kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

''Yil, oy, hafta'' matematika

Нажмите, чтобы узнать подробности

С помою этого урока помогаем ученикам изучат меры времени

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«''Yil, oy, hafta'' matematika»

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta`limi vazirligi


Namangan viloyat

xalq ta`limi boshqarmasi

Namangan shahar xalq ta`limi

bo‘limiga qarashli

51-umumiy o‘rta ta`lim maktabi

bоshlang’ich sinf o‘qituvchisi

abdulhaqova MavludaNING

matematika fanidan bir soatlik namunali






















Namangan shahri


Ushbu dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining bоshlang’ich sinf o'qituvchisi Abdulhaqova Mavluda tomonidan tayyorlangan.





Tузувчи Abdulhaqova Mavluda – Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining bоshlang’ich sinf o'qituvchisi.







Taqrizchi: N.Yo’ldasheva - Namangan shahar xalq ta`limi bo’limi bоshlang’ich sinflar uslubchisi











Mazkur dars ishlanmasi Namangan viloyati xalq ta`limi bo’limi metоdika kengashining 201__- yil _________ oyidagi __-sonli qarori bilan оmmalashtirishga tavsiya etilgan.






Mavzu: YIL, ОY, HAFTA

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o‘quvchilarda yil, oy, hafta bo‘yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish;

  2. tarbiyaviy: o‘quvchilarga vaqt bebaho ne’mat ekanligini, uni bekorga sarflamaslik zarurligini uqtirish, vaqtdan unumli foydalanishni o’rgatish

  3. rivojlantiruvchi: Vaqt o’lchov birliklari,soat, daqiqa haqidagi tushunchalarni rivojlantirish, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish.

Dars turi: o‘quvchilarning yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “Quvnoq shar”,”Oyga sayohat” didaktik o‘yini.

Dars jihozi:Soat, yil fasllari tasvirlangan rasmlar, tarqatma materiallar va testlar,texnika vositalari, multimediya vositasi.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’qituvchi: Salom aziz bolalar,

Bog’dagi gul-lolalar.

Bugun hamma sog’lommi,

Darsga barcha tayyormi?

O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz,

Darsga doim tayyormiz.

O’qituvchi: Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi?

O’quvchi: Har narsadan xabarchi,

Sinfda men navbatchi.

Sinfda 31 o’quvchi bo’lib,

Barchasi darsga tayyor

Bizning shior:

Ko’p o’qigan, ko’p bilar.

O’qituvchi: Rahmat aziz bolalar. Darsning oltin qoidalarini eslab olamiz.O’quvchilar qoidalarni aytadilar. Hozir darsimiz nima?

O’quvchi: Matematika fanlar ichra shohdir,

Aqlli o’quvchi bundan ogohdir.

O’qituvchi: Matematika faniga kim asos solgan?

O’quvchi: Matematika budir mo’jiza,

Al-Xorazmiy bobom asos solgan.

Har qadamda duch kelamiz,

Hisob –kitob shundan qolgan.

Matematika bo’yicha davlat ta’lim standartlari so’raladi. O’quvchilar javob beradilar.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! Bugungi darsimiz qiziqarli o’tishi uchun darsimizni musobaqa tarzida o’tkazamiz.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.

  1. guruh: Al-Xorazmiy

  2. guruh: Beruniy

  3. guruh: Farobiy

O’qituvchi: Endi siyosiy bilimlarimizni oshirib olsak.

Vatan haqida savol-javob o’tkaziladi. Ommaviy axborot vositalari orqali eshittirilgan ma’lumotlar aytib o’tiladi.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

Uy vazifasi so’rab chiqiladi. ,,Soat, minut, sutka” mavzusi yuzasidan ,,Quvnoq shar” o’yini o’tkaziladi. Avvaldan 5 xil rangdagi sharlar tayyorlab qo’yilgan bo’ladi.

O’qituvchi: Bolalar bu ranglar sizlarga nimani eslatyapti?

O’quvchi: Harakatlar strategiyasidagi ranglarni

O’qituvchi: Harakatlar strategiyasi haqida nimalarni bilasiz?

O’quvchilar 5 ta ustuvor yo’nalishlarni aytib beradilar.

Shundan so’ng sharlar yorib, ichiga joylashtirilgan test savollariga javob qaytaradilar.

  1. 1 sutka necha soatdan iborat?

  1. 12 soat

  2. 24 soat

  3. 30 soat

  1. Qadimda qanday soat turlari bo’lgan?

  1. Qo’l soati

  2. Elektron soat

  3. Qum soati

  1. 1 soat 20 minutni minutlarda ifodalang.

  1. 80 minut

  2. 100 minut

  3. 60 minut

So’ng ,,Bo’lishi mumkin emas” o’yini o’tkaziladi.

  1. 1 soat – 60 sekund Yo’q 60 minut

  2. 1 hafta - 30 kun Yo’q 7 kun

  3. 1 sutka - 12 soat Yo’q 24 soat

  4. Har qanday sonni 1 ga bo’linsa, 1 hosil bo’ladi.O’quvchilar qoidani aytadilar.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

O’qituvchi:Ertakchi bolajonlardan Oydinoy tashrif buyuribdi, sizlarga ertak aytib bermoqchi.

Bir o’quvchi ,,Egrivoy va To’g’rivoy” ertagini aytishni boshlaganida, sahnaga To’g’rivoy kirib keladi.(Qo’g’irchoq teatri asosida). Bolalarga salom berib, matematik bilimini oshirishda yordam berishlarini so’raydi. Shu payt Egrivoy kirib keladi va metamatika fanini o’rganishni xohlamasligini aytadi. Shunda bolajonlar matematika bizga har sohada kerak bo’lishini tushuntiradilar. O’quvchilar To’g’rivoy va Egtrivoyning ijobiy va salbiy hislatlarini aytib beradilar.

O’qituvchi:Darsda faol ishtirok etsangiz, Egrivoy yaxshi fazilatlarni o’rganar ekan. Unga yordam beramizmi?

O’quvchilar yordam berishlarini aytadilar.

  1. Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi: Kelinglar endi ,,O’yin – topishmoq” o’ynab, bugungi yangi mavzuimizni bilib olamiz.

  • Bir daraxtda o’n ikki butoq,

Uch yuz oltmish besh yaproq.

Yaproqlarning bir yog’i qora,

Bir yog’i oq.

( yil, oy, kun, kecha va kunduz )

  • Kelib – ketar bir yilda,

To’rt og’ayni har xilda. ( to’rt fasl )

O’qituvchi: Barakalla bolajonlar! Topishmoqning javobini to’g’ri topdingiz.

Demak bugun biz ,,Yil, oy, hafta” mavzusini o’rganamiz.Ko’rgazmalar orqali mavzuni tushuntiriladi.

Kitob bo’yicha savol-javoblar o’tkaziladi.

  1. Bir yilda nehcta fasl bor. Ularning nomini ayting.

  2. Har bir fasl nomini ayting.

  3. Bir yil necha oydan iborat.

  4. Bir hafta necha kundan iborat .

O ’quvchilar javoblari tinglanadi. Mavzuni hayotga bog’lab tushuntiriladi.


578-misol o’g’zaki bajariladi. Guruhlar bilan ishlanadi.

  1. 2 yil = 24 oy; 3 yil=36 oy; 5 yil=60 oy;

  2. 3 hafta = 21 kun; 8 hafta=56 kun.

5 79-misolni bajarishda ,,Oyga sayohat” o’yinidan foydalanamiz. Bolalar oyga sayohat qilishni xohlaysizmi? Unda bizga raketa kerak bo’ladi. Rekatani giometrik figuralar orqali yasaymiz. Buning uchun sizlar har bir figura orqasidagi misollarni to’g’ri yechib, rekatani yasashingiz lozim. O’quvchilar misollarni ishlash orqali raketani yasaydilar.



258+172= 487+476=

2 67+333= 536+235=

3 56+468= 645+265=


5 80-topshiriq. ,,O’rnini top” mashqi orqali bajariladi. Buning uchun 3 ta uchburchak nomlari yozilgan A3 bichimdagi qog’oz olinadi. Uchburchaklarni turlariga ko’ra o’rnini topib joylashtirish topshirig’i beriladi. O’quvchilar o’qituvchi stoli ustiga qo’yilgan uchburchaklarni olib, ularning doskadagi o’rnini topib joylashtiradilar.


581-topshiriq. ,,Oltin toj – sizga muhtoj’’ o’yinida kim birinchi bo’lib bajarsa oltin toj sohibi bo’ladi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash:

582-mantiqiy topshiriq. 12 ta cho’pdan necha xil to’g’ri to’rtburchak yasash mumkin. (o’quvchilar misolni bajaradilar). Yangi mavzuni mustahkamlashda ,,Daraxt boboga yordam” o’yini orqali bajaramiz.

O’quvchilar daraxt shoxlariga fasllar nomini va har bir fasl oylari nomini ranglariga moslab yopishtiradilar.



,,Pontamimo” o’yini o’tkaziladi.Bu o’yinda o’quvchilar tabiat hodisalarini imo-ishoralar orqali ko’rsatib beradilar, qolgan o’quvchilar ularni topadilar.

O’qituvchi: Bugungi darsdan nimani bilib oldingiz? O’quvchilar o’z fikrlarini aytib beradilar. O’qituvchi umumlashtiradi. Tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiradi.

Vaqt biz uchun berilag neng aziz ne’matlardan biridir. Vaqt hech qachon to’xtab turmaydi. Shuning uchun o’tayotgan har bir vaqtingizni g’animat bilib doimo qadriga yetishingiz kerak. Shuning uchun undan unumli foydalanib, ko’proq bilim olishga, insonlarga yaxshilik qilishga sarflashingiz kerak. Ayniqsa, vaqtni to’gri taqsimlay bilishni o’rganishingiz lozim. Shundagina kuchli bilim sohibiga aylanasiz.

  1. Darsni yakunlash va baholash: rag’bat kartoshkalari sanalib, g’olib guruhlar aniqlanadi. Faol o’quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa: 583-misol, 584-masala shartlari tushuntiriladi.
























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
''Yil, oy, hafta'' matematika

Автор: Абдулхакова Мавлюда Рашидбаевна

Дата: 31.03.2020

Номер свидетельства: 544768


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства