kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок на тему: "Бурининг табиб булганлиги хакида ертак"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок на тему: "Бурининг табиб булганлиги хакида ертак"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Бурининг табиб булганлиги хакида ертак"»

Mavzu: Bo‘rining tabib bo‘lganligi haqida ertak

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qish malakalarini takomillashtirish; ertakdagi topshiriqlar ustida ishlashga o‘rgatish;

Tayanch kompetensiya: Axborotlar bilan ishlash.Mavzu doirasida ko`rsatilgan multimediya ilovalariga ongli munosabat bildirish:

tarbiyaviy: rostgo‘ylik, to‘g‘ri­so‘zlik, samimiylik fazilatlarini tarbiyalash;

Tayanch kompotensiya: O`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi: Yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, Adabiy nutqiy kompitensiya elementlari (tinlash tushinish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushina oladi. Ularni ongli, ifodali, to’g’ri o’qiy oladi. O’qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi.

Badiiy asarni tahlil qilish kompitensiya elementi; O’rganilgan asarlarning qahramonlarini ajrata oladi. O’qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi

Darsning turi: Yangi tushuncha va blimlarni shakllantiruvchi.

Darsning metodi: suhbat, savol-javob, klaster, “Qaysi biri ortiqcha”.

Darsning jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimediyali ilovalar

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

1- o`quvchi: Gar sinfga kirsa ustozlarimiz!

Bosh egib kutib olish bizning burchmiz!

O`qituvchi: Mening aziz, dono,bilimdon o`quvchilarim

Sog`misiz omonmisiz?

O`quvchilar: Rahmat ustoz omonmiz

Bizlar darsga tayyormiz.

O`qituvchi: Kitoblarning bobosi

Yo`l boshlovchi donosi

Har bir ishga nur ziyo

Taratar muddaosi

Ilm izla xitobi

O`quvchilar: Bu ma`naviyat soati

O`qituvchi: U borki yo`llar ravon

Oshamiz bir-bir davon

Boryapmiz mardona

Bilimlar yurti tomon

Ilm izla xitobi

O`quvchilar: Bu ma`naviyat soati

O`qituvchi: Bu fan yoqar kimga?

O`quvchilar: Sizga,bizga, barchaga

Yoqar ushbu darsimiz

Chunki nafis kelajakka

Qadam qo`ydik barchamiz!

1.O`quvchi: Bizning shiyor

O`quvchilar: Bilakda ko`p kuchimiz

A`lo o`qish burchimiz!

O`qituvchi: Kim bugun bosh navbatchi

Bolalarni sanangchi

Qay biri yoq sinfda

Sababini aniqlangchi?

Navbatchi o`quvchi: Men bugun bosh navbatchi

Jami 32 ta o`quvchi

Har biri bor sinfda

Birinchimiz har ishda

Yordamchi navbatchi: Bugun havo ochiq, quyosh charaqlab turibdi, hammaning kayfiyati

O`quvchilar: A`lo!

O`qituvchi: Vatanimizning nomi.

O`quvchilar: O`zbekiston!

1.O`quvchi: U 1991-yil 31-avgust kuni mustaqil bo`lgan. 1- sentabr esa Mustaqillik bayrami deb e`lon qilingan.

O`quvchi: O`zbekiston Respublikasi o`zining davlat ramzlariga ega. Davlat gerbi, bayrog`i, madhiyasi hamda konstitutsiyasiga ega.

O `quvchilar davlat ramzlarini qachon qabul qilinganliklarini aytib o`tadilar.











O`qutuvchi: shunday ajoyib, farovon, tinch mustaqil O`zbekiston quchogida yashar ekanmiz buning uchun biz

-odobimiz bilan

-bilimimiz bilan

-intilishimiz bilan

-shijoatimiz bilan

-kuch-qudratimiz bilan

O`quvchilar: Hissa qo`shamiz!

O`qituvchi: o`quvchilar darsimizni ikki guruhda olib boramiz. Faraz qilamiz 1-guruhdagi o`quvchilar mustaqillik kemasida, 2-guruh o`quvchilari Istiqlol kemasida o`tiribsizlar.Ushbu kemalarda ‘’Bilimlar daryosiga‘’ sayoxat qilamiz.Sayoxatimiz davomidagi savollarga to`g`ri javob bersangiz manzilga tezroq yetasiz. Aks holda kemalarimiz cho`kishi mumkin

Ikkita guruhga munozara uchun savol tashlanadi.


BILIMLAR

DARYOSI










Savollarga to’g’ri javob bergan o`quvchilarga rag`bat berib boriladi.

1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni takrorlash.

Mavzuga oid savollar orqali uyga berilgan vazifani tekshirish. O‘quvchilarning bilimini rag‘bat­lantirish.

Yangi mavzu bayoni.

O‘qituvchi: — Aziz bolajonlar, biz siz bilan shu kunga qadar ko‘plab ertaklarni o‘qib-o‘rgandik. Ertaklar 2 turga bo‘linadi. Xalq ertaklari va adabiy ertaklar. Bugun siz bilan «Bo‘rining tabib bo‘lganligi haqida ertak» deb nomlanuvchi asarni o‘rganamiz. U adabiy ertak turkumiga mansub bo‘lib, 
muallifi bolalar adibi Anvar Obidjondir.

(O‘qituvchi o‘quvchilarga «Anvar Obidjon haqida nimalar bilasiz?», degan savol bilan murojaat qilib, ularning javoblarini to‘ldiradi).

O‘qituvchi: — O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947- yili 8- yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning bolalarga atab yozgan she’r va ertaklari   juda katta qiziqish bilan o‘qib kelinmoqda. Adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g‘irlanishi» kabi pyesalari sahna yuzini ko‘rgan.

Shundan so‘ng o‘quvchilar «Bo‘rining tabib bo‘lganligi haqida ertak» asari bilan tanishib, uni ifodali o‘qib, o‘zaro muhokama qilishadi. O‘qituvchi esa ertakni rolga kirib o‘qib beradi.

Lug‘at ustida ishlash:

tul kampir — beva kampir;

muttaham — aldoqchi, shum;

dil xushlam — xursand bo‘lib;

darg‘azab — g‘azabnok, g‘azabli;

ozor — tashvish;

quvvatdori — quvvat beruvchi dori;

xapdori — suv bilan ichiladigan dori.

O‘qituvchi: — Aziz o‘quvchilar, endi uch guruhga bo‘linib, ertakni qismlarga ajratgan holda o‘rganamiz.

1-    guruh: — «Oqillar»;

2-    guruh: — «Donolar»;

3-    guruh: — «Bilimdonlar».

Guruhlarga 1- topshiriq. Berilgan parchani o‘qing, ifodali o‘qishga tayyorlaning. Bu topshiriq bo‘yicha ifodali o‘qish musobaqasi uyushtiriladi; 3 guruhdan 2 nafardan o‘quvchi chiqib matnni ifodali o‘qiydi.

Guruhlarga 2- topshiriq. O‘qilgan matn parchasida o‘z ifodasini topgan ma’lumotlarni bilib oling. Izohlashga tayyorlaning. O‘quvchilar taxminan quyidagicha fikr bildiradi:

1- guruh: Jahonda qiziq ishlar bo‘ladi, yer teskari aylanib hayvonlarni yeydigan bo‘ri ularni davolaydigan tabib bo‘ladi. Bo‘rining tabib bo‘lsa ham, yirtqichligini tashlamagani quyidagi misralarda aks etgan:

Ana qarang

Tish qayrab

O‘tirar shum shifokor.

Yo‘lga boqar jovdirab,

Tezroq kelsa deb bemor.

2- guruh: Bo‘ri yirtqich bo‘lishi bilan birga, bilimsiz tabibdir. U quyonning biqini qolib chap ko‘zini tekshiradi. Oshqozon og‘rig‘ini tumov deb ataydi. Quyidagi misralar buning isbotidir:

Bo‘ri yaqin o‘tirdi,

Biqin qolib

Tekshirdi —

Quyonning chap ko‘zini.

— Kechikamiz dingquloq,

Ko‘rmasak tez chora gar

Oshqozoning sal chatoq

Buni «tumov» deydilar...

3- guruh: Bo‘ri tabiblikni faqat o‘z foydasi uchun qiladi. To‘ng‘izning kasalini davolash uchun go‘shtini kesib olish kerak deydi:

Tomoq og‘riq boshlanar

O‘ng oyoqning payidan

Kesib olsak soz bo‘lar

Go‘shtlikkina joyidan.

Guruhlarga 3- topshiriq. Lug‘at ustida ishlash.

Har bir guruh o‘ziga tegishli parchada uchragan tushunarsiz so‘zlar lug‘atini tuzadi. Darslikdagi lug‘atdan foydalanib qanday ma’no bildirishini topadi.

1- guruh quyidagi so‘zlarni doskaga yozadi: ters — teskari, chap; yirtqich —vahshiy; bemor —kasal, betob.

2- guruh: inim — ukam; gar — agar; muolaja qilamiz — davolaymiz.

3- guruh: pay — elastik to‘qima; rostlab qoldi juftagin — qochib qoldi.

Guruhlarga 4- topshiriq. Berilgan parchadagi o‘xshatish, jonlantirish, ko‘p ma’noli so‘zlarni toping.

Namuna: 1- guruh: dingquloq (quyon) — ko‘chma ma’noda ishlatilgan.

2- guruh: rostlab qoldi juftagin (qochib qoldi) — ko‘chma ma’noda ishlatilgan.

Guruhlarga 5- topshiriq. Berilgan parcha asosida savollar tuzing.

Namuna: 1- guruh: Bo‘ri kim qilib saylandi? Shum shifokor nimalarni o‘ylab o‘tiribdi?

2- guruh: Quyon tabib oldiga qanday kirib keldi? Bo‘ri unga qanday tashxis qo‘ydi? U quyonga qanday davo qo‘llamoqchi bo‘ldi?

3- guruh: To‘ng‘izcha bo‘rining oldiga qay holatda keldi? Bo‘ri to‘ng‘izcha kasalining sababini nima deb ko‘rsatdi? Nima uchun to‘ng‘izcha juftakni rostlab qoldi?

Guruhlarga 6- topshiriq. Har bir bo‘limga mos sarlavha toping.

Namuna: 1. Shum shifokor.

2. Bemor quyoncha.

3. Juftakni rostlagan to‘ng‘izcha.

Yangi mavzuni mustah­kamlash.

Darslikda berilgan savol va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning egallagan bilimlari mustahkamlanadi.

— Quyon bilan to‘ng‘iz nima uchun qochib qolishdi?

— Bo‘rining huzuriga kimlar shifo izlab keldi?

— Bo‘ri nima maqsadda tabib bo‘ldi?

Tabiblar qanday bo‘lishi lozim?

— Sizning orangizda shifokor bo‘lishni istovchilar bormi?

— Shifokor bo‘lish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?

— Mazkur ertakdan o‘zingizga qanday xulosa chiqardingiz?

  1. Darsga yakun yasash va baholash.

O‘quvchilarning javoblari ting­lanib, dars xulosalanadi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa.

Ertakni ifodali o‘qishga tayyorlanib kelish. 




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Урок на тему: "Бурининг табиб булганлиги хакида ертак"

Автор: Турабоева Навбахор Дедашбоевна

Дата: 31.03.2020

Номер свидетельства: 544719


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства