kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Буюк мутафаккирларимизнинг тарбияга оид карашлари

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mustqaqillik yillaridan so’ng yurtimizda yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mustaqil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini izloh qilinishi yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim tarbiya jarayonida qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga uning pedagogik san’atiga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo’lmish yosh avlod tarbiyasiga, ayniqsa, ularni umummadaniy, g’oyaviy – siyosiy, ma’naviy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs yetishtirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida “Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi”- deb ta’kidlaydi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning itimoiy topshirig’ini bajaradi, jamiyatda yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Buning uchun o’qituvchi har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiy ma’lumoti, o’z kasbini chuqur bilimdoni, pedagogik muloqat ustasi, pedagogik mahoratga ega bo’lishi lozim.

“Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo’q. Qanchalik murakkab bo’lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo’yishimiz kerak. Chunki biz ko’p vaqt yo’qotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o’ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo’lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin”Sh.Mirziyoyev.Mustaqillikka erishganimizdan so’ng yosh avlodni o’z hayotiy o’rniga ega, bilimli va yuksak salohiyatli qilib tarbiyalashga juda katta e’tibor qaratilib kelmoqda. Zero, xalqimiz ertasi qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishlariga bog’liq.  Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’g’il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

«Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan», deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo’g’inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o’z samarasini beradi.

Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega.

Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Tarbiya” fanini yaratish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi ham ana shu hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.

Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyasi ogʻir, maʼnaviyati qashshoq yoki maʼnaviyatdan mahrum boʻlgan odamdan biror ezgulik kutish mumkin emas. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman oʻylamaydi. Atrofga va hatto ota-onasi, qarindosh-urugʻlari taqdiriga ham befarq, loqayd holda yashaydi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy

tiklanishdan — milliy yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.

Mazkur masala oʻta dolzarb boʻlganligidan barcha zamonlar donishlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Zardushtiylik uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal”. Shu uchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy bu xususda yana-da yorqinroq soʻz aytgan: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil boʻladi, uni qanday gʻoyalar bilan toʻldirish ota-ona va ustozga bogʻliq”.

Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari

 

    Olim, oʻz navbatida, taʼlimda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada maʼnaviy-axloqiy qoidalar, odob meʼyorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Shuning uchun ushbu gʻoyalardan jamiyatning tarbiyaviy salohiyatini mustahkamlashda, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashda foydalansa, maqsadga muvofiq boʻladi.Navoiy inson qadr-qimmati uning mol-mulki, zeb-ziynati, mansabi yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning maʼnaviy qiyofasi, axloqiy sifatlari, undan elga qanchalik naf tegishi bilan belgilanishini koʻp marta takrorlagan. Shoir sheʼrlaridan birida:

Tut bargichalik qimmating yoʻqmi?

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Буюк мутафаккирларимизнинг тарбияга оид карашлари»


BUYUK AJDODLARIMIZNING TARBIYAGA OID QARASHLARI


Buxoro shahar kasb- hunar maktabi

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi


Sharopova Matluba Isroilovna


Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi

biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak...”

Shavkat Mirziyoyev.

Butun dunyoning barcha sohalarda ilm-fan sohasi rivojlanib bormoqda. Biz ham ilmiy salohiyatimizni yuksaltirishga harakat qilib, buyuk bobolarimiz avlodlari ekanligimizni o‘z aql-u zakovatimiz, ilm-u donishimiz bilan butun jahonga ibrat bo‘lishimiz lozim.Buyuk ajdodlarimiz yuksak darajalarga qanday erishganini ularning hayot yo'llariga bir nazar solib, ijodlaridagi hikmatlarni o'qib, uqib va tahlil qilib anglashimiz, lozim bo'ladi.Buyuk bobolarimiz tafakkuri bo’lgan minglab asarlar, tarixi, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, matematika, kimyo, astranomiya, me’morchilik va boshqa sohalarga oid noyob qo’lyozmalar bizning bebaho ma’naviy boyligimizdir.Bunday boy me’rosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.O’nlik sanoq sistemasini,algebra va algoritm tushunchalarini dunyoda birinchi bo’lib ilm-fan sohasiga joriy etgan Muhammad Muso al Xorazmiy,qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib yerning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi,tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali Ibn Sino, o’zbek tiini yaratgan bobomiz Alisher Navoiy, o’zida mingdan ziyod yulduzlar harakatini jamlagan astrolog jadval tuzgan Mirzo Ulug’bek singari ulug’ mutafakkirlarimiz bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlar malikasi To’maris,mo’g’ullarga qarshi Sulton Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimizning vatan mustaqilligi uchun qilgan ishlari beqiyosdir.Buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temurdek dunyoda jahon tamaddudidan o’rin olgan mohir sarkardalar juda kam.Sohibqiron bobomiz saltanatni boshqarishda adolat,bag’rikenglik,muruvvatpeshalik tamoyillariga suyangan.Qay yurtda bo’lmasin, avvalo, o’sha yerning farovonligi va tinchligi yo’lida xayrli amallar,bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan.Sohibqironning harbiy jang san’ati,o’ziga xos strategiyasi va mahorati o’z davridayoq olamga ma’lumu mashhur bo’lgan.Hozir ham dunyo tarixchilari va olimlari Amir Temurning harbiy boshqaruv maktabiga alohida qiziqish bilan qarashadi.Bunday yuksak iftixor tuyg’usi bizni hech kimdan kam bo’lmagan xalq sifatida faxr bilan yashashga,ajdodlarga munosib avlod bo’lishga da’vat etadi.

Mustqaqillik yillaridan so’ng yurtimizda yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mustaqil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini izloh qilinishi yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim tarbiya jarayonida qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga uning pedagogik san’atiga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo’lmish yosh avlod tarbiyasiga, ayniqsa, ularni umummadaniy, g’oyaviy – siyosiy, ma’naviy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs yetishtirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida “Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi”- deb ta’kidlaydi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning itimoiy topshirig’ini bajaradi, jamiyatda yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Buning uchun o’qituvchi har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiy ma’lumoti, o’z kasbini chuqur bilimdoni, pedagogik muloqat ustasi, pedagogik mahoratga ega bo’lishi lozim.

“Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo’q. Qanchalik murakkab bo’lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo’yishimiz kerak. Chunki biz ko’p vaqt yo’qotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o’ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo’lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin”Sh.Mirziyoyev.Mustaqillikka erishganimizdan so’ng yosh avlodni o’z hayotiy o’rniga ega, bilimli va yuksak salohiyatli qilib tarbiyalashga juda katta e’tibor qaratilib kelmoqda. Zero, xalqimiz ertasi qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishlariga bog’liq. Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’g’il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

«Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan», deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo’g’inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o’z samarasini beradi.

Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega.

Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Tarbiya” fanini yaratish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi ham ana shu hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.

Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyasi ogʻir, maʼnaviyati qashshoq yoki maʼnaviyatdan mahrum boʻlgan odamdan biror ezgulik kutish mumkin emas. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman oʻylamaydi. Atrofga va hatto ota-onasi, qarindosh-urugʻlari taqdiriga ham befarq, loqayd holda yashaydi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy

tiklanishdan — milliy yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.

Mazkur masala oʻta dolzarb boʻlganligidan barcha zamonlar donishlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Zardushtiylik uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal”. Shu uchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy bu xususda yana-da yorqinroq soʻz aytgan: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil boʻladi, uni qanday gʻoyalar bilan toʻldirish ota-ona va ustozga bogʻliq”.




Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari


Olim, oʻz navbatida, taʼlimda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada maʼnaviy-axloqiy qoidalar, odob meʼyorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Shuning uchun ushbu gʻoyalardan jamiyatning tarbiyaviy salohiyatini mustahkamlashda, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashda foydalansa, maqsadga muvofiq boʻladi.Navoiy inson qadr-qimmati uning mol-mulki, zeb-ziynati, mansabi yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning maʼnaviy qiyofasi, axloqiy sifatlari, undan elga qanchalik naf tegishi bilan belgilanishini koʻp marta takrorlagan. Shoir sheʼrlaridan birida:

Tut bargichalik qimmating yoʻqmi?

Ipak qurtichalik himmating yoʻqmi?

- deya insonni oʻylashga, oʻylaganda ham oʻz hayotidan kelib chiqib xulosa qilishga chorlaydi. Shu ikki satrda insonning dunyoga kelishidan tortib, bu yorugʻ olamda yashashning tub mohiyat ochib berilgan.Shoirning quyidagi soʻzlari ham tahsinga sazovor: “Kishilarning soʻz bilan naf yetkazish qoʻlidan kelmasa, loaqal koʻnglidagi andishasi yaxshi boʻlishi kerak. Koʻngli odamlarning xursandligidan xursand boʻlishi lozim. Kimning xalq gʻamidan gʻami boʻlmasa, haqiqiy odam boʻlsang, uni odam dema”.Bu fikrlarning tub negizida tarbiya yotganligini anglab olish qiyin emas.Zero, Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek, “Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qoʻllanmasi sifatida bugungi kunda ham oʻzining qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan

samarali foydalanishimiz zarur”.Demak, anglashiladiki, biz “Tarbiya” fanini yaratishda uzoq-yaqin oʻtmishimizda yashab oʻtgan ulugʻ zotlar merosidan, qolaversa, umuminsoniy qadriyatlardan unumli foydalanishimiz kerak boʻladi. Ana shular asosida yaratilgan yangi fan farzandlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.




Abdurauf Fitratning tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari


Abdurauf Fitratning fikricha, farzandini to’laqonli kamol toptirib, o’stirish uchun unga jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko’p tartibli tarbiya berish muhimdir. Fitrat bolaning ruhiyati, ota-ona va farzand ruhiyatlarining nisbatan va o’zaro bog’lanish masalasiga katta e’tibor berar ekan, u bizning hozirgi tushunchamizdan iste’dodli ruhshunos-pedagog sifatida ham ko’rinadi. “odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhni tarbiyalash lozim”, - deb yozadi u. “Bolalarni o’ziga ishongan, kuchli, topqir, chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash uchun o’z qadr qimmati, sha’nini hurmat qilish rayin tarbiya qilmolikni, sizning bilan birga yon atrofdagi odamlar bilan hisoblashishni o’rgatmoq kerak… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin… Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandchilik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlar bilan mamnun va xursand bo’lishini qo’llab-quvvatlashi kerak”,- deydi.Abdurauf Fitratning asarlarini o’rganib chiqib, u shaxsni ma’naviy axloqiy jihatdan yetuk tarbiyalash lozim degan xulosaga kelamiz.

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta’sirli narsa yo’qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to’g’risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar.Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama yetuk qilib voyaga etkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlar o’sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo’lib etishishlariga undagan.Nafaqat bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog’ati ham shak-shubhasiz ta’lim va tarbiya tufaylidir.Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, hamma vaqt tarbiyada butun ish nafaqat ota-onalarga, balki go’zal axloq va ilmiy salohiyatga ega bo’lgan ustoz-muallimlarning sa’y-harakatiga ham bevosita bog’liq.Bunda ishni tashkil qilish shakllarinigina emas, ayni paytda, ishlashni to’g’ri yo’lga qo’yish shartlarini bilish ham muhimdir.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Буюк мутафаккирларимизнинг тарбияга оид карашлари

Автор: Шаропова Матлуба Исроиловна

Дата: 16.01.2024

Номер свидетельства: 644029

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(94) "Буюк мутафаккирларимизнинг тарбияга оид карашлари"
    ["seo_title"] => string(52) "buiuk_mutafakkirlarimizning_tarbiiaga_oid_karashlari"
    ["file_id"] => string(6) "644026"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1705404198"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства