Tashqi Qovurgʻalararo Mushaklar (mm. intercostales externi) har tomonda oʻn bittadan boʻlib, ustki qovurgʻaning pastki chekkasining qovurgʻa egati tashqarisidan boshlanadi. Tolalari pastga va oldinga yoʻnalib, pastki qovurgʻaning yuqori chekkasiga birikadi. Bu mushaklar qovurgʻa boʻrtigʻidan to qovurgʻa Togʻayigacha boʻlgan sohada qovurgʻalarning Suyak qismi oraligʻida joylashadi. Qovurgʻaning togʻay qismi oraligʻini esa tashqi qovurgʻalararo parda (membrana intercostales externi) qoplab turadi. Faoliyati: qovurg‘alarni koʻtarib, Nafas olishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: nn. intercostales.