kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

So'z birikmalari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Dars mavzusi: So’z birikmasi

Darsning maqsadi: - so’z birikmasini hosil bo’lishi va Grammatik ma’nolari haqida tushuncha hosil qilish;

Ta`limiy: so`z birikmasi va   gap, ular o`rtasidagi  farq  yuzasidan  tushunchalar  berish.

Tarbiyaviy: o`quvchilar ongiga  umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ona tabiatni sevishga va asrashga o’rgatish;

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning  mustaqil va ijodiy  fikrlash  ko`nikmalarini  rivojlantirish.

         Darsning shiori:

Qoidani unutma

Ma`nodan uzoq ketma

Gapni cho`zma oz gapir

Keng ma`noli soz gapir.

Dars  turi: yangi bilim beruvchi.

Dars  usuli: noan`anaviy.

Darsning jihozi:

-darslik va tarqatma materiallar, rangli rasmlar (oqkabutar,akpalak,asalari), kompyuter, proyektor, slaydlar, plakatlar, A4 formatli qog’oz,markerlar, kuzgi mevalar (olma,)

Dars uslubi:  savol- javob,yakka tartibda ishash,kichik guruhlarda ishlash.

Asosiy tushuncha va atamalar: Sintaksis va so’z birikmasi

Darsning rejasi:

1.Tashkiliy qism

2.Mustaqil ish

3.Yangi mavzu

4.Darsni mustahkamlash

5.Dars yakuni va uyga topshiriq

Darsning borishi:

O’tilgan mavzu:Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Uy vazifasi esa 55-mashq

O’tilgan mavzu tarqatmalar asosida so’rab olinib umumlashtiriladi.

Tarqatmalarda quyidagi savollar bo’ladi:

1.Sintaksis haqida nimalarni tushunasiz va u qaysi tildan olingan?

2.So`z  birliklari deganda nimani tushunasiz?

3.So`z  birliklariga nimalar kiradi?Sanab bering.

4.So’z birikmalari va gaplar qanday hosil bo’ladi?

5.So’z birikmalari va gaplar qanday farqlanadi?

6.Sintaksis qanday bo’limlardan iborat?

7.Puntuatsiya deganda nimani tushunasiz?

8.O’zbek tilida nechta  tinish belgisi bor?Nomma-nom sanab bering.

9.Til o’z imkoniyatlarini nimada namoyon qiladi?

Yangi mavzu:       So’z birikmasi(hosil bo’lishi va grammatik ma’nolari)

So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodaalnishiga qarab uch guruhga bo’linadi:

1.Otli birikma

2.Fe’lli birikma

3.Ravishli birikma

 Gapda qaysi bo’lak o’rnida kelishiga qarab esa so’z birikmasi quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Aniqlovchi birikma:  bunda  so’z aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan, qiziqarli hikoya,mening kitobim,aqlli bola.

2.To’ldiruvchibirikma:  bunda  to’ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: ukamga berdim,mashina bilan terildi,menda ko’p.

3.Holli birikma:  bunda  hol vazifasida keladi.Masalan:sekin gapirmoq,diqqat bilan eshitmoq.

Topshiriq bajarilgach o’quvchilar bilan birgalikda mavzuga doir mashqlar bajariladi.

57-mashq.Matnni o’qing. Ajratilgan  qaysi so`z kengaytirib so’z birikmasi hosil qilishini aniqlang.So’z birikmalarini ajratib ko’chiring. Ularning turlarini ayting. Ajratib ko’chirilgan so’z birikmalaridagi  o’rni haqida xulosa chiqaring.

Namuna: qiyinchilik bilan ulg’ayibdilar-fe’lli birikma,l

58-mashq

Gaplar(maqollar) tarkibidagi so’z birikmalarini aniqlab otli so’z birikmasi va fe’lli so’z birikmasiga ajratib yozing.

Namuna:vatanni sevmoq-fe’lli birikma

Uyga vazifa 59-mashq

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«So'z birikmalari»

Dars mavzusi: So’z birikmasi

Darsning maqsadi: - so’z birikmasini hosil bo’lishi va Grammatik ma’nolari haqida tushuncha hosil qilish;

Ta`limiy: so`z birikmasi va gap, ular o`rtasidagi farq yuzasidan tushunchalar berish.

Tarbiyaviy: o`quvchilar ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ona tabiatni sevishga va asrashga o’rgatish;

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Darsning shiori:

Qoidani unutma

Ma`nodan uzoq ketma

Gapni cho`zma oz gapir

Keng ma`noli soz gapir.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: noan`anaviy.

Darsning jihozi:

-darslik va tarqatma materiallar, rangli rasmlar (oqkabutar,akpalak,asalari), kompyuter, proyektor, slaydlar, plakatlar, A4 formatli qog’oz,markerlar, kuzgi mevalar (olma,)

Dars uslubi: savol- javob,yakka tartibda ishash,kichik guruhlarda ishlash.

Asosiy tushuncha va atamalar: Sintaksis va so’z birikmasi

Darsning rejasi:

1.Tashkiliy qism

2.Mustaqil ish

3.Yangi mavzu

4.Darsni mustahkamlash

5.Dars yakuni va uyga topshiriq



Darsning texnologik xaritasi

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1.Tashkiliy qism

O`quvchilarni darsga tayyorlash

Suhbat

2.minut

2.Uy vazifasini so`rash

Uyga vazifasini so`rash. Savol va topshiriqlarberib hulosalash

Savol-javob

5.minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish.

Noan`anaviy

Ko`rgazmalilik

14 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash

Davom ettir o`yini ortiqchasini top o`yini

Guruhlarda ishlash

18minut

5.Darsni yakunlash.

Test topshiriqlar

Baholash

4minut

6.Uyga vazifa

Uyga vazifa berish

Tushuntirish

2minut



















Darsning borishi:

O’qituvchi sinfga kirib bolalar bilan salomlashadi,davomatni aniqlaydi,sinf ozodaligi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.Stol ustidagi kuzgi mevalar rasmi tushirilgan rangli rasmlar yordamida o’quvchilarni uchta guruhga ajratadi.Kuz fasli bo’lganligi uchun olma,behi va nok rasmi tushurilgan rasmlar stol ustiga qo’yiladi, o’quvchilar esa shu rasmlardan bittasini tanlab shu meva qo’yilgan guruh a’zolari uchun qo’yilgan stolga borib o’tiradilar.O’quvchilar guruhlarga ajratilgach,o’tilgan mavzu va uy vazifasi so’raladi.

O’tilgan mavzu:Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Uy vazifasi esa 55-mashq

O’tilgan mavzu tarqatmalar asosida so’rab olinib umumlashtiriladi.

Tarqatmalarda quyidagi savollar bo’ladi:

1.Sintaksis haqida nimalarni tushunasiz va u qaysi tildan olingan?

2.So`z birliklari deganda nimani tushunasiz?

3.So`z birliklariga nimalar kiradi?Sanab bering.

4.So’z birikmalari va gaplar qanday hosil bo’ladi?

5.So’z birikmalari va gaplar qanday farqlanadi?

6.Sintaksis qanday bo’limlardan iborat?

7.Puntuatsiya deganda nimani tushunasiz?

8.O’zbek tilida nechta tinish belgisi bor?Nomma-nom sanab bering.

9.Til o’z imkoniyatlarini nimada namoyon qiladi?

Shundan keyin o’quvchilarga mustaqil ish beriladi.Bunda o’quvchilar o’z daftariga sanani yozib undan keyin kuz fasliga oid ikkitadan so’z birikmasi yozishadi va ular nimalar vositasida bog’langanligini aniqlashadi.Masalan: oltin kuz-ohang va so’z tartibi yordamida bog’langan.O’quvchilar mustaqil ishlarni bajargunlarigacha uyga berilgan topshiriq o’qituvchi tomonidan tekchirib chiqiladi.Mustaqil ish tugagach har bir o’quvchi o’zining tuzgan so’z birikmasini o’qib izohlaydi va o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda mustaqil ishlarni umumlashtiradi.O’qituvchi sinf tahtasiga yangi mavzu yozadi.

Yangi mavzu: So’z birikmasi(hosil bo’lishi va grammatik ma’nolari)

O’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda texnik vositalardan foydalanadi va slaydlar orqali yangi mavzuni tushuntirib beradi:Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’z Grammatik va ma’no jihatdan birikib,so’z birikmasini hosil qiladi.So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi.Tobe so’z hokim so’zni aniqlab to’dirib,izohlab keladi.So’z turkumlarining barchasi hokim so’z vazifasida kela oladi.So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodaalnishiga qarab uch guruhga bo’linadi:

1.Otli birikma

2.Fe’lli birikma

3.Ravishli birikma

Gapda qaysi bo’lak o’rnida kelishiga qarab esa so’z birikmasi quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Aniqlovchi birikma: bunda so’z aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan, qiziqarli hikoya,mening kitobim,aqlli bola.

2.To’ldiruvchibirikma: bunda to’ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: ukamga berdim,mashina bilan terildi,menda ko’p.

3.Holli birikma: bunda hol vazifasida keladi.Masalan:sekin gapirmoq,diqqat bilan eshitmoq.

O’qituvchi mavzu haqida ma’lumot berib bo’lgach mavzuni mustahkamlash uchun har bir guruhga kuz fasliga bag’ishlangan she’rlardan bir banddan taqdim qiladi.Shart esa shunday: she’r bandini tahlil qilib so’z birikmalarini aniqlaniladi va so’z birikmalarining hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra turini hokim so’zning qaysi gap bo’lagi o’rnida kelishiga ko’ra turlarini aniqlab sinf taxtasidagi oldindan tayyorlangan otli birikma,fe’lli birikma,ravishli birikma deb yozilgan qog’ozlarga yozib joylashtiradilar.Guruh a’zolarining ishlarini o’qituvchi baholashda “uch” baho uchun asalari rasmi,”to’rt” baho uchun kapalak rasmi,”besh” baho uchun oq kabutar rasmi tushirilgan tarqatmalardan foydalanadi.Qaysi guruhda eng ko’p oq kabutar to’plangan bo’lsa,o’sha guruh g’olib guruh sanaladi.







Topshiriq bajarilgach o’quvchilar bilan birgalikda mavzuga doir mashqlar bajariladi.



57-mashq.

Matnni o’qing. Ajratilgan qaysi so`z kengaytirib so’z birikmasi hosil qilishini aniqlang.So’z birikmalarini ajratib ko’chiring. Ularning turlarini ayting. Ajratib ko’chirilgan so’z birikmalaridagi o’rni haqida xulosa chiqaring.

Namuna: qiyinchilik bilan ulg’ayibdilar-fe’lli birikma,l

58-mashq

Gaplar(maqollar) tarkibidagi so’z birikmalarini aniqlab otli so’z birikmasi va fe’lli so’z birikmasiga ajratib yozing.

Namuna:vatanni sevmoq-fe’lli birikma

Mashqlar bajarilgach mavzuni umumlashtirib,o’quvchilarning aqlini charxlash maqsadida har bir guruhning nomiga mos ravishda mevalar tasviri tushirilgan krassvord tarqatiladi.O’quvchilar esa ikki daqiqada ona tiliga doir atamalarni krassvordga yozib javoblarini izohlashlari kerak bo’ladi.Baholash mezonida esa yana asalari,kapalak,oq kabutardan foydalaniladi.Guruhlar o’z ishlarining taqdimotini o’tkazishgach,bugungi darsning g’olib o’quvchisi,g’olib guruhi aniqlanadi va rag’batlantiriladi. O’quvchilar rag’batlantirilib baholar e’lon qilingach uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.

Uyga vazifa

59-mashq

Gapdagi so’z birikmalarini aniqlovchili,to’ldiruvchili va holli birkmalar kabi guruhlarga ajratib ko’chiring.

Namuna: baland binolar -aniqlovchili birikma

Bu darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish,tezkorlikka o’rgatish,o’quvchilarning ruhiyatidan kelib chiqqan holda ona vatanni,ona tabiatni sevishga va asrashga o’rgatish.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
So'z birikmalari

Автор: Xalilova Nodira Maxammadaliyevna

Дата: 19.04.2020

Номер свидетельства: 547187


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства