kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Sifat – so‘z turkumi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mavzu:  Sifat – so‘z turkumi. (264-267- mashq.)

Darsning maqsadi:

А)ta’limiy: o‘quvchilarga sifat so‘z turkumi, gapdagi vazifasi ularni boshqa so‘z turkumlaridan  ajratishga o‘rgatish,sifat  so‘z turkumi yuzasidan bilimni mustahkamlash. FK1:sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi vazifasini bilishi;

B) tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular ongiga axloqiy-ma'naviy fazilatiarni, mehnatsevarlikni singdirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish: TK5: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;

      C) rivojlantiruvchi: sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish  malakalarini  hosil qilish.  Chiroyli  va to‘g‘ri  yozuv  ko‘nikmalarini rivojlantirish, darslik bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, o‘z fikrlarini erkin, ravon bayon qila olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.

       Darsning turi: yangi bilim,ko‘nikma,malakani shakllantirish darsi.

Darsning metodi: analiz-sintez metodi,suhbat metodi.

Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari,tarqatma materiallar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

II.  O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Husnixat daqiqasi:

Dum-dumaloq jajji oy

Chaqib yesang g‘ij-g‘ij moy.   (Yong‘oq)

263-mashq sharti asosida  qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga to‘lqinli chizilganligi ko‘riladi.  Sifatlar nimaning belgisini bildirgan? degan savol bilan mashq tekshiriladi.

III. Yangi mavzuni bayoni.

Doskaga olma, gul, sinf, xona, qalampir, bolaning rasmlari ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar bilan quyidagi savol-topshiriqlar yordamida suhbat o‘tkaziladi.Rasmlar kuzatiladi. Rasmda tasvirlangan narsalarning nomini aytish kerakligi uqtiriladi.

-Qanday gul? (Qizil gul.)

-Qizil so‘zi gulning nimasini bildiradi? (Rangini bildiradi.)

- Qanday qalampir? (Achchiq qalampir.)

- Achchiq so‘zi qalampirning nimasini bildiradi? (Ta’mini bildiradi.)

-Qanday bola? (Aqlli bola.)

-Aqlli so‘zi bolaning nimasini bildiryapti? (Bolaning xususiyatini bildirayapti.)

-Qanday sinf? (Ozoda sinf.)

- Ozoda so‘zi sinfning nimasini bildiradi? (Toza ekanligini bildiradi.)

-Ozoda, shirin, qizil so‘zlari bitta nom bilan nima deyiladi? (Sifat deyiladi).

 -Sifatlar nimalarning belgisini bildiradi. (Shaxs va narsalarning belgisini bildiradi.)

-Shu so‘zlarga so‘roq bering. (Ozoda — qanday?, achchiq — qanday?, qizil — qanday? aqlli — qanday?) Suhbat yakunida bir o‘quvchiga xulosa chiqartiriladi: narsa-buyum, shaxslarning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar sifat so‘z turkumidagi so‘zlar deyiladi.

O‘quvchilarga darslikdagi 264-mashq yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

  “Intervyu” metodini o‘tkazish sharti tushuntiriladi. Bu metod o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilardan biri gazeta muxbiri bo‘lib, mashqga bog‘lab qish fasli va qishki o ‘yinlar haqida intervyu oladi. O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Sifat – so‘z turkumi»




Mavzu: Sifat – so‘z turkumi . (264-267- mashq.)

Darsning maqsadi:

А)ta’limiy: o‘quvchilarga sifat so‘z turkumi, gapdagi vazifasi ularni boshqa so‘z turkumlaridan ajratishga o‘rgatish,sifat so‘z turkumi yuzasidan bilimni mustahkamlash. FK1:sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi vazifasini bilishi;

B) tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular ongiga axloqiy-ma'naviy fazilatiarni, mehnatsevarlikni singdirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish: TK5: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;

C) rivojlantiruvchi: sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish malakalarini hosil qilish. Chiroyli va to‘g‘ri yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, darslik bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, o‘z fikrlarini erkin, ravon bayon qila olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.

Darsning turi: yangi bilim,ko‘nikma,malakani shakllantirish darsi.

Darsning metodi: analiz-sintez metodi,suhbat metodi.

Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari,tarqatma materiallar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Husnixat daqiqasi:

Dum-dumaloq jajji oy

Chaqib yesang g‘ij-g‘ij moy. (Yong‘oq)

263-mashq sharti asosida qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga to‘lqinli chizilganligi ko‘riladi. Sifatlar nimaning belgisini bildirgan? degan savol bilan mashq tekshiriladi.

III. Yangi mavzuni bayoni.

Doskaga olma, gul, sinf, xona, qalampir, bolaning rasmlari ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar bilan quyidagi savol-topshiriqlar yordamida suhbat o‘tkaziladi.Rasmlar kuzatiladi. Rasmda tasvirlangan narsalarning nomini aytish kerakligi uqtiriladi..

-Qanday gul? (Qizil gul.)

-Qizil so‘zi gulning nimasini bildiradi? (Rangini bildiradi.)

- Qanday qalampir? (Achchiq qalampir.)

- Achchiq so‘zi qalampirning nimasini bildiradi? (Ta’mini bildiradi.)

-Qanday bola? (Aqlli bola.)

-Aqlli so‘zi bolaning nimasini bildiryapti? (Bolaning xususiyatini bildirayapti.)

-Qanday sinf? (Ozoda sinf.)

- Ozoda so‘zi sinfning nimasini bildiradi? (Toza ekanligini bildiradi.)

-Ozoda, shirin, qizil so‘zlari bitta nom bilan nima deyiladi? (Sifat deyiladi).

-Sifatlar nimalarning belgisini bildiradi. (Shaxs va narsalarning belgisini bildiradi.)

-Shu so‘zlarga so‘roq bering. (Ozoda — qanday?, achchiq — qanday?, qizil — qanday? aqlli — qanday?) Suhbat yakunida bir o‘quvchiga xulosa chiqartiriladi: narsa-buyum, shaxslarning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar sifat so‘z turkumidagi so‘zlar deyiladi.

O‘quvchilarga darslikdagi 264-mashq yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

Intervyu” metodini o‘tkazish sharti tushuntiriladi. Bu metod o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi . O‘quvchilardan biri gazeta muxbiri bo‘lib, mashqga bog‘lab qish fasli va qishki o ‘yinlar haqida intervyu oladi. O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.


  • Qishda yog‘gan qorni nimaga o ‘xshatasiz?

— Bolalarning qalbi nimaga o‘xshaydi?

— Ular nimalarga talpinishadi?

— Zarrachalar nimalarga o‘xshaydi?

— Qizchaning qo‘liga nima qo‘ndi?

— Nima uchun qor qizchaning qo‘lida erib ketdi?

— Bolalar qishda qanday o‘yinlar o‘ynashadi?

— Savollarga javob olingach, sifatlarni aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish vazifa qilib beriladi.O‘quvchilar sifatlarni ozi‘i bog‘langan so‘z bilan quyidagicha yozadilar: (Beg‘ubor qalbi , daryoday to‘lib, ko‘m-ko‘k o‘tloqlar,oppoq kapalaklar,oppoq hovuchiga, tip-tiniq shudring,oq choyshabga,oppoq qorlarni)

Lug ‘at ishi: beg‘ubor — g‘uborsiz, gardi yo‘q.

Shudring — tongda barglarga tushadigan tomchi.

Sifatlar ko‘pincha otlarga bog‘lanib, gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. Sifatlar tagiga to‘lqinli chiziq chiziladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

So‘ng og‘zaki quyidagi “Sifatlarini top!” ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi. Buning uchun mashq matnidagi sifatlar yozilgan vatman doskaga ilib qo‘yiladi. O‘quvchining vazifasi so‘zlarni ingliz tilidagi nomini aytib, ana shu sifatga mos otlarni ingliz tilida yozib chiqadilar.













1-topshiriq 265-mashq. Matnni o‘qiladi. Qanday? qanaqa? so‘roqlariga javobbo‘lganso‘zlarnio‘zibog‘langanotbilanbirgabelgilanadi.

Darslikdagi 265-mashq o‘qiladi so ‘roqlar yordamida sifatlar aniqlanib, gapdagi vazifasi aytiladi. Ko‘m-ko‘k., zarrin , yam-yashil ,sovuq , sevimli ,yangi , yashil (qanday?)

Novda so‘ziga ma’nodosh so‘z - niholshox,

Lug‘at ishi: zarrin — yarqiroq

Sifat haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun test olinadi.

1. Sifatlar berilgan qatorni belgilang.

a) Handalak, hissa, chiroyli.

b) Aqlli, dono, dumaloq.

d) yozdi, chizdi, o‘qidi.

e) olti,besh,yigirma.

2. Sifat turkumidagi so‘z qatnashgan gapni belgilang.

a) Halima kitobni o‘qidi.

b) Sen sariq ko‘ylagingni kiyasanmi?

d) Salim oltinchi sinfda o‘qiydi.

e) Malika Madina bilan dugona.

3. … shamol esdi. Nuqtalar o‘rniga mos sifatni toping.

a) toza

b) mayin

d) ajoyib

e) sariq

V. Darsni yakun yasash va baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. 267-mashq matnni o‘qib beriladi. So‘roqlar yordamida sifatlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish lozimligi tushuntiriladi.

umri qisqa ,o‘jar barg ,qo‘ng‘ir tusga ,daydi shamolning ,yangi barglar.

























Кattaqo`rg`on shahar

Xalq ta`limi bo`limiga qarashli

16-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Zokirova Xadichaning

ona tili fanidan 4- „V” sinfida

o`tkazgan








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Sifat – so‘z turkumi

Автор: Zokirova Xadichaning

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545279


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства