kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Методы исследования водоснабжения и мелиорации земель

Нажмите, чтобы узнать подробности

Сегодня использование новых технологий орошения сельскохозяйственных культур принесет фермерам экономические выгоды, а также борьбу с водной эрозией. Следующие меры должны быть приняты в плане водопользования для фермеров и дехканских фермеров, использующих рациональное использование существующих водных ресурсов и для планирования управления водой.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Методы исследования водоснабжения и мелиорации земель»

Методы исследования водоснабжения и мелиорации земель

SUVNI TEJOVCHI VA YERLARNI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILOVCHI TEXNOLOGIYALARNI TADQIQ QILISH.

М.А.Барнаева, К.Ибрагимова

Бухарский филиал Ташкентского института ирригации и механизации сельского хозяйства, Узбекистан



Annotatsiya. Hozirgi kunda ekinlarni sug’orishda yangi texnologiyalarni qo’llash xo’jaliklarga iqtisodiy jihatdan samara keltirish bilan birgalikda suv erroziyasiga qarshi kurashishda ham katta samara beradi. Respublikamizda mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo’jaligini istiqbolini rejalashtirish uchun suvdan foydalanuvchi fermer va dehqon xo’jaliklarining suvdan foydalanish rejalarida quyidagi tadbirlar o’z aksini topmog’i lozim. Sug’orish tarmoqlari va ekin maydonlariga suvdan samarali ravishda isrof bo’lishini maksimal darajada kamaytirish mexanizatsiyalshtirish va sug’orishning ilg’or ishlarini qo’llash orqali suv resurslaridan unumli foydalanish mumkin.

Yomg’irlatib sug’orish yengil qumoq murakkab relyefli katta nishabli, suv resurslari kam yerlarda yaxshi samara beradi. Egatlab sug’orish esa sho’r va og’ir mexanik tarkibli tuproqlar, sayoz joylashgan minerallashgan sizot suvlar, sug’orish suvi minerallashgan va kuchli shamollar bo’lib turadigan hududlarda yaxshi samara beradi. Ekinlarni tuproq orasidan sug’orish usuli barcha texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashda imkon beradi. Bunda qo’l mehnati kamayadi, suvdan foydalanish koeffisiyenti ortadi. Suv ostiga bosimi berilgan tuproqqa shu tekisliklar orqali teshikchalardan suv chiqib, uni nimtalaydi. Bu sug’orish tizimi yodamida dalaga o’g’it ham berish mumkin. Bog’ va tokzorlar, poliz ekinlarini purkab sug’orish usili, suv yetib borishi qiyin bo’lgan yoki yer juda sho’rlangan va murakkab bo’lgan vaqtlarda qo’l keladi. Bu usulda sug’orish usuli hosildorligi deyarli ikki martaga oshadi, suv sarfi 2-3 marta kamayadi. Purkab sug’orish quvurlari (asboblarini) tuproq ostidan yoki ustidan o’tkazish mumkin, hamda ularni daraxtga ham osib qo’yish mumkin. Har bir tub atrofida tomchilar o’rnatiladi va shular yordamida tup yoniga suv tomchi holatida tushib turadi. Suvni tejash (5510m³ga) hisobiga samara 826 so’mga teng bo’ladi. Tomchilatib sug’orishda 19388 so’mga egatlab sug’orishda 443,74 so’mga teng joriy harajatlar tegishli ravishda 200,64 va 406,41 so’mga teng. Tomchilatib sug’orish tizimida 1ga yerga 1 yilda 70430.26 so’m kapital mablag’ sarflangan. Yomg’irlatib sug’orish agregatlarda keng foydalanish bilan sug’orishni yanada to’laroq mexanizatsiyazatsiyalashtirish mumkin. Buning uchun uzoq va yaqinga qator yomg’irlatib sug’oruvchi mashina agregatlardan foydalanish mumkin. (KDU-55, DDN-70, DDA-100 MA, “Voljonka”, “Fregat”, “Koloma”, “Kuban” va boshqalar). Yangi zamonaviy suvni tejash usullari, ya’ni inovatsion suv tejamkor texnologiyalaridir. Ushbu sug’orish usullari texnologik jihatdan an’anaviy sug’orishdan farq qiladi. Bunga tomchilatib sug’orish, yomg’irlatib sug’orish, yerni lazerli tiklash, yer ostidan tomchilatish, plyonka tashlab sug’orish, plyonaka quvurlar orqali sug’orish beton va plastmassa latkorlar yordamida suvni uzatish tuproqni mulchilash va hakazo. Ushbu maydonlarda yangi suv tejamkor texnologiyalarni qo’llash hisobidan 20-50% suvni tejash imkoniyati mavjud. Qishloq xo’jaligi ekinlaridan pomidor, soya, kungaboqar ekinlarida sepma sug’orish va past bosimli sepma texnologiyalaridan foydalanilganda suvni 40-52% tejash mumki. Shu bilan birga ekin hosildorligi 8-12% ga oshgan. Jumladan, pomidor yetishtirishda nazorat dalada 245 s/ga bo’lgan bo’lsa, tajriba maydoniga 260 s/ga ni tashkil etadi. Xuddi shunday, soya va kungaboqar yetishtirishda ham mos ravishda gektariga 25 va 22 sentenerdan 27 va 24,5 sentenerga oshadi. Eng ko’p suv bilan yetishtiriladigan sholining ham qurg’oqchilikka chidamli novlarini ekish orqali suvni tejash mumkin. Sholining ushbu navi suvni kam talab etadi, natijada suv 40% suv tejaladi.. Suv resurslari taqchilligi sharoitida ekinni hosildorligiga nisbatan suvni tejash mumkindir. Yangi, inovatsion suv tejash texnologiyalarini qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda joriy etish orqali suv resurslarini tejash imkoniyati yuqori hisoblanadi.

Bug’doy, arpa, guruch, suli va hokazolarni purkab sug’orish yoki past bosimli tomchilatib sug’orishda texnologiyalarni qo’llash yuqori iqtisodiy samara beradi. Bu texnologiyalar suvni 40-60% gacha tejash imkoniyatiga ega. Qishloq xo’jaligida boshqa ekinlarni zamonaviy suv tejamkor texnologiyalardan foydalanib sug’orishda ham ijobiy natijalarga erishilgan. Yomg’ir maxsus yomg’irlatuvchi purkagich yoki aparatlar vositasida vujudga keltiriladi va havoda yelpig’ichga o’xshab, yoxud alohida oqim holda harakat qiladi. Yomg’ir hosil qiluvchi yomg’irlatish aparatlari va purkagichlari yaqinga otar, o’rtacha otar va uzoqqa otar bo’ladi. O’rtacha otar purkagich qo’zg’almas stvorga o’rnatilgan bo’lib, radiusi 5-10 m/ga boradigan qo’zg’almas yomg’ir sochma hosil qiladi va 10-20m bosim bilan ishlaydi. O’rtacha otar va uzoqqa otar spololi aylanuvchi aparatlarning ta’sir radiusi 20/30m va 40m dan ortadi, ish bosimi esa 30-40m va undan ko’pga boradi. Yomg’irlatib sug’orish mashinalari bir pozitsiyzda turib yoki yurib ishlatiladi. Frontal yoki aylanma qilib yomg’ir sochadi.

Xo’jalikda ichki yomg’irlatib sug’orish tarmog’i yomg’irlatib mashinalarining texnika bilan almashib ekib, yaylov yoki dalalarni sug’orish tarmog’ining tipaviy joylashish sxemalarida berilgan. Uzoqqa otar DDN-100 yomg’irlatish mashinasi - DDT-75M traktori bilan agregat qilib ishlatiladi. Bunda suv sarfi 85 e/s bo’ladi. Uni bitta traktorchi suvchi ishlatiladi. Havo yaxshilanganida yomg’irlatish oqimining otilish uzoqligi 70-80m ga boradi.

Yomg’irlatib sug’orishning tutashish balandligi 20m bo’ladi. Bu joyda yoyomg’ir tomchilarining eng yirigi 1-6 m m gacha boradi. Ammo amalda ekinlari, ko’p yillik ekinlarni sug’orishda ham DDN-100 dan foydalanib kelmoqda. O’rtacha atar ko’p tayanchli yomg’irlatish mashinasi GF 120 “Dnepr” ham “Fregatga” o’xshash elektirlashtirilgan ko’p tayabchli yomg’irlatish mashinasidir.Yomg’irlashtirish aparatlari bo’lgan va o’zi yuradigan g’ildiraklar ustiga o’rnatilgan. Yomg’irlatish mashinasi kerakli sug’orish uchun ajratilgan almashib ekish maydoni yoki yaylovga nemmo (Ω) qarab belgilangan. Shu uchun sug’orishga ajratilgan maydon bilan yomg’irlatib sug’orishga belgilangan joylar purkab sug’oriladi. Yomg’irlatish mashinasining mavsumiy ish unumiga bo’linadigan almashib ekiladigan yerlarni sug’orish maydoni yoki yaylov maydoni, Fregatdan tashqari barcha yomg’irlatishmashinalari uchun mavsumiy ish vaqtidir. Yomg’irlatib sug’orishda o’g’itni berilayotgan suv bilan birgalikda tuproqqa aralashtirma qilib solish qulay bo’ladi. Buning uchun quvurlarga maxsus chalpishtirgich moslama gidro o’g’itlagich o’rnatiladi. Bu suvni konsentratsiyasini rostlab turishga imkon beradi . Suvning harorati o’zgara boshlaganda issiqlik sig’imi katta bo’liwi sovuq tushganda yomg’irlatib sug’orish natijasida havoning harorati ko’tariladi.

Hozirgi vaqtda tuproq orasidan sug’orish va tomchilatib sug’orish mayda despersion sug’orish impulsiv yomg’irlatib sug’orish kabi yangi usullar ishlab chiqilmoqda va amalda qo’llanilib kelinmoqda.

Impulsiv yomg’irlatib sug’orishda qo’zg’almas yopiq sug’orish tarmog’iga impulsiv ishlaydigan o’rtacha otar aparatlar o’rnatiladi. Umumiy yomg’irlatib sug’oriladigan ekin suv istemoli ahamiyatiga teng qilib qilinadi. Bu holda ekinga kerakli suvni tamomila qoplaydi. Yomg’irlatib sug’organda nisbatan ancha kam suv ichadi. Yomg’irlatib sug’orish mashinasining markasi sug’oriladigan maydonning masshtabi 1:100000 bo’lgan, rejada suv manbalari, daryo, quduq, va boshqalar. Yomg’irlatib sug’orish mashinasining “Fregat” markasidan tashqari mavsumiy unumdorligi hisoblab topiladi. Yomg’irlatib sug’orish yengil qumoq, murakkab relyefli, katta nishabli, suv resurslari kam yerlarda yaxshi samara beradi. Egatlab sug’orish esa sho’r va og’ir mexanik tarkibli tuproqlar, sayoz joylashgan minerallashgan sizot suvlar, sug’orish suvi minerallashgan va kuchli shamollar bo’lib turadigan hududlarda yaxshi samara beradi. . Shuni yaxshi bilamizki, tuproq hosildorligini saqlamasdan uni miliorayiv holatini oshirmasdan, o’z vaqtida ishlov bermasdan yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi. Shu jumladan Buxoro viloyatida sug’orish mumkin bo’lgan yerlarning sho’rlanganligi qishloq xo’jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikning yildan-yilga pasayib borganligi bizga ayon. Bu talab, ayniqsa suvni eng ko’p iste’mol qiladigan soxa-qishloq xo’jaligida juda muhim ahamiyat kasb etadi. 2014-yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni tanlab olish hamda tomchilatib sug’orish tizimini, qishloq xo’jaligi ekinlarini ko’chma egiluvchan quvurlar va polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sug’orishni joriy etishning tuman va hudud loyihalari ro’yxati ishlab chiqilgan.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Мuradov Sh.O., Valiyev X.I., ХоlboyevB.М. «Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish».-Т., “Аloqachi”, 2007, 160 bet.

2. O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” gi qonun. Toshkent shahri.1993y.

3. www.google.uz

4. www.ziyo.net.





Gidromelioratsiya fakulteti


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : Методы исследования водоснабжения и мелиорации земель

Автор: М.А.Барнаева, К.Ибрагимова

Дата: 02.04.2019

Номер свидетельства: 505703


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства