kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Inson ma'naviyatida ma'rifatning o'rni

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ma'naviy boy xalqni yengib bo'lmaydi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Inson ma'naviyatida ma'rifatning o'rni»

Reja:

Reja:

  • Ma’rifat – ma’naviyatga olib keluvchi yo‘l uni shakllantiruvchi vositadir
  • Inson ma’rifatini shakllantiruvchi omillar
  • Jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ma’rifatparvar siymolar
Ma’rifat – ma’naviyatga olib keluvchi yo‘l uni shakllantiruvchi vositadir
  • Ma’rifat – ma’naviyatga olib keluvchi yo‘l uni shakllantiruvchi vositadir

Ma’rifat (arabcha bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish) — tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi bilimlar, ma’lumotlar, ta’lim-tarbiya va maorif tizimi uyg‘unligini ifodalovchi tushuncha.

Avesto Unda ma’rifat ezgulikning namoyon  bo‘lishi, ezgu fikr va ezgu so‘zning amalga oshiruvchi kuchi sifatida talqin qilingan.

Avesto

Unda ma’rifat ezgulikning namoyon bo‘lishi, ezgu fikr va ezgu so‘zning amalga oshiruvchi kuchi sifatida talqin qilingan.

PODSHOHNING IKKI XIZMATKORI  Podshohning ikki xizmatkori bor ekan. Biri juda chiroyli bo‘lib, ikkinchisi  uning batamom aksi edi. Bir kuni podshoh ikkisini sinash maqsadida huzuriga chorladi va chiroyli quliga qarata:  – Sheriging haqida nima deysan? — dedi. Shunda u:  – Uning fe’li juda yomon.Ishonchli emas. Qo‘lidan har qanday razillik kelishi mumkin,  — dedi.  Podshoh narigi xizmatkorini yoniga chorlab dedi:  – Sheriging haqida nima deysan?  – Podshohim! Men sherigim haqida bir og‘iz so‘z aytishga qodirmasman. Men faqatgina uning yaxshiligini ko‘rdim, — deb javob berdi. Shunda podshoh yana so‘radi:  – U sen haqingda yomon fi krda, bunga nima deysan?  – Podshohim! Hech bir banda aybsiz bo‘lmas. Men o‘z kamchiliklarimni tan olaman.  Keyin podshoh xulqi yomon xizmatkorini chaqirib, unga shunday dedi:  – Qalbing toza emas ekan. Menga yordamchi bo‘lolmaysan. Tezda saroyimdan ket! Podshoh narigi quliga qarab:  – Qalbing tashqi ko‘rinishidan go‘zal ekan. Sen mening ishonchli kishimsan.

PODSHOHNING IKKI XIZMATKORI Podshohning ikki xizmatkori bor ekan. Biri juda chiroyli bo‘lib, ikkinchisi uning batamom aksi edi. Bir kuni podshoh ikkisini sinash maqsadida huzuriga chorladi va chiroyli quliga qarata: – Sheriging haqida nima deysan? — dedi. Shunda u: – Uning fe’li juda yomon.Ishonchli emas. Qo‘lidan har qanday razillik kelishi mumkin, — dedi. Podshoh narigi xizmatkorini yoniga chorlab dedi: – Sheriging haqida nima deysan? – Podshohim! Men sherigim haqida bir og‘iz so‘z aytishga qodirmasman. Men faqatgina uning yaxshiligini ko‘rdim, — deb javob berdi. Shunda podshoh yana so‘radi: – U sen haqingda yomon fi krda, bunga nima deysan? – Podshohim! Hech bir banda aybsiz bo‘lmas. Men o‘z kamchiliklarimni tan olaman. Keyin podshoh xulqi yomon xizmatkorini chaqirib, unga shunday dedi: – Qalbing toza emas ekan. Menga yordamchi bo‘lolmaysan. Tezda saroyimdan ket! Podshoh narigi quliga qarab: – Qalbing tashqi ko‘rinishidan go‘zal ekan. Sen mening ishonchli kishimsan.

2. Inson ma’rifatini shakllantiruvchi omillar

2. Inson ma’rifatini shakllantiruvchi omillar

Kitob – ma’rifat bulog‘i Kitob — buyuk boylik, inson undan foydalana olguniga qadar!   Kitob insonning tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko`p narsalarga o`zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do`st, hamroh, dono maslahatchi bo`lib kelgan. Ba`zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin.

Kitob – ma’rifat bulog‘i

Kitob — buyuk boylik, inson undan foydalana olguniga qadar!

Kitob insonning tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko`p narsalarga o`zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do`st, hamroh, dono maslahatchi bo`lib kelgan. Ba`zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin.

KITOB O`QISH FOYDALIMI? NIMA UCHUN ?

KITOB O`QISH FOYDALIMI? NIMA UCHUN ?

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi  Ma'lumki, insonlar ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani to’g’ri chiziq orqali aniqlaydilar. Bu tushuncha kishilar faoliyatida biror bir maqsadga erishishga yaxshilik, to’g’rilik va to’g’ri yo’l bilan tez va oson borishlikka mos holatdir. Bunday holatni amalga oshirish uchun 5 esa kishilar ongli, aqlli, farosatli va albatta ilmli–bilimli bo’lmog’i lozim. Bu haqida payg’ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. Ilm haqida shunday deganlar: «Ilm o’rganinglar: ilm zulmatda quyosh, vahshatda hamrox, yolg’izlikda yo’ldosh, begona yurtda sirdosh, og’ir damda rahbar, dushmanga qarshi quroldir». Demak, ilmli kishi hayotning har qanday sir–sinoatlariga tayyor bo’ladi va ular hayotda kamroq surinadilar. Aslida ilm olishdan maqsad ham aqlni charxlashdir va charxlangan aql yordamida chin haqiqatni, hayotni hamda uning qonuniyatlarini bilishdan iboratdir. Bu bilan aqlli odam bilimli va ilmli bo’la oladi va hayotda to’g’ri, yanglishmay, yaxshi yashash mumkin, – degan xulosani ham hosil qilamiz. «Aqlli odam o’rgangan bilimlari natijasida hayotda nima qilish kerakligini biladi. Dono esa nima qilmaslik kerakligini ham biladi. Aqlli odam shunday odamki, u qiyin vaziyatdan osongina beshikast chiqib ketadi, dono esa bu qiyin vaziyatga aslo tushmaydi».

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi

Ma'lumki, insonlar ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani to’g’ri chiziq orqali aniqlaydilar. Bu tushuncha kishilar faoliyatida biror bir maqsadga erishishga yaxshilik, to’g’rilik va to’g’ri yo’l bilan tez va oson borishlikka mos holatdir. Bunday holatni amalga oshirish uchun 5 esa kishilar ongli, aqlli, farosatli va albatta ilmli–bilimli bo’lmog’i lozim. Bu haqida payg’ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. Ilm haqida shunday deganlar: «Ilm o’rganinglar: ilm zulmatda quyosh, vahshatda hamrox, yolg’izlikda yo’ldosh, begona yurtda sirdosh, og’ir damda rahbar, dushmanga qarshi quroldir». Demak, ilmli kishi hayotning har qanday sir–sinoatlariga tayyor bo’ladi va ular hayotda kamroq surinadilar. Aslida ilm olishdan maqsad ham aqlni charxlashdir va charxlangan aql yordamida chin haqiqatni, hayotni hamda uning qonuniyatlarini bilishdan iboratdir. Bu bilan aqlli odam bilimli va ilmli bo’la oladi va hayotda to’g’ri, yanglishmay, yaxshi yashash mumkin, – degan xulosani ham hosil qilamiz. «Aqlli odam o’rgangan bilimlari natijasida hayotda nima qilish kerakligini biladi. Dono esa nima qilmaslik kerakligini ham biladi. Aqlli odam shunday odamki, u qiyin vaziyatdan osongina beshikast chiqib ketadi, dono esa bu qiyin vaziyatga aslo tushmaydi».

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi  Tartibli va odob-axloqlilik – barkamol shaxsning alomatidir. Bunday insonlar ishonchli hisoblanadi, ular halol va mehribondirlar va har kim o’z muhitida bunday do’sti bo’lishni xohlaydi.  Haqiqiy insofli shaxsni qanday aniqlash mumkin? U quyidagi xususiyatlarni yashira olmaydi:

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi

Tartibli va odob-axloqlilik – barkamol shaxsning alomatidir. Bunday insonlar ishonchli hisoblanadi, ular halol va mehribondirlar va har kim o’z muhitida bunday do’sti bo’lishni xohlaydi.

Haqiqiy insofli shaxsni qanday aniqlash mumkin? U quyidagi xususiyatlarni yashira olmaydi:

3. Jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ma’rifatparvar siymolar  Jamiyatimizning bugungi kungacha mana shunday taraqqiy topishi, butun dunyoga o‘z madaniyati va ma’rifati yoyishida yurtimizdan chiqqan buyuk mutafakkir olimlarning o‘rni beqiyoshdir.  Biz bunday insonlarni quyidagicha jaratib olamiz:

3. Jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ma’rifatparvar siymolar

Jamiyatimizning bugungi kungacha mana shunday taraqqiy topishi, butun dunyoga o‘z madaniyati va ma’rifati yoyishida yurtimizdan chiqqan buyuk mutafakkir olimlarning o‘rni beqiyoshdir.

Biz bunday insonlarni quyidagicha jaratib olamiz:

  • Qomusiy olimlar
  • Ma’rifatparvar podshohlar
  • Taraqqiyparvar Jadidlar
  • Hozirda ham jamiyatimiz hayotidagi kamchiliklarni to‘ldirishga harakat qilayotgan zamonamiz qahramonlari
Al Farobiy Abu Nasr ibn Muhammad — faylasuf, entsiklopediyachi-olim, astronom, matematik, o‘rta asrlar Sharq mediki, sharq arastuchilarining asosiy vakillaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin) nomiga ega bo‘lgan. Asosiy asarlari: “Donishmandlik gemmalari”, “Himmatli shahar aholisining nuqtai nazari haqida risola”, Ilmlar tasnifi risolasi, “Katta musiqa kitobi”. Al Farobiy 870 yil (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 872 yil) Sirdaryodagi Aris daryosi chuqurligida joylashgan (zamonaviy Qozog‘iston chegarasi) Vosij shahrining Faroba tumani atrofida dunyoga kelgan. Hay о tining ko‘p yillarini u arab xalifatining siyosat va madaniyat markazi hisoblanmish Bog‘dodda o‘tkazgan. Bu yerda u “Bayt ul hikmat” arboblari ishlarini, yunon mualliflarining tarjimalarini o‘rganib, o‘z bilimlarini puxta boyitadi, taniqli olimlar bilan tanishib, vaqti kelganda, o‘zining yuqori axloqi va tafakkuri bilan ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Aynan shu yerda unga “Muallim Assana”, ya’ni Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin ikkinchi, deya nazarda tutilgan) maqomi berilgan. Abu Nasr Farobiy Tavallud topgan sana: 870 yil Vafot etgan sana: 951 yil

Al Farobiy Abu Nasr ibn Muhammad — faylasuf, entsiklopediyachi-olim, astronom, matematik, o‘rta asrlar Sharq mediki, sharq arastuchilarining asosiy vakillaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin) nomiga ega bo‘lgan. Asosiy asarlari: “Donishmandlik gemmalari”, “Himmatli shahar aholisining nuqtai nazari haqida risola”, Ilmlar tasnifi risolasi, “Katta musiqa kitobi”.

Al Farobiy 870 yil (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 872 yil) Sirdaryodagi Aris daryosi chuqurligida joylashgan (zamonaviy Qozog‘iston chegarasi) Vosij shahrining Faroba tumani atrofida dunyoga kelgan.

Hay о tining ko‘p yillarini u arab xalifatining siyosat va madaniyat markazi hisoblanmish Bog‘dodda o‘tkazgan. Bu yerda u “Bayt ul hikmat” arboblari ishlarini, yunon mualliflarining tarjimalarini o‘rganib, o‘z bilimlarini puxta boyitadi, taniqli olimlar bilan tanishib, vaqti kelganda, o‘zining yuqori axloqi va tafakkuri bilan ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Aynan shu yerda unga “Muallim Assana”, ya’ni Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin ikkinchi, deya nazarda tutilgan) maqomi berilgan.

Abu Nasr Farobiy

Tavallud topgan sana: 870 yil

Vafot etgan sana: 951 yil

Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Mirzo Ulug‘bek Tavallud topgan sana: 22 mart 1394 yil Vafot etgan sana: 1449 yil

Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.

Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan.

Mirzo Ulug‘bek

Tavallud topgan sana: 22 mart 1394 yil

Vafot etgan sana: 1449 yil

Abdulla Avloniy  asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida “Shuhrat”   nomli gazeta nashr qildi.  i. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. “Usulijadid”   maktablari uchun toʻrt qismdan iborat “Adabiyot yohud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq  kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi.  Abdulla Avloniy  (1874-1934)

Abdulla Avloniy  asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida “Shuhrat”   nomli gazeta nashr qildi.

i. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. “Usulijadid”   maktablari uchun toʻrt qismdan iborat “Adabiyot yohud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq  kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. 

Abdulla Avloniy (1874-1934)

Jamiyatni ma’rifatli insonlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. «Ma’rifatli inson» iborasida «orif» so‘zi ham borligi uchun bu birikmani nafaqat ta’limda, balki barcha sohalardagi ilmlarni egallagan va barcha axloq me’yorlarini o‘zlashtirgan odob-axloqli kishilarga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.  Aziz o‘quvchi barchamizga yuqoridagi Ma’rifatparpar mutafakkirlar kabi jamiyat tarqqiyotiga munosib hissa qo‘sha olishimiz lozim. Buning uchun esa mana shunday insonlar yo‘lidan yurmog‘imiz, yonimizdagi insonlarni bilimlilari bilan boyitmog‘imiz darkor.

Jamiyatni ma’rifatli insonlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. «Ma’rifatli inson» iborasida «orif» so‘zi ham borligi uchun bu birikmani nafaqat ta’limda, balki barcha sohalardagi ilmlarni egallagan va barcha axloq me’yorlarini o‘zlashtirgan odob-axloqli kishilarga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi. Aziz o‘quvchi barchamizga yuqoridagi Ma’rifatparpar mutafakkirlar kabi jamiyat tarqqiyotiga munosib hissa qo‘sha olishimiz lozim. Buning uchun esa mana shunday insonlar yo‘lidan yurmog‘imiz, yonimizdagi insonlarni bilimlilari bilan boyitmog‘imiz darkor.

1. «Ma’rifat» tushunchasiga ta’rif bering. 2. Qanday insonlarni ma’rifatli insonlar deymiz? 3. Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini bir-biriga bog‘lab tushuntiring. 4. Ma’naviyatli inson ma’rifatli bo‘la oladimi? Mazkur rasmlar bilan fikringizni asoslang.

1. «Ma’rifat» tushunchasiga ta’rif bering.

2. Qanday insonlarni ma’rifatli insonlar deymiz?

3. Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini bir-biriga bog‘lab tushuntiring.

4. Ma’naviyatli inson ma’rifatli bo‘la oladimi? Mazkur rasmlar bilan fikringizni asoslang.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Обществознание

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 7 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Inson ma'naviyatida ma'rifatning o'rni

Автор: Хушназарова Дилафруз

Дата: 27.05.2020

Номер свидетельства: 551654


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства