kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Yolg`onnning umri qisqa

Нажмите, чтобы узнать подробности

O`quvchilarga yolg`onning umri qisqa ekanligini, yolg`on gapirmaslikni va doimo rostgoy bo`lishni o`rgatadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Yolg`onnning umri qisqa»

O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI








NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI


Uychi tumani xalq ta`limi bo`limi

Metodika kabinati

Boshlang`ich sinf

o`qituvchilari uchun











Ushbu dars ishlanmasi Uychi tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Rahmatullayeva Nigora tomonidan tayyorlangan bo`lib, bu dars ishlanmasidan barcha boshlang`ich sinf o`qituvchilari foydalanishi mumkin





Muallif: Rahmatullayeva Nigora - 3 – maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi.







Muharir: Ra`noxon Iminova

36-maktabning oily toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi.









Mazkur dars ishlanmasi Uychi tuman xalq ta`limi bo`limi medotika kengashining 2017-yil «____» yanvardagi ___________sonli qarori bilan foydalanish uchun tavsiya etildi.





T/R

Dars bosqichlari

Vaqt

1.

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat, „Kim topqir“ o`yini,

6 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni so`rab baholash: Tarqatmali materiallar orqali savol-javob o`tkazish „Sirli savol“ o`yini

5daqiqa

3

O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Tezkor savol-javob orqali o`tilgan mavzuni mustahkamlash

2 daqiqa

4.

Yangi mavzu bayoni: Sahna ko`rinishi, muammoli vaziyat, savol-javob

14 daqiqa

5.

Yangi mavzuni mustahkamlash: Kim tez topadi? o`yini. Guruhlararo musobaqa. Dam olish daqiqasi. Dasrlik bilan ishlash

14daqiqa

6.

O`quvchilarni rag`batlantirib baholash: Rag`bat – yulduzchalardan foyadalanish, rag`batlarni izohlab hisoblash, g`olib guruhni aniqlash

2 daqiqa

7.

Uyga vazifa: Kamtarlik haqida xalq maqollaridan yod olish

2 daqiqa















DARSNING TEXNALOGIK XARITASI


T/R

Dars bosqichlari

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

Vaqt

1.

Tashkiliy qism:

Salomlashish , davomatni aniqlash, sinf holatini nazorat etish, Ma`naviyat daqiqasini o`tkizish

Milliy bayramlarimiz, vatanimiz uchun kurashgan insonlar haqida bilimlarini mustahkamlash.

6 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni so`rash:

Noan`anviy usulda o`tilgan mavzuni so`rab boholash.

Rostgo`ylik hikoyasini savol-javob orqali mustahkamlash.

5daqiqa

3

O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Tezkor savol-javob orqali o`quvchilar bilimini mustahkamlash

O`tilgan mavzu yuzasidan o`qituvchining xulosasini tinglash.

2 daqiqa

4

Yangi mavzu:

Sahna ko`rinishi orqali yangi mavzuni ochib berish

Sahna orqali yangi mavzuni tushinib yetish. Muammoli vaziyatlar yuzaga keltirish orqali mavzuni mohiyatini yushinib yetish

14 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Guruhlararo musobaqa tarzida yangi mavzuni mustahkamlash

„Kim tez topadi“ o`yinida ishtirok etib, darslik bilan ishlash orqali yangi olgan bilimlarini mustahkamlash

14daqiqa

6

O`quvchilarni rag`batlantirib, baholash:

O`quvchilarni yiqqan yulduzcha ballarini izohlab, baholash

O`zi va guruhi olgan ballarini aniqlab tushunib yetish

2 daqiqa

7

Uyga vazifa:

Uyga topshiriq berish va tushuntirib o`tish.

Uy vazifasini kundalik daftarga yozib olish

2 daqiqa








I MAVZU: YOLG`ONCHILIK. 1-SINF ODOBNOMA 34-SAHIFA

Maqsad: a) ta`limiy maqsad:

O`quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish, DTS talabi asosida bilim berish FK-Asar mazmunidan ta`sirlana oladi

b) tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarga yaxshi-yomon odatlarni ajratishga, rostgo`y bo`lishga, yolg`onchilikning yomon odat ekanligini o`rgatish TK-O`z xatosini tushunib tuzatishga harakat qiladi

v) rivojlantiruvchi maqsad:

Erkin va xolis fikrlashga o`rgatish, yolg`onning umri qisqaligini tushuntirish, doimo tog`ri va halol bo`lishga o`rgatish.

II. DTS talabi bilim: Yolg`onchilikning yomon odat ekanligi haqida bilim berish.

Ko`nikma: Yolg`onning umri qisqaligi haqida ko`nikma hosil qilish.

Malaka: Yaxshi odatlarga o`rganish malakasini shakllantirish

III. Darsning turi- yangi bilim beruvchi

IV. Darsning usuli: suhbat, savol-javob, sahna, musobaqa

V. Darsning jihozi: 1- sinf odobnoma darsligi, sandiqcha, tarqatmali materiallar, ko`rgazmalar, mavzuga oid rasmlar, kompyuter, slayd.

VI. Fanlararo bog`lanish: Atrofimizdagi olam, mehnat, ona tili, matematika, o`qish

VII. Asosiy tushuncha va atamalar: Rost, yolg`on, yolg`onning 3 ko`rinishi

Salomlashish:

O`qituvchi: Salom mening lochinlarim

Alpomishu Barchinlarim

Barchangiz sog`-omonmisiz

Bugun darsga tayyormisiz?

O`quvchilar: Biz tayyormiz

O`qituvchi: Keldi izlanmoq payti

Darsimiz nima ayting?

O`quvchilar: Darsimiz odobnoma

Misoli oftobnoma

O`qituvchi: Bizda bilimlar bisyor

Nimadir bizning shior?

O`quvchilar: Sog` tanda – sog`lom aql

O`qituvchi: Agar yer yuzida chang va achiq g`ubor bo`lmaganda insonlar ming yil yashardi.

Qani bugungi kun navbatchisi?

Nabatchi o`quvchi: Sinfda men navbatchi

Jamdir 29 o`quvchi

17 o`g`lon, 12 qiz

Bugun darsga tayyormiz

O`qituvchi: Rahmat, aziz o`quvchilar. Bugun odobnoma – misoli oftobnoma darsimizni musobaqa usulida tashkil etamiz. Men sizlarni uch guruhga bo`lib olaman. Guruhlararo musobaqa tarzida darsimizni olib boramiz. Har bir guruh o`zlarining nomlarini manashu yerdagi qor parchalaridagi rasmlarni tasvirlash orqali nomlaydilar.





1-rasm. Bu rasmda mustaqil O`zbekistonimiz tasvirlangan

Men nechun sevaman O`zbekistonni

Tuprog`in ko`zimga aylab to`tiyo

Nechun Vatan deya yeru osmonni

Muqaddas atayman, atayman tanho

2-rasm. Bu rasmda Vatan himoyichilari-askarlarimiz tasvirlangan

Mustaqil o`z yurtida

Posbon erur askarlari

Faxrlanib qo`rishar

Vatanlarin asrashar

3-rasm. Bu rasmda sohibquron Temur bobom tasvirlangan. U kishi vatanimizni dushmanlardan himoya qilganlar.

Temur bobom tillo bobom

Donolardan dono bobom

Der edilar ona elim

Murodidur erku dilim






O`qituvchi: Rahmat, aziz o`quvchilar. Rasmlarga she`rlar ham aytib berdingiz. Guruhlarimizning nomlari ham kelib chiqdi.

1-guruh O`zbekiston 2-guruh Vatanparvar 3-guruh Amur Temur

O`qituvchi: Yaxshi. Darsimizda faol ishtirok etayotgan o`quvchilarga rag`bat-yulduzchalardan berib boraman.

Kuy chalinib o`zga sayyoralik bola kirib keladi.

NUJ: Salom, aziz bolalar!

O`quvchilar: Salom!

NUJ: Men o`zga sayyoradan mustaqil O`zbekiston bolalarini bilimlarini o`rgangani keldim.

O`qituvchi: Juda yaxshi. Bizning o`quvchilar juda bilimga chanqoq. O`tgan 2016-Sog`lom ona va bola yili deb atalishi ham bunga misol bo`la oladi. Biz o`qituvchilar ham farzandlarimizning bizdan ko`ra KUCHLI, BILIMLI, DONO VA ALBATTA BAXTLI BO`LISHLARI uchun harakat qilyapmiz.

NUJ savollari o`tilgan mavzuga oid bo`lib, yashirin raqamlar bilan bo`ladi. U bergan raqamdagi o`quvchilar savollarga javob beradi.

№ 9 – Yaxshi-yomon odatlarni sanang

Yaxshi odatlarga: odoblilik, aqllilik, shirinso`zlik, kamtarlik, mehmat sevarlik kiradi.

Yomon odatlarga: yolg`onchilik, chaqimchilik, hasislik, dangasalik, ish yoqmaslik kiradi.

№ 7 –Hikoyadagi rostgo`y bola o`rnida bo`lganingizda nima qilardingiz?

Men ham hech qachon yolg`on gapirmasdim

№ 3 – Agar bola yolg`on gapirganda nima bo`lardi?

Qaroqchilar tillalarni topib,barchani o`ldirib yuborardi

NUJ: O`quvchilar haqiqatdan ham juda aqlli ekansizlar. Barkamol avlod vakillari shunday bo`ladi. Yangi 2017- yilni qanday nomladinglar?

1-o`quvchi: 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb ataldi

2-o`quvchi: Tovuq yili qut –baraka olib kelishi kutilmoqda.

3-o`quvchi: Biz ham Xususiy korxonalarga sayohat uyushtirib, tadbirkorlar bilan uchrashuv belgilaganmiz.

O`qituvchi: Aziz mehmon darsimiz davomida kuzatib boring. Siz o`tilganlar haqida savol berdingiz, endi yangi mavzularimizni ham bilib olasiz.

„Yolg`onchilik“ mavzusida sahna ko`rinishi namoyish etiladi

Qatnashuvchilar: Ota – Kamolov Asadbek

Ona – Xolmirzayeva Dilshoda

O`g`il – Mirzarahmatov Azimjon

O`qituvchi: Ikki xil nom qolur dilda begumon

Biri yaxshiligu birisi yomon,

Yaxshi maqtov eshitar, yomonchi so`kish,

O`zing o`yla senga maqul qaybir ish

Mana o`quvchilar. Yolg`on haqida kichik bir sahna tomosha qildingiz. Qani, bola to`g`ri ish qildimi?

1 -o`quvchi: Yo`q, yolg`on gapirdi

2 o`quvchi: U ota onasini aldadi

3 o`quvchi: U so`ramay yedi

4-o`quvchi: U qo`lini yuvmay yedi

5-o`quvchi: Otasiga ishga qarashmadi

6-o`quvchi: U qilmishidan uyalib qoldi

- Qani kim rost so`zini izoxlab beradi?

-I gurux

- Yolg`onning uch ko`rinishini ayta olasizmi?

- II gurux

- Yolg`onning umri qisqaligini tushuntirib bering?

O`qituvchi: Yaxshi raxmat. Qani kim tez topadi? o`yinini o`tkazamiz. Har bir gurux 1 tadan faqat yaxshilik va yomonlik haqida maqollar aytadi. To`xtalib, tutilib qolgan gurux mag`lub bo`ladi. Vaqt belgilaymiz. To`xtalgan gurux o`yindan chiqadi.


Keling bir dam olish daqiqasi o`tkazib olsak. Dam olish daqiqasi 2 minut.

O`qituvchi: Qani o`quvchilar kayfiyatlaringiz yaxshimi? Endi darsliklarimizni ochamiz. O`qituvchi 1 marta o`qib beradi.

Davom ettir o`yinini o`tkaziladi. Bu o`yinda o`quvchilar darslikdan bitta so`zdan o`qiydilar. Bu o`yin guruxlar aro musobaqa tarzida o`tkaziladi. So`zlarni o`qiy olgan o`quvchiga 1 ball, o`qiyolmagan o`quvchiga 0 ball belgilandi.

O`qituvchi: Endi diqqatimizni kitobimizdagi rasmga qaratamiz.






Bu rasmga hikoya tuzishni ham guruxlar aro musobaqa tarzida o`tkazamiz.

I gurux - Sardorbek bilan Asadbek suxbatlashib turushibdi. Asadbek yolg`on gapirgani uchun yuzi qizarib qolgan, Sardorbek unga yolg`on gapirmaslikni o`rgatyapti.

II – gurux Shokir bilan Shavkat yolg`onchilik haqida baxs boylashyapti, Kim ko`p yolg`on to`qiydi o`yinini o`ynashyapti.

III – Ravshan bilan Rashid aka-uka Ravshan ukasiga yolg`onchilarga qo`shilmaslikni o`rgatyapti.

O`qituvchi: Raxmat o`quvchilar. Qani qaysi gurux to`g`ri xikoya tuzdi?

  • I gurux

  • Demak I guruxga 2 ta yulduzcha qolgan guruhlarga 1 tadan yulduzcha beramiz. O`quvchilarimiz olgan yulduzchalarni jamlab boradilar. Ko`p yulduzchalar yiqqan guruh g`olib hisoblanadi. Yulduzcha olgan o`quvchilar esa rag`batlantirilib baholanadi.

Bugungi darsimizni o`zga sayyoralik kishi kuzatib bordilar. Guruhlarning nomi ham baholarini meyori ham yulduzlar bilan bog`liq bo`ldi. Darsimiz so`ngida Anvar Obidjonning „Yaxshi niyat“ she`rini yodga olsak.

Hammada bor havas

Mana kichkina Avaz

Ko`kka boqar uxlamay

Men dedim qani so`ray

U der – qanidi bo`lsam

Men quruvchi kosmanavt

Qurar edim oyda ham

Bog`cha, maktab internat

Kundalik daftarlariga baho qo`yilib, uyga topshiriq beriladi.

Uyga vazifa: kamtarlik haqida hikoya tuzub kelish.




















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Yolg`onnning umri qisqa

Автор: Рахматуллаева Нигора Кодиржановна

Дата: 19.04.2020

Номер свидетельства: 547193


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства