kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tabiatshunoslikdan Sayyoralar mavzusida

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sayyoralar va ularning jjoylashish o'rni 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tabiatshunoslikdan Sayyoralar mavzusida»


Fan:Tabiat

Mavzu:Sayyoralar

Maqsad:a)Sayyoralar haqida tushuncha berish.

FK1: yer yuzidagi tabiiy jarayon, hodisalarni kuzatadi va ayta oladi;

b)Ekologik tarbiya berish.

TK4: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

v)Tabiatga g’amxo’rlik hissini uyg’otish.

FK4:  sayyoralar nomi va ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi.

Turi:Yangi bilim beruvchi

Metodi:”Muzyorar”,”Mosini top”,”Ortiqchasini top”,”BBB” metodlari

Jihozi:Rangli rasmlar,tarqatma,test,slayd,boshqotirma

Darsning borishi:Tashkiliy.

O’quvchilar saflanib turadi.Salomlashish.Tabiat haqida she’r.O’qituvchi guruh nomlari bilan tanishtiradi.

  1. guruh:Yulduz

  2. guruh:Quyosh

  3. guruh:Oy

Har bir o’quvchi qo’lidagi so’zni o’qib o’z guruhini topib o’tiradi.

Oltin qoidalar bilan tanishtirish.

  1. Intizom.

  2. Ahillik.

  3. Faollik .

  4. Aniqlik.

  5. O’ng qo’l qoidasi.

  6. O’zgalar fikrini hurmat qilish.

Bugungi darsimizning shiorini e’lon qilsam.

Bizning shior: Ona zaminimiz muqaddas.

Har bir guruh a’zolari “Muzyorar”usuli orqali o’z ismiga mos tabiatga mos so’zlar aytadi.Masalan:Diyor-daraxt,Barno-barg,Salim-suv………….

Navbatchi axboroti.

Tabiat haqida suhbat.

Fasl bayramlari.

DTS talablarini so’rash.

Guruhlar taqdimoti.

2018-yil qanday yil?

Guruhlarga tarqatma,testlar tarqatiladi.

“Mosini top”metodi.

Quyosh-bizga eng yaqin bo’lgan yulduz

Yulduz-bizdan nihoyatda olisda lovdek yonib turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.

Mirzo Ulug’bek-osmondagi yulduzlarni o’rgangan

Ingliz tilini o’rganamiz.

O’zbekiston tabiati go’zal va maftunkor.

Biz tabiatni sevamiz.

Tabiatni asrang va avaylang.

II.O’tilgan mavzuni so’rash.

Yer quyosh sistemasidagi sayyora .

Har bir guruh a’zolari o’tilgan mavzuni gapirib beradilar.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun boshqotirma bajariladi.

Globus bilan ishlash

Savol-javob o’tkaziladi.

Yulduz nima?

Yulduzlar bir-biridan qanday farq qiladi?

Nimaga Quyoshni “eng yaqin yulduz”deyiladi?

Quyosh diametri Yernikidan necha marta katta?

Quyoshning jonli tabiat uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini so’zlab bering.

III.Yangi mavzu bayoni

Sayyoralar.

Yangi mavzu tushuntiriladi.

SAYYORALAR
Quyosh sistemasi
Quyosh atrofida sayyoralar, kometalar, meteorlar va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi
Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi
barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.

Tunlari ba’zida xira «yulduz»ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini payqash mumkin. Bunday osmon jismi aslida yulduz emas, balki sayyoradir.

Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari sayyoralar deb ataladi.
Sayyoralar o‘zidan nur chiqarmaydi. Biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini ko‘ramiz, xolos.
Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanib yuradi.Ular quyidagicha nomlanadi: Merkuriy, Venera,Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun.


Har bir sayyora o‘z orbitasiga ega. Sayyora orbitasi,bu – Quyosh atrofida sayyoraning harakat yo‘li bo‘lib,6-rasmda aylana chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.
Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Kichik sayyoralar
Merkuriy
Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametric Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Merkuriy Quyosh atrofini 88 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sir tida tuproq yo‘q. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon
jismlarining tushaverishidan sirti o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib ketgan. Merkuriy sirtida havo va suv yo‘q. Unda hayot borligi haqida hech qanday belgi mavjud emas. Merkuriy sirtida harorat kunduzi +430°C, kechasi esa
−160°C atrofida bo‘ladi.

Venera
Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Quyosh atrofini 225 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sayyorani qoplagan gazlar va bulutlar Quyosh nurlarini
yaxshi qaytarishi natijasida tunlari bizga u yulduz kabi charaqlab ko‘rinadi. Hatto, erta tongda yulduzlar ko‘rinmay qolganda ham Venera sayyorasi porlab turadi. Shuning uchun qadimda Venera sayyorasini
«Zuhro yulduzi», «Tong yulduzi» deb atashgan. Arabchada «zuhro» so‘zi «tong» degan ma’noni bildiradi. Sayyorada vulqonlar otilishidan tog‘lar vujudga kelgan. Sayyora sirtida harorat kunduzi +470°C gacha,
kechasi +20°C gacha bo‘ladi. Venerada hayot yo‘q.
Yer
Biz yashaydigan Yer shari ham Quyosh atrofida aylanib yuruvchi sayyoralardan biridir. Sayyoramiz Quyosh atrofini 365 sutka 6 soatda bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasidagi mavjud 8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor. Faqat bizning sayyoramizdagina hayot uchun sharoit mavjud.Yer va boshqa say yoralarning atrofida osmon jismlari aylanib yuradi.
Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradigan yirik osmon jismi tabiiy yo‘ldosh deb ataladi.
Sayyoralardan Merkuriy va Veneraning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q. Boshqa barcha sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshi mavjud. Yerning bitta tabiiy yo‘ldoshi bor.Bu – Oydir.
Mars
Marsning diametri Yernikidan ikki marta kichik.Mars Quyosh atrofini 687 sutkada bir marta aylanib chiqadi.Mars sayyorasi siyrak karbonat angidrid va boshqa gazlar bilan qoplangan. Bu gazlardan qaytgan Quyosh nurlari bizga qon rangiga yaqin bo‘lgan qizg‘ish tusda ko‘rinadi. Shuning uchun qadimda Mars sayyorasini «Urush xudosi» deb atashgan.Marsning sirti tosh va qumlar bilan qoplangan.Sayyorada harorat kunduzi +17°C gacha, kechasi −100°C gacha bo‘ladi.Mars sayyorasining 2 ta tabiiy yo‘ldoshi bor. Marsdan muzlagan suv parchalari topilgan. Lekin bu sayyorada ham hayot yo‘qligi aniqlangan.
Katta sayyoralar
Yupiter
Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Quyosh atrofini 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan
bo‘lsa-da, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yo‘q.Chunki uning sirti, asosan, suyuq holatda bo‘lib, deyarli vodorod va geliy gazlari bilan o‘ralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq bo‘lib, harorat −100°C gacha pasayadi.
Yupiter sayyorasining 67 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.

Saturn
Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi. U Yupiterdan biroz kichikroq. Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishi uchun 30 yilga yaqin vaqt ketadi.
Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni vodorod, geliy,
metan kabi gazlar o‘rab turadi. Sirtidagi o‘rtacha harorat −180°C atrofida bo‘ladi. Saturn sayyorasining 60 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.
Uran
Uran sayyorasining diametri Yernikidan 3 marta
katta. Lekin Yerdan juda uzoqda bo‘lgani uchun bu
sayyorani ko‘rib bo‘lmaydi. Bu va undan uzoqdagi
Neptun sayyorasini faqat maxsus asboblar yordamida
ko‘rish mumkin. Quyosh atrofini 84 yilda bir marta
aylanib chiqadi. Sayyora sirti muzlagan moddalardan
iborat. Sirti vodorod, geliy, metan kabi gazlar bilan
qoplangan. Sayyora sirtidagi o‘rtacha harorat −210°C
ni tashkil etadi.
Uran sayyorasining 27 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.
Neptun
Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta.Quyosh atrofini 168 yilda bir marta aylanib chiqadi.Sayyora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat.
Sirtini vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi.Neptun sirtidagi harorat −200°C atrofida bo‘ladi.Neptun sayyorasining 13 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.

O’quvchilar parta oralab o’qitiladi.

Mustahkamlash.

Rasmlarni joylashtirish” mashqida o’quvchilar oldindan tayyorlangan

Oy,Quyosh,yulduzlar,Yerning kesma rasmlaridan applikatsiya ko’rinishidagi

ajoyib manzarani yasashga harakat qiladilar.

Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkaziladi:

1.Yer Quyosh atrofida necha kunda 1 marta aylanib chiqadi?

A. 362 B.364 D. 365

2.Yer o’z o’qi atrofida aylanganda qanday hodisa ro’y beradi?

A. Fasillar almashadi. B. Tun va kun bo’ladi. D. Yil almashadi.

3. Oy bizga nega har xil ko’rinadi?

A. Bir tomonini quyosh yoritganda.

B. Nur sochmaganligi uchun.

D. Juda olisdaligi sabab.

Davom ettiring” mashqi o’tqaziladi.

Bunda o’qituvchi darslikda berilgan mavzudan istalgan so’zni o’qiydi. O’quv-

chilar esa, davom ettirishlari kerak.

O’quvchilarning mavzuni qanchalik tushunganliklari ular bergan javoblari asosi-

da aniqlanadi .


“Ortiqchasini top”metodi.

  1. Tekisliklar,tog’,daryo,okean,adir,qir,uran,yulduz.

  2. Yupiter,Mars,Venera,Turon,Oy,Mekuriy,Yer.

  3. Kometa,yulduz,oy,quyosh,tekislik,meteoritlar,daryo.

Savollarga javob topish.

Darsni yakunlash.

Baholash: O’quvchilarni darsdagi ishtiroki uchun rag’batlantirish kartochkalarni tarqatish faol ishtirok etgan o’quvchilarga “Ofarin” maqtovini birgalikda aytib, olqishlanadi.

Darsni yakunlash: Bilaman, bilib oldim, bilishni istayman o’yini orqali

o’quvchilarning og’zaki javoblari tinglanadi, darsdan olgan taassurotlari umumlashtiriladi,dars yakunlanadi.

“BBB”metodi.

Vazifa:o’qib,o’rganish


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Tabiatshunoslikdan Sayyoralar mavzusida

Автор: Shamsiddinova E'tiborxon Ziyoviddinovna

Дата: 25.04.2020

Номер свидетельства: 547956


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства