kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Тема: ''Харита''

Нажмите, чтобы узнать подробности

4-sinf o'qituvchilari uchun o'qish fanidan dars ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Тема: ''Харита''»


Darsning mavzusi: Xarita


Darsning maqsadi:

a). Ta'limiy maqsad:

O'quvchilarda mehnatsevarlik ko'nikmalarini shakllantirish. Berilgan mavzuni iqtisodiy bilimlar bilan bog'lab olib borish. Mavzu bilan tanishtirish jarayonida voqea tafsilotining asosiy jihatlarini bolalarning ongiga singdirish.

b). Tarbiyaviy maqsad:

Manmanlik yomon odat ekanligini tushuntirish. Manmanlik, dangasalik qilganlar hurmatidan, obro'sidan ayrilishini maqol va hikmatlar orqali singdirish.

s). Rivojlantiruvchi maqsad:

Komil inson tushunchasini berish.Ertak orqali jamoat joylarida o'zini tutish odobini o'rgatish.

Darsning uslubi: ko'rsatish, savol-javob, tushuntirish, interaktiv test, suhbat.

Dars turi: aralash.

Jihozi: turli rangli rasmlar, tarqatmalar, harakatdagi ko'rgazmalar.

Texnik vositalar: kompyuter, videoproyektor.

Bizning shiorimiz: “Har sohada a`lo natijalarga erishish”

Darsning borishi:

O`quvchilar: «Salom» assalom so'zi,

So'zlar ichra durdona.

Mehrning ifodasi,

hamda hurmat yagona.

Eng avvalo ustozlar,

Assalomu alaykum.


O`qituvchi: Vaalaykum assalom aziz o'quvchilar.

Salom berish - bu, a'lo alomat.

Salom berganlar, bo'ling salomat.

Aziz o'g'il qizlarim

Bugun hamma sog`lommi?

Darsga hamma tayyormi?

O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz,

Darsga to`liq tayyormiz.

O`qituvchi: Qani bolajonlarim,

Mehri qaynoq buloqlorim.

Hozir nima darsimiz,

O`uvchilar: Hozir «O'qish» darsimiz,

Chin inson farzandimiz.

Olib biz sabog'ingiz,

A'lo o'qish shiorimiz.


O`qituvchi: Aziz bolajonlarim

Kimdir bugun navbatchi,

Yo'qlamani beringchi.

Navbatchi o'quvchi: Men navbatchi sinfda,

Sinfimiz doim yuzda.

Chang g'uborlar artilgan,

Suvlar ham qaynatilgan.

Biz yengil formadamiz,

Odobda oldindamiz.


O`qituvchi: Aziz o'quvchilar bugungi darsimizda har doimgidek darsimizning oltin so'zlari va darsimizning oltin qoidalarini eslab olamiz.

(O'quvchilar oltin qoidalarni eslaydilar).













Aziz o'quvchilar bugungi darsimiz oddiy dars emas, balki ochiq interaktiv darsidir. Shuning uchun darsda aktiv ishtirok etishlaringizni eslatib o'taman.

O`quvchilar: Lol qilamiz hammani,

Ustozu-muallimni.

Sira bekor yurmaymiz,

Dangasalik qilmaymiz.

Biz beshchimiz, to'rtchimiz,

A'lochi o'quvchimiz.

O`qituvchi: Aziz o'quvchilar bugungi darsimizda sizlar bilan «Ertaklar olamiga» sayohatga chiqamiz. Doimo yo'l qoidalariga rioya qilib, jamoat joylarida o'zini tuta bilgan holda har bir bekatlarda to'xtaymiz va berilgan topshiriqlarni bajaramiz. Sinf o'quvchilarini 3 guruhga bo'lib olganmiz.

1-guruh - «Orzu» guruhi

2-guruh - «Umid» guruhi

3-guruh - «Do'stlik» guruhi

O'quvchilar baholash mezonlarini eslatib o'taman. Har bir savolga to'liq javob berasiz va bir imkoniyat ya'ni 1 ballga ega bo'lasiz.

Darsda g'olib guruh taqdirlanadi va «Oltin toj»ga ega bo'ladilar.

Birinchi bekat «Hozirjavoblik o'yini» bekati.

Men savol beraman o'quvchilar javob beradilar.

  1. «Bir o'lkaki tuprog'ida oltin gullaydi…». Bu o'lkaning nomini ayting.

Do'stlar mening yurtimni

O'zbekiston deydilar.

Dong'i tutgan dunyoni

Bog'u bo'ston deydilar.

  1. Davlatimiz ramzlari haqida gapiring.

- Hilpirar bayrog'im hurlik ramzidir

- Tamg'amiz qudrati Humo sehridan

Himmat, fidoiylik nurlik ramzidir.

  1. Buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz?

- Vatanni aslida Vatan qilganlar,

Erk uchun jonlarin fido qilganlar.

Tillarin kessalar ko'zlarin o'ysa

Vatanni aslida Vatan qilganlar


- O'zbegimni qahramoni derlar seni

Manguberdi unutmaydi ellar seni.

- Amir Temur bobomiz

Mangu jasur bobomiz.

Jangu jadallar ko'rgan,

Buyuk davlat yurt tuzgan.

  1. Komil inson deganda nimani tushunasiz?

- Insoniylik burchim mening,

O'qib ilm olmoqdir.

Birdek katta-kichikka,

Yaxshiliklar qilmoqdir.

Vatanimga munosib komil inson

bo'lmoqdir.

Aziz o'quvchilar keyingi bekatimizda «Kim zukko» o'yini bilan tanishamiz. Bunda har bir guruhdan bir nafardan o'quvchilar chiqib, «Tarmoqlar» - ya'ni klassir o'yinini o'ynaydilar.

Shu vaqt ichida guruh o'quvchilari «Guruh inshosi» o'yini o'ynaydilar bunda guruh o'quvchilari to'planishib, berilgan mavzu bo'yicha insho yozadilar. Insholar tayyor bo'lgunga qadar, har bir guruhdan bir nafardan o'quvchi she'rxonlik musobaqasini o'tkazadi.

Shundan so'ng bajarilgan shartlar baholanadi.

O'qituvchi: Keyingi bekatimizda o'tilgan mavzu bo'yicha savol-javob orqali test sinovi o'tkazamiz.

Test savollari.

  1. Vatanimiz qanday nom bilan ataladi?

A). Turon.

B). O`zbekiston.

D). Turkiston.

  1. Qaysi shahar ona yurtimizning poytaxti?

A). Toshkent.

B). Samarqand.

  1. D). Xiva. Odob nimadan boshlanadi?

A). Uhlashdan.

B). O`qishdan.

D). Salomdan.

O'quvchilar testni bajaradilar.

Keyingi bekatda yangi mavzu bilan tanishadilar.

O'qituvchi: O'quvchilar bugun biz sizlar bilan Normurod Norqobilning «Xarita» hikoyasi bilan tanishamiz.

Matematikani demasa, Rasul boshqa fanlardan xiyla nochor o'qirdi. Ayniqsa, rasm darsini jini suymasdi. Qizlar kashta tikkanday, allaqanday gullar-u jismlarning shaklini erinmay chizib o'tirishga sira toqati yo‘q edi. Shuning uchun ham sinf rahbari uni eng a’lochi o‘quvchilardan Samadga biriktirib qo'ygandi.

Ammo u akasi uyda kezlardagina Samadning izmiga bo‘ysunar, ya’ni tinchgina darsini qilar, qolgan payt Samadni kurashga tortib, torgina darsxonaning changini chiqarardi. Shu bois, Samad har gal istar-istamas ostona hatlardi. Ammo bu safar u hovliqib kirib keldi. Qolidagi papkasini bir chetga uloqtirib, qo'ynidan to‘rt buklangan qog'oz chiqardi.

  • Qara, nimani chizdim, - dedi hayajonlanib. - Qishlog‘imiz xaritasini... Manavi yerga chegarachilarni qo'ydim. Qalay, zo'rmi?

  • Shuning nimasiga hovliqasan, buncha? - dedi hayron bo'lib. - oddiy rasmda.

  • Hali bizda hech kim qishlog'imiz xaritasini chizmagan, - dedi Samad qizishib. - Buni birinchi bo'lib men chizdim. Sen yaxshilab qaragin, juda qiziq bu. Manavinisi o‘zimiz yozda cho'miladigan ko‘l, bunisi podayotoq... Katta ko'cha sal qiyshiq chiqibdi. Bunisi maktab, shifoxona... Lekin o'zimizning hovlini juda o'xshatib chizdim.

Rasulga egri-bugri chiziqlar bo'ylab borayotgan chegarachilar, ulardan ham ko'ra iti ko‘proq ma’qul bo'ldi.

Rasul ostonaga yaqin joyda xumday boshini oyoqlari ustiga qo'yib yotgan itiga g'amgin tikildi. Itining holi yo'qligiga juda achindi. Lekin sir boy bermaslikka urinib, chegarachilarga imo qildi:

  • Unda manavilar kirn?

  • Oldindagisi men, keyindagisi sen. Qishlog'imizni qo‘riqlayapmiz. Qiziq bolsin deb chizdim-da.

  • Qishloqni nimadan qo‘riqlaymiz? - Rasul hayron bo‘ldi.

  • Nimadan bo‘lardi... - Samad javob topolmay, bir muddat chaynalib qoldi. - Nimadan bo‘lardi, bo‘rilardan-da.

0‘tgan qish qo'ylarimizni qiyratib ketishgani esingdan chiqdimi?

  • Unda buni chegarachi emas, qorovul deydilar.

  • Nima farqi bor, - Samad tumshayib, rasmga qo‘l cho'zarkan, birdan yuzi yorishib ketdi. - Aytgancha, muallimimizning gapi esingdami? U kishi, qishlog‘imizning o‘zi bir vatan, kichik vatan, degandilar. Vatanni qorovul emas, chegarachi qo'riqlaydi.

Bu gap dastlab o‘zining xayoliga kelmaganidan Rasul ichida o'zidan qattiq ranjidi. Shunda u birdan ikkinchi chegarachiga nisbatan birinchisi xiyla durust chizilganini payqab qoldi.

  • Ikkinchisi emas, birinchisi men, - dedi u.

  • Yo‘q, birinchisi men.

  • Meni bukriga o‘xshatib qo‘yibsan-ku!

  • Hecham-da, - Samad qog'ozni buklab qo‘yniga soldi. - 0‘zing chizolmaysan, chizganni ko'rolmaysan.

Bu gap Rasulga ayilday botdi.

  • Chizolmaymanmi?

Chizolmaysan! - dedi Samad tap tortmay. – Bu senga shunchaki rasm emas, xarita. Xarita chizish uchun kalla kerak. Hammaning ham qo'lidan kelavermaydi bu.

  • Chizolmaymanmi?

  • Yo‘q chizolmaysan!

Ularning tortishuvi Samadning arazlab ketishi bilan yakunlandi.

O’quvchilar matnni zanjir usulida guruhlarga bo’lib o’qiydilar

Matn yuzasidan savollar beriladi.

1-guruhga:

Samad qishlog’ining xaritasida nimalarni tasvirladi?

2-guruhga:

Bolalar nima ustida toritishib qolishdi

3-guruhga:

“Xarita” hikoyasining muallfi kim?

Savollarga javob berilgandan so'ng prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asaridan olingan parcha bilan tanishtiriladi.

«Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati ularning yorug' kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon, va aqlli, mehnatsevar iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng kata boyligidir».

Shundan keyin yig'ilgan ballar jamlanadi. G'olib guruh aniqlanadi va taqdirlanadi.

Darsda aktiv ishtirok etgan o'quvchilar taqdirlanadilar va eng aktiv o'quvchi «Oltin toj»ni qo'lga kiritadi.

Darsning yakuniy qismida o'quvchilar darsdan qanday taassurot olganliklari haqida she'riy javob beradilar.



O`qituvchi:

-Osmon to`la yulduzlar,

Bunda tun ham kunduzlar.

Siz bog`dagi gullarsiz,

N eni orzu qilasiz?

1- o`quvchi:

-Men istardim bo`lmoq shifokor,

Dard bor joyda albat davo bor.

Shifokorlar zahmati xayhot,

Bunyod etmoq shod, sog`lom avlod.


2- o`quvchi:

- Mening orzuim bo`lmoqlik olim,

Va ilimdan bermoqlik ta’lim.




3- o`quvchi:

-Men bo`laman murabbiy ustoz,

Shu kasbim- la topaman e’zoz.


4 - o`quvchi:

-Istagim bo`lmoqdir mohir muxandis,

Uylar qad rostlasa viqorli, nafis.




5- o`quvchi:

-Mening orzuim bo`lmoqlik nozir,

Tartiblashga har ishni qodir.




6-o`quvchi:

-Men kosmonavt bo`lib uchgayman,

Fazolarni bir-bir quchgayman.



7-o`quvchi:

-Men-chi kompyterni egallab mutloq,

Informatikadan beraman saboq.



Savol-javob:

O`qituvchi:

-Tinglang so`zim o`quvchi

Aytinchi kim ikkinchi ona?

O`quvchilar:

-Vatan jonajon!

O`qituvchi:

-Oqmasin deb ko`z yozing

Kimlar silaydi boshing?

O`quvchilar:

-Xalqim mehribon!

O`qituvchi:

-Kim berib bilim, hunar

Aqlinga aql qo`shar?

O`quvchilar:

-Maktab onajon!

O`qituvchi:

-Sen haqinga kim so`zlar

Doim baxtingni o`ylar?

O`quvchilar:

-Onam mehribon!

O`qituvchi:

-Quchib mehnatdan zafar

Qayga qilamiz safar?

O`quvchilar:

-Mustaqillik tomon!!!


Kelgusida barcha orzularingizga yetib, mustaqillik tomon olg`a qadam tashlashingizda tilakdoshman.


O'qituvchi: Shu bilan bugungi darsimiz tamom, sog'

omon bo'linglar.











Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. Boshlang'ich ta'lim jurnali. 2010 yil yanvar

  2. 4-sinf o'qish kitobi.

  3. Gulxan jurnali 2011 yil aprel.

  4. 4. Internet ma`lumotlari





















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Тема: ''Харита''

Автор: Мамарахимова Сайёра Абдуганиевна

Дата: 19.03.2020

Номер свидетельства: 543467

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(37) "Боги древней греции "
    ["seo_title"] => string(25) "boghi-drievniei-ghrietsii"
    ["file_id"] => string(6) "148773"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1419846622"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства