kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Oʻquvchilarga soʻzlarni gapda mazmun jihatdan bogʻlanishi va faol hosil qilish qoidalarini oʻrgatish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishi»







O`zbekiston Respublikasi

Samarqand viloyati

Kattaqo`rg`on shahar xalq ta`limi

bo`limiga qarashli

9-umumta`lim maktab

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Nazarova Shahnozaning

2-sinf ona tili fanidan tayyorlagan

Mavzu: So`zlarning o`zaro bog`lanishi

Sinf : 2-sinf

Mavzu : So`zlarning o`zaro bog`lanishi


Mavzuga oid tayanch tushunchalar : gap , so`z birikmasi , so`zlarning o`zaro bog`lanishi , qaysi so`zga bog`lanyapti ?

Mavzuga ajratilgan vaqt : 45 daqiqa



Mavzuning qisqacha ta`rifi :o`quvchilarga dars yakunida so`zlar o`zaro bir biriga mazmun jihatdan bog`lanadi va gap hosil qilishi tushuntiriladi .Nutq va gap haqidagi bilimlarini mustahkamlash


O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi:yangi bilim , ko`nikma , malakalarni shakllantiruvchi dars

Metod : suhbat , tushuntirish , mustaqil ishlash , ta`limiy o`yinlar

Jihoz: darslik , ragbatlantirish uchun kartochkalar , mavzuga oid rasmlar , multimedia ilovalar

Nazorat : o`quvchilarning xulq – atvori va darsda faolligi kuzatilib boriladi va

hisobga olib boriladi .

Baholash : o`quvchilar bilimi reyting asosida baholanib , dars yakunida e`lon qilinadi .

Fanlararo bog`liqligi : o`qish , matematika, tabiat , odobnoma , rasm

Darsning maqsad va vazifalari

Ta`limiy :nutqdan gapni ajratish va uni yozma shakllantirish ko`nikmasini oshirish , gap kim ( kimlar) va nima (nimalar) haqida aytilgani va ular haqida deyilganini bildirgan so`zlarni aniqlash ko`nikmasini shakllantirish K-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish

Tarbiyaviy : o`quvchilarni vatanparvarlik ruxda tarbiyalash ,o`quvchilarni odobli axloqli komil inson qilb tarbiyalash.. K-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish. .

Rivojlantiruvchi :o`quvchilarning yozma nutqini oshirish Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.


Kutilayotgan natija :dars yakunida o`quvchilarda ona tili haqidagi bilimlari takomillashadi , mustahkamlanadi .


Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqish

Tashkiliy qism

Sinfning darsga tayyorligini tekshirish ;Dars qoidalarini eslatib o`tish o`quvchilarning diqqatini jamlash ;

Tez javob didaktik o`yin Savol javob

2 daqiqa

2-bosqich uy vazifasini tekshirish

Husnixat mashqi o`tkaziladi

Uyga vazifa ta`limiy o`yinlar orqali tekshirilib mustahkamlanadi

“Ortiqchanini top “Skarabey ”

“Mozaika”

“Koptok “o`yini


7 daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzu topilib e`lon qilinadi . Mavzu tushuntiriladi (slayd orqali) multimedia orqali ko`rsatiladi

Darslik bilan ishlash sinf xattaxtada ishlash

“Kollaj “ o`yini multimedia ilova

318-mashq

16 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

Mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish ,test savollari orqali slayddan foydalanib tekshiladi .

Tarqatma materiallar bilan ishlanadi. Dam olish daqiqasi . Yangi mavzu umumlashtiriladi.

“Sinchkov o`quvchi “ o`yini “ ta`limiy o`yini

“Tomchida hayot “ o`yini

Dam olish daqiqasi “Yomg`ir ”

“Pinbord “ metodi

15 daqiqa

5-bosqich darsni yakunlash va baholash


O`quvchilarning darsga ishtirokiga ko`ra ballari e`lon qilinadi g`olib guruh aniqlanadi

Baholash

3 daqiqa

6-bosqich

Uyga vazifa

Uy ishi tushuntiriladi

Tushuntirish

2 daqiqa







Darsning borishi

Tashkiliy qism

Bolajonlar sog` omonmisiz

Yangi darsga tayyormisiz ?

Barchamiz sog` omonmiz

Yangi darsga tayyormiz

O`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash, aylanma daftarlarni tarqatish,

o`quv qurollarini mavjudligini nazorat qilish

Hozir qanday darsimiz ?

Ona tili hozir darsimiz (ona tili sheri aytiladi

Darsimiz ona tili

Hamisha yodda saqlang u bizga nimalarni o`rgatadi ?

Chiziqchalar chizishni , harf va bo`g`in yozishni , ma`noli so`z yozishni , so`zlardan gap tuzishni,gaplardan matn yaratishni , insho va bayon yozishni o`rgatar ona tilim

Darsimizda mehmonlar bor , dars o`tamiz o`zgacha o`rgatamiz , o`rganamiz ustoz shogird

hamkorligin darsda joriy etamiz

Guruhlarga bo`lingan bizning o`quvchilar ham

Bilimli , idrokli bo`l aql kerak har yerda

marralar zarb etishda kerakli do`st shularda

O`quvchilar 3 guruhga bo`lingan

Aql

Bilim

Idrok ( Hayot cho`qqilariga erishish ko`makchilari ).

Dars shiori

Ilm olish istagi biz uchun farzdir .Biz uchun doimo dars muqaddasdir .

Darsning oltin qoidalari takrorlanadi

Bolalar bugun darsimiz oddiy dars emas noodatiy darsdir . Bugun biz darsimizni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5ta muhim tashabbus yo`nalishlari topshiriqlari boyicha

o `tamiz .

G`olib guruh rag`bat kitoblar bilan taqdirlanadi va hayot daraxtga ilib qo`yiladi qaysi guruh daraxtida ko`p kitoblar bo`lsa shu guruh g`olib bo`ladi .

1-Tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik adabiyot teatr san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini yuzaga chiqarish

O`qituvchi murojaati

Qaysi yurtning farzandlarsiz? (O`zbekistonning )

Millatingiz ? (O`zbek )

Davlat tilingiz ? (O`zbek tili )

Vataningizni sevasizmi ? (Ha )

Unga sodiq bo`lasizmi ? (Ha )

Ofarin bolajonlar ! Shunday ekan buyuk ajdodlarni yod etaylik , pok ruhlari ni shod etaylik

Bugungi husnixat mashqimizda buyuklar oldida bosh egaylik nomlarininfaxr bilan chiroyli qilib yozaylik

(slayd orqali allomalar rasmlari ko`rsatiladi )

O`quvchilarning yozganlari slayd orqali tekshiriladi .

So`ng guruh a`zolari raqam tanlashadi , o`zlariga topshiriq tanlashadi

1 Ortiqchani top

2 Mozaika (Bo`laklarni to`g`ri joylashtirib hikmatli gapni o`qish)



3 Skarabey (narsa va shaxsni harakatini bildirgan so`zlarni to`g`ri joylashtirish va savollar bilan izohlash) G`olib guruh rag`batlantiriladi .

2-Tashabbus yoshlarni jismoniy tarbiya, chiniqish ,sport sohalarda qobiliyatlarini namoyon qilish

4-topshiriq” Koptok” o`yini orqali shaxs va narsa belgisini bildirgan so`zlarni ketma ketlikda aytish kerak G`olib guruh rag`batlantiriladi

3-Tashabbus yoshlarni internet kompyuter texnologiyadan to`g`ri foydalanish

5-topshiriq “Kollaj “o`yini (joylashtir ma`nosi)Yangi mavzuni topish uchun sonlarni o`sib borish tartibida qo`ysa mavzu nomi kelib chiqadi.

Yangi mavzu

Yangi mavzu tushuntiriladi (slayd orqali ko`rsatib boglanish chizmasi ko`rsatiladi . Qoida eslatiladi (So`zlar mazmun jihatdan o`zaro bog`lanib, gap hosil qiladi . Gapning asosini topish qoidalari tushuntiriladi )

318-mashq sharti bo`yicha bajariladi (Slayd orqali ko`rsatilib tushuntiladi 2-gapning bog`lanish chizmasi topiladi )

.Xondayliq qishlog`iga ko`chib kelganimizga ikki yildan oshdi .Qishloq mehga juda yoqdi . Atrofi tog`. Tog`lar ko`m –ko`k , jonli gilam bilan to`shalganday.

4-Tashabbus yoshlarni ma`naviyatini yuksaltirish kitobxonlikni targ`ib qilish

Yangi mavzuni mustahkamlash

6-topshiriq yangi mavzuni tekshirish maqsadida “Sinchkov o`quvchi “ ta`limiy o`yinidan foydalaniladi . Unda slayd orqali test beriladi o`quvchilar belgilaydilar , so`ng yonidagi o`quvchi bilan almashadi . Slayd orqali tekshiriladi . G`olib guruh rag`batlantiriladi 5-Tashabbus ayollarni ish bilan ta`minlash

7-topshiriq “Tomchida hayot ”didaktik oyinidan foydalaniladi



So`zlarni o`zaro bog`la

bino



ozod

obob







Qishloq …. …….

Tabiat …….

O`quvchilar tomchi bilan gullarni sug`orib onalariga sovga` qilishadi

8-topshiriq Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Bunda “Yomg`ir” she`rdan harakatlari bilan foydalaniladi .

9-topshiriq Ona tili mavzularini mustahkamlash maqsadida “Pinbord “ metodidan foydalaniladi Savollar beriladi javoblar umumiylashtirilib sinf doskasida xulosalanadi. (Ona tili so`zi kelib chiqadi .

Dars so`ngida 5 ta tashabbus topshiriqlarini bajarib ular “Orzular maktabi”ni barpo etishadi. Bunda 5 ta tashabbus uning ustunlari bo`lishadi Maktab bog`iga kitoblar daraxtini qo`yishadi

Dars yakunida g`olib guruh aniq lanadi (daraxtdagi kitoblar sanaladi )va ragbatlantiriladi (g`olib guruhga kitoblar beriladi )

Darsda faol bo`lgan o`quvchilarga nishonlar beriladi

Uyga vazifa 319-mashq sharti tushuntiriladi . Iqtidorli o`quvchilarga 3 ta undan ortiq bo`lgan gapdan iborat “Yoz ”mavzusida matn yaratish bo`ladi . Elektron manzil . [email protected]















































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishi

Автор: Nazarova Shahnoza Bahadirovna

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545357


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства