kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок на тему: "Тенглама"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок на тему: "Тенглама"                                      

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Тенглама"»

Mavzu: Tenglama 2-sinf

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: matematik atamalar, iks, noma’lum son, tenglama

Soatlar soni: 1 soat (45 daqiqa)

Mavzuning qisqacha ta`rifi: Tenglama, tenglamani yechish yo’llarini tushuntirish, misol va masalalarni mustaqil bajarishga o`rgatish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, o`z – o`zini va do`stini baholash, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol – javob, didaktik o`yinlar.

Shakl; Jamoa, yakka, juft va guruh bo`lib ishlash.

Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.

Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi. O`quvchilarga o`z – o`zini va bir – birini baholashni o`rgatish.

Darsning maqsad va vazifalari:

Ta`limiy: o`quvchilarga tenglama haqida tushuncha berish; misol va masalalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.

T.K1. Fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarning qalbiga milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni singdirish. O’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat va o’zaro tenglikka erishish. TK 4: Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob axloq qoidalariga rioya qiliahga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash va tenglamalarni to’g’ri yechish malakalarini rivojlantirish.

FK2. O’rganilgan matematik tushunchalarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish, yangi bilimlar hosil qilish.

Kutilayotgan natijalar: Tenglama va uni yechish malakasini, sanoq texnikasi egallash, tenglamalar ishlash, qisqa masala tuzish malakasini oshirish, hisob – kitob asosida shaxsiy reja tuzish, hisob – kitob bilan ish yuritish, texnika vositalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo`lish.







Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism.

O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

Sinfni 3guruhga bo’lish. Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.

Tarmoqlash metodi. Videorolik


1 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Matematika fani, DTS talablari. Raqamlar va muhim sanalarni rus va ingliz tillarida bilish.

“Tushunchalar tahlili” metodi



2 daqiqa

3-bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va baholash

Uy ishini bajarilishini monitorda nazorat qilish. O’quvchilar bir birlarining uy vazifalarini tekshirishadi.

“Tasdiqlash” metodi



10 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.

Ko’rgazma asosida Tenglama haqida tushuncha beriladi.

Videorolik yordamida yangi mavzu tushuntiriladi.

Multimedia ilova,videorolik namoyishi


20 daqiqa.

5-bosqich.

Mustahkamlash.

Mavzu bo`yicha misol va masalalar ishlash.

O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash.

“PMQ” metodi


7 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib, reytingini e`lon qilinadi. Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.

Rag’batlantirish


5 daqiqa







Matematika. 2-sinf

Mavzu: Tenglama

Darsning maqsadi:

a) Ta`limiy: o`quvchilarga tenglama haqida tushuncha berish; misol va masalalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.

T.K1. Fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarning qalbiga milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni singdirish. O’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat va o’zaro tenglikka erishish.

TK 4: Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob axloq qoidalariga rioya qiliahga o’rgatish.

c) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash va tenglamalarni to’g’ri yechish malakalarini rivojlantirish.

FK2. O’rganilgan matematik tushunchalarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish, yangi bilimlar hosil qilish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi va bilimlarni mustahkamlovchi dars

Dars metodi: “Tushunchalar tahlili”, “Tarmoqlash” , “Tasdiqlash” va “PMQ” metodlari

Dars jihozi: Darslik, multimedia ilovalari, AKT, slayd va mavzuga oid ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: salomlashish;

O`qituvchi:- Assalomu aleykum

O`quvchilar: - Vaaleykum assalom.

- Hozir darsimiz nima?

- M a t e m a t i k a

- Shiorimiz?









-Matematika haqida nimalarni bilasiz?

- 1. Matematika kerak bizga,

Har bir shodon o`g`il – qizga.

Aqlimiz va fikrimizni,

Soladi to`g`ri izga.

2. Ibn Sino, Xorazmiy

Qoldirmishlar yaxshi nom.

Bu fan barchaga kerak,

Xoh fazogir, xoh dehqon.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi,

Ham ustozga ko`makchi.

Navbatchi: Sinfda men navbatchi,

Darsga tayyor barcha o`quvchi.

O`qituvchi: G`olib bo`lar bugun kim,

Javob bering turmang jim.

O`quvchilar baravariga – biiiiiiiz!!!

Barakalla!!! Demak a`lo kayfiyatni hamroh qilgan holda darsimizni boshlaymiz.Sinfni 3 guruhga bo`linadi.

Matematika darsida qanday o`quv qurollar kerak bo`ladi? Ularning nomini ingliz va rus tillarida ayting.

K itob , a book, книга



Daftar, a notebook, тетрадь



Kundalik daftar, a daybook, дневник



Ruchka, a pen, ручка





Qalam, a pencil, карандаш



Chizg`ich, ruler, линейка…



  • Sonlarni hosil qilishda nimalardan foydalanamiz?

  • Raqamlardan

  • Raqamlarni jonlantirib, muhim sanalarni eslaymiz. Qani 0 dan 100gacha bo`lgan sonlar ichidan biron bir raqamni tanlab, undagi muhim sanalarni aytingchi?

  • Men bu raqamlar ichidan “1”ni tanladim. Bu toq son, 1- sentabr mustaqillik kuni, 1-yanvar yangi yilning 1-kuni, 1-iyun “Butun jahon bolalarni himoya qilish kuni”. Qolaversa biz sinfimiz jamoasi bilan doim 1- bo`lishni hohlaymiz .

  • Men 9 raqamini tanladim. 9- bu toq raqam, 9-fevral “So`z mulkining sultoni’ Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlar, 9- may Xotira va qadrlash kuni.

  • Men 14 raqamini tanladim. 14 – bu juft raqam, 14- yanvar “Vatan himoyachilar kuni”, 14- fevral Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni.

  • Men 21 raqamini tanladim. 21-bu toq raqam, 21- 0ktabr “O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”, 21-mart “Navro`z ummum milliy bayramimiz”

  • Men 8 raqamini tanladim. 8 – bu juft raqam, 8- dekabr “Kanstitutsiyamiz qabul qilingan kun”, 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami.

  • Men 5 raqamini tanladim. 5 – toq son, 2017-2021 – yillar uchun mo`ljallangan istiqbol reja “Harakatlar strategiyasi” 5 ta ustuvor yo`nalishdan iborat.Biz barchamiz 5 (a`lo) baho olish uchun intilamiz.

  • B olajonlarim hozir biz ma`naviyat daqiqasi o`tkazsak. Keling bunda bilimlarimizni “Tarmoqlash” metodi orqali takrorlab olamiz.





Ajdodlarimiz fahrimiz













Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash Videorolik namoyish etiladi.

O`tgan mavzuni mustahkamlash: Uy ishini tekshirish va baholash.

-O`tgan darsda uyga qanday vazifa berilgan edi .

-7-misol Har bir shaklning perimetrini toping

4 sm 2sm



2sm 2sm

3sm





  1. (4+3) +(4+3)=14 (sm) 2. (2+2+(4+2)=8 (sm)

8-misol Hisoblang

30sm+24sm=54sm 80dm+54dm=134dm

60dm-20dm=40dm 50sm+20sm=70sm

Barcha o`quvchilar daftarlaridan uy vazifasini monitorga qarab yana birbirlarning vazifalarini tekshiradilar O`quvchilar rag`batlantirib baholanadi.

IV. Yangi mavzu bayoni: Tenglama

O`qituvchi ko`rgazma orqali yangi mavzuni tushuntiradi.

X (iks) harfi bilan topilishi kerak bo’lgan noma’lum son belgilanadi.

27+x= 27 - bu tenglama

X (iks) harfi bilan topilishi kerak bo’lgan noma’lum son belgilanadi.

27+x=27

Tenglama quyidagicha yechiladi: tenglik to’g’ri bo’lishi uchun x ning o’rniga qanday sonni qo’yish kerakligini bilib olish kerak. Bu son 0, chunki 27 ga 0 ni qo’shganda 27 hosil bo’ladi. Shunda tenglik to’g’ri bo’lganini bilish mumkin.

Tenglamaning yechilishi bunday yoziladi:

27+x=27 Tekshirish:

x=27-27 27+0=27

x=0 27=27





























2-mashq. a) Yig’indidan ma’lum bo’lgan qo’shiluvchini ayirganda noma’lum qo’shiluvchi hosil bo’lganini tushuntiring:

7+8=15 15-7=8 15-8=7

  1. Noma’lum qo’shiluvchini toping:

+ 3=10 9+ = 14











O’qituvchi: Darsligimizda meva tasvirlangan ekan. Xo’sh sizlar mevalarning nomlarini bilasizmi? Keling ularni boshqa tillarda ham qanchalik bilishingizni tekshirib o’tamiz.









































3-mashq. Tenglamalarni yeching va natijani tekshiring. (O’quvchilar bu tenglamalarni doskada yozib bajarishadi)

1) 35+ x = 70 2) 14+x = 24 3) 25+x=50

X=70-35 x= 24-14 x= 50-25

X= 35 x=10 x= 25

Tekshiramiz:

1) 35+35=70 2) 14+10=24 3) 25+25=50

4-mashq. Jadvaldan javobi bir xil bo’lgan misollarni toping:

87+13

75+15

48+32

78+22

64+26

90-10

67+33

53+37

20+20

78-18

90-50

35+25



O’qituvchi: Barakalla! Albatta faol ishtirok etgan, doskadagi misollarni chaqqonlik bilan bajargan o’quvchilarni rag’bat kartochkalari bilan taqdirlaymiz.

O’qituvchi: Navbatdagi mashqimiz bevosita parrandalar bilan bog’liq bo’lganigi uchun keling bir parrandalar nomlarini eslab o’tamiz.





























5-mashq. Rasmdan foydalanib: 4+7, 4+10, 7-4,

10-4, 10-7 ifodalar bo’yicha masala tuzing va uni yeching:



4kg 7kg 10kg

Ehtimoliy javoblar:

Zumradning uyida 4ta xo’rozlari bor edi. Bir uni otasi uylariga 7ta g’oz ham olib keldi. Zumradning uyda nechta parranda bor?

B or edi- 4ta

Olib kelindi - 7ta ?

Yechilishi:

4+7=10

Shundan so`ng “Plyus, minus, qiziq (PMQ)” metodi orqali tadbirkorlik va uning muhim jihatlari haqida o`quvchilarni fikrlari tinglanadi va darsimiz iqtisodga bog`lanadi.

(+) plyus P – tadbirkorlikning ijobiy jihatlari haqida so`zlaydilar.

(-) minus M – tadbirkorlikning salbiy jihatlarini so`zlaydilar.

(?) qiziqarli Q – tadbirkorlikning qiziq jihatlarini so`zlaydilar.









Yangi mavzuni tenglama,noma`lum sonlar,raqmlar ishtirokidagi maqollar bilan mustahkamlaymiz.

Yetti o`lchab bir kes

Sanamay sakkiz dema

Bilagi zo`r birni yiqitar,bilimi zo`r mingni.

Ilmli ming yashar,ilmsiz bir yashar.

Qirqiga chidagan qirq biriga ham chida.

Bir yigitga yetmish hunar oz.











Dars yakuni: O`quvchilarni darsdagi ishtirokiga ko`ra rag`batlantirish va baholash.



Uyga vazifa: 6 -7 – misol masalani tushuntirib berish.










Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Урок на тему: "Тенглама"

Автор: Рахматуллаева Нигора Кодиржоновна

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546141


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства