kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Sonlarning yozuvda ifodalanishi"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darsning maqsadi:

  A) ta’limiy: o‘quvchilarga sonlarning yozuvda uch xil ifodalanishi, raqamlarning harfiy ifodasini to‘g‘ri yozish, raqamlarda chiziqchaning to‘g‘ri ishlatilishi haqida tushuncha berish; mavzu borasidagi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish;

FK1: son va ularning yozuvda ifodalanishini, sanoq va tartib sonlarni, ularning otga bog‘lanishini biladi,

   B)tarbiyaviy:o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash. 

TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish; 

  C) rivojlantiruvchi: darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, chiroyli va to‘g‘ri yozish malakasini rivojlantirish; 

FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

 TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: suhbat, savol-javob, «Aqliy hujum»,“Ha” va “Yo‘q” ta’limiy o‘yini.

Dars jihozlari: komyuter, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar, test. rag’bat kartochkalari.

                                   Darsning borishi:

 I.Tashkiliyqism.

O‘qituvchi o‘quvchilar bilan she’riy salomlashadi.

O‘qituvchi:

-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,

Latofatga boylarim, ham sho‘xi quvnoqlarim.

Tinglab mening so‘zlarim,olgansiz saboqlarim,

O‘ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.

-Hozir ona tili darsi.

O‘quvchilar:

Ona tilim-jon-u dilim,

Sening bilan biyron tilim.

Navbatchi axboroti tinglanadi. Darsning “Oltin qoidasi” yodga olinadi.

O‘qituvchi:-Aziz o‘quvchilar! Darsimiz yanada qiziqarli bo‘lishi uchun guruhlarga bo‘linib olamiz Darsimiz erkin holatda xayolan sirli tarzda o‘tadi. Endi esa uch guruhga bo‘linamiz.Guruhlar ishi dars jarayonida baholanib boriladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Sonlarning yozuvda ifodalanishi"»

Sana:25.02.2020

Darsning mavzusi: Sonlarning yozuvda ifodalanishi.(320-322-mashqlar)

Darsning maqsadi:

A) ta’limiy: o‘quvchilarga sonlarning yozuvda uch xil ifodalanishi, raqamlarning harfiy ifodasini to‘g‘ri yozish, raqamlarda chiziqchaning to‘g‘ri ishlatilishi haqida tushuncha berish; mavzu borasidagi egallagan bilim , ko‘nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish;

FK1: son va ularning yozuvda ifodalanishini, sanoq va tartib sonlarni, ularning otga bog‘lanishini biladi,

B)tarbiyaviy:o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash.

TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;

C) rivojlantiruvchi: darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, chiroyli va to‘g‘ri yozish malakasini rivojlantirish;

FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: suhbat, savol-javob, «Aqliy hujum»,“Ha” va “Yo‘q” ta’limiy o‘yini.

Dars jihozlari: komyuter, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar, test. rag’bat kartochkalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism.

O‘qituvchi o‘quvchilar bilan she’riy salomlashadi.

O‘qituvchi:

-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,

Latofatga boylarim, ham sho‘xi quvnoqlarim.

Tinglab mening so‘zlarim,olgansiz saboqlarim,

O‘ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.

-Hozir ona tili darsi.

O‘quvchilar:

Ona tilim-jon-u dilim,

Sening bilan biyron tilim.

Navbatchi axboroti tinglanadi. Darsning “Oltin qoidasi” yodga olinadi.

O‘qituvchi:-Aziz o‘quvchilar! Darsimiz yanada qiziqarli bo‘lishi uchun guruhlarga bo‘linib olamiz Darsimiz erkin holatda xayolan sirli tarzda o‘tadi. Endi esa uch guruhga bo‘linamiz.Guruhlar ishi dars jarayonida baholanib boriladi.

1-guruh:«Zukkolar»

Zukkolar deb atadik,

Ahil guruhimizni.

Ollohim baland qilsin.

Nomus,g‘ururimizni.

2-guruh:«Bilimdonlar»

Bo‘laylik muruvvatli,

Bilimdon,og‘il-qizlar.

Atadik,bilimdon deb,

Guruhimizni bizlar.

3-guruh:«Topqirlar»

Topqirlar deb atadik,

Inoq guruhimizni.

Ilohim issiq qilsin,

Bizlarning yuzimizni.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa 319-mashq o‘quvchilarga o‘qitiladi. O‘qituvchi mashqning bajarilishini tekshirib chiqadi. Vazifani to‘g‘ri, husnixat bilan bajargan o‘quvchi rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantiriladi.

Husnixat daqiqasi o‘tkaziladi. O‘qituvchi ekranda Husnixat bilan yozilgan gapni o‘quvchilarga o‘qitadi. Yozilishini doskada ko‘rsatadi.

H usnixat daqiqasi:

Qirq tugmasi bor,

Bir tugmasi yo‘q. ( Piyoz)


“Ha” va “Yo‘q” ta’limiy o‘yini:

Savollar

Ha

Yo‘q

1

Sonlarni boshqa so‘z turkumlaridan savollar yordamida ajratasizmi?

+


2.

Sonlar gapda otga bog‘lanib keladimi?

+


3.

Sonlar gapda ega vazifasida keladimi?


+

4.

Tartib bildirgan sonlardan keyin chiziqcha qo‘yiladimi?

+


O‘quvchilarning javoblari to‘ldiriladi va umumlashtiriladi.

Savol va topshiriqlarga to‘liq javob bergan guruhga rag‘bat kartochkasi beriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

O‘qituvchi o‘quvchilarga sonlar yozuvda uch xil ifodalanishini tushuntiradi.

-Dastlab odamlar sonlarni rim raqamida ifodalaganlar. Keyinchalik arab raqamlari o‘ylab topilgan. Arab raqamlarini yozish keng tarqalgan va shu kungacha bu raqamlardan keng foydalanib kelinmoqda. Chunki rim raqamlari yozuvda qiyinchilik tug‘diradi. Son qanchalik o‘sib borsa, uning rim raqamidagi belgilari ko‘payib ketadi. Arab raqamlarining afzalligi esa 0 dan 9 gacha bo‘lgan sonlar asosida yoziladi. Mavzudan qoida keltirib

chiqiladi.

Rasmli diktant. O‘qituvchi 135, 59, 1991sonlari yozilgan tarqatmani ko‘rsatadi. O‘quvchilar ushbu sonlarni harfiy ifoda bilan yozadilar.-8, 22, 35 sonlarini rim raqamida ifodalang: VIII, XXII, XXXV.

Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 320-mashq shartinio‘quvchilar o‘qiydilar.

O‘qituvchi mashhur olim al-Xoramiyning hind hisobiga yangilik kiritganligi haqida qisqacha so‘zlab beradi. Matn o‘quvchilarga o‘qitiladi, sonlarni o‘zi bog‘langan ot bilan daftarlariga ko‘chirib yozadilar.

-To‘qqizgacha. (Nechtagacha?)

-Bir (Necha?)

-O‘n (Nechta?)

Har bir gap quyidagicha tahlil qilinadi.

To‘qqizgacha soni qaysi so‘zga bog‘lanib kelgan? (bor ediso‘ziga bog‘lanib kelgan.)

Bir soni qaysi so‘zga bog‘lanib kelgan? (raqami so‘ziga bog‘lanib kelgan.)

O‘n soni qaysi so‘zga bog‘lanib kelgan? (raqami so‘ziga bog‘lanib kelgan.)

O‘qituvchi boshqa gaplarni ham shu tarzda tahlil qiladi.

Namuna:To‘qqizgacha bor edi, bir raqami, o‘n raqami, ...

1-topshiriq.

3 20-mashqda multimedia ilovasi asosida o‘quvchilar trenajyor mashqini bajaradilar. Matndan nimalarni bilib oldingiz? So‘roqlar yordamida sonlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga belgilaydilar. Sanoq bildirgan so‘zlarning tagiga chizadilar.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O‘qituvchi yangi mavzuni“Tarmoqlash” metodi orqali mustahkamlaydi. O‘quvchilar o‘zlari bilgan sport turlari tarmoqlab chiqadilar.


B oks


Tennis


V oleybol


S port turlari


Basketbol


Futbol


Suzish


-O‘zbek chempionlaridan kimlarni bilasiz?

-Ular qanday sport turi bilan shug‘ullanadi?

-Ular qanday g‘alabalarni qo‘lga kiritgan?




2 -topshiriq.

321-mashqni o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘yin orqali tushuntiradi.O‘quvchilar sonlarni o‘qiydilar va ifodalanishiga ko‘ra guruhlarga ajratadilar. Ikkinchi sinf, 8-mart, IV sinf, 2017-yil, 31-avgust, XXI asr, beshinchi uy, 1991-yil, XII sessiya,










321-mashqning bajarilishini o‘qituvchi tushuntirib beradi. Tennischi Iroda To‘laganovaning sport ishlarida ko‘rsatgan xizmatlari haqida kichik suhbat uyushtiriladi.

Matn ko‘chirib yoziladi, sonlar harfiy ifoda bilan yozib, tagiga chiziladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun o’z-o’zini baholash usulida «Besh qadam»deb nomlangan test topshiriqlarini bajariladi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga test tarqatadi. O‘quvchilar testni mustaqil bajaradilar.

1. Berilgan maqoldan sonlarni toping.

Yetti o’lchab, bir kes.

A) Kes. B) Yetti, bir. D) O‘lchab, kes.

2.Son qaysi so‘z turkumiga bog‘lanib keladi?

A) Ot B)Sifat D) Fe’l

3.Son qanday so‘roqga javob bo‘ladi?

A) Kim? Nima?

B) Nima qildi? Nima qilyapti?

D) Nechta? Qancha?

4.Son yozuvda necha xil ifodalanadi?

A)1 B) 3 D) 2

5.Son qatnashgan maqolni toping?

A) Sanamay sakkiz dema.

B) Odobli bola elga manzur.

D) Kitob bilim bulog‘i,

O‘quvchining o‘rtog‘i.

O‘quvchilar test javobini ekran orqali tekshiradilar va o‘z-o‘zini baholaydilar.

Savol

1

2

2

4

5

Javob






Ball










V. Darsga yakun yasash va baholash.

O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar,darsimiz oxirlab bormoqda.

-Ana endi faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash taqdimoti.Buning uchun eng ko‘p

rag’bat kartochkasi sanaladi va “Eng faol guruh”, “Eng chaqqon guruh”,”Eng bilimdon guruh” nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.

-Ofarin,o‘quvchilarim! Sizlarning faolligingiz,iqtidoringiz va bilimdonligingiz meni nihoyatda quvontirdi.Bundan keyin ham har bir mavzuni astoydil o’qib-o’rganing.Sizlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar , shart-sharoitlardan oqilona foydalaning.

O‘qituvchi: -Bolalar, darsimiz sizga yoqdimi?

-Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?

-Guruhingiz a’zolaridan mamnunmisiz?

VI. Uyga vazifa.

322-mashq.She’riy masalani yoddan yozishga tayyorlanib kelish topshirig‘i beriladi.





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Sonlarning yozuvda ifodalanishi"

Автор: Usmonova Nilufar Maxmudovnaning

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545347


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства