Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Мукофот"»
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli umumiy o’rta
ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Hurboyeva Yulduzxon Abdurasulovnaning 2-sinflar uchun o’qish fanidan Ne’mat Toshpo’latning ” Mukofot” mavzusida yozgan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu:Mukofot Ne’mat Toshpo’lat
Darsning maqsadlari:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning to`g`ri va ravon o`qish malakalarini takomillashtirish, ularni og`zaki hikoya qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Oquvchilarning hayvonlarga g’amxorlik qilish sifatlarini tarbiyalash,kitobga bo’lgan qiziqishlarini ortttirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda ajdodlar merosiga qiziqish, ular bilan faxrlanish hissini uyg`otish, fikrlash doirasini kengaytirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: suhbat, aqliy hujum, tushuntirish , “zanjir” metodi, klaster sinkveyin o’yini, “Rollarga bo’lib o’qish “ ,”Koptokni tez qaytar”, “So’zdan so’z top ”oyini ,”Kim chaqqon kim zukko ”, “zig-zag metodi.
Dars jihozi : darslik ,kompyuter, slaydlar, turli rangdagi markerlar , mavzuga oid maqollar, hadislar, o’zbek xalq ertaklar kitobi, “Sog’lom ona va bola“ yiliga mos tayyorlangan ko’rgazma,hayvon kiyimlari.
Dars shiori :”Kitob bilim bulog’i,o’quvchining o’rtog’i”
Fanlar aro bog’lanish : ingliz tili, ona tili , tabiat , odobnoma
III. Yangi mavzuni tushuntirish 3-daqiqa ( 5-slayd)
-Bugun biz sizlar bilan aziz bolajonlar , ”Maktabim-qutlug’ makonim,kitobim-oftobim ” bo’limidan ”Mukofot” ertagini o’qib , o’rganamiz . (darsda ertakchi momo ishtirok etadi) ( 6-slayd)
Ertakchi momo:
-Assalomu aleykum aziz bolajonlarim men ”Ertakchi momo” bo’laman .Siz bobo-buvijonlaringizda , ustozingizdan qaysi ertaklarni eshitgansizlar?
Men sizning hayotingizda alohida o’rin tutaman.Qalbingizda yaxshilikka nisbatan intilish, uyg’otaman. Tasavvuringizda to’g’ri va kamtarin kishilarni esa mag’lub qilib ifodalayman .
Mening ertaklarimni o’qish va tinglash doimiy mashg’ulotingiz bo’lishi lozim.
Hamma birgalikda rahmat ertakchi momo
O’qituvchi : demak ertaklar insonni nimaga yetaklar ekan ?
Bugun biz sizlar bilan ”Mukofot” deb nomlangan ertakni o’qib o’rganamiz.
Doskaga sana, mavzu yoziladi.
Avval ertak o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi. Barcha o’quvchilar ko’rsatkich barmoqlari bilan darslikdan ertak matnini kuzatib, eshitadilar.
Ertakning mazmuni, mohiyatini hayotiy misollar orqali mohiyatini hayotiy misollar orqali ekranda multimedia orqali tushuntiriladi.
L ug’at ishi
Quvnoq daqiqa. (10-slayd) ingliz tilida
”Men kim” metodi
5-slayd ekranda turli xil kasb-hunar egalari rasmi ko’rsatiladi.
”Koptokni tez qaytar” o’yini .Qo’limdagi koptokni xohlagan o’quvchimga uloqtiraman.O’quvchi maqolning davomini aytib maqolni tez qaytaradi.
Masalan :
◆Hurali kishi ..................( xor bo’lmas)
◆ Mehnat qilib topganing.........................(qandu- asal totganing)
◆ Ilm o’z sohibi martabasini.......................( ulug’laydi)
◆Mehnat dan kelsa boylik......................(Turmush bo’lar bo’lar chiroylik)
Endi parta bo’ylab zanjir meto ikki nuqtadan o’qitiladi. Rollarga bo’lib o’qitiladi. Ikki o’quvchi va avtor 28 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 8- daqiqa
-Ertak sizga yoqdimi?
O’quvchilar diqqatini doskadagi sxemaga qarataman. Sxema bo’yicha ertakni tahlil qilish . Ertakni qayta hikoyalash
-Siz kitoblarni qanday saqlaysiz?
-Barakalla! Inson hech qachon loqayd, bekorchi ,dangasa bo’lmasdan,balki tirishqoq ,kitobni sevuvchi, bo’sh vaqtdan unumli foydalanib,sport bilan shug’ullanib, ota-onalarimiz mehnatini qadrlab, yaxshi fazilatli inson bo’lishimiz lozim.
Sahna ko’rinishi o’tkaziladi. Bu orqali o’quvchi mavzuni yaxshi o’zlashtirib uzoq vaqt esda saqlab qoladi.
“Sog’ tanda sog’lom aql” maqolining ma’nosini izohlash.
-O’quvchilar sog’lom bo’lish uchun nimalar qilish kerak?
-sport bilan shugullanish , toza-ozoda bo’liush, gigiyeva qoidalariga rioya qilish va to’g’ri ovqatlanish lozim.
-Muhtaram Prezidentimiz 2016 yilni qanday nomladilar? 6-slayd
-2016 yilni Sog’lom ona va bola ” yili deb nomladilar .
-Ekranda ”Sog’lom ona va bola ” yiliga atab klaster metodida ta’rif , rasmlar.
-O’qiganning o’qi o’zibdi maqolining mazmunini qanday tushunasiz?
-Juda yaxshi! Demak o’qimishli inson nech qachon kam bo’lmaydi
”So’zdan so’z top” o’yini . marker bilan ishlash ”Kitobsevarlar” so’zi yozilib doskaga yopishtiriladi. O’quvchilar birin-ketin chiqib marker bilan yozadilar . Masalan : kitob , savob,vatan,Sevara,tib,ota,aka,tok,betob,varrak,karra,rol,et,tik,kit,
ilk,ikki,bel,kar...........................
V . Darsga yakun yashash va baholash .
-Ilm olish uchun nima qilish kerak? ?
-Biror bir hunarni egallash inson uchun zarurmi?
-Barakalla!
Aziz bolalar , shunday tanu-jonimizning sog’ligi, yurtimizning tinchligi ,bugungi kunga shukronalik emasmi?
Shukronalikka siz nimalar qilishingiz kerak ?
A’lo baholarda o’qishimiz, yaxshi fazilatli, go’zal xulqli inson bo’lishimiz lozim Shu o’rinda darsimizni payg’ambarimizning ibratli hadislari bilan yakunlamoqchiman 2-daqiqa
VI. Uyga vazifa: ertakni to’g’i va ravon o’qib , mazmunini so’zlay olishga tayyorlanib kelish