Zahiriddin muhammad bobur ijodida tarbiyaviy faoliyat masalalari
Zahiriddin muhammad bobur ijodida tarbiyaviy faoliyat masalalari
Захириддин Мухаммад Бабур оставил после себя богатое литературное и историческое наследие как великий государственный деятель, полководец и поэт. Вопросы воспитательной деятельности занимают особое место в его творчестве. В произведениях Бабура отражены такие ценности, как нравственность, просвещение, патриотизм, гуманность и справедливость. В статье отражаются воспитательные аспекты в произведениях Бабура.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Zahiriddin muhammad bobur ijodida tarbiyaviy faoliyat masalalari»
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA TARBIYAVIY FAOLIYAT MASALALARI
SAMIYEVA SHAXNOZ XIKMATOVNA
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti p.f.d., professori
QAMBAROV MIRZOBOBUR BAHODIR O’G’LI
BuxDU mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya. Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir sifatida o‘zidan boy adabiy hamda tarixiy meros qoldirgan. Uning ijodida tarbiyaviy faoliyat masalalari alohida o‘rin tutadi. Boburning asarlarida odob-axloq, ilm-ma'rifat, vatanparvarlik, insoniylik va adolat kabi qadriyatlar aks etgan. Maqolada Bobur asarlaridagi tarbiyaviy masalalar o’z aksini topgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur – o’zbek xalqining buyuk shoiri, davlat arbobi va sarkardasi bo‘lib, o‘zining ibratli hayot yo’li va boy adabiy merosi bilan nafaqat o‘z davri, balki keyingi asrlar hayoti tarbiyaviy masalalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Uning ijodi faqat badiiy yuksaklik bilan emas, balki insoniy fazilatlarni ulug‘lash, isonlarda tarbiyaviy va ma’naviy saviyani oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Boburning qator asarlari, xususan, "Boburnoma" hamda uning she’riyati yosh avlod ma’naviy-axloqiy tarbiyasida katta o‘rin tutadi. Shuningdek, Bobur ijodida tarbiyaviy faoliyat masalalari keng tahlil qilinadi.
Bobur o‘zining aksariyat asarlarida odob va axloqning inson hayotidagi ahamiyatini ko‘p bora ta’kidlaydi. Uning she’rlarida insoniy fazilatlar, halollik, yaxshilik, sadoqat, vafo, mehr-oqibat kabi qadriyatlar hamisha ulug‘lanadi.
Bobur asarlarida insoniy fazilatlar axloqiy tarbiyaning muhim omili sifatida ta’kidlanadi. Uning she’rlarida halollik, adolat, kamtarlik va sabr-toqat kabi fazilatlar aks etadi. U insonning pok qalbli bo‘lishini va to‘g‘ri yo‘ldan borishini ta’kidlab, shunday yozadi:
Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilik…
Bu misralarda Bobur yaxshilik qilish inson hayotidagi eng muhim qadriyat ekanini ifodalaydi. U insonni yomonlikdan tiyilish, ezgulik yo‘lidan borishga da’vat etadi.
Bobur insonning ijobiy fazilatlari orasida ilm olish, ma’rifatli bo’lshga asos ekanligiga e’tibor qaratgan. "Boburnoma" asarida turli fanlar, jumladan, tabiiy fanlar, tarix, adabiyot va san’at haqida ma’lumotlar keltirgan. U bilim olishni inson kamolotining muhim sharti sifatida ko‘rgan. O’z asarlarida Bobur turli ilm-fan tarmoqlari, xususan, tarix, geografiya, adabiyot, xattotlik, musiqa, hadis ilmi va harbiy san’at haqida qimmatli fikrlar bildiradi. U o‘z farzandlari, saroy ahli, xalqi va askarlarini ham ilmga olishga undagan. Boburning ilmga bo‘lgan munosabti uning quyidagi misralarida ham yaqqol ko‘rinadi:
Kim bor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q,
Men bormen ilm tolibi - ilm kerak..
Bu misralar bilimning inson hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanligini ifodalaydi va yoshlarni tolibi ilm bo’lishga undaydi.
Shoh va shoir Bobur tarbiyaviy masalalarda sadoqatning o’ziga xos o’rnini ko’rsatadi. Shuningdek, Vatanga sadoqat, uni sevish va avaylash asosiy maqsadlardan biri bo‘lib, u o‘z yurti sog’inchi, uni qo’msash haqida ko‘plab fikrlarni ilgari suradi.
U o‘z ona yurti – Andijonni sevib, unga bo‘lgan sog‘inchini ko‘plab she’rlarida ifoda etgan. Boburning Hindistonda bo‘lishiga qaramay, vataniga bo‘lgan mehri so‘nmagan. U "Boburnoma"da o‘z ona yurti haqida shunday yozadi: "Men yurtdan ayrildim, yurtdan ayrilish qanchalar qiyin! Ammo yurtdan yiroqda yurib ham yurtni sevmoq lozim."
Adolatli shoh Bobur yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash zarurligini anglab, o‘z asarlarida yurtga sodiqlik, unga xizmat qilish kabi qadriyatlarni targ‘ib etgan.
Bobur o‘z faoliyatida adolatli hukmdor bo‘lishga intilgan. Uning "Boburnoma" asarida boshqaruv, adolat, davlat ishlari va odil podshohning fazilatlari haqida qimmatli fikrlar o’z aksini topgan.
Buyuk sarkarda Bobur o‘z faoliyatida adolat tamoyillariga asoslangan boshqaruvni joriy qilishga harakat qilgan. U xalqiga nisbatan rahmdillik bilan munosabatda bo‘lish, odil hukmdor bo‘lish zarurligini ko‘p bora ta’kidlaydi. "Boburnoma"da u hukmdorning asosiy fazilatlari haqida shunday yozadi: "Podshohlik qilg‘ay kishi, avval adl birla qilg‘ay, yoxud podshohlik qilmasin."
Bu fikr Boburning adolatli boshqaruvga bo‘lgan intilishini, xalq manfaatini doimo birinchi o‘ringa qo‘yganligini ko‘rsatadi. Bobur yosh avlodni ham bolalikdan adolatli bo’lishga o’rgatish, mehr-oqibat va xalq manfaati yo‘lida xizmat qilishga chorlaydi.
O‘tmishdan ma’lumki, harbiy janglar sirlari, qoʻshinlarni saqlash, tartib bilan ish yuritish, yangi jang aslahalari bilan boyitish tajribalari davrdan-davrga o‘tib kelayotgan harb an’anasi hisoblanadi. Bobur she’rlari va tarixiy asarlarida insonning qiyinchiliklarga bardosh berishi, sabr-toqatli bo‘lishi, hayoti davomida tajribalar orttirishi va uni o’rgatishi haqida ibratli fikrlar juda ko’p uchraydi. Chunki Bobur o‘z hayotida ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Biroq shunday bo‘lsa-da, hech qachon taslim bo‘lmagan. U yoshlarni bardoshli, qo’rqmas, shijoatli, sergak bo‘lishga chaqirgan. Uning she’rlarida jasorat, mas’ulitar va mardlik yuksak baholanadi.
Bobur 14 yoshidan boshlab harbiy yurishlarda qatnashishni boshlaydi, ungacha otasi Umarshayx zamonida harbiy mashqlar, ayniqsa, kamondan o‘q uzish harbiy ilmini yaxshi o‘zlashtirgan. Buni “Boburnoma”da bir nechta jang lavhalarida, ov jarayonlaridagi harakatlardan bilish mumkin. Uning o‘smirlik davri tahlikali, suronli davrga to‘g‘ri kelganligi uchun “Men hamisha tinch omonlikda ham to‘n, o‘q yoyni tashlamay yotardim” deya yozgan.
Boburning ijodi nafaqat adabiy, balki tarbiyaviy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Uning asarlari bugungi kunda ham yosh avlodga odob-axloq, vatanparvarlik, ilm-ma’rifat, shijoat, mustaqil fikrlash, ibrat olish va insoniylik saboqlarini o‘rgatishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, “O‘zbekiston” – Toshkent 2019.
Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi, “Sharq” - Toshkent 2014.
Olimjonov D., “Boburnoma” asarida etnografik ma’lumotlar // “Bobur va Axsikent” mavzusidagi Respublika uchinchi ilmiy konferensiya materiallari, Namangan 2023.