Mavzu: Uch xonali songa ko`paytirishDarsning maqsadi:Ta’limiy: o`quvchilarga 690 · 435, 804 · 723 ko`rinishdagi hollarda ko`paytirishni va kasrlarni chizmalar bo`yicha taqqoslashga o`rgatish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma`lumotlar ko`rinishlarning bir turidan boshqa ko`rinishga o`tkaza olish; FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish amallarini og`zaki bajara olish.
Tarbiyaviy:mavzuni o`tish davomida o`quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o`zaro do`stona munosabatda bo`lishga o`rgatish;
TK4:atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarda mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish.
FK2:o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o`quv vaziyatlarda qollay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Dars turi:Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
Dars metodi;noan`anaviy,ko`rgazmalilik,Sinkveyn,
tushuntirish,mustaqil ish,ta`limiy o`yin
Darsning borishi:Tashkiliy qism:Salomlashish, davomatni aniqlash va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshrish.Oltin qoidalar,siyosiy daqiqa.
O`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi:
1. Kasr
2. Oddiy, aralash
3. Bo`lish, taqsimlash, ajratish
4. Butunni teng bo`laklarga bo`lish
5. Ulush.
Uy vazifalar tahlil qilinib ,daftarlar almashtiriladi
III.Yangi mavzuning bayoni.Yangi mavzu 662-misol orqali tushuntiriladi. Bunda o`quvchilarga 690. 435, 804. 723 ko`rinishdagi hollarda ko‘paytirish quyidagicha ustun shaklida tushuntiriladi.
663-misol doskada o‘quvchilar tomonidan ustun shaklida tushuntirish bilan bajariladi.
305 ∙ 621 = 300 150 620 ∙ 387 = 239 940
7820 ∙ 15 = 117 300 402 750 ∙ 90 = 36 247 500
664-misol ekranda tushuntiriladi. Buno‘quvchilar ekrandagi to‘g‘ri to‘rtburchaklarning qanday qismi bo‘yalganini ko‘rib chiqdilar.
665-masala doskada bajariladi. Bunda masala sharti o`qilgach, mavzu yuzasidan qisqa suhbat o`tkaziladi. O`quvchilarni tikuvchilik kasbiga qiziqtirib, uning yaxshi tomonlari bilan tanishtiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
Keltirildi –- 2 to`p
I to`pda –- 88 m
II to`pda -108m birinchidan 5 ta ko`p tikildi
Har qaysi ko`ylakdan tikilgan ko`ylaklar soni - ? ta
Yechish: 1) 108 – 88 = 20 (m)
2) 20 : 5 = 4 (m)
3) 88 : 4 = 22 (ta)
4) 108 : 4 = 27 (ta)
Javob: birinchi to‘pdan 22 ta, ikkinchisidan 27 ta ko‘ylak tikilgan.
Dam olish daqiqasi:
“Qaynoq kartoshka” o`yini :o`quvchilar 20 gacha bo`lgan sonlarni ingliz tilida aytadilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda ekran orqali trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar quyonga tipratikan oldiga yetib olishida yordam beradilar va faqat fazoviy jismlar bo‘ylab harakarlanishlari lozim bo‘ladi.
Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash va rag‘batlantiriladi.
V.O‘quvchilarni baholash va darsga yakun yasash.
O‘quvchilar savollariga bergan javoblariga, guruhda faol ishtirokiga, misol-masalani to`g`ri bajarganiga qarab baholanadilar.
VI.Uyga vazifa berish.
Darslikdagi 666-masala va 667-topshiriqlar sharti tushuntiriladi va uyga vazifa qilib beriladi.