kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок на тему: "Она сабоги"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок на тему: "Она сабоги"                        

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Она сабоги"»



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIM BOSHQARMASI Norin tuman Xalq ta`limi bo'limiga qarashli

27-umumiy o'rta ta`lim maktabining

boshlangʻich sinf oʻqituvchisi


Abdullayeva Mahliyoning















Ushbu dars ishlanma Norin tuman XTBga qarashli 27-umumiy oʻrta ta’lim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Abdullayeva Mahliyo tomonidan tayyorlangan.



Muharrir: Q. GʻoipovaNorin tuman XTB boshlangʻich sinf uslubchisi.



Muallif: Abdullayeva Mahliyo – Norin tuman XTB Norin tuman boʻlimiga qarashli 27-umumiy oʻrta ta’lim maktabi I – toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.



Taqrizchi: F. Hamroqulova Namangan viloyati Norin tuman xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 27-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi





Ushbu dars ishlanma Norin tumani XTB Metodik kegashining 20___ yil____________dagi ________ sonli qarori bilan tumanda ommalashtirishga tavsiya etildi












Abdullayeva Mahliyo Ibroximjonovna

1981-yil 21-aprelda Norin tuman Marg’izor qishlog’ida tugilgan. 1997- 2001 yil Namangan Davlat Universitetining Pedagogika fakultetiga o’qishga kirdi. tamomladi. Ma`lumoti – oliy, malaka toifasi – birinchi. 2001-2012-yillarda Norin tumanidagi 14-umumiy o’rta ta`lim maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi lavozimida ishladi. 2012-yildan buyon Norin tumani 27-umumiy o’rta ta`lim maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. O’z ish faoliyati davomida darslarni hozirgi zamon talablari asosida, noan`anaviy tarzda, didaktik o’yinlardan, interfaol usullardan foydalangan holda tashkil qilib, bolalarga puxta bilim berib kelmoqda.

Darsning mavzusi: Ona sabog'i

Darsning ta`limiy maqsadi: O'quvchilarning ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish. Yil fasllari haqida, qishda tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar haqida ma'lumot berish.Har bir faslning o`z xislati borligini, shuningdek qish faslining ham o`z xislatlari borligini tushuntirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Qishning ko`rki qor bilan ko`rkamligini tushuntirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Mustaqil o`qishga va hikoya qilib berishga o`rgatib borish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:

TK4 - maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish. TK5 - milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish. FK1-hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi;


Dars shakli: Yangi bilim beruvchi.

Dars metodi. Badiiy, ifodali o'qish.

Darsning jihozlari: Qish tasvirlangan rasm-plakatlar.


Darsning borishi.

T/R

Bolimlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uy ishini tekshirish

4 daqiqa

3

Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish

2 daqiqa

4

Yangi mavzuni yoritish

14 daqiqa

5

Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni

10 daqiqa

6

O’rtog’ingni tekshir bellashuvi

10 daqiqa

7

Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash

2 daqiqa

8

Uyga vazifa

1 daqiqa

9

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism.

- Salomlashish.

- Davomatni aniqlash.

- O’quvchilarni darsga hozirlash.

“Tezkor savol-javob”o’yinini o’tkazish.


1.Yilda nechta fasl bor?

4ta.











2.Hozir o’lkamizda qaysi fasl? Qish.

3.Qish fasliga qaysi oylar kiradi?

Dekabr,yanvar,fevral.

4.Hozir qishning qaysi oyi?

Fevral oyi.

5.Bir hafta necha kundan iborat?

Yetti kundan iborat.

6.Bugun haftaning qaysi kuni?

Chorshanba.

7.Bugun sanamiz nechanchi?

--fevral.

Darsga hamma tayyormi?

Tayyor.

Darsning shiori:

Hur O’zbekiston diyorimizdir,

Bilimdon bo’lmoq shiorimizdir.


Oltin qoidalar bilan tanishtirish.


II . O’tilgan mavzularni takrorlash.

Biz vatanning ertasi”bo’limi yuzasidan takrorlash.”Savol-javob”metodi.

1.Vatan deganda nimani tushunasiz?

Vatan bu-har bir insonning tug’ilib

o’sgan diyoridir.

Bizning VatanimizO’zbekiston,

poytaxti-Toshkent,



Prezidentimiz-SH.M.Mirziyoyev,

chegaradosh davlatlar Qozog’iston,Qirg’iziston,Tojikiston,Turkmaniston va Afg’oniston.

Yurtim senga she`r bitdim bu kun

Qiyosingni topmadim also,

Shoirlar bor o’z yurtin butun

Olam aro atagan tanho.

Ular she`ri uchdi ko’p yiroq

Qanotida kumush diyori,

Bir o’lka bor dunyoda biroq

Bitilmagan dostondir bari.

Faqat ojiz qalamim manim.

O’zbekiston Vatanim, manim!

2. O’zbekiston qachon mustaqil bo’ldi?

1991-yil 31-avgustda mustaqil bo’ldi, 1-sentabr-“Mustaqillik kuni “deb e`lon qilindi.

Istiqlol tufayli keldi yurtga erk,

Istiqlol tufayli o’zgardi xalqim.

O’zbekni ayladi o’z elida bek,

O’zbekiston bo’ldi chindanda ko’rkam.


3. Davlat ramzlarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?

- 1991-yil 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilindi.


Mustaqil yurtimning rangin bayrog’i,

Balandroq hilpira besh qit`a osha.

Ko’rganda quvonsin O’zbek qarog’i,

Butun dunyo xalqi qilsin tomosha.


-1992-yil 2-iyul O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilindi.

Gerbdagi Humo qushi,

Baxt-ozodlik elchisi.

Paxta va bug’doy esa,

Risq-ro’zimiz belgisi.

Daryo,tog’,hamda quyosh,

Tabiatga nishona,

O’zbekiston davlatim,

Yuksalaver tobpra.

-1992-yil 10-dekabr O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilindi.



Ona yurtim madhiyasin

Kuylagayman jarangdor,

Madhiyada onamning

Allasiday sehr bob.

-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?

- 1992-yil 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Konstitutsiyamiz 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.

Baxtimiz qomusi erur bu xujjat,

Unda mujassamdir haq-huquqimiz.

Huquqni bilaylik, lekin avvalo,

Unutmaylik fuqarolik burchimiz.

Vatan haqida yod olgan she`rlaringizdan ayting.

-Vatan – bu … she’rini yoddan ayting.

-Bir o’lka bor ertak misoli,

Go’zallikda tengi yo’q makon

Maftun etgan uning jamoli,

Qo’shiqlarim unga armug’on.

Bu ona yurt- O’zbekistonim,

Iftixorim, shavkatim – shonim,

Ona yurtim-O’zbekistonim!

-Tuprog’i zar, toshi bebaho,

Poyoni yo’q yqshil o’tloqlar,

Daryolarni shoshirar hatto,

Tog’laridan sizgan buloqlar.

Bu ona yurt – O’zbekistonim,

Iftixorim, shavkatim-shonim,

Ona yurtim – O’zbekistonim.


-Bog’-u rog’i saxiydan saxiy

Mevalarin sharbati asal

Xirmoniday rizqi mo’l boqiy,

Eli mezbon mehmonga ,mahtal,

Bu ona yurtim – O’zbekistonim,

Iftixorim, shavkatim-shonim,

Ona yurtim – O’zbekistonim!


-Biz Vatanni sevishni kimlardan o’rganishimiz kerak ekan?

-Buyuk allomalarimizdan.

-Buyuk allomalarimizdan kimlarni bilib oldik?

-Amir Temur,Alisher Navoiy,Muhammad al-Xorazmiy,Abu Ali ibn Sino,Mirzo ulug’bek,Zaxiriddin Muhammad Bobur.

To’g’risini top”o’yini o’tkaziladi.Allomalarimiz rasmlarini tagiga ismlarini almashtirib yozib qo’yiladi.O’quvchilar to’g’risini topib joyiga qo’yishadi.

- Amir Temur kim bo’lgan?

-Amir Temur bobomiz buyuk sarkarda,taniqli davlat arbobi bo’lgan.”Kuch-adolatda”so’zlari hamisha uzugida yaraqlab turgan.Bobomiz millat,Vatan sharafini hamma narsadan ustun qo’ygan.


MEN VATANIMNI AMIR TEMUR

BOBOMDEK SEVAMAN!



-Amir Temur o’gitlari:

1.Yaxshini yomon kunda sina.

2.Birliksiz kuch bo’lmas.

3.Boshingga qilich kelsa ham, rost so’zla.

4.Sodiq va vafodor do’st o’z do’stini ranjitmaydi.

- Muhammad al-Xorazmiy haqida nimalarni bilib oldingiz?

-Buyuk bobomiz al-Xorazmiy matematika ilmining asosini yaratgan olim.U yoshligidan ilmga chanqoq bo’lgan va juda ko’p kitob o’qigan.Uning bu sohada yaratgan asarlarini butun dunyo xalqlari o’qiydi.Men Xorazmiy bobomdek dunyoga tanilgan olim bo’lmoqchiman.


- Alisher Navoiy haqida nimalarni bilib oldingiz?

-Bobomiz Alisher Navoiy buyuk shoir,olim va davlat arbobi bo’lgan.Besh-olti yoshidayoq juda ko’p she`rlarni yod olgan.Bobomiz bizga juda ko’p asarlar yozib qoldirgan.Bu ulug’ zot shoirlarning sultoni bo’lgan.Men ham Navoiy bobomdek buyuk shoir bo’lmoqchiman.

-Alisher Navoiy hikmatli so’zlaridan:

-Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

-Oz-oz o’rganib dono bo’lur,qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

- Yaxshilikni bilmasang yaxshilarga qo’shil.

-Abu Ali ibn Sin odunyoga mashhur hakim va olimdir.U tabobat ilmining asoschisi.Yoshligida ilmga , tabobatga juda qiziqqan.Men Ibn Sino bobomdek shifokor bo’lmoqchiman.

-Buyuk munajjim bobomiz Mirzo Ulug’bek ham podshoh ,ham olim bo’lgan. U Amir Temurning nabirasi bo’lgan .Samarqandda rasadxona qurdirgan. U yerda osmon,oy va yulduzlarni kuzatgan.

-Uyga berilgan topshiriqni tekshirish va baholash. Darslikning 30-sahifasini zanjir usulida o’qitish. Mazmunini og’zaki qayta bayon qildirish.

-Bobur Mirzo Andijonda tug’ilgan .Uzoq yillar Hindistonda shohlik qilgan. Bizga juda ko’p kitoblar yozib qoldirgan. Shuning uchun ham uni shoh va shoir deyishadi.

Boburnoma”uning eng mashhur asaridir. “Boburnoma”kitobida bobomiz o’z boshidan o’tkazgan voqealarni yozgan. Shuningdek, unda tog’lar, gullar, qushlar, hayvonlar haqida ham o’z fikrini yozib qoldirganlar.

Dam olish daqiqasi o’tkazish:

O’quvchilarni mustaqil fikrlashga, hozirjavoblikka, tezkorlikka o’rgatish uchun “BU KIM?”, “BU NIMA?” o’yini o’tkaziladi.

BU NIMA?

1. U osmonda suzib yuradi.

2 . Oq va qora deb ta`riflanadi.

3. Suv zarralaridan hosil bo’ladi.

4. U osmonda paydo bo’lsa, yog’ingarchilik bo’ladi.

5. Beshta harfdan iborat.


BU KIM?

1. Dunyodagi eng buyuk inson.

2. Bizni dunyoga keltiradi.

3. Barcha qadrli narsalar shu zotga qiyoslanadi.

4. Biz bu insonni hammadan ko’proq yaxshi ko’ramiz.

5 .Uchta harfdan iborat bo’lgan so’z.

BU KIM?

1.Buyuk allomalardan biri.

2. Shoh va shoirlik qilgan.

3.Andijonda tug’ilgan va Hindistonda yashagan.

4. “Boburnoma” asarini yozgan.

BU NIMA?

1. U bizga eng yaxshi do’st.

2. Bilim olishimizda yordam beradi.

3. Uni yirtmasdan, kir qilmasdan tutish kerak.

4. Kutubxonada judayam ko’p bo’ladi.

-O’quvchilar faolligini oshirish uchun rag’batlantirib boriladi.

Yangi mavzu bayoni:Ona sabog’i.





-Bugun darsimizda buyuk allomalarimizdan biri bo’lgan Z.M.Bobur haqidagi “Ona sabog’i”hikoyasini o’rganamiz.

Bunda BBB metodidan foydalanamiz.

-Bulutlar nimalardan hosil bo’lishi,ular qayerdan paydo bo’lishi va qayerga g’oyib bo’lishi haqida nimalarni bilasiz?

BILISHNI

XOHLAYMAN

BILAMAN

BILIB OLDIM





-O’quvchilar aytgan fikrlarni BILAMAN degan varoqqa yozib qo’yiladi.


-Ona sabog’i matnini o’qituvchi namuna uchun o’qib beradi.


ONA SABOG’I

Yoz oxirlab borayotgan damlar. Osmon ko’zguday tiniq, musaffo. Yetti yashar mitti Zahiriddin onajonisining yonginasida. Ona-bola o’zaro suhbat qurdilar. Hozir farzandi ko’kka boqib qolgan edi.

U osmondagi uyum-uyum paxtani eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi.

-Onajon,-dedi jajji Bobur,-bulutlarni qo’l bilan ushlab bo’ladimi?

-Bolajonim! - jilmaydi onasi.-Momiq emaski, qo’l bilan tutib bo’lsa.Ular suv zarralari-ku. Faqat bug’ holatida. Bug’lardan esa bulutlar paydo bo’ladi. Ular yomg’ir yoki qorga aylanib yog’ayotgandagina qo’lingizni tutsangiz…

-Ha-a-a, angladim, angladim…

-O’quvchilarga hikoya matnini mustaqil ichda o’qish topshirig’i beriladi.

-O’quvchilar o’qib chiqqach, lug’at ishi o’tkaziladi.

Ko’kka-osmonga

Javdirab-xayron bo’lib

Zarra-ko’z ilg’amas bo’laklar.

-O’qituvchi matn mazmunini o’quvchilarga tushuntirib beradi.

Bulutlar – yerdagi suvning quyosh nuri tasirida bug’ga aylanib,osmonga ko’tarilishidan hosil bo’lishi,ular yomg’ir yoki qorga aylanib,yerga qaytib tushishi haqida tushuncha beriladi.Matn mazmunini tushuntirish orqali o’quvchilarga dunyodagi eng mo’tabar,mehribon inson – Onalarimizni e`zozlash va qadrlash kerakligi haqida ham tushuncha beriladi.



Y angi mavzuni mustahkamlash:



O’quvchilarga matnni mustahkamlash maqsadida savollar beriladi test shaklida.



1)Jajji Zaxiriddin kim bilan suhbat qurdi?

A.Otasi B.Do’sti D.Onasi


2)U onasi bilan nima haqida suhbatlashdi?


A.Yulduzlar haqida.

B.Koinot haqida.

D.Bulutlar haqida.


3)Bulutlar nimalardan paydo bo’ladi?

A.Yumshoq momiqdan.

B.Suv zarralaridan.

D.Oppoq pardan.


4)Bulutlarni qo’l bilan ushlasa bo’ladimi?

A.Ha B.Yo’q D.Bilmayman.


Yangi mavzuni mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish uchun “SINKVEYN” metodidan foydalanamiz.


1.Ona.

2.Mehribon, shirinso’z,g’amxo’r.

3.Bizni dunga keltiradi, parvarishlaydi, tarbiyalaydi.

4.Jannat onalar oyog’i ostidadir.

5.Volida.


1. Zahiriddin Muhammad Bobur.

2. Jasur, ziyrak, ilmli.

3. G’azal, ruboiylar yozgan, shohlik qilgan.

4. Boburnoma asarini yozgan.

5. Shoh va shoir.

-O’quvchilardan bugungi darsda nimalarni bilib olganliklarini so’raladi va BILIB OLDIM deb nomlangan varoqqa yozib qo’yiladi.

Darsni xulosalab,yakunlash


-O’quvchilardan mavzu doirasida yana nimalarni bilishni xohlashlarini aniqlab,BILISHNI XOHLAYMAN deb nomlangan varoqqa yozib qo’yiladi.


-O’quvchilarni darsdagi ishtirokiga ko’ra baholash va ballarini e`lon qilish.


Uyga vazifa: Darslikni 31-sahifasini o’qib,savollarga javob topib kelish.Matn mazmunini qayta hikoya qilib berishga tayyorlanish.




















FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. Oʻqish fani dasturi va DTS.

  2. 1 sinf “Oʻqish darsligi”

  3. Ta’lim va taraqqiyot jurnali.

  4. Ziyonet web sayti.

  5. Qaldirgʻoch jurnali.







































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Урок на тему: "Она сабоги"

Автор: Абдуллаева Махлиё Иброхимжоновна

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545873


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства