Dvigatelning sovitish tizimiga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Buxoro shahar kasb-hunar maktabi Maxsus fan o’qituvchisi A.Axmedov Sovitish tizimiga THК va JT texnologiyasi. Dvigatel sovitish tizimining nosozliklari va buzilib qolishi. Bunga: jips (germetik) mahkamlanmasligi, suv nasosi salьnigidan, patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining etarlimasligi, uning yorilishi, uzilishi, termostat qopqog’ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog’ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho’kindi (quyqa)si hosil bo’lishi kabilar kiradi. Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo’ladi: Dvigatel uzoq muddatda, zo’riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar oziqlash va yondirish jihozlari noto’g’ri sozlangan bo’lsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi. Termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo’lsa (dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, klapan bordi-yu, kech ochilsa, dvigatelь tezroq qizib ketadi. Dvigatel sovitish tizimini tashxislash. Tizimni qizish holati va germetikligini, tasmaning tarang tortilishi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me’yorida ishlaganda sovitish tizimi suyuqligining, harorati 80-95S chegarasida bo’lishi kerak, radiatorning yuqori va pastki qismidagi suyuqlik haroratining farqi 8-12S oralig’ida bo’ladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib oqishini suv nasosining (va boshqa birikish joylarini) ostki qisimlaridagi suyuqlik izlaridan payqash mumkin. Buni nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning jipsligi (germetikligi), radiatorning ustki suyuqlik bilan to’lmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi bilan tekshiriladi Ventilyator uzatmasi, tasmasining tarangligi shkivlarning o’rtasidagi masofada, tasmani bosib ko’rib (30-40N kuch bilan) tekshiriladi. Tasmaning me’yordagi tarangligi (turli xildagi dvigatellar uchun) 10-20 mm bo’lishi kerak. Echib olingan termostat, qizitilgan suvli vannaga botirilib, ishlashi tekshiriladi. Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65:70S va to’la ochilishida 80:85S bo’ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur. Sovutish tizimi bo’yicha sozlash ishlari, ventelyator tasmasini me’yorigacha tortish, shlangalar birikkan joylarini qotirish, kerak bo’lsa, suv nasosi salьnigini o’zgartirish va tizimni nakipdan tozalashdan iborat. Tizim 0.02-0.03 MPa bosim ostida suv yoki aralashma yordamida yuviladi. Tizimning yuvish yo’nalishi, sovitish jarayoniga qarama-qarshi yo’nalishda amalga oshiriladi. Hakip issiqlik almashtirish jarayonini yomonlashtiradi. Ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatadiki, 1 mm nakip sovutish intensivligini 25%ga, quvvatni 6%ga kamayishiga va yoqilg’i sarfini 5%ga oshishiga olib keladi. Hakip ximiyaviy aralashmalar, sulьfat kislotasining yumshatgichlari va ko’pik tindirgichlar aralashmasi yordamida yuviladi. Aralashma tizimga to’ldirilib 10-15 minut dvigatel ishlatiladi va 60S haroratda to’kiladi, keyin issiq suv bilan chayqaladi. Kislotani qoldiqlarini neytrallash uchun chayqovchi suvga neytrilizator qo’shiladi (soda, 2 xromli kaliy) NEКSIYa, TIКO va DOMAS avtomobillari sovutish tizimiga THК. TIКO va DOMAS rusumli avtomobillarda sovutish tizimiga THКda tizimdagi sovutish suyuqligining satxi tekshiriladi (dvigatelning sovuq holatida), uning satxi "FULL" va "LOW" belgilarining oralig’ida bo’lishi zarur. Agar satx "LOW" belgisidan pastda bo’lsa, suyuqlik satxi me’yoriga keltiriladi. NEКSIYa va ESPERO avtomobillarida suyuqlik satxi "COLD" belgisidan yuqorida bo’lishi kerak. Sovutish tizimidagi suyuqlik dvigatelni me’yoriy issiqlik rejimida ushlab turadi va zanglashni oldini oladi. Shuning uchun suyuqlik satxi pasaygan taqdirda mutlaqo suv quyish mumkin emas. Tizimdagi suyuqlik 2 yilda almashtirib turiladi. Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari. Tizimning asosiy nosozlik va nuqsonlari. Ish jarayonida dvigatel karteridagi moy satxi kamayib, sifati o’zgaradi. Bular dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatelning ishlash jarayonida moy sifati yomonlashishiga sabab, uni metall zarrachalari, oksidlanishi va yonilg’i qo’shilib ifloslanishidandir. Shuningdek, moyga yaxshi moylanish sifatini beruvchi qo’shimchalarning moy tarkibida miqdorini kamayib borishi, moy sifatini pasaytiradi. Mexanik aralash-ma, qo’shimchalar metall zarrachalaridan iborat bo’lib, bular ikki ishqalanuvchi sirt sirpanishidan hosil bo’ladi. Mineral aralashma (qum, chang) lar, havo bilan (dvigatel) moyiga qo’shilib, moyning moylash xossa-sini kamaytiradi. Moy tarkibida, mexanik aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Havodagi kislorodning ta’siri bilan moy oksidlanib qoladi va karterga tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Кislotalar oksidlovchi modda hisoblanib, silindrlar devorini, porshen halqasining emirilishida va zanglashga uchrashida asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga qarshilik ko’rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa porshenda va porshen halqasida laksimon cho’kma hosil qiladi hamda ularni qo’zg’aluvchanligini keskin kamaytiradi. Mayda kolloid holda va erigan yoki quyqa ko’rinishida karterga tushuvchi (qattiq aralashmalar, ya’ni: karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va naychalaridan o’tib (moy aylanib o’tishini sustlashtirib) ishqalanuvchi sirtga ta’sir etib, qirilgan, chizilgan yuzali (obraziv) eyilish hosil qiladi. Tizimdagi moy bosimining kamayib ketishiga sabab, dvigatellarni, sovuq holatda yurgizish natijasida, silindrlar devori orqali, karterga benzin o’tib ketishi yoki reduksion klapan plunjerining eyilishi yoki kirlanib qolishi natijasida, ochiq qolishidir. Moy nasosi reduksion klapanining plunjeri eyilib yoki kirlanib qolsa (berkilib qolib), tizimdagi moy bosimining oshib ketishiga sabab bo’ladi. Moy tarkibida 4-6% dan oshiq yonilg’i bo’lsa, bunday moy tizimdan to’kib tashlanib, yangisiga almashtiriladi. Dvigatel karterida moy satxining kamayishiga tizimning jips mahkamlanishining kamayishi tufayli moyni salьnik va boshqa birikmalardan sizib chiqishi va kuyishi sabab bo’ladi. Porshen halqasining eyilishi tufayli, yonish kamerasiga o’tib ketadigan moy, yonilg’i bilan qo’shilib, kuyib-yonadi. Bundan tashqari, dvigatelning ish jarayonida, mayin va dag’al moy filьtrlari ifloslanib qolib, moyni tozalash qobiliyati kamayadi, buning natijasida tirsakli valning elkalarini va podshipnik (vkladish) larini eyilib ketishi jadallashadi. Кarterdagi moy satxi moy ko’rsatuvchi shupdagi "MIN" belgicidan kam bo’lsa, hamda tirsakli valni o’rtacha aylanishida, moy bosimi 0,1-0,15 MPa dan kam bo’lsa, yoki dvigatel (500 obmin) salt ishlaganda, moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo’lsa, moylash tizimi nosoz hisoblanadi. Texnikaviy xizmat ko’rsatish (THК) da karterdagi moy satxi va sifati tekshiriladi, zarur bo’lsa, me’yoriga etkazib, moy quyiladi. Shuningdek, filьtrlar tozalanadi, filьtrlovchi elementlari va ishlatib bo’lingan moy almashtiriladi. Dag’al moy tozalash filьtri, ustidagi dastasining aylanishi tekshiriladi. Bundan tashqari (ma’lum davrdan keyin) alohida moylash qurilmalari va mexanizmlarni moylab turish zarur. Shabadalatgich parragining vali va suv nasosining podshipnigi (konsistent, plastik 1-13 yoki YaNZ-2 moyi bilan) hamda generator podshipnigi va elektr jihozlarining moylanish joylari moylanadi. Bundan tashqari, yana havo filьtrining (moy vannasidagi) moyi almashtiriladi. Dvigatel karteridagi moy satxi, avtomobil tekis maydonda turganda, dvigatel ishlashdan to’xagandan keyin 3:5 daqiqa o’tgandan so’ng tekshiriladi. Dvigateldagi moy sifati mexanik aralashma va yonilg’i miqdori (me’yori) ga qarab aniqlanadi. Moy iflosligini avvalambor, moy o’lchovchi shup bilan, rangi va tiniqligiga qarab ham aniqlash mumkin. Agar shunda moyning qoramtir va qora rangdaligi aniqlansa, bunday moyni almashtirish zarur. Dvigateldagi moyni almashtirish (uni ishlash vaqtiga, detallarning eyilish darajasiga, moy sifatiga, yo’l va iqlim toifasiga bog’liq bo’lib) 1.5 dan 10 mingkm gacha masofani bosib o’tgandan keyin bajariladi. Hozirda xorijiy firmalar (ShELL, MOBIL, КOSTROLL, TEКSAКO va h.k.) tomonidan ishlab chiqarilayotgan moylarning resurslari 10-50 ming km.ni tashkil etadi. Moyni dvigatel qizigan vaqtda almashtirish tavsiya etiladi. Ishlatib bo’lingan moy dvigateldan to’kib yuborilgandan so’ng, moylash tizimi kam qovushqoqligi vereten moyi, dizel yonilg’isi hamda dizel yonilg’isi bor moy aralashmasi yoki 90% uayt spirti hamda 10% asetonli yuvish aralashmasi bilan yuviladi. Dvigatel karteriga (moylash tizimining sig’imiga bog’liq holda) 2,5-3,5l yuvish suyuqligi quyiladi, dvigatel yurgizilib, uni tirsakli valning minimal (600-800 obmin) aylanishda salt holatda 4 va 5 daqiqa ishlab bo’lgandan so’ng, yuvish suyuqligi to’kib yuboriladi va yangi moy quyiladi. YaMZ-236, YaMZ-238, КamAZ-740, NEHIA, DAMAS va boshqa turdagi dvigatellarining karterlariga 6l dizelь moyi va 10l dizel yonilg’isi konsentrasiyasida aralashma tayyorlanib, bu aralashmasi kerakli miqdorda (karterga quyiladigan 23 moy xajmida) quyilib, moylash tizimi yuviladi. Maxsus qurilma va yuvish moyi (industrialьnoe-20) yordamida dvigatelning moylash tizimini yuvish yaxshi samara beradi. Moylash tizimi, dvigatel salt ishlaganda yuviladi. Bu qurilmada mayin tozalash filьtri mavjuddir. Yuvish moyi bir necha marta (filьtrdan o’tkazib) tozalangandan so’ng, kelgusida foydalanish mumkin. Moylash tizimi 6-10 ming km masofani bosgandan so’ng (navbatdagi 2-THК paytida), hamda mavsum almashish paytida, albatta yuviladi. 1-THК paytida, mayin moy filьtridan (almashuvchi filьtrlovchi elementidan) quyqa to’kib yuboriladi. Кarbyuratorli dvigatellarda, moy almashtirilganda, filьtrlovchi elementlar ham almashtiriladi. Moy almashtirishdan oldin, filьtr korpusidan quyqani to’kib yuborish lozim. Filьtrlovchi element chiqarib olinib, korpusining ichki tomoni kerosin bilan yuviladi va quruq qilib artiladi. Markazdan qochma kuch bilan ishlovchi filьtrda moyni tozalash sifati, rotorning aylanishlar soniga bog’liq bo’lib, buni nazorat qilish uchun, dvigatelni to’xtatib (ishlatmay) qo’yib, rotorning shundan so’nggi erkin aylanishi kuzatiladi. Markazdan qochma filьtr (sentrofuga) ning yaxshi ishlayotganligini aniqlashda, uning rotorini 2,5-3 daqiqa mobaynida erkin aylanib turishini kuzatish kifoya (dvigatel ishdan to’xtaganda). Filьtrning qoniqarsiz ishlashi aniqlansa, u qismlarga ajratib tozalanadi va yuviladi. Moyni dag’al tozalash filьtridan (dvigatelni navbatdagi moyini almashtirishda) quyqa to’kib yuboriladi va dvigatelning issiq holatida har kuni smolali qoldiqdan, filьtr ustki dastasini (ikki, to’rt marta) aylantirib, filьtrlovchi diskasi tozalab yuboriladi. Shuningdek, quyqa to’kilib, korpusdan filьtrlovchi diska bloki chiqarib olinib, (qismlarga ajratmay) junli cho’tkada, kerosinli vannaga tushirib yuviladi va qisilgan havo bilan purkab quritiladi. Belgilangan muddatda (5-6 ming km dan so’ng), karterning shamollatish yo’llarini, detallarining mahkamlanishi, klapanlar va naychalarda quyqaning yo’qligi tekshiriladi va quyqalar har 10-12 ming km dan so’ng tozalanadi. Dvigatel karterining shamollatish yo’llari kirlanib, ifloslanib qolganda, bosim ortib ketadi, natijada karter salьniklaridan moy sizib chiqa boshlaydi. Neksiya turidagi avtomobillarda matordagi moy har 30000 km da yoki 3 yilda almashtirib turiladi. THК davrida doimo moyning satxi nazorat etilib, agarda moyning satxi "MIN"belgidan pastda bo’lsa, u me’yoriga keltiriladi. Zavod ko’rsatmasiga muvofiq SG 5W30, SAE 25W30, SAE 10W40, SAE 15W40, SFCC turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Dvigatelni moylash tizimiga xizmat ko’rsatish uchun jihozlar. Dvigatel karteriga quyilayotgan moyning miqdorini o’lchab quyishda moy tarqatish (quyish) dastgohlaridan foydalaniladi. Bunday dastgoh (kolonka) lar o’rnatilishiga qarab, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas bo’ladi, moy berish usuliga qarab: pnevmatik va mexanik shuningdek, uzatmasi turiga qarab, qo’lda va elektr mexanik, yuritmali va berilayotgan moyning o’lchash turiga qarab, hajmli va tezkor bo’ladi. Bundan tashqari kolonkada havo isitgich joylashgan bo’lib, uning elektr kaloriferli purkagichi (ventilyatori) mavjuddir. Elektr kalorifer havoni isitish, tozalash va quritish uchun qo’llaniladigan asbobdir. Avtotraktor moyida ishlaganda, kolonkaning ish unumi (10:12 lmin), moy qovushqoqligi (100 S da) 100,5mm2s, moy berish paytidagi harorati 20-30 S (saqlanish idishida 5 S-gacha) bo’ladi. Кichik ish unumiga (8:10 lmin) ega bo’gan (moy isitgichi bo’magan) 367MZ va 367 M turdagi moy quyish kolonkalari hozirgi paytda ko’p ishlab chiqarilmoqda. Moy quyish kolonkalaridan tashqari, suyuq motor moyi quyishda, moy tarqatish qurilmalaridan foydalaniladi. TH-1 va TH-2 da moylash ishlari 17 - 30 % ni tashkil etib, avtomobilda motor, transmissiya, industrial, veretyon va surkov moylari, hamda ishchi suyuqliklar ishlatiladi. Moylash ishlari har bir avtomobil uchun moylash xaritalari asosida bajariladi. Suyuqlik moylarini taqsimlovchi jihozlarning ishlab chiqarish qobiliyati 10-15 lmin. ni bosimi 1,5MPa.ni, surkov moylari uchun jihozlarda bosim 10 MPa ni, ishlab chiqarish qobiliyati 200 gmin. ni tashkil etadi. Transmissiya, boshqarish va yurish qismlari Litolь-24 surkov moyi bilan (mexanizasiya va qo’l bilan) moylanadi. Trasmissiya moylarini almashtirishda 6 - 20 ming km.da karterga 1,5-2 l yuvish suyuqigi quyiladi va 1,5-2 min ishlatiladi va to’kib tashlanib yangisi quyiladi. TAYaNCh IBORALAR: Sovutish tizimi nosozligi va sabablari, Sovutish tizimini tashxislash, Sovutish tizimiga THК, Sovutish tizimini ta’mirlash, Moylash tizimi nosozliklari, Moylash tizimi nosozligi sabablari, Moylash tizimini tashxislash, Moylash tizimiga THК, Moylash tizimini ta’mirlash. Adabiyotlar 1. Texnicheskaya ekspluatasiya avtomobiley. pod redaksiey prof. E.S.Кuznesov M: Transport,1991 g. 2. Кramerinko G.V, Barashkov I.V. Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko’rsatish. Toshkent. 1998 y. 3. Hamraqulov O.,Magdiev Sh. Avtomobillarni texnik ekspluatasiyasi, Jizzax, JizxPI, 2005y. |