kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

“Vatan xizmatiga hamisha shaymiz”

Нажмите, чтобы узнать подробности

Xarbiylarimiz tun-u kun qo’lni qo’lga berib, xattoki jonlarini ham fido qilib ona zaminlarini sarhatlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda. Har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Bu nafaqat xarbiylarga balki yurtimizdagi barcha o’g’il bolalarni bayramlari. Men ularni bugungi bayramlari bilan muborakbot etaman.

Boshlovchi: 

Mag’rur qadam tashlang do’stlar,  

Mard-u maydonlar yurti bu! 

O’z vatanin jondan sevgan, 

Sodiq o’g’lonlar yurti bu! 

Assalomu alaykum shu yerga yeg’ilgan aziz ustozlar va o’quvchilar Tinchlik so’zi “Vatanga muhabbat” tushunchasi bilan doimo yonma-yon, mazmunan to’kis. Zero, ona yurtni sevish, uni ko’z qorachig’idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish bu yo’lda hatto o’z jonini tikish mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o’g’ilning burchidir.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«“Vatan xizmatiga hamisha shaymiz”»

Sana:14.01.2020 yil


Mavzu: “Vatan xizmatiga hamisha shaymiz”

Xarbiylarimiz tun-u kun qo’lni qo’lga berib, xattoki jonlarini ham fido qilib ona zaminlarini sarhatlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda. Har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Bu nafaqat xarbiylarga balki yurtimizdagi barcha o’g’il bolalarni bayramlari. Men ularni bugungi bayramlari bilan muborakbot etaman.


Boshlovchi:

Mag’rur qadam tashlang do’stlar,

Mard-u maydonlar yurti bu!

O’z vatanin jondan sevgan,

Sodiq o’g’lonlar yurti bu!


Assalomu alaykum shu yerga yeg’ilgan aziz ustozlar va o’quvchilar Tinchlik so’zi “Vatanga muhabbat” tushunchasi bilan doimo yonma-yon, mazmunan to’kis. Zero, ona yurtni sevish, uni ko’z qorachig’idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish bu yo’lda hatto o’z jonini tikish mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o’g’ilning burchidir.

o’qituvchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar!

Madhiya yangraydi.

1-o’quvchi: Salom sizga yurak to’ridan

Davramizga yig’ilgan do’stlar

Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,

Deymiz sizga hush kelibsizlar.

2-o’quvchi: Salomim sizga ahli Turondan

Dardga malham bo’lgan har aziz jondan

3-o’quvchi:Assalomu alaykum elim, xalqimga

Ta’zim qilay qo’llarimni qo’yib ko’ksimga.

4-o’quvchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar ,

Qadamida gul ungan qalbi ummonlar.

5-o’quvchi:Vatanini jondan sevgan,

Bu diyorda baxti kulgan,

Salom deymiz sizga dildan,

Izhor etaylik chin ko’ngildan.

O’quvchi: Otamiz ochgan eshik

Onamiz quchgan beshik

Qay birimiz gul ekdik

Qay birimiz kul sochdik.

Ko’zingni och ey inson

Vatan mezbon biz mehmon

Vatansiz valiylar ham

Yashagan ko’ngil kemtik

Yashasak bu dunyoda

Vatan uchun yashaylik

O’zbekiston atalmish

Chaman uchun yashaylik.

1- o’quvchi: To’marislar,Shiroqlarning qonidan tomgan

Necha-necha mard o’g’lonlar jonini bergan,

Tog’larida bobolarning izlari qolgan

Mustaqillik mangu bo’lsin ona diyorim.

O`quvchi:

Qoyalaru dalalardan chegaramiz o’tadi

Balkim biron pastqam yerda

Dushman poylab yotadi.

Vatanini xarbiylar dushmanlarga talatmas

O’z yurtini sevganlar g’animlarni yo’latmas.

O’quvchi:

Bepoyondir osmonimiz

Tiniq, zilol suvimiz,

O’zbekiston ravnaq topsin

Shudir orzu o’yimiz

Vatanimga qasd qilganlar

Niyatiga yetolmas

Mustahkamdir chegaramiz

Biron dushman o’tolmas.

O’qituvchi: Vatanimiz mustaqil deb e’lon qilingandan beri, O’zbekistonning dushmanlari borligiga hech kim ishonmas edi. Ming afsuski Vatanining ravnaqini , xalq ozodligini ko’rolmaydiganlar ham uchrab qoldi.

O’quvchi:

Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko’rki.

Naslning javhari , davlat tayanchi,

Yurtning obodligi, to’ylar sababi,

Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

O’quvchi: Yigit omon bo’lsa xavfu xatar yo’q

Qalqon bor, qal’a bu , qo’rg’on salomat,

Yigitlar kulgusiga avju daromod

Go’dak uyqusida rohat- xalovat.

O’quvchi: Vatan bag’rin yashnatib, gulzor etib,

Yuraklarni bir umr bedor etib,

Bosh ko’tarsa yovlarni tor-mor etib,

Tinchlik uchun metin qo’rg’on bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

2- o’quvchi: Bu hur kunlar asli doril-omondir,

Bobolarim orzu qilgan zamondir

Kimga darmon , kimlargadir armondir,

Shukronalar aytib , shodon bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

3- o’quvchi:  Temur bobom bizni doim qo’llagay

Jaloliddin jasoratga yo’llagay

Ajdodlarning matonati o’lmagay

Biz ularga sodiq o’g’lon bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

4-o’quvchi:     Vatandosh mag’rur tutgin boshingni,

Vatan ishqi yoqsin bor vujudingni,

Asray bilgin istiqlol quyoshingni,

Hur tug’ildik, hurki inson bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

O’qituvchi: Aziz bolajonlar bilasizmi Vatan himoyasi uchun biz bir tanu bir jon bo’lishimiz kerak.

Sahna ko’rinishi- “Ota va yeti o’g’il”.

1-o’quvchi:        Ona yurtim bebaho o’lkam

Sening sodiq farzandlaring bor

Biror dushman gar qadam qo’ysa,

Daydi itday bo’lajakdir xor.

2-o’quvchi:       O’g’lonlaring noming taratsin

Po’lat, Artur, Muhammad Qodir

Dono rahbar bosh bo’lgan ellar

Doim erur zafarga qodir.

3-o’quvchi:     O’zbekiston asrasin olloh

O’g’lonlaring gavhardek saqlar

Vatan bergan non hamda tuzni

Bir umrga farzandlar oqlar.

4-o’quvchi:      Vatan uchun jonini bergan

Omon bo’lsin botir o’g’lonlar

Vatanimiz mustahkam bo’lsin

Ko’z tikmasin also yomonlar.

O’qituvchi:   Vatandan qarzi bo’lar farzand deganning

O’zining ramzi bo’lar har bir maskanning

Ho’sh nima degaysiz, ramzi Turonning

Paxta-bug’doy barakasi O’zbekistonning

Boshida kulib turar quyoshi uning

Nuri bor keksayu- yoshida uning

G’ubordan holidir zangor osmoni

Yam-yashil jannatdek bog’-u bo’stoni

Har doim shukurim bildirib qo’yib,

Yashayman pokiza yurtda Vatanda

Takrorlayman har kun fidoyiligim

Bag’ishlay borimni Vatanim uchun.

Vatan haqida qo’shiq bilan yakunlanadi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
“Vatan xizmatiga hamisha shaymiz”

Автор: Xoliqova Matluba Meliyevnaning

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545564


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства