Просмотр содержимого документа
«To'g'ri burchakli parallelepiped»
Buxoro viloyati G`ijduvon tumani
43-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Gulshod Gadoyevaning
matematika fanidan
“To`g`ri burchakli
parallelepiped”mavzusidagi
Sinf: 4 Sana: 21-aprel,2022-yil
Mavzu: To`g`ri burchakli parallelepiped
Maqsad:
a) ta`limiy: o`quvchilarga ko`pyoq haqida, to`g`ri burchakli parallelepiped haqida tushuncha berish ;
b) tarbiyaviy: aqliy tarbiya berish, o`quvchilarni ko`cha harakati qoidalariga amal qilishga o`rgatish;
d) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning hisoblash malakasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: tushuntirish, savol-javob, test, “Ortiqcha shaklni top”mashqi.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, AKT, tarqatma materiallar, masalaga oid rasmlar, test tayoqchalari.
Darsning texnologik xaritasi
T/r
Dars bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni so`rash
Og`zaki hisob mashqi
6 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
18 daqiqa
5
Darsni yakunlash
Oquvchilarni baholash
2 daqiqa
6
Uyga vazifa berish
1 daqiqa
D A R S N I N G B O R I S H I :
I.Tashkiliy qism. Navbatchi axborotini tinglash.
Fasl haqida suhbat. Bahor faslida tabiatda bo`ladigan o`zgarishlar haqida suhbat o`tkazish.
Bahor fasli haqida she`r so`rash.
II.O`tgan mavzuni so`rash.
O`g`zaki hisob mashqi o`tkazish. 90*80= 700*600=
½ sutka =? h 1/4m=? cm 1h= ? min
Matematik diktant olish. “Ortiqcha shaklni top’ mashqini bajarish.
III. Yangi mavzu bayoni.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped to`g`risida multimediya ilovani namoyish etish.
1-misol. Bir nechta ko‘pyoq modellarini ko‘rib chiqing va qand qutisiga o‘xshash shaklni tanlang.Qand qutisi, g‘isht, yashik shakliga o‘xshash ko‘pyoq to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb ataladi. 2-misol. Tanlab olingan modellarning bittasini ko‘ring va savollarga javob bering.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir yog‘i qanday shaklga ega? U nechta yoqqa ega? Uning o‘zaro teng yoqlari, qirralari bormi? Ular qaysilar?
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta uchi va qirrasi bor?
Har bir uchidan nechta qirra chiqadi?
Nima uchun to‘g‘ri burchakli parallelepiped to‘g‘ri burchakli deyiladi?
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri to‘rtburchaklardir.
3 -misol. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning A va K uchlaridan chiqqan qirralarini ayting.
Har bir ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qirrani ayting. Rasmda qaysi yoqlar ko‘rinadi, qaysi yoqlar ko‘rinmaydi?
Teng yoqlar juftliklarini ayting.
Har bir savolga o`quvchilar javob beradilar.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash.
Topishmoq: Ikki yonida qo`li bor,
Suv yuzida yo`li bor. (qayiq)
4-masalani o`qib tushuntirish, tahlil qilish.
Qayiq 6 soatda 66 km masofani suzib o‘tadi. Agar qayiqning tezligi 4 km/h ga kamaysa, u shu vaqt ichida necha kilometr masofani o‘tadi?
Mustaqil ish: To‘g‘ri burchakli parallelepiped chizish.
V Baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash.
VI Uyga vazifa. 6-7 – misol va masala.
6-masala.. Velosipedchi 4 soatda 40 km yo‘l yurdi. Qaytishda uning tezligi soatiga 2 km ga kam bo‘ldi. Qaytishga u necha soat sarfladi? Quyidagi ifo dalardan masalaning yechilishiga mosini yozing: