kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Хуқуқбузарлик мавзусида очиқ дарсишланмаси

Нажмите, чтобы узнать подробности

8-синф ўқувчилари учун Хуқуқбузарлик мавзусида очиқ дарсишланмаси

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Хуқуқбузарлик мавзусида очиқ дарсишланмаси»

O’qituvchi: Barno Kaddirova Sana: ________________________ Sinf: 8

Fan: “ Huquq ”

Mavzu: Huquqbuzarlik

Darsning maqsadi:

  • Ta’limiy maqsad: O’quvchilar ongida huquqiy madaniyatni shakillantirish, har bir o’quvchiga milliy huquq tizimimiz haqida ma’lumot berish, davlatimiz huquq tarmoqlarini rivojlantirish sari ilk qadamdir.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi tarbiyasi bugunning kunning ustuvor sohasi. Tarbiya o’quvchilarning bilim olishlari uchun muxim vosita sanaladi.

  • Mafkuraviy maqsad: Huquqiy demokratik jamiyat barpo etish bosh maqsadimiz

Dars usuli: Og’zaki

Dars uslubi: Savol javob, zamonaviy interfaol uslub

Dars jixozi: Darslik, O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi

Darsning bosqichli jadvali:



Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’quvchilarning bilimlarini takrorlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

 2 daqiqa



Darsning borishi

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lib, guruhlar nomlanadi va guruh vakillari tomonidan guruh sardorini ham aniqlab olamiz.

Dars tashkil etilgach, sinf tozaligi, o’quvchilar maktab formasi, tartib intizom, o’quvchilar davomati va darsliklar yuritilishi haqida qisqacha suxbat olib boriladi.

O’quv atmosferasini yaratib olish uchun o’quvchilar bilan qisqa tezkor savol-javob o’tkaziladi.

O’zbekiston davlati va huquqi fanidan teskor savollar.

  1. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qachon qabul qilingan?

1948-yil 10-dekabr

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining kirish qismi nima deb ataladi?

Muqaddima

  1. Davlatning o’z ichki hayotida va boshqa davlatlardan mustaqilligiga nima deyiladi?

Suverenitet”

  1. Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlarning qanday turlari mavjud?

Monarxiya , Respublika

  1. Prezident Sh.M.Mirziyoyev qachon tug’ilgan?

1957-yil 24-iyul

  1. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok

etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi?

Siyosiy huquqlar

  1. Oliy huquq bu?

Yashash

  1. O’zb.Res.Kons.necha bo’limdan iborat?

6 bo’limdan

  1. Unitar davlatning belgilarini 3 tasini ayting.

1-yagona konstitutsiya

2-yagona armiya

3-yagona pul birligi

4-yagona fuqarolik

  1. Abu Nasr Farobiyning qaysi asarida «Fuqarolik jamiyati haqida» fikr bildirilgan?

Fozil odamlar shahri asarida

  1. “Yakka hokimlik” ma’nosini bildiruvchi davlat boshqaruvi ?

Monarxiya

  1. O`zbekistonda necha partiya faoliyat ko`rsatmoq-

da?

5 ta

  1. Unitar so`zining ma`nosi nima?

Oddiy va yagona

  1. Deputatlarning vakolati muddati necha yil?

5yil

  1. Asosiy qonun nima?

Konstitutsiya

  1. O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi quyidagicha amalga oshiriladi?

Qonun chiqaruvchi ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o`rtasida.

  1. „Prezident“ so’zining ma’nosi ?

oldinda turuvchi”

  1. Har kim bepul ta’lim olish huquqiga egadir…

O’zb.Res.Kons.41-modda

  1. O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo`mondoni kim?

Prezident

  1. O’zb.Res.Kons. necha bobdan iborat?

26 bob

YANGI DARSNING BAYONI:

Shaxslar ma'lum huquqiy qoidalarga, huquq normalariga amal qiladilar. Bu qoidalarga amal qilmaslik, o'rnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa huquqbuzarlik deb ataladi.

Huquqbuzarlik- o'z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir.

Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud:

ijtimioiy xavfilik;

huquqqa zidlik;

ayblilik;

jazoga loyiqlik.

Ijtimoiy xavflilik--shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa insonlarga zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodisalar keltirib chiqarib, jamiyat a'zolari manfaatiga zarar keltiradi. O'z oilasi, ota-onasi, jamoasi, yor-u birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solib qo'yadi. Eng yomoni u o'z kelajagini barbod qiladi.

Huquqqa zidlik--huquqbuzarning qonun yoki huquq normalari belgilab qo'ygan majburiy talablarini buzishidir.

Ayblilik--yuqorida ta'kidlanganidek, o'z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablariga qarshi xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Ayblilik qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo'ladi. Inson inson sifatida dunyoga kelgan ekan, uning oldida doimo ikki yo'l--huquqiy normalarga, qonun talablariga vijdonan yoki majburiy bo'ysungan holda o'z kelajagini yaratish, jamiyat uchun, o'z xalqi uchun ijtimoiy foyda keltirish. Ikkinchi yo'l esa hayoti davomida huquqqa xilof, huquqiy norma va qonun talablarini mensimasdan, bo'ysunmasdan yashash. Aybli harakat qilish, jamiyatga zarar yetkazishdir.

Jazoga loyiqlik--bu har qanday huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquqbuzarlik sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan, huquqbuzarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasidir.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat uchun xavfi bo‘lgan har qanday qilmish huquqbuzarlik deyiladi. Huquq normalari barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Huquqbuzarlik odatda 4 guruhga bo'linadi:

intizomiy huquqbuzarlik;

fuqarolik huquqbuzarligi;

ma’muriy huquqbuzarlik;

jinoiy huquqbuzarlik.





INTIZOMIY





HUQUQBUZARLIK

J

I

N

O

I

Y

M

A’

M

U

R

I

Y















FUQAROLIK





Intizomiy huquqbuzarlik--xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo'lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo'ysunish tamoyillarining buzilishidir. Masalan, ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik, yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste'mol qilgan holda kelish va boshqalar.

Fuqarolik huquqbuzarligi--insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarardir. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shartnomalarni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar.

Jinoiy huquqbuzarlik--jinoyat sodir etish, ya'ni o'g'irlik, talonchilik, odam o'ldirish, militsiya xodimiga qarshilik ko'rsatish va boshqalar.

  • Jinoyat--jamiyat uchun xavfi bo‘lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik).

  • Jinoyat JK bilan taqiqlangan, aybli, ijtimoiy xavfi qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash bilan jinoyat deb topiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 14-moddasi.

Ma'muriy huquqbuzarlik--qonunga binoan ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlikdir. Masalan, mayda bezorilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari; pasport tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari); elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish, atrof-muhitni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni olish mumkin.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

FSMU jadvali.

F

S

M

U





Fikr

Sabab

Misol

Umumlashtirish

Mavzuni mustahkamlash uchun qo’shimcha savollar:

1. Huquqbuzarlik tushunchasiga ta’rif bering.

2. Huquqbuzarlikmng qanday belgilari mavjud?

3. Ijtimoiy xavflilik qanday holatlarda vujudga kelishi mumkin?

4. Huquqqa zidlik atamasini qanday tushunasiz?

5. Ayblilik nima degani?

6. Jazolanish, javobgarlik va jazo tushunchalariga oydinlik kiriting.

7. Huquqbuzarlikmng qanday turlari mavjud?

8. Intizomiy huquqbuzarlik bilan fuqarolik huquqbuzarligi, ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoiy huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlami bayon qiling.

9. Sizning fikringizcha, huquqbuzarlikmng qaysi turlari eng og‘ir hisob-lanadi? Nima uchun?

10. Huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak deb hisoblaysiz?

Baholash: Dars davomida o’quvchilar egallagan bilimlari bo’yicha ushbu jadvalni to’ldiradi.

Uyga berilgan vazifa:

  • O’tilgan mavzularni mustaxkamlash

  • Mavzu yuzasidan savollarga javob (yozma va og’zaki)



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Право

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Хуқуқбузарлик мавзусида очиқ дарсишланмаси

Автор: КАДДИРОВА БАРНО ХУДОЙКУЛОВНА

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545145


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства