1 Mavzu: Momiq qor
2 Maqsad: O`quvchilarni Po`lat Mo`minning “Momiq qor “ she`ri bilan tanishtirish.
a) Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga Po`lat Mo`min ijodi haqida tushuncha berish, she`rni ifodali, ravon o`qishga o`rgatish. TK3:mavzuga mos she`rlarni muntazam o`qib, o`rganib boorish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni tevarak-atrof, yashil olam boyliklarini asrashga, qorning tabiatimizda tutgan o`rni, hayvonlarga g`amxo`r bo`lish ruhida tarbiyalash. TK4: she`rda bo`layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his qilish.
d) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning ifodali o`qish, erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. FK2: matndagi so`z va gaplarning ma`nolarini tushuna olish.
3 Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
4 Darsning uslubi: Suhbat, savol-javob.
5Darsning jihozi: Mavzuga doir rasmlar, qor parchalari, AKT, mavzuga oid slaydlar.
6 Darsning borishi:
a) Tashkiliy qism.
O`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, navbatchi axboroti.
b) Asosiy qism.
Hozir qaysi dars? Kayfiyatlar qalay? Hamma darsga tayyormi?
Darsimiz shiori: Nimaki qilsang tilak,
Bariga o`qish kerak.
Sinfimiz shiori: Aql koni kitob,
Uni sevganni yo`li oftob.
Aytingchi bolajonlar, o`qish kitobi nima deydi?
Yozuvchilar, shoirlar,
Hayotidan so`zlayman.
Navoiy va Boburlar
Ijodidan so`zlayman.
Qaynab toshar ilhomim,
Ertagu, she`r, hikoya
Qiziqib o`qisangiz,
Xursandman benihoya.
O`quvchilardan o`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi. Hikoya sahna ko`rinishi orqali namoyish etiladi.Savol - javoblar orqali mustahkamlanadi.
Kayfiyatni ko`tarish maqsadida “ Zo`r kayfiyat’’ o`yini o`ynatiladi.
Qish fasli haqida, muhim sanalar so`raladi.
8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Xalqim diliga yog`du sochar
Misoli oftob
Qonunlar majmuasi
Muqaddas kitob.
10-dskabr O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
Har sahar yangragan,
Ulug` madhiyam.
Eng go`zal qo`sig`i
Ozod elimning.
31-dekabr Yangi yil bayrami.
Istiqlol yurtimda,
Qolsin abadiy.
Degaymiz, Yangi yil
Kelsin omadli.
“Topishmoqlarni top” o`yini.
O`quvchilarga turli shakllar beriladi.Topishmoqlarga to`g`ri javob bergan o`quvchilar chiqib kvadrat, doiracha shakllarini yasaydilar. - O`tda yonmaydi
Suvda cho`kmaydi.
- Ko`kda supra ochildi,
Uni yerga sochildi.
-Ayoz bobo novvot sotdi
Olgan edim qo`lim qotdi.
Endi bolajonlar, sinfimizda qish fasli manzarasini hosil qilamiz. Oldingizda manzara bo`lakchalari bor. Ziyrak, zukko o`quvchi men aytgan ta`rifni eshitib, oldidagi manzara bo`lagini chiqib xattaxtaga yopishtiradi.
O`lkamizga qish fasli kirib keldi.Ona tabiat uyquga ketdi. Pag`-pag`a oppoq qor yog`ib, hamma yoq qorga burkandi.Bolajonlar qorbo`ron o`ynash uchun, uylaridan tashqariga chiqishdi. Ravshan chanada uchyapti. Salima esa Qorbobo yasayapti.Nargiza konkida uchyapti. O`sha kuni bolajonlar maza qilib o`ynadilar.
Mana sinfimizda qish fasli manzarasi hosil bo`ldi. Manzarani “Qishning ko`rki “ deb nomlasak bo`ladimi? Manzara sizga yoqdimi?
Yangi mavzu bayoni:
Diqqat qiling! Hozirgi aytadigan so`zim 8 harfdan iborat. So`zimning birinchi harfi alifbomizdagi 12-harf, 14-harf, 12-harf, 8-harf, 16-harf alifbomizdagi 16-harf, 14-harf, 17-harf. Topgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Bu so`z “Momiq qor”so`zi. Biz bugun Po`lat Mo`minning “Momiq qor” she`rini o`tamiz.
O`quvchilarga Po`lat Mo`min ijodi haqida ma`lumot beriladi. She`r o`qib mazmuni bilan tanishtiriladi.
Lug`at ishi:
Kaft - qo`l panjasining ichki tomoni
Yuz, aft – odam boshining old qismi
Maqtasa kiroyi – zo`r,asl, maqtasa arzigulik
O`quvchilarga o`qitilib, savol-javoblar orqali mustahkamlanadi.
Quvnoq daqiqa: “Laylak qor “qo`shig`i kuylanadi.
Endi bolajonlar, bayram kunlari ob-havo qanday bo`lishini,ob-havo darakchilaridan bir eshitaylikchi.
- Qish kunlari kechasi havo ochiq bo`lsa, qattiq sovuq bo`ladi.
- Qarg`alar to`xtovsiz qag`illasa,tez orada qor yog`adi.
- Agar qor guppillatib tez yog`sa, tez tinadi, sekin yog`sa, uzoq davom etadi.
- Mushuk va itlar boshlarini oyoqlari orasida yashirib uxlasa, ertasi kuni sovuq bo`ladi.
- Qushlar hurpayib olsa, sovuq uzoq davom etadi.
- Qishda atrofda chirsillagan ovoz eshitilsa, sovuq kuchayadi.
- Darsni mustahkamlash:
- Qishda qaysi qushlar qishlab qoladi?
- Qor she`rining muallifi kim?
- Qishda qanday o`yinlar o`ynaladi?
e) Uyga vazifa: “ Momiq qor” she`rini yod olib kelish.