kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Son so‘z turkumi

Нажмите, чтобы узнать подробности

данной разработка урока предназначается для учителей начальных классов

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Son so‘z turkumi»

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI XALQ

TA’LIMI BOSHQARMASI

Namangan shahar

Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli

51-sonli umumta’lim maktabi

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

ABDURAHIMOVA DILFUZANING



NAMANGAN















































































































































































































































2016-2017

















































2015-2016
















































Ushbu dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Abdurahimova Dilfuza tomonidan tayyorlangan.



Muallif: Abdurahimova Dilfuza – Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi.





Taqrizchi: N.Yuldasheva - Namangan shahar Xalq ta’limi bo’limi boshlang’ich sinflar uslubchisi





Mazkur dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta'limi bo'limining 201__- yil _________ oyidagi __-sonli qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilgan.








3-sinf Fan: Ona tili

MAVZU: SON SO‘Z TURKUMI

  • DARSNING MAQSADI:

TA`LIMIY: O`quvchilarga son haqida malumot berish, mavzu borasida egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish

T.K-4 O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasidoimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish

T.K-5 Milliy va umummadaniy kompetentsiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish,

TARBIYAVIY: Fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, o`z ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, so`zlashuv madaniyatiga rioya qilishga, o`zaro suhbat jarayonida suhbatdoshi fikriga hurmat bilan qarashga o`rgatish

  • RIVOJLANTIRUVCHI: Ularning son so`z turkimi haqidagi bilimlarini va darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish, og`zaki va yozma nutqini o`stirish.

Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi.

Dars metodlar:tushuntirish, savol-javob,”Zanjir”usuli,”Adashgan so’zni toping, ”Chalkash ma’lumotlar”, ”Quyoshli o’lka”, ”Jajji dasturchi” didaktik o’yinlari, “Bir savolga- bir javob” metodi

Darsjihozlari:darslik, slaydlar, didaktik materiallar, gul yaproqlari(rag’bat uchun)

1.TASHKILIY QISM

O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni belgilash.

O`qituvchi :Salom shirintoylarim,yulduzlarim,oylarim

Latofatga boylarim,ham sho’x qunoqlarim

Siz qanday bolalarsiz?

O’quvchilar:Bizlar buyuk yurt osmonida go’zal kamalak

Barkamol avlod bo’lmoq-eng ezgu tilak

O’qituvchi:Tinglab mening so’zlarim,olgansiz saboqlarim

O’ylab puxta javob bering,hozir qaysi dars aytib bering

O’quvchilar: ONA TILIM-JONU DILIM

O’qituvchi:Bugun oddiy dars emas,

Integratsiya darsidir,

Darsni yaxshi o’kazsak,

Bu hammadan yaxshidir

Qani ayting bolalar

Bog’dagi gul lololalar

Har narsadan xabarchi

Sinfda kim navbatchi?

Who is on duty today?

O’quvchi:Har narsadan xabarchi

Sinfda men navbatchi

I’m on duty today

Bugun 26-fevral, haftaning dushanba kuni

Today is Monday,26th of February

Bugun ob-havo yaxshi ,quyosh charaqlab turibdi.

Today the weather is fine ,The sun is shining.

We are all in the lesson

Sinfda 31 o’quvchi bo’lib,.

BARCHASI DARSGA TAYYOR

Bizning shior :





O’quvchilar “ONA TILIM” she’rini aytadilar

DTS talablari so’raladi, siyosiy daqiqa o’tkaziladi

VATAN” sherini aytadilar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti kim?



O mmaviy-axborot vositalari orqali eng so’nggi xabarlardan bilib keldingizmi?

O’quvchilar javob beradilar.

O’qituvchi: Harakatlar strategiyasi haqida nimalarni bilasiz?

O’quvchilar javob beradilar,harakat strategiyasi ranglaridan gul yasaydilar

O`qituvchi:O’quvchilar bu gullar qachon ochiladi

O’quvchilar:Bahor faslida. Bahor faslida tabiat hodisalari haqida savol-javoblar o’tkaziladi.(Tabiat faniga bog’lanadi).

O’qituvchi dars qiziqarli bo’lishi uchun sinfni 3 guruhga bo’lib oladi.

1-guruh “BARKAMOL AVLOD”

2-guruh “ISTIQLOL G’UNCHALARI”

3-guruh “SOG’LOM AVLOD”

Rag’batlantirish tartibi tushuntiriladi,( gul yaproqlari orqali darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar o’zlari gul yasaydilar,texnologiya faniga bog’lanadi)

2.O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

O’qituvchi:O’tgan mavzuyimizda nimalarni o’rgangan edik?

O’quvchi:Sifat so’z turkumini o’rgangan edik.” Aqliy hujum” metodidan foydalanib savol-javoblar o’tkaziladi

1. Sifat deb nimaga aytiladi?

2. Sifatlar so’rog’ini ayting?

3. Sifatlar gapda qaysi so’z turkumiga bog’lanib keladi?

Zanjir” usuli orqali o’quvchilar sifatga doir so’zlar topadilar.

1-guruh: Maza-ta’mni bildiruvchi so’zlardan

2-guruh: Rang-tusni ifodalovchi so’zlardan

3-guruh: Shakl-xajmni bildiruvchi so’zlardan topadilar.

Adashgan so’zni toping” mashqi o’tqaziladi

1-guruh

1.Maktabimiz hovlisida go’zal gular ochildi. (chiroyli)

2.Shaddod ashulalar eshitib dam oldik.(quvnoq)

2-guruh

1.Koinotda ko’m-ko’k bulutlar suzib yuribdi.(osmonda)

2.Shaxs o’zidan yaxshi nom qoldirmog’i lozim.(inson)

3-guruh

1.Kuzda qaldirg’ochlar qaynoq o’lkalarga uchib ketadilar.(issiq)

2.Shahrimizda kundan-kun novcha binolar qad ko’tarmoqda.(baland)

Chalkash ma’lumotlar o’yini o’tkaziladi.( Bu o’yin orqali noto’g’ri berilgan ma’lumotlar aniqlanadi).

1. Otlar qanday?,qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi. (Otlar kim? Nima? so’roqlariga javob bo’ladi.)

2. So’z yasovchi qo’shimchalar gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi. (So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib yangi so’z hosil qiladi.)

3. Ega va kesim 2-darajali bo’laklardir. (Ega va kesim bosh bo’laklardir.)

Uy vazifasi ko’rib chiqiladi ,daftarlar almashtiriladi.

G”,”g” harfi ishtirokida husnixat mashqi o’tkaziladi ,electron diktant yozdiriladi. O’quvchilar yozgan gaplarini tahlil qiladilar.

ELEKTRON DIKTANT

Go’zal diyorimiz gullarga burkansin!

Dam olishdaqiqasi:Ingliz tilida qo‘shiq kuylanadi



Yangi mavzu nomi “SHIFIRLANGAN SO’Z” o’yini orqali topiladi

.Son-sanoqsiz, so’zla, turshak, kulol, minora so’zlarining birinchi bo’g’inidan bugungi mavzu kelib chiqadi

3.YANGI MAVZU BAYONI

SON SO’Z TURKUMI

Son so’z turkumi haqida ma’lumot beriladi.Kundalik hayotimizda ishlatiladigan son so’z turkumga oid so’zlardan misollar keltiriladi.

O’qituvchi: Bolajonlar, siz nechanchi sinfda o’qiysiz? (3-sinfda)

Sinfimizda nechta o’quvchi bor? (31 ta)

Siz necha baho oldingiz? (“5” baho)

Ko’rdingizmi, bolalar bu kabi so’zlarni juda ko’p ishlatamiz.

Qoida:Shaxs va narsaning sanog’ini bildirgan so’zlar son deyiladi.Sonlar necha?, nechta?,qancha? so’roqlariga javob bo’ladi. Nechta?( daftar)-o’nta daftar, necha?( kun)-besh kun.

Televizor orqali Son so’z turkumiga oid multimedia ilovasi ko’rsatiladi.

270-mashq slayd orqali bajariladi.

270-mashq.O‘qing, narsa-buyumlarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni aniqlang va ko‘chirib yozing.

  1. B ir tup gul yuz g‘uncha ochadi. (Oybek) 2. Tovuqlarga har kun uch mahal suv berardim, don-dun berardim. 3. Yoz chillasi qirq kun — yigirma beshinchi iyundan beshinchi avgustgacha. 4. „Uch og‘a-ini botirlar“ ertagidag iotaning o‘gitlarini esda tuting. Bu mashqni “Quyoshli o’lka” o’yini orqali bajaramiz.Quyosh boboning nurlari yoqolib qolibdi, shu mashqni to’g’ri bajarib, nurlarini hosil qilamiz.

O’quvchilar doskada bajaradilar.

271- mashq. O‘qing, sonlarni aniqlang. Sonlar qaysi otlar bilan bog‘lanib kelganini aniqlang va ularni yonma-yon yozing.

1. Bir yigitga yetmish hunar oz.

2. Bir yil tut eksang, yuz yil gavhar terasan.

3. Bir qushim bor ikki qanotli: bir qanoti oq,

Ikkinchi qanoti qora. (Topishmoq.Kecha va kunduz.)

Bu mashni o’quvchilar orfografik estafeta usuli orqali doskada chiroyli yozish mashqi orqali bajaradilar.

(Bir yigitga, yetmish hunar,bir yil, yuz yil, bir qushim, ikki qanotli, bir qanoti,ikkinchi qanoti). Mashqlarni bajarish jarayonida matematika faniga bog’lanadi.

Oltin toj-sizga muhtoj” bu oyinda doskada chiroyli yozgan o’quvchi “Oltin toj” sohibi bo’ladi.

4.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

Jajji dasturchi” o’yini orqali mavzuga doir test savollari monitorda ko’rsatiladi, o’quvchilar kompyuterni o’zlari mustaqil boshqargan holda test savollarining javobini topadilar.

  1. Test savollari:

1. Sonlar qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi?

A.Kim? nima? B.Nechta? qancha? D.Qanday? qanaqa?

2. Son ishtirok etgan so‘z birikmasini toping..

A.Uchta daftar, beshta qalam B.Odobli o‘quvchi, qizil qalam D.Beshta ruchka, a’lochi o‘quvchi

RAQAMLAR TILSIMI” orqali yurtimizdagi muhum sanalar o’quvchilar tomonidan aytiladi.

1-sentabr-“Mustaqillik bayrami”

1-Oktabr “Ustoz va murabbiylar”kuni

8-dekabr “Konstitutsiya qabul qilingan kun

14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni

8- mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami”

21-mart “Navro’z umumxalq bayrami”

9-may “Xotira va qadrlash” kuni.(Sonlarni aniqlaydilar).

Sardorlar” baxsi o’tkaziladi

(“Bir savolga- bir javob” o’yini orqali tezkor savol javoblar o’tkaziladi.Bunda savollar fanlar aro bog’langan bo’ladi).

O’qituvchi: Bolajonlar darsimiz sizga yoqdimi?

Bu dars davomida siz nimalarni bilib oldingiz?

5.BAHOLASH VA DARSNI YAKUNLASH

Javoblar umumlashtirilib, dars yakunlanadi.Rag’batlar sanalib,ya’ni qaysi qator gul yaproqlaridan ko’p gullar yasaganliklari aniqlanib, g’olib guruh aniqlanadi, faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

6.UYGA VAZIFA:

272-masq..O‘qing.

O’rtoqlarim kelishar:

Nadim, Habib, Marhabo.

Yetsa kerak uchta non,

To’rt payola murabbo. Anvar Obidjon

O’n arava kelmoqda

Arpa- bug’doy ortilgan.

Uch arava oppoq un

Tegirmonda tortilgan. Ilyos Muslim

Sonlarni otlar bilan yonma-yon yozing.


































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Son so‘z turkumi

Автор: Абдурахимова Дилфуза

Дата: 14.02.2020

Номер свидетельства: 539620


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства