Просмотр содержимого документа
«Суз ясовчи кушимчалар»
Tasdiqlayman:
Maktab rahbari: Sharipova M.Sh
Mirzo Ulug'bek tumani
35-maktabning boshlang'ich
sinf o'qituvchisi Aydarova
Umida Baxtiyarovnaning
ona tili fanidan o'tkazgan
ochiq dars ishlanmasi
2019-2020
Mavzu: So`z yasovchi qo`shimchalar
Darsning maqsadi: ta`limiy: so'z yasovchi qo'shimchalar haqida ma'lumot berish, -chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz so'z yasovchi qo'shimchalari bilan tanishtirish, O’quvchilarni so’z yasovchi qo’shimchalar va ularni so’zlarga qo’shish orqali yangi ma’noga ega bo’lgan so’z hosil qilish haqida amaliy tanishtirish.F.k.1.asos va asosdosh so‘zlarni farqlay oladi, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosini biladi;
Tarbiyaviy: O`quvchilarda mehnatsevarlik , insonparvaplik tuy`g`ularini tarbiyalash. T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;
Rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. bolalar nutqini yangi so'zlar bilan boyitish. Chiroyli va bexato yozish ko`nikmasini oshirib borish.F.k.2. talaffuz me’yorlariga va bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: suhbat, harakatli mashg'ulot.
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, ona tili darsligi
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
-Salom aziz bolalar,
Zehnlilar, zukkolar.
Barchangiz sog‘-omonmisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
Bolalar:
-Barchamiz sog‘- omonmiz.
Darsga doim tayyormiz.
-Biz maktabga nima uchun kelamiz?
Bolalar:
-Xatosiz o’qish uchun
Chiroyli yozish uchun
To‘g‘ri, tez sanash uchun
“5” baho olish uchun.
-Har narsadan xabarchi
Bugun darsda kim navbatchi?
Navbatchi o‘quvchi sana, hafta kuni, yil fasli hamda o‘quvchilarning davomati bilan tanishtiradi.
Bizning shior:
Bilim olish istagi
Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning
Dars muqaddasdir.
-Hozir qaysi dars?
Ona tilim - oy tilim,
Hikmatlarga boy tilim.
Shon tilim, shavkat tilim,
Mustaqil davlat tilim.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. O'tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. 163-mashq. Asosdosh so’zlarga 2-3ta misol keltirish. O’quvchilar yozib kelgan asosdosh so’zlarni o’qitish.
“Qorbo’ron” o’yinini o’tkazish. Tezkor savollar bilan murojaat qilish.
Gap nimani bildiradi?
Gap nimadan tuziladi?
Darak gap nima?
So’roq gap nima?
Buyruq gap nima?
His-hayajon gap nima?
Gap bo’laklariga nimalar kiradi?
Bosh bo’laklar bu…
Asosdosh so’zlar deb nimaga aytiladi?
Asos nima?
Asosdosh so’zlarga misol keltiring?
Suv-….
Kitob-….
Ov-…...
Husnixat daqiqasini o’tkazish
G’g’ harfini bir qator yozish
G’allakorlar g’alladan mo’l hosil oldilar.
Topshiriq berish.So’zning ma’nosini tishuntirish.
Asosdosh so’zlarni aniqlab yozing
— Birinchi so'zni o'qing. (G'alla.)
— G'alla so'zi qanday ma'no anglatyapti?
(G'alla bu — don.)
— G'allakor so'zi qanday ma'no anglatyapti?
(Don yetishtiruvchi kishini anglatadi.)
— G'alla, g'allakor so'zlari uchun qaysi so'z umumiy? (G'alla so'zi.)
— G'alla so'ziga -kor qo'shimchasi qo'shilganda so'zning ma'nosi nima qilyapti? (O'zgaryapti.)
— Qanday so'z hosil bo'lgan? (Yangi so'z hosil bo'lgan.)
— Shuning uchun bu qo'shimchani qanday qo'shimcha deyish kerak? (So'z yasovchi qo'shimcha deyish kerak.)
Ш. Yangi mavzuning bayoni:
Mavzu 164-mashq asosida tushuntiriladi. Mashqdagi so'zlar avvaldan doskaga yozib qo'yiladi. O'qituvchi o'quvchilar diqqatini doskaga yozilgan so'zlarga qaratadi.
G’alla-g’allakor
Baliq-baliqchi
Nur-nurli
Vatan-vatandosh
Soz-sozla
Tuz-tuzsiz
Har qaysi ustunda berilgan asosdosh so'zlar doskadan o'qitiladi. So'zlarning umumiy qismi — asos aniqlanadi. Suhbat yordamida asosdosh so'zlarning ma'nolaridagi umumiylik va farqli tomonlar aniqlanadi.
— Ikkinchi juftlikdagi so'zlarni o'qing. (baliq-baliqchi.)
— Birinchi so'zni o'qing. (baliq.)
— Baliq so'zi qanday so’roqqa javob bo’ladi? (nima?)
— Baliqchi so'zi qanday so’roqqa javob bo’ladi? ( kim?)
Baliqchiso'zi qanday ma'no anglatyapti? (baliq tutuvchi kishini anglatadi.)
— Baliq, baliqchi so'zlari uchun qaysi so'z umumiy? (baliq so'zi.)
— Baliq so'ziga -chi qo'shimchasi qo'shilganda so'zning ma'nosi nima qilyapti? (O'zgaryapti.)
— Qanday so'z hosil bo'lgan? (Yangi so'z hosil bo'lgan.)
— Shuning uchun bu qo'shimchani qanday qo'shimcha deyish kerak? (So'z yasovchi qo'shimcha deyish kerak.)
-chi, -la, -kor, -li, -dosh, -siz — so'z yasovchi qo'shimchalar. Suhbatdan quyidagi xulosa chiqariladi:
— So'zlardagi -chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz qo'shimchalari so'z yasovchi, qo'shimchalardir. So'z yasovchi qo'shimchalar asosdan anglashilgan ma'no bilan bog'liq bo'lgan boshqa so'zni hosil qiladi. Bular yasamaso'zlar deyiladi.
Yangi ma’noli so‘z hosil qiladigan so‘z yasovchi qo‘shimchalar (/\) belgi bilan ko'rsatiladi: — asos, (— yasovchi)
Berilgan so’zlarda tushirib qoldirilgan harflarni qo’yib, asos va so’z yasovchi qo’shimchalarini belgilang.
So’z- s . zla
Gul- gulsi .
Kitob - kito . xon
Mehr – m . hrli
Maktab – ma. tabdosh
Sir –s . rdosh
San’at - . an’atkor
Paxta – pax . akor
Shifo – shif . kor
Vatan - vata . dosh
Tushirib qoldirilgan harflardan so’z hosil qiling.
O’ZBEKISTON
O’zbekiston so’zining asosini va so’z yasovchi qo’shimchasini belgilang.
O’zbekiston kimniki?
O’zbekiston bizniki.
Dam olish daqiqasini o’tkazish.
“O’zbekiston bizniki” qo’shig’ini kuylash.
165-mashq. O`qish. Ajratib ko‘rsatilgan so'zlarni ko‘chirib yozing, so'z yasovchi qo‘shimchalarni belgilang.
Hunarli kishi xor bo’lmas. 2.Yaxshi bilan bo’lsang yo’ldosh, og’ir ishingga bo’lur qo’ldosh. 3.O’ychi o’ylaguncha, tavakkalchi ishini bitirar. 4.Savolni javobsizqoldirma, do’stni e’tiborsiz.
Maqollarni izohlanadi va ajratilgan so’zlar ko’chirib yoziladi.
Baliq skeleti
Asosdosh so’zlarga so’roq bering. So’roqlarini yozing. Asos va qo’shimchalarini belgilang.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lish. Har bir guruhga so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida so’zlar hosil qilib yozish.
-сhi
-la
-li
-dosh
-kor
quruvchi
ishla
chiroyli
sirdosh
san’atkor
Darsni yakunlash va baholash. O'quvchilar bilimi quyidagi savollar orqali aniqlanadi va umumlashtiriladi:
— Darsimiz sizga yoqdimi? Bugun darsimizda nimalarni bajardik?
-So’z yasovchi qo’shimchalar haqida nimalarni bilib oldingiz?
V Darsni yakunlash va baholash.O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi.