioya qilish, vaziyatga bosiqlik bilan baho berish, ovoz ohangining dag‗al, qo‗rs bo‗lmasligi, aksincha, muloyim bo‗lish o‗qituvchining obro‗sini oshirishga xizmat qiladi. Muloqot chog‗ida hissiyotga berilmaslik, aksincha, aql bilan yondashish, vaziyat to‗g‗risida to‗la tasavvurga ega bo‗lmasdan xulosa chiqarmaslik, o‗quvchi yoki boshqalarni hech bir sababsiz ayblamaslik ham o‗qituvchining atrofdagilar o‗rtasida obro‗li bo‗lishiga olib keladi. Har qanday vaziyatda ham o‗qituvchi holatni har tomonlama tahlil qila olishi, aksincha, unga bir yoqlama baho berishga yo‗l qo‗ymasligi kerak.

II. Muloqot jarayonida o‗qituvchi tomonidan qo‗llaniladigan uslublar. O‗qituvchi (pedagog) tomonidan jamoa bilan muloqotni uyushtirish texnikasini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Ma‘lum vaziyatlarda o‗qituvchi rahbar sifatida o‗quvchilar, tarbiyalanuvchilar faoliyatlarini boshqaradi. Xuddi shu jarayonda ham muloqot yetakchi omil hisoblanadi. Biroq, muloqotning samaradorligi rahbar sifatida namoyon bo‗layotgan o‗qituvchi tomonidan qanday uslub (muloqot uslubi)ning tanlanganligi bilan belgilanadi. Odatda, o‗qituvchining rahbar sifatidagi muloqot uslublari uch turga ajratiladi:

1. Avtoritar uslub. Pedagogik muloqotda o‗qituvchining mutloq ustunligini ifodalovchi uslub bo‗lib, unga ko‗ra o‗quvchilarning barcha turdagi faoliyatlarining tashkil etilishi, mazmuni, shakli, metod va vositalarining barchasi faqat o‗qituvchi tomonidan belgilanadi. O‗quvchilarning har qanday tashabbuslari rag‗batlantirilmaydi, aksincha, buyruq, ko‗rsatma, yo‗llanma berish, shuningdek, jazolash choralarini ko‗rish orqali o‗quvchilarga ta‘sir etiladi. Hatto o‗quvchilarning faoliyatlari ijobiy baholangan vaqtda ham ularga bo‗lgan ta‘sir turli kesatiqlar bilan bayon etiladi. Ya‘ni: ―Sendan ijobiy xatti-harakatni kutmagan edim?!‖, ―Buni qaraya, nahotki o‗zgargan bo‗lsang!?‖, ―Qara-ya, birgina a‘lo baho olish bilan o‗zingni yaxshi inson bo‗lib qolgan deb hisoblaysanmi!?‖ va hokazo mazmundagi rag‗batlar, ular asli ijobiy holatni e‘tirof etishga yo‗naltirilgan bo‗lsa-da, o‗quvchini yangi yutuqlariga ilhomlantirmaydi. Aksincha, unda ta‘lim olishga, ta‘lim muassasasiga va pedagoglarga nisbatan sovuqqonlikni yuzaga keltiradi.

2. Demokratik uslub. Pedagogik muloqotda o‗qituvchi va o‗quvchilarning o‗zaro hamkorligini ifodalovchi uslub bo‗lib, unga ko‗ra o‗qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‗radi. O‗quv mashg‗ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishda har bir o‗quvchining fikrini inobatga olishga, ularni umumlashtirgan holda eng samaralisini tanlab olishga intiladi. Muhokamalar chog‗ida barcha o‗quvchilarning ishtiroklari ta‘minlanadi. O‗quvchilar tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar qo‗llab-quvvatlanadi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar amaliyotga tatbiq etiladi. Demokratik uslubdan foydalanayotgan pedagog, o‗qituvchi zimmasidagi vazifa faqatgina o‗quvchilarning faoliyatini nazorat qilish, tuzatishlar kiritishdan iborat emasligini anglab yetadi. Asosiy e‘tiborni o‗quvchilarning yutuqlarini e‘tirof etgan holda yoki ularning xatolarini o‗zlariga anglatgan holda samarali tarbiya chorasini ko‗rishga qaratadi. Har bir o‗quvchining yutug‗i alohida e‘tirof etiladiki, bu esa ularni yangi zafarlarga erishishga ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‗radigan o‗qituvchi har bir o‗quvchining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‗g‗ri taqsimlashga harakat qiladi, faol o‗quvchilarni taqdirlab borishni faoliyatining asosiy yo‗nalishi sifatida belgilaydi. Bu kabi pedagog, o‗qituvchi o‗quvchilar bilan muloqotni o‗rnatishda iltimos, maslahatga tayanib ish ko‗radi.

3. Liberal uslub. Pedagogik muloqotda o‗qituvchining e‘tiborsizligini ifodalovchi uslub bo‗lib, u o‗qituvchi va o‗quvchi munosablarining kelishuvchanlikka asoslanishini ta‘minlaydigan uslub sifatida ham e‘tirof etiladi. Unga ko‗ra ish yuritadigan o‗qituvchi pedagogik jarayonlarda o‗quvchilar tomonidan Asosiy uslublari Avtoritar uslub Demokratik uslub Liberal uslub Pedagogik muloqot uslublari sodir etilayotgan salbiy holatlarga e‘tibor bermaslikka intiladi. O‗quvchilarni tartibga chaqirish, shuningdek, vaziyatdan kelib chiqqan holda ularning faoliyatini to‗g‗ri baholab, jazolash zarur bo‗lgan vaziyatlarda ham indamaslikni odat qilib oladi. Bu esa o‗quvchilarning odobsiz, yalqov, mas‘uliyatsiz bo‗lishlariga olib keladi. Liberal uslubni ma‘qul ko‗radigan pedagog, o‗qituvchi o‗quvchilar hayoti bilan mutlaqo qiziqmaydi, ularning faoliyatlariga aralashmaydi, hal qiluvchi vaziyatlarda mas‘uliyatni o‗z zimmasidan soqit qiladi. Ayrim holatlarda bir-biriga zid bo‗lgan fikrlarni ham birdek ma‘qullaydi. Natijada bu tahlitda ish ko‗radigan o‗qituvchi hech qanday obro‗ga ega bo‗lmaydi. Chunki unga ishonish mumkin emas.

III. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‗rtasida tashkil etiladigan muloqotining o‘ziga xosligi. Pedagogik muloqot – pedagogik ta‘sirning eng muhim sifati, ko‘rsatkichi sanaladi. Bu o‘qituvchi va o‘quvchining ta‘lim-tarbiya jarayonidagi kasbiy muloqoti bo‘lib, unda ma‘lumot almashinadi va o‘quvchilarga o‘quvtarbiyaviy ta‘sir o‘tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishi lozim. Uning asosi sifatida o‘zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. o‘quvchilar ham o‘qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadi. Bu pedagogik ta‘sirning samarali yo‘li bo‘lib, tajribali pedagoglar bolani o‘z-o‘zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadi va shu orqali o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi. O‘quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so‘zlashishni bilish lozim. So‘zlashishni, muloqot olib borishni doimo o‘rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so‘zlashishni bilishi, suhbat, ma‘ruza, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan muloqotni yo‘lga qo‘ya olishi lozim. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot bo‘lishi uchun o‘qituvchi yetarli darajada qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli u o‘z-o‘ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak: 1. Nimaga o‘rgatish? 2. Kimni o‘rgatish?

3. Qanday o‘rgatish? Nimaga o‘rgatish: a) ilm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o‘quv predmetini to‘liq o‘zlashtirish; b) malaka, ko‘nikma va qobiliyatni shakllantirish; v) o‘quv predmetlari o‘rtasidagi boliqlikni amalga oshirish; g) o‘quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko‘rish. Kimni o‘rgatish: a) o‘quvchilarning ba‘zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o‘qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b) o‘quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o‘tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g) o‘quvchilardagi turli psixik o‘zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o‘z pedagogik me‘natini tashkil etish; d) iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish. Qanday o‘rgatish: ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hisobga olgan holdada o‘qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.

IV. O‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasidagi muloqotga qo‗yiladigan talablar. Muloqotning samarali kechishi uni tashkil etish jarayonida muayyan talablarga rioya qilish sanaladi. U qanday doirada tashkil etilmasin, xoh rasmiy, xoh norasmiy bo‗lsin, ma‘lum talablarga rioya qilingandan samarali, foydali, muvaffaqiyatli kechadi. Shunga ko‗ra, tabiiyki, o‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasida muloqotni tashkil etishga ham aniq talablar qo‗yiladi. Ular qo‗yidagilardan iborat:

1. Muloqot aniq maqsad asosida tashkil etilishi va samimiy, do‗stona bo‗lishi zarur.

2. O‗quvchi va o‗qituvchi o‗rtasidagi muloqot mavzusi, yo‗nalishi vaziyatdan kelib chiqib tanlanishi kerak.

3. Keskin tanqid, ortiqcha pand-nasihatlardan holi bo‗lgan muloqot samarali bo‗ladi. 4. Muloqot jarayonida tanqid qilish zarur bo‗lsa, u holda o‗quvchining shaxsi emas, balki u yo‗l qo‗ygan xato-kamchilik, belgilangan tartib-qoidaga mos bo‗lmagan xattiharakat to‗g‗risida so‗z yuritilishi zarur.

5. O‗qituvchi o‗quvchi bilan muloqotda uning shaxsini kamsitishi, haqoratlashi mumkin emas.

6. Muloqot jarayonida o‗qituvchi o‗quvchining o‗z tengdoshlari davrasida keskin tanqid qilmasligi zarur, agar bunga zaruriyat bo‗lsa, u holda o‗quvchi bilan holi gaplashib olish maqsadga muvofiqdir.

7. O‗qituvchi o‗quvchini boshqalar bilan solishtirmasligi, boshqalarni unga ibrat qilib ko‗rsatmasligi, aksincha, o‗z xatolari ustida o‗ylab ko‗rishga undashi lozim. 8. Muloqot jarayonida o‗qituvchi ko‗proq o‗quvchi yoki o‗quvchilarga so‗zlash uchun imkon berishi lozim, zero, shunda vaziyat to‗g‗risida to‗la ma‘lumotga ega bo‗ladi.

9. Pedagogik muloqot jarayonida adabiy til me‘yorlaridan foydalanish talab etilib, sheva (ma‘lum hududlarda qo‗llaniladigan so‗zlar), jargon (tor doirada ma‘lum kasb-hunar doirasida qo‗llaniladigan so‗zlar), vulgarizm (haqoratlash, koyishda ishlatiladigan so‗zlar), kantselyarizm (ish hujjatlarida qo‗llaniladigan so‗zlar) va varvarizm (turli tillarning ―qorishmasi‖dan hosil bo‗lgan so‗zlar)ni ishlatish taqiqlanadi.

10. Muloqotda mavzu doirasidan chiqmaslik, boshqa mavzularga chalg‗imaslik o‗qituvchiga maqsadga erishishga yordam bersa, o‗quvchi uchun amaliy ahamiyatga ega bo‗ladi. Shunday qilib, pedagogik faoliyatda o‗qituvchining obro‗si ta‘lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. O‗qituvchining o‗quvchilar, hamkasblari, ota-onalar bilan munosabatni to‗g‗ri tashkil eta olishi, ular bilan suhbat chog‗ida muomala madaniyatiga ega ekanligini namoyon qila bilishi obro‗sining oshirishini ta‘minlaydi. Muloqot jarayonida o‗qituvchi tomonidan uch turdagi uslub qo‗llaniladi. O‗qituvchi vaziyatdan kelib chiqqan holda har uch uslubdan samarali, maqsadli foydalana olishi zarur.

Xulosa qilib o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotining o‘ziga xosligi uning pedagogik maqsadlarga xizmat qilishida ko‗rinadi. O‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasidagi muloqot muayyan talablarga muvofiq tashkil etilishi zarur. Bunda, eng muhimi, maqsadning aniqligi va vaziyatni oqilona, to‗g‗ri baholay olish sanaladi.

FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR:

1.Bekmirzayev N. Notiqlik san‘ati asoslari. – Toshkent: Yangi asr, 2008.

2.Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

3.Muhiddinov A.G. O‗quv jarayonida nutq faoliyati. – Toshkent: O‗qituvchi, 1995.

4.Osnovi pedagogicheskogo masterstva Pod red. A.Zyuzina. – Moskva: Prosveshenie, 1989

5.Sultonova G.A. Pedagogik mahorat O‗quv-uslubiy qo‗llanma. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

6.Tarbiyaviy ishlar metodikasi Pedagogika institutlari uchun o‗quv qo‗llanma. L.I.Ruvinskiy tahriri ostida. – Toshkent: O‗qituvchi, 1991.

7. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari Oliy o‗quv yurtlari uchun o‗quv qo‗llanma. –Toshkent: ―O‗qituvchi‖, 1993.

8. Holiqov A. Pedagogik mahorat O‗quv qo‗llanma. –Toshkent: ―Iqtisod-moliya‖, 2010.

9. Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati Darslik. – Toshkent: ―Iqtisodmoliya‖, 2009.

10. Djumaeva S. Ijtimoiy va pedagogik nizolar: ularning mohiyati va bartaraf etish yo‗llari Metodik qo‗llanma. – Toshkent: TDPU, 2011.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 11 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Касб-хунар мактаб амалиетида укитувчи махорати.Укитувчи ва укувчи уртасидаги мулокот.

Автор: Холмуродова Нафосат.Тохирова Мохинур.

Дата: 26.10.2023

Номер свидетельства: 638855


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства