Просмотр содержимого документа
«Uzunlik o‘lchov birliklari. Dersimetr. Metr.»
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta`limi vazirligi
Namangan viloyat
Xalq ta`limi boshqarmasi
Namangan shahar xalq ta`limi
bo‘limiga qarashli
51-umumiy o‘rta ta`lim maktabi
boshlang'ich sinf o‘qituvchisi
ABDURAIMOVA NAIMAXONNING
1-sinf MATEMATIKA FANIDAN
DARS ISHLANMASI
Namangan shahri
16.03.2020 –yil
Mavzu :Uzunlik birliklari: detsimetr, metr.
Ular orasidagi munosabat.
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash
Ta’limiy: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyi-
tish. Sonlarni o’zaro taqqoslash ,.
TK3: masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish;
FK2:amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg’otish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
TK3: o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.
TK4: milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
-Ko’ksimizda qo’limiz,
Odobdir shiorimiz.
Shuning uchun aytamiz:
Assalomu alaykum.
-Navbatchi axborotin
Bugun kimdan eshitamiz.
-Men sinfda navbatchi ,
Hamma darsda tayyordir.
O`ttiz beshta o`quvchi
Ilm olishga shaydir .
-Aziz bolajonlarim ,
Mening gul marjonlarim ,
Vatan so`zin ma`nosin
Aytib bering bizlarga .
-Vatan –onamiz –otamiz va biz tug`ilib o`sgan mahallamizdir .
-Vatan – bu qorli tog`lar , serhosil bog`lar, yer usti va yer osti boyliklarimizdir .
-Vatan –onamiz aytgan alladan boshlanadi .
-Vatan –inson uchun eng muqqaddas maskandir .
-O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan ?
-Bizning prezidentimiz kim ?
-Biz har doim boshimizni egib , qolimizni ko`ksimizga qo`yib prezidentimizga rahmatlar aytamiz . Bizga shunday sharoitlarni yaratib bermoqdalar.
-Hozir qaysi fasldir ?
Buni menga kim aytar?
Bahor fasli haqida suhbat o’tkaziladi.
O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish. “Mosini top”, “Oyga sayohat” didaktik o’yinlaridan foydalaniladi.
III.Yangi mavzu bayoni. Uzunlik birliklari: detsimetr, metr.
Aziz bolajonlar siz uzunlik o’lchov birliklaridan santimetr haqida tushuncha egasiz. Bugun sizlar bilan cm dan kata bo’lgan uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishamiz. Hammamiz o’z chizg’ichimizni qo’limizga olamiz, 10 smlik kesma chizamiz.
10 sm=1dm 1m=10 dm 100 sm= 1 m
1. Stolning balandligi 8dm, stulning balandligi esa 5dm. Stol stuldan necha detsimetr baland?
Javob:8-5=3 3dm
2. 40sm - 20sm= 20 sm 50sm + 10sm = 60 sm 10dm + 30dm = 40 dm 60m + 9m= 69 m
3. Ko‘chaning kengligi 8m.Undagi yo‘lka va ariqning kengligi 4mbo‘lsa, mashina yuradigan yo‘lning kengligi qancha?
Javob:8-4=4 4m
O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
4 .
5. Oldin bir xonali, keyin ikki xonali sonlarni tartib bilan yozing:
16, 81, 8, 46, 9, 64, 5, 63, 28, 4, 17, 3, 7, 18.
3, 4, 5, 7, 8, 9, 16, 17, 18, 28, 46, 63, 64, 81
“Maqollar yomg’iri” o’yini orqali sonlar ishtirokidagi maqallardan aytishadi.
Yetti o’lchab, bir kes.
Sanamay sakkiz dema.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Birni kessang, o’nni ek
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.