Просмотр содержимого документа
«Укиш дарсларида интерфаол методлар»
O‘qish darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUM o’qituvchisi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ulug’murodova Gullola Faxriddinovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada interfaol metodlar orqali o’quvchilarda fanga oid bilimlarining shakllantirish jihatlari aytib o’tilgan. Tanlangan metodni qo’llash orqali o’quvchilarning jamoada ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarning yechimini topa olish hamda maqsadli foydalanish kabi bilimlari rivojlanadi.
Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan, barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. O‘qish darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun birinchi navbatda, o‘quvchini o‘qish, bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur.Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi bo‘lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo‘lamiz.
Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda o‘qish fanini o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlari asosida 4-sinf o‘qituvchilari uchun hamkorlik, didaktik o‘yin texnologiyalari va integratsiyalashgan ta’lim mazmunini ochib berishga qaratilgan ta’lim mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi.. Shuningdek, pedagoglar tomonidan o‘qitishning o‘yinli shakllari va media texnikalar bilan ishlash, pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va mahorat bilan foydalanish o‘quv jarayonida o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish imkonini yaratadi.
O‘qish darslarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida o‘ziga mos bilimni shakllantiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida interfaol metodlardan foydalanish darslarning xilma-xil shakllari “O‘qish” fanini o‘qitishni takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Darslarni “Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O‘z o‘rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli kundalik” metodlari, “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foydalanib o‘tish dars samaradorligini yanada oshiradi.
“Bumerang” texnologiyasi. “Bumerang” texnologiyasi bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmunga (muammoli, munozarali va h.) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Bunda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchi turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: g‘oya, fikr va dalillarni yozma hamda og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Maqsadi: o‘quvchilarda anglab o‘qish orqali, fikrni yetkaza olishga, tushuntira olishga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni guruhda ishlash, ham fikrlilik, o‘zaro fikr almashishga ko‘nikma hosil qilish.
Mazkur metodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o‘quvchilar she’rni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib “mutaxassis” ga aylanadi.
Ma’lum vaqtdan so‘ng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis” lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi. Shu tarzda she’r mazmunini barcha o‘quvchilar o‘zlashtirib oladilar.
Maqsadi: o‘quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o‘z fikrini tushuntirib, isbotlashga o‘rgatish.
“Ikki qismli kundalik” metodi. “Ikki qismli kundalik” pedagogik uslub bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.
Ushbu metodimizni biz 4-sinf o’qish darsligidagi Tursunboy Adashboyevning “Navoiy bobomlar” she’rini o’tishimizda ushbu metodni qo’llab ko’ramiz. Metodimizni mustahkamlash qismida o’tkazamiz.
bosqich. O‘quvchilar she’rni juftlikda navbat bilan past ovozda o‘qiydilar.
bosqich. Hamma she’rni o‘qib bo‘lganiga ishonch hosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.
bosqich. O‘quvchilarga daftarning chap tomoniga muallif fikrlarini yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.
bosqich. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur fikrga berilgan o‘zining izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan she’r haqidagi tushunchasini umumlashtirib beradi.
bosqich. Topshiriqning shu qismi tugagandan keyin o‘quvchilarga (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan fikrni va ularga yozilgan izohni o‘qish taklif etiladi. Fikrlar va ularning izohlari o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur fikrga o‘z izohini berish ruxsat etiladi.
bosqich. O‘quvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) bo‘lib ham ishlashlari mumkin.
Maqsadi: Hazrat Alisher Navoiy bobomizning buyuk merosini o’quvchilarga o’rgatish. Buyuk bobomizning boy merosini o’quvchilarga o’rnak sifatida o’rgatish.O’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishdan iborat.
Vazifasi: o‘quvchilarning matn ustida mustaqil ishlash, mavzudan kerakli xulosa chiqarish malakasi shakllanadi.
“O‘z o‘rningni top” metodi. 4-sinf o’qish darsligidagi Tursunboy Adashboyevning “Navoiy bobomlar” she’rini o’tishimizda ushbu metodni darsning so’nggi qismida qo’llab ko’ramiz. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning yechimini topishga yo‘naltirilgan. Bunda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon qilishi, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo‘ladi va dars so‘ngida o‘qituvchi tomonidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1.Alisher Navoiyning xislatlari tilga olingan o’rinlarni topib o’qing va mazmunini so’zlang?
2.“Xamsa” dostonidagi qahramonlarni ayting?
Maqsadi: o‘quvchilarda o‘z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o‘z fikrlarini isbotlashga o‘rgatiladi.
O‘qish darslarida biz tavsiya qilayotgan shu kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda bilimlarni rivojlantirish hamda ta’lim maqsadiga erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Interfaol metodlardan foydalangan holatda dars jarayonini tashkil etish o’qituvchi va o’quvchi uchun ham sinf xonadagi ijobiy muhitni yaratadi. O‘quvchilar jamoada ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarning yechimini topa olish hamda maqsadli foydalanish kabi bilim, ko’nikma va malakalarini egallab oladilar.
Xulosa shuki, birinchi navbatda, o’quvchilar o‘z ustozlari darsidan har jihatdan mamnun bo‘lsinlar. Ularda yuksak orzular uyg‘onsin, tafakkuri rivojlansin, amaliy faoliyat, ijodiy qobiliyat, o‘qish-o‘rganish va mehnatga havas kuchaysin. Ular o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng olgan baholari bilan emas, balki bilim va malaka hosil qilganliklarini, ma’naviy oziq olganliklarini his qilsinlar. Dars jarayoning qiziqarli va tushunarli bo‘lishi ustoz bilan o’quvchilarning qalbini va ruhini bir-biriga mustahkam bog‘laydi, ular o‘rtasidagi samimiy hurmat va o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. Buning uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘z fanini va uni o‘qitishning metod, usul va vositalarini mukammal o‘zlashtirib olishi, o‘qituvchi-murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligiga erishishi, o‘z o’quvchilariga hurmat va muhabbat ifoda eta olishi, ularni hayotga qiziqtirishi va ularning ruhiy holatlarni bilishi va tushunishi, bosiqlik bilan o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olishi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish madaniyati bo‘yicha ibrat bo‘lishi, nutq madaniyatining yuqoriligi va ijtimoiy faolligi, ayniqsa, omma o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy ishlarning targ‘ibotchisi bo‘lishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Nazarova F.H. Ta’limda innovatsion menejment. Ma’ruzalar to‘plami. Toshkent. 2015 y.
S.Matchonov va boshqalar. 4-sinf uchun darslik. 2017 y