kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок на тему: "Махражи 2,4,8 булган касрлар"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок на тему: "Махражи 2,4,8 булган касрлар"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Махражи 2,4,8 булган касрлар"»


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI








NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


NAMANGAN SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 4-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

MAMATQULOVA MUNIRANING

MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN

BIR SOATLIK OCHIQ


DARS ISHLANMASI









NAMANGAN – 2020-yil


Ushbu dars ishlanmasi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari matematika darslarida foydalanishlari uchun mo’ljallangan.





Muallif: M.Mamatqulova – Namangan shahar 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.



Taqrizchilar: N.Yuldasheva – Namangan shahar xalq ta’limi bo’limining boshlang’ich ta’lim uslubchisi.



R.Hakimova – Namangan shahar 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining birinchi toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi.








Ushbu dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi metodika kengashining “___”___________ 2020-yildagi _______-sonli qarori bilan tasdiqlanib, ommalashtirishga tavsiya qilindi.


Matematika 3-“A”sinf



Mavzu: Maxraji 2, 4, 8 bo’lgan kasrlar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarni “Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan kasrlar” xossalari bilan tanishrirish, bilim ko`nikma hosil qilish.

Kasr, surat, mahraj, kasr chizig’i, aylana, doira, kvadrat, kesma haqida ma’lumot berish.

F.K: murakkab bo‘lmagan (maxraji 2, 4, 8 ga teng bo‘lgan) kasr son sonning ulushi, to‘plamning qismi yoki sonlar o‘qidagi nuqta ekanligini tushuna oladi hamda kasr.

Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash. Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, ish bajarishda tozalikka, ozodalikka, tartibga rioya qilishga o`rgatish.

TK: o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish.

Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash.

F.K: kasr sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajara oladi.

Kutilayotgan natija: Dars yakunida o’quvchilar mavzuga oid bilimlarga ega bo’ladilar.


Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metodi: O’quvchilarni faollashtiruvchi metodlardan foydalanish. “Plickers” dasturi, tarmoqlash.

Shakli: Jamoa, guruh va har bir o’quvchi bilan ishlash.

Jihozlari: 3-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, “Kasr cho’ti”, vatman, marker, ko’rgazma va tarqatma materiallar.

Nazorat usuli: Og’zaki va yozma, savol-javob, kuzatish, amaliyot va o’zini o’zi nazorat qilish.

Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.


Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism (2 daq.)

-Assalomu alaykum!

-Vaalaykum assalom!

Mustaqil ona yurtning barkamol avlodlari

Darsga shaymisiz bugun, dono o’gil-qizlari?

-Barchamiz sog’-omonmiz, bugun darsga tayyormiz.

Bizning maqsadimiz:

Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida hizmat qilish eng oliy saodatdir”.

Matematika faniga atab she’rlar aytiladi:

Fanlar shohi matematika

Bilim koni matematika.

Navbatchi axboroti ( yil, kun fasl haqida ma’lumot beradi.)

O’qituvchi o’quvchilar bilan siyosiy jarayonlar va Prezidntimizning 5 ta tashabbuslari haqida savol–javob o’tkaziladi.



Har biringizni oldingizda turli geometrik shakllar bor. Ana shu shakllardan foydalnib, darsdagi ishtirokingizga qarab o’z ishtirokingizni ballab shakllarning qismini bo’yash orqali belgilab borasiz. Buning uchun avvalol o’tilgan mavzuga va yangi mavzuga oid topshiriqlarni bajarishingiz va ularni qo’lga kiritishingiz kerak. Masalan: 4 marta qatnashgan qismini deb yozishi va bo’ayishi kerak.











II. O’tgan mavzuni so’rash:

Uy vazifasini tekshirish.

Uyga vazifa 6-7-misol. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib o’quvchilar ishini tekshiraman.

6-misol. Kasr ko‘rinishida yozing:

Uchdan ikki; beshdan bir; oltidan to‘rt; sakkizdan besh; o‘ndan uch; o‘n ikkidan to‘qqiz.


2/3; 1/5; 4/6; 5/8; 3/10; 9/12


7-masala. Issiqxonadan 185 ta atirgul uzildi. Bu buyurtmaning chorak qismini tashkil etadi. Buyurtma bo‘yicha nechta atirgul uzilishi kerak?


Yechish: 185 * 4 = 740

Javob: Buyurtma bo’yicha 740 ta atirgul uzilishi kerak.

III. O’tgan darsni mustahkamlash:


Sinfni 3 guruhga bo’lib, 1-guruh “Blis so’rov” metodi orqali savollarga javob beradilar.

2-guruh “Sinkveyn” metodi orqali kasr so’ziga sinkveyn tuzadilar.


3 -guruh esa “Charxpalak” metodi orqali shakllarni qismlarini topishadi.


IV. Yangi mavzu bayoni

(O’quvchilar daftarlarini ochib mavzuni yozadilar)

Oddiy kasrlar, ularning surati va maxraji haqida savol-javob o’tkaziladi.

Savollar: 1. Kasr o’zi nima?

2. Kasrning surati nimani anglatadi?

3. Kasrning maxraji nimani anglatadi?

Mavzuga oid masala va misollarni bajarish tartibi tushuntiriladi.

1-masala.

D oira chizing va uni teng ikkiga bo‘lib, bir qismini, ya’ni yarmini bo‘yang. Bunda siz doiraning ikkidan bir qismini bo‘yaysiz. Bu kasr ko‘rinishida ifodalanadi.

Ushbu topshiriq o’quvchilar bilan amaliy tarzda bajarib boriladi va kasrning mana bunday ko’rinishi haqida o’quvchilarga ma’lumot beriladi.

2-masala.


Bu topshiriqni o’qituvchi o’quvchilarni guruhlab, har bir guruh berilgan shakllardan bittadan tanlab (amaliy tarzda), aylanalar qirqib uning tegishli qismini bo’yab, bo’yalgan qismini kasr orqali ifodalaydilar.

3-masala.

Uzunligi 8 sm. bo’lgan to’rtta kesma chizing va har birini 4 ta teng qismlarga ajrating. Birinchi kesmaning to’rtdan to’rt, ikkinchi kesmaning to’rtdan uch, uchinchi kesmaning to’rtdan ikki va to’rtinchi kesmaning to’rtdan bir qismini bo’yang.

Masalaning shartini o’qib, uning qisqa yozuvini tuziladi:

Kesmaning uzunligi - 12 sm

8 sm ni qismi - ? sm 8 sm ni qismi - ? sm

8 sm ni qismi - ? sm 8 sm ni qismi - ? sm

8 : 4*4= 8 qismi ya’ni 8 sm ga teng qismi bo’yaladi .









8 : 4*3= 6 qismi ya’ni 6 sm ga teng qismi bo’yaladi .









8 : 4*2= 4 qismi ya’ni 4 sm ga teng qismi bo’yaladi.









8 : 4*1= 2 qismi ya’ni 2 sm ga qismi bo’yaladi .










O’quvchilar ushbu topshiriqni guruhlar bilan hamkorlikda bajaradilar.

O’quvchilarga rasmlar asosida mavzuga oid savollar berib boriladi.

Mevalarning necha qismini olmalar tashkil etadi?

Mevalarning necha qismini noklar tashkil etadi?

Olmalar noklarning necha qismiga teng?

O’quvchilar mevalarni sanab, olma va noklarni ham sanab, ularni taqqoslaydilar.

4-masala.

Perimetri 64 sm bo‘lgan kvadratning tomoni necha santimetr bo‘ladi? 64 sm ning to‘rtdan bir qismi necha sm ga teng?

O’quvchilar bilan kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning xossalariga oid savol-javob o’tkaziladi.

P= 4*a

P= 64 sm

a=?

P=(a+b)*2







Yechish: P= 4*a 64 sm : 4 = 16 sm

Javob: Kvadratning tomoni 16 sm ga teng. 64 sm ning to‘rtdan bir qismi 16 sm ga teng bo’ladi.

5-boshqotirma

Har bir harf o‘rniga son yashiringan. Ularni toping.

x + x = 120 k – x = d

d + d + d = x k + d = 100



O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat etib harflar ortida yashiringan sonni topadilar:

1. Qaysi 2 ta bir hil sonning yig’indisi 120 ga teng bo’ladi?

2. Demak x ning qiymati 60 ga teng bo’lsa, d ning qiymatlari ya’ni qaysi 3 ta sonning yig’indisi 60 ga teng bo’ladi?

3. 3 pog’onada ham harflarning qiymatini ham topgan bo’lsangiz noma’lum kamayuvchi qanday topiladi?

Demak 80 va 20 ning qiymati 100 ga teng bo’ladi.


V. Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-guruh: O’quvchilar berilgan kasrlardan foydalanib shakllarning qismlarini bo’yaydilar.


2-guruh: “Mosini top” o’yini orqali berilgan shakllarning bo’yalgan qismini kasrlar orqali ifodalanishini topishlari kerakligi tushuntiriladi.


3-guruh: “Kasrlar”

O’quvchilarga berilgan shakllarning qanday qismi bo’yalganligini kasrlar orqali ifoda etib yozishlari tushuntiriladi.





Masalan: ... kabi

VI. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa: Darsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.

O’quvchilar matematika qanday fan ekan?


MATEMATIKA


Har bir fanning o’rni bor,

O’rgansang dil to’ladi,

Lekin fanlar ahlosi

Matematika bo’ladi.

Qiyin emas aslida,

O’rganishga qilsang ahd,

Hamma uchun,har joyda,

Kerak bo’lar hamma vaqt,

Bilmasang gar bu fanni,

Dunyoni ham anglama,

Bilsang asli bu hayot,

Matematik tenglama.

O’qiganlar har doim,

Tafakkurga to’lishgan,

Dunyoda zo’r daholar,

Matematik bo’lishgan.

Beruniy, al-Farg’oniy,

Jahon suygan alloma,

Horazmiy bobomdan,

Qolgan buyuk dilnoma.

Qo’shish ayrish,kesmasi,

Har joyda kor bo’ladi,

Fanlarning eng keksasi,

Matematika bo’ladi.

Uyga vazifani e`lon qilaman.

Uyga vazifa: 6-7-misol. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.

6. 8 ta yashikdagi xurmo jami 96 kg. Bitta yashikda qancha xurmo bor? 96 ning sakkizdan bir qismi nechaga teng?

96 kg:8=12kg

Javob: 1 ta Yashikga 12 kg xurmo joylashtirilgan.

96 ning 8dan 1qismi 12 ga teng bo’ladi..!


7. Uzunligi 8 cm bo‘lgan uchta kesma chizing. Ularni 8 ta teng bo‘lakka bo‘ling. Kesmalarning sakkizdan ikki, sakkizdan besh va sakkizdan yetti bo‘laklarining uzunligini toping va bo‘yang.

A 8 sm B





16



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Урок на тему: "Махражи 2,4,8 булган касрлар"

Автор: Маматкулова Мунирахон Нормирзаевна

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546716


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства