kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yishning afzalliklari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Dual ta’lim tizimi –ixtisoslashgan ta’lim turi bo’lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko’nikmalarni esa bevosita ish joyida, yani tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limning asosiy maqsadi, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini tayyorlashdan iborat.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yishning afzalliklari»

Dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yishning afzalliklari

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi

Nematova Yulduz Yusufovna


ANNOTATSIYA

Dual ta’lim tizimi –ixtisoslashgan ta’lim turi bo’lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko’nikmalarni esa bevosita ish joyida, yani tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limning asosiy maqsadi, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini tayyorlashdan iborat.

Kalit so’zlar: Dual ta’lim sharoitida ta’lim nafaqat o’quv muassasalari, balki sanoat korxonalari, firmalar, tashkilotlarni o’z ichiga oladi. Dual ta’lim tizimining dasturlari nazariya va amaliyot tamonidan sinovdan o’tgan ―nou-xau‖ ni birlashtiradi. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxasislar tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvdan foydalanish tamoillarini tizimlashtirish ko’zda tutilgan.


Dual ta’lim – bu mutaxassislarni o‘quvchilarning ta’lim infratuzilmasini va o‘quv jarayonida ish beruvchiga jalb qilgan holda, o‘zaro ta’lim doirasidagi mutaxassislar tayyorlash uchun asosdir. 

Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir.

Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi.

O‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi qolgan kunlar ishlaydi. O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

Bu shaklda tashkil etiladigan ta’lim tizimi yaxsi samara berishi uchun fanga oid dasturlarni tuzishda korxona va tashkilot vakillari bilan hamkorlikda ishlash kerak bo’ladi. Bundan tashqari dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlanadigan korxona va tashkilotlarda maxsus fanlarning nazariy qismlarini o’quvchilarga tushuntirish uchiun aloxida jihozlangan o’quv xinalari tashkil etish ham yaxshi samara beradi.

Ushbu ta’lim turida talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni iahlab chiqarish korxonalarida olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limining asosiy maqsadi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan  talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat.

Dual ta’limi tizimi   o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish orqali mutaxassislarni tayyorlashda kuchaytirishga asoslanadi, bu esa o‘quv muassasalari bitiruvchilarining kasbiy mahoratini oshiradi.

Ta’lim to’g’risidagi Qonunning 17-moddasida dual ta’lim to‘g‘risida fikr yuritilib, “Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.

Kasbiy munosabatlar tajribasi sifatida ikki tomonlama ta’limni tushunish, ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘tkazish, mavzu bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning umumiy tamoyillari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Dual ta’lim jarayonida talaba olgan nazariy bilimlarini bir vaqtning o‘zida korxona yoki tashkilotda amalda qo‘llab, mutaxassislik bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi.  Bunda talabalarda haqiqiy, ma’lum bir ishlab chiqarish jarayonini tushunishga qaratilgan nazariy bilim va tushunchalarni tarqalish qobiliyatini rivojlantiradi. Ilm jarayonida amaliy faoliyatni aniqlashning prinsipi bilimlarning asosiy maqsadiga asoslanadi.

Dual ta’lim ma’lum bir korxona ehtiyojlariga muvofiq ma’lum bir darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv va ishlab chiqarish sohalarining kelishilgan o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishning innovatsion shakli tushuniladi.

korxonalarida, shiningdek universitetning  ilmiy va o’quv laboratoriyalarida dual tizimda o‘tkazildi.

Endilikda dual ta’limni joriy etish uchun kasb-hunar maktablarining bo‘sh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish sexlari tashkil etiladi. Bunda, o‘quvchilar ushbu korxonada ishlab, oylik oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Novikov A.M. Ta’lim metodikasi.M.: EGVES, 2006.-492 b.

2. Maxmutov M. I. Ta’limning kasbiy yo’nalishi printsipi / Zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotda ta’lim tamoillari // Universitetlararo ilmiy ishlar to’plami.- Chelyabinsk, 1985.—S .52-56

3. Kasb-hunar ta’limi ensiklopediyasi: 3 jildda/ ED. S. Ya. Ba—tisheva.-M., 1999-yil.

4. G’oziyev E. Mamedov K. Kasb psixologiyasi.-T.: O’zMU ,2003. 156-b.

6. http s://Uzbekistan.ureport.in/story/364/




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yishning afzalliklari

Автор: Nematova Yulduz Yusufovna

Дата: 24.01.2024

Номер свидетельства: 644569


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства