kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок по тема: "Буюк бобомизнинг буюк химматлари"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ilmuradova Saida Baxodirovna
" Buyuk bobomizning buyuk himmatlari" mavzusi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок по тема: "Буюк бобомизнинг буюк химматлари"»

Fan: O’qish

Sinf: 3

Mavzu: Buyuk bobomizning buyuk himmatlari

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy: o’quvchilarga buyuk ajdodlarimiz, ularning vatanparvarligi, insoniy fazilatlari haqida ma’lumot berish. Ularni ifodali, ravon o’qishga, erkin , mustaqil fikrlashga o’rgatish.

TK 2. Axborot manbalaridan to’g’ri foydalanish

FK 1. Suhbatdoshini tinglash, sukut saqlash va o’z fikrini to’g’ri bayon qilish

Tarbiyaviy: o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik munosabatlarini tarbiyalash . Buyuk ajdodlarimizga, tariximizga hurmat hissini tarbiyalash. Hamjihatlikda ishlashni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: har ikki maqsaddan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimini mustahkamlash, o’quvchilarning so’z boyligini oshirish.

FK 1. Yurtimizning olamga mashhur buyuk tarixiy shaxslari, olim-u fozillari haqida ma’lumot bera olish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi dars

Dars metodi: og’zaki savol-javob, test, guruhlarda ishlash, yakka va jamoada ishlash, “Aqliy hujum”, “Zanjir “ usuli

Darsning jihozlari: darslik, Amir Temurning rasmlari, slaydlar, savol va test kartochkalari, Amir Temur hayoti haqida vidyo lavha, krossvord, rag’bat kartochkalari.

Darsning boshqa fanlar bilan bog’liqligi: ona tili, matematika, odobnoma, tabiatshunoslik.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’qituvchi:

Assalomu alaykum a’lochi bolajonlar.

Hamma sog’lom, quvnoqmi,

Darsimizga tayyormi?

O’quvchilar: Assalomu alaykum

Ey, aziz ustozimiz

Bizlar sog’lom, quvnoqmiz,

Darsimizga tayyormiz!

O’qituvchi: Qani menga aytingchi,

Sinfda kim navbatchi?

O’quvchi:

Sinfda men navbatchi,

Bir kunlik nazoratchi
O’ttiz nafar yigit-qiz

Buyuklar avlodimiz!

Darsingizga tayyormiz!

Ma’naviy daqiqa: O’quvchilar buyuk ajdodlarimiz haqida she’r aytadilar.

II. O’tilgan mavzuni so’rash:O’tilgan mavzu Mirkarim Osimning “Jaloliddin Manguberdi” nomli tarixiy hikoyasi edi.

O’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan “Aqliy hujum” usulida tezkor savol-javob o’tkaziladi.

“Jaloliddin Manguberdi” hikoyasining muallifi kim?

Mo’g’ullar qaysi to’g’onni ochib yubordilar?

Jaloliddin Manguberdi qayerda qo’shin to’play boshladi?

Jaloliddin Manguberdi qayerda mo’g’ullar bilan kurashib, g’alaba qozondi?

Chingizxon Jaloliddinga qarshi qanday hiyla ishlatdi?

Chingizxon navkarlariga nima dedi?

Yangi mavzu bayoni: Aziz o’quvchilar bugungi darsimizni 3 guruhga bo’lib, musobaqa tarzida davom etamiz. 1-guruh “Bog’I Chinor”, 2-guruh “Bog’I Baland” , 3-guruh “Bog’I Behisht” deb nomlanadi. Bu nomlar buyuk bobomiz Amir Temur qurdirgan bog’larning nomi va bugungi yangi mavzu bilan chambarchas bog’liq. Sizlarga har bir to’g’ri javob uchun “Amir Temur” ordenining aksi tushirilgan rag’bat kartochkalarini berib boramiz. Endi aziz o’quvchilar bugungi yangi mavzumizning nomini raqamli boshqotirma orqali bilib olsak. Qaysi guruh topshiriqni 1-bo’lib bajarsa, o’sha guruh rag’batga ega bo’ladi.

2,20,23,20,10 2,14,2,14,12,8,24,13,8,29 2,20,23,20,10 7,8,12,12,1,19,11,1,17,8.

Ushbu raqamlar ostida yashiringan harflarni alifbo tartibida topsangiz, bugungi yangi mavzu nomi kelib chiqadi.

Ofarin aziz bolajonlar. Bugungi yangi mavzumiz haqiqatdan ham “Buyuk bobomizning buyuk himmatlari” edi (rag’bat)

Mavzu o’quvchilarga o’qib beriladi.

Buyuk bobomizning buyuk himmatlari

Xudoyberdi To’xtaboyev

Amir Temur bobomiz tengi yo’q buyuk sarkarda, buyuk adolatparvar inson bo’lgan ekanlar . Lekin bosqinchilarga shafqat qilmagan ekanlar. Ularni yigirma yeti mamlakatdan quvib chiqarib, o’sha mamlakatninh aholisiga ozodlik imkonini bergan ekanlar. “Haqiqat yo’lidan, haq yo’lidan boringlar”, degan ekanlar. Jasur askarlarning , mard lashkarboshilarining, hatto uzoq-uzoq qishloqlarda yashayotgan jasur yigitlarni ham qadriga yetib, yuksak-yuksak mukofotlar berar ekanlar.

Bir kun katta safardan katta muvaffaqiyat bilan qaytib kelgach, o’zlari yaxshi ko’rgan nabiralaridan birini olib, bog’larida dam olayotgan ekanlar. Shu paytda hashamatli darvoza oldida turgan qorovullarga bir mushtipar ona kiyimlari yirtilib ketgan , boshida bir parchagina mato o’ralgan holda kelib “Men shahanshohning oldiga kirmoqchiman, och darvozangni”,- debdi. Qorovulda turganlardan biri “ Ancha-muncha mamlakatlarning elchilari, o’zlarining minglab qo’shinlariga boshchilik qilgan sarkardalar kirolmaydi-yu, senga yo’l bo’lsin”,- deb javob qaytaribdi.

Ona oyog’I bilan yer tepib:

-Darvozani ochasan, men onaman! Debdi.

-Qorovul boshlig’i:

-Tezroq ket bu yerdan!- deb o’dag’aylabdi.

Ayol yana yer depsininib

-Men onaman!- deb hayqiribdi

-Bo’lmasa, sen narigi darvozaga bor, ruhsatnoma o’sha yerda beriladi, -debdi.

-Yo’q , - debdi ayol, men uch yildan buyon yo’l yuraman. Cho’llarda, sahrolarda suvsizlikdan qiynaldim, changalzorlardan o’tganimda tikanlar badanimni qonatib behol qildi. O’rmonlarda bo’rilarga yem bo’lishim mumkin edi. Yo’q, yo’q , men Amir Temurning huzuriga kirishim kerak,- deb qat’iy turib olibdi.

-Xo’sh, arzing nima o’zi, arzingni ayt-chi,-deb so’rabdi qorovulboshi.

-O’g’lim asirga tushgan, boshqa bir o’g’lim qal’amizni himoya qilayotganda o’ldirilgan. Mayli, o’lgani ketdi, yurtning himoyasi uchun ketdi, lekin n bir zargar o’g’lim shu yerda , uni so’rab keldim , - deb yana yer depsinibdi ayol.

Menga qara, sening o’g’ling qaysi qal’ani himoya qilayotganda halok bo’lgan? - so’rabdi qorovulboshi.

-Mening pahlavon o’g’lim Al-Ahrom qal’asini himoya qilishda o’lgan , - deb javob beribdi ayol.

Ana shu paytda Amir Temur bobomiz o’ynayotgan shaxmatini to’xtatib, gapga quloq solib turgan ekanlar. Al-Ahrom qal’asi himoyasini eslabdilar. O’sha yurtning yigitlari o’z yurtlarini mardona himoya qilganliklarini ko’rgan , eshitgan ekanlar. Bundan tashqari “Men Onaman!” deb yer depsinib turgani Amir Temur bobomizning ruhiga qattiq ta’sir qilibdi.

“Men Onaman!” degan so’zlar quloqlari ostidan ketmabdi. Farmon bo’libdi. Amir Temur yupun kiyingan onani huzurlariga keltirishlarini buyuribdilar.

-O’g’ling Al-Ahrom qal’asining himoyasida o’lganmi?- deb so’rabdilar Amir Temur bobomiz. Men jasoratli insonlarni agar u dushmanim bo’lsa ham hurmat qilaman. Sening uch yildan buyon yo’l bosib, mana shu yerga yetib kelishing menga boshqa onalarga namuna bo’lishga arziydigan bir holatni eslatdi. Men hamisha, jasurlikni, jasoratni himoya qilganman, debdilar. Farmon beribdilar, Al-Ahrom qal’asidan asirga tushganlarni aniqlashibdi. Ularning hammasi yer ostidagi qurol-aslaha yasaydigan joyda tutqunlikda ekan. Onaning jasorati uchun Amir Temur bobomiz qolgan o’ttizta asirni ham ozod qilib , Amudaryodan o’tgunlaricha ularni himoya qilib borishlarini tayinlabdilar.

Hikoya muallifi haqida ma’lumot beriladi.

Xudoyberdi To’xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg’onaning Katta Tagob qishlog’ida dunyoga kelgan. 1949-yil Qo’qon pedagogika bilim yurtini, 1955-yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 1958-yil badiiy ijodga kirib kelgan. “Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari bor. 1982-yil O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, 1991-yil O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlangan.

O’quvchilarga yangi mavzu ketma-ketlikda “Zanjir usuli” da o’qitiladi.

Amir Temur haqida vidyo lavha qo’yib beriladi.

O’qituvchi: Bobomiz Amir Temur buyuk inson bo’lganlar. U kishi o’z saltanatlarida barcha sohaning rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Ayniqsa, Samarqand va uning atrofida bir-biridan go’zal bog’lar barpo qilganlar.

O’quvchilar tomonidan “ Temur bog’lari” nomli sahna havola etiladi.

Amir Temur: Biz kimm mulki Turon amiri Turkistonmiz, biz kim millatlarning eng buyugi, eng qadimi va turkning bosh bo’g’inidurmiz.

Bogi’I Chinor: Men Bog’I Chinorman. Barchangizga uzoq umr tilayman

Bog’I Behisht: Men jannat bog’idirman. Sizlarga go’zallik, tinchlik tilayman.

Bog’I Zog’on: Men Bog’I Zog’on zog’lar bog’idurman

Bog’I Dilkusho: Men Bog’I Dilkusho dillarni xushnud etuvchi bog’durman

Krossvord “Amir Temur” Har uchala guruhga bir xil krossvord beriladi. Qaysi guruh krossvordni tez va to’g’ri ishlasa, shu guruh rag’batga ega bo’ladi.

Keyingi shart “Mozaika” Bu shartda o’quvchilar buyuk bobomizning rasmlarini bo’laklardan teradilar. Qaysi guruh bo’laklarni 1-bo’lib tersa, shu guruh g’olib bo’ladi.

Dam olish daqiqasi: O’quvchilar sokin kuy ostida “Temur tuzuklari” dan parcha keltiradilar.

Eng baland bino ham yerdan ko’tarilgay.

Yaxshini yomon kunda sina.

Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan binolarga qarang.

Kuch - adolatda. (Rag’bat)

Yangi mavzuni mustahkamlash: Har bir guruhga alohida mavzu yuzasidan test topshiriqlari beriladi. Qaysi guruh topshiriqni 1- bo’lib bajarsa, rag’batga ega bo’ladi.

Mustaqil ish. Test

  1. Amir Temur bobomiz kim bo’lganlar?

  1. Buyuk sarkarda

  2. B) Tabib

  3. Adolatparvar inson

  4. Shoir

  1. Qorovul Onani nima uchun narigi darvozaga yubormoqchi bo’ldi?

A)Ruhsatnoma uchun

B)Amir Temurni ko’rish uchun

C) Farzandini ko’rish uchun

D) Bog’da sayr qilish uchun

3 .Ayol Amir Temurning yoniga kelish uchun qancha vaqt yo’l bosdi?

A) 4 yil

B) 3 yil

C) 5 yil

D) 6 yil

4. Ona kelgan payt bobomiz qayerda edilar?

A) qasrda

B) saroyda

C) bog’da

D) ko’chada

5. Qaysi rasmda Amir Temur bobomizning Shahrisabz shahrida qad ko’targan haykallari berilgan?

A) B) C)

6. Qaysi buyuk bobolarimizning nomiga ordenlar ta’sis etilgan?

A) B) C) D)

Har bir to’g’ri javob uchun guruhlarga rag’bat beriladi.

PIRLS bo’yicha mavzu yuzasidan savollar.

Har bir guruh ikkitadan savolni tanlab oladilar.

1. Amir Temur bog’da nima ish bilan mashg’ul edi?

2. Ona nima maqsadda Amir Temurning yoniga kelgan edi?

3. Al-Ahrom qal’asidan kelganlar nima ish bilan mashg’ul edilar?

4. Buyuk bobomiz hikoyada qanday himmat qildilar?

5. Amir Temur bobomiz insonlarga qanday munosabatda bo’lganlar?

6. “Mushtipar ona” iborasini ta’riflang

Yakuniy qism: Har bir guruhning olgan rag’batlari hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi. O’quvchilarga uyga vazifa berish va baholash.



Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUM boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ilmuradova Saida Baxodirovna












































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Урок по тема: "Буюк бобомизнинг буюк химматлари"

Автор: Ильмурадова Саида Баходировна

Дата: 20.03.2020

Номер свидетельства: 543562


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства