Ijtimoiy va aniq fanlarni o’tishda interfaol metodlar va ularning ta’lim jarayonidagi mohiyati
Ijtimoiy va aniq fanlarni o’tishda interfaol metodlar va ularning ta’lim jarayonidagi mohiyati
Maqolada ta’lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning asosiy mazmuni, mohiyati va ta’lim jarayonini sifat darajasini oshirish uchun foydalaniladigan interfaol metodlarning turlari va ularni qo’llash texnologiyasi keltirib o’tilgan.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Ijtimoiy va aniq fanlarni o’tishda interfaol metodlar va ularning ta’lim jarayonidagi mohiyati»
IJTIMOIY VA ANIQ FANLARNI O’TISHDA INTERFAOL METODLAR VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDAGI MOHIYATI
Buxoro shahar kasb-hunar maktabining
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada ta’lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning asosiy mazmuni, mohiyati va ta’lim jarayonini sifat darajasini oshirish uchun foydalaniladigan interfaol metodlarning turlari va ularni qo’llash texnologiyasi keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Interfaol metod, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim metodlari, ta’lim, pedagogik texnologiya.
Bugunning dolzarb muammolaridan biri ta’lim tizimi sifatini yaxshilash va o’quvchilarga sifatli ta’lim berish. Buning uchun pedogoglardan interfaol metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri tanlov va o’quvchilarda qiziqish uyg’otish talab etiladi. Shu bilan birga pedagog ko’proq o’z ustida ishlashi, yangi interfaol metodlarni izlab topishi asosiy masalalardan biri bo’lib xisoblanadi . Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarnimustaqil bajarishga undash talab etiladi . Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
- ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o’rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo’ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltirib o’tamiz. Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar.
Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlaritexnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmoqda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu boisdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi. Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart-sharoitlarining birligini ta’minlashdir. Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. O’qitishning yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi. Misol uchun debat metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi. Interfaol metodlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi
Xulosa qilib aytish mumkinki bugungi kunda dunyoda turli xil zamonaviy pedagogik texnologiyalar mavjud bo’lib, o’qitish jarayonida eng samaralisini tanlash birinchi navbatda dars beruvchi o’qituvchiga bog’liqligini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shunday ekan, o’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqa omillarni e’tiborga olgan xolda tanlash ta’lim sifatini yanada oshirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi.: Nasaf, 2000.
2. Amanova A.N. O‘zbekistondagi gen muhandisligi sohasining istiqbollari va mavzuni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. “Journal of Natural Science” №2(7) 2022 y.