kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

С праздником восмого марта

Нажмите, чтобы узнать подробности

Весна - это время женской красоты и прелести. Женщины являются самой прекрасной частью каждого человека. Труд женщин неоценим и хочется, чтобы они всегда были любимы, признаны и почувствовали себя королевой жизни. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«С праздником восмого марта»

F. Mavzu: Bayramingiz muborak!

Sana: 07.03.2017


Talimiy maqsad: Oquvchilarga Yusuf ShomansurningBayramingiz muboraksheri

bilan tanishtirish va ayollar bayrami haqida ma’lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ota-onani hurmat qilish ularni qadlash, ularga yaxshi

farzand bo’lish hissini tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning xotirasini, matn va she’rlarni ifodali aytish, rollarga

kirib ijro qilish, guruhda ijodiy ishlash ko’nikmasini va og’zaki nutq-

larini boyitish.


Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: noan’anaviy, “ Klaster” metodi, guruhda ishlash, o’yinlari

Darsning jihozi: bahor va onalar rasmlari, devoriy tabrik rasmlari, ko’gazmalar, topshi-riqlar, AKT, boshqotirma, tarqatmalar, A-4 format, flomaster, skoj, rangli qalamlar


S inf bahoriy, bayramona bezatilgan.

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism

Bahor valsi” kuyi yangramoqda. Bolalar uyquda. “ Ona tabiat” musiqa sadosi ostida bolalarni “o’simliklarni” uyg’otayapti. Bolalar sekin uyg’onib, o’rinlaridan turib , raqsga tushib, o’z joylarini egallashadi.


Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, ellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag’rim bahorni,

O’rik gullarining eding maftuni.

Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko’zlaringga surtib o’parding uni…

Assalom Tabiat, assalom quyosh,

Yangi tongla bugun qutlayman sizni

Musaffo samodan zarrin nur sochib

Quvontiring bizni shod eting bizni

Assalom Vatanim, assalom, xalqim

Yurt jonkuyarlari sizga assalom.

El ravnaqi uchun tinmay kurashgan,

Sizga fidoyilar, yo’llaymiz kalom.

Assalom ey davramizning

Eng aziz mehmonlari

Assalom ey ilmu – fanning

Sohibi – davronlari

Assalom muallimlar

Va munis onajonlar

Davramizga xush kelibsiz,

Barcha aziz mehmonlar.

Assalom onajon, jondan azizim,

Bag’ringiz beg’ubor, mehringiz quyosh.

Sizga dildan hurmat, tahsinu, ta’zim,

Qalbimga hamohang mehribon, sirdosh.


O’qituvchi: Bolajonlar siz hozir tabiatimizning uyg’onishi ko’rinishini ijro qilib berdingiz. Ona tabiatni nima uyg’otadi?

O’quvchilar: Bahor fasli

O’qituvchi: Bahor qanday fasl? Uni klaste usulida ko’rsatamiz


Har birini o’quvchilar sharhlab berishadi.

O’qituvchi: Bahor faslining elchilari nimalar?

O’quvchilar: boychechak, binafsha, qaldirg’och

“Boychechak” qo’shig’ini yoddan kuylab berishadi.

Bahordan berding darak

Oson bo’lmadi kutmak.

O’qituvchi: Go’zal bahor kimga o’xshaydi?

O’quvchilar: Ayollarga

O’qituvchi: Ayollarning bayramlari ilk bahor kunlarida bayram qilinishi bejiz emas. Chunki Bahor va Ayol tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu ikki so’z zamirida hayot abadiyligiga ishonch, mehr-muhabbat, pokiza orzu-umidlar, yaratish va yashnatish mujassamdir.

O’qituvchi: Ayollar deganda kimlarni tushunasiz?

O’quvchilar: Qizlar, opalar, singillar, onalar, buvilar

O’qituvchi: Bugungi darsimizni ularning bayramlari sharafiga bag’ishlasak.

O’qituvchi: Keling ayollar haqidagi fikringizni birma-bir bildirsangiz. ( Har bir o’quvchi o’z so’zini aytadi)

O’quvchilar fikrlari:

1. Bizning qizlar otalarning erkasi

Bizning qizlar onalar yordamchisi

Bizning qizlar lobar va chevar,

Bizning qizlar eng mehnatsevar.

2. Ayol--tabiatning nozik va nafis guli. Tiriklikning davomchisidir.

3. Ayol… Boqiy yaratuvchi. Ayol – mangu yashnatuvchi, Ayol – go’zallik, nafosatu nazokat timsoli.

4. Ayol go’zalligi va latofatini tasvir etmoqqa har qanday ta’rif-u tavsiflar ojizlik qiladi.

5. Ayol o’zining nozik yelkalarida nafaqat o’z oilasi, balki butun olam tashvishlarini ko’tarib yuribdi, desak mubolag’a bo’lmas.

6. Oila farovonligini el-u yurtning tinchligini ta’minlovchi ham ayoldir.

7. Ayol… Hayrat malikasi. Ayol – muhabbat ma’budasi. Ayol – eng avvalo mehribon onadir.

8. Dunyoda shunday ulug’ zot borki, biz undan hamisha qarzdormiz.

9. Ona-bu dunyodagi eng sehrli, eng jarangli, eng pokiza so’z.

10. Buyuk allomalarning beshigini tebratgan, mehribon, munis, mag’rur buyuk jafokash, zahmatkash ayol, bu – onadir.

11. Siz emasmu Navoiyning onasi

Siz emasmu Amir Temur onasi

Siz emasmu Ulug’begu Bobur onasi

Siz barcha, barcha buyuk zotlar onasi.

Sizga ta’zim, sizga ehtirom

Sizga olqishzga sharaf – shon!

12. Quyosh saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni, shabnamlar pokizalikni sizdan o’rgansiz!

13. Onajonginam! Bir parcha etni avaylab, e’zozlab, ardoqlab katta qilgan, hayot bergan, qanot bergan Ona!

14. Muruvvatli, adolatli, saxovatli, eng og’ir damlarda ham peshonamizni silab dalda bergan Ona!

15. Hayotga muhabbatni, yoshlarga, kattalarga izzat – hurmatni, odamgarchilikni, jamiki insoniy fazilatlarni qonimizga, jonimizga oq suti bilan singdira olgan-Ona.

16. Axir tonggacha ko’z yummasdan bedor chiqqan siz emasmu? Belanchagimizni, beshigimizni quchoqlab alla aytgan siz emasmi?

17. Birgina tabassum, birgina jilmayishimizga aziz umrini qurbon etishga tayyor turgan fidoyi, mushfiq, mehribonsiz –Onalarsiz biz yashay olarmikanmiz?

18. Oqqushlarni vafodor deb maqtashadi, bulbulllar gulning mahliyosi deyishadi. Jahondagi jamiki jonzot vafodorlikni sizdan o’rgansin-Onajon.

19. Bulbullar xonish aylashni sizning allangizdan o’rgansiz, Onajonlar!

20. To’qqiz oy bizni avaylab qalbingiz tagida saqlab, hali tug’ilmagan, bu jahonga kelmagan farzandga chiroyli orzu – umidlar bilan liboslar tikkan chevar siz emasmi, Onajon!

21. Shuning uchun jonim sizga qurbon onajon,

Shuning uchun maqtasin, burro tilim, onajon.

22. Biz ona ta’rifi zaminida shu o’tirgan aziz o’qituvchilarimizning go’zal chehralarini ham ko‘ramiz. Chunki ular ham ona!

23. Obod va ozod Vatanimizga sodiq, yurtimiz shuhratiga shuhrat qo’shadigan barkamol insonlarni tarbiyalashdek sharafli vazifani, o’zlarining umr mazmuni deb biladigan bu fidoyi insonlarga ham bir umr ta’zimdamiz.

24. Haqiqatdan ham, otalar bilan barobar tarix g’ildiragini aylantirayotgan munis, jafokash onajonlarimiz muhabbatidan ham muqaddas va beg’ubor tuyg’u bormikan?

25. Quyoshsiz yorug’lik yo’q, sevgisiz baxt-saodat yo’q, ayolsiz muhabbat yo’q, onasiz qahramon ham yo’q..

26. Ha, onajonlarimiz har birimiz sig’inadigan ma’budalardir.

27. Ona – ulug’ zot. Ona borki, olam bor, Ona borki, Vatan bor. Ona borki, hayot bor. Ona borki, farzand bor.

28. Yurtboshimiz SH. M. Mirziyayev ta’birlari bilan aytganda, «Oqila, go’zal ayollar o’zlarining g’amxo’rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi, muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar».

Ayol ” musiqali she’r ijrosi

O’qituvchi: Bugun biz siz bilan Yusuf Shomansurning “Bayramingiz muborak” she’rlari bilan tanishishimiz kerak, lekin bu sizga uyda mustaqil tayyorlab, yodlab kelish uchun vazifa qilib berilgan edi. Vazifani qanday uddalay olganingizni ko’ramiz. Bugun sizga bahoni onajon va buvijonlaringiz qo'yishadi. Onajonlaringizni oldingizga taklif eting. (Barcha onajon va buvijonlarni sinf o’rtasiga taklif etiladi. Bolalar qo’llariga gul olib turishadi). She’rni a’lo bahoga aytsangiz onangiz sizning qo’lingizdagi gulni oladilar. Onangiz bilan yuzma-yuz turing. She’rni ifodali aytib bering.

(She’r oxiida bolalar tiz cho’kib gulni beradilar va quchoqlab, o’pib gulni uzatadi.

Onajon men sizni yaxshi ko’raman. Siz mening jonim, borlig’imsiz. Baxtimga doimo sog’ va omon bo’ling” deydi )

O’qituvchi: Endi o’quvchilarni guruhlarga bo’lamiz.

Topshiriqlar:

1-guruh: “Bayramingiz muborak” she’ridagi qofiyadosh so’zlarni aniqlaydi

2-guruh: “Onani rozi qilish” deganda nimani tushunasiz? Klaster usulida ko’rsating

3-guruh: Onalar haqida maqol toping

4-guruh: “ Boshqotirma” ni bajaring

5-guruh: Ingliz va rus tiliga “Buvi, ona, opa, xola, qiz bola” so’zlarini tarjima qiling

6-guruh: Qizlar va onalar rasmini chizish

O’quvchilar tayyor bo’lguncha, onalar topshiriqni bajarishadi.

Onalar guruhi: “Alla ” qo’shigini kuylab beish. Eng chiroyli “alla”ni kuylagan ona sovg’ani qo’lga kiritadi.

Olamga taralar bu mas’um qo’shiq,

Maysalar talpinar ushbu qo’shiqqa.

Bu qo’shiq yurakka atalgan tortiq,

Ona allasi bu kuylanmish ko’kdan.


B O SH Q O T I R M A

























































1. Bahorning birinchi oyi

2. Bahorning ilk guli

3. Navro’z taomi

4. Uni bolalar bahorda osmonda uchiradilar

5. Bahorda birinchi uchib keladigan qush

6. Fasllar kelinchagi

7. Bahorda birinchi bo’lib gullaydigan daraxt

8. Yosh ko’chat


O’zbek tilida

Ingliz tilida

Rus tilida

ayol



qiz bola



ona



buvi



opa



singil



xola




(«Onajon» qo’shig’i yangraydi, bolalar kuylashadi )


Boshlovchi: Navbatni latifalarga beramiz

Latifalar:

Ona: Voy, esim qursin! Oshni damlab olovini pasaytirmabman-ku?

Bola: Oyijon, osh tezroq pishsin deb, olovini men baland qilib qo’ygan edim.

* * *

Ona yana 2 baho olgan bolasiga tanbeh beryapti:

Ona: Nahotki, bor-yo’g’i 10 gacha sanay olsang? Hayronman, kelajakda kim bo’lmoqchi-san?

Bola: Boks bo’yicha sud’ya. Sud’ya 9 gacha sanay olsa kifoya.

* * *

Bola onasiga:

Bola: Oyijon o’qituvchimiz mayday yozasan deb nuqul “4” baho qo’yar edilar. Ko’zoynak taqa boshlaganlaridan buyon, katta yozma deb urishadilar.

* * *

Ona: Yana yangi shiming bilan balchiqqa yiqilib tushdingmi?

Bola: Oyijon, bu voqea shunday tez sodir bo’ldiki, shimimni yechishga ham ulgurmadim.

* * *

Ona darsdan kechikayotgan o’g’liga dedi:

Ona: Tezroq bo’la qolgin, bunaqada maktabga kech qolasan.

Bola: Xavotir olmang oyijon, maktab kuni bilan ochiq turadi

* * *

Uyda onasi Sirojdan so’radi:

Ona: Nega kundaligingni uyning burchagiga tik turg’izib qo’yding?

Bola: “2” baho olgani uchun jazolayapman, oyijon

* * *

Bola : Dadajon, yo’lbasdan qo’rqasizmi? Ota: Yo’q

Bola : Dadajon, bo’ridan-chi qo’rqasizmi? Ota: Yo’q

Bola : Dadajon, ilondan qo’rqamaysizmi? Ota: qo’rqmayman

Bola: dada ana oyim, oyim! Ota: Qani? Qani? ( o’rnidan turib )

Bola: Qiziq, oyim yovvoyi hayvonlardan ham qo’rqinchlilarmi?

Boshlovchi: Bu ayollarimiz chehralarida tabassumni ko’rish uchun hazillardan namunalar edi.

Sahna ko’rinishi

Behruz: Sening onang qayerda ishlaydilar?

Bahom: Mening onam shifokor. Onamdan doimo dori hidi keladi. Insonlar kasal bo’lsa, onam davolaydilar. Sening onang kim bo’lib ishlaydilar?

Bexruz: Mening onam nonvoy. U kishidan non hidi anqib turadi. Onam odamlarni to’ydiradilar. Nonsiz hech kim yashay olmaydi.

Bahrom: Shifokorlar hammi?

Bexruz: Hatto shifokorlar ham!

O’qituvchi: Ayollar faqat uyda emas, ular jamiyatda ham o’z o’rinlariga ega. Bolalar onalarimiz qanday kasb-hunarlar bilan shug’ullanishadi?

Bolalar ayollarning kasb va hunarlarini aytib beishadi.


O’qituvchi: Keling ayollarimizni madh etuvchi she’rlarimizni aytib bersak.

1- o’quvchi: Boshni fido ayla ato qoshig’a

Jismni qil sadqa ano boshig’a


2-o’quvchi: Istagim bir umr ortsin baxtu iqboli,

So’zlasa tilidan to’kilar boli.

Barchinoydek suluv , juda iboli,

O’z qadrini bilgan, iffat- hayoli.

Bu yuksak baholi – o’zbek ayoli.


3- o’quvchi: Tabiat in’omi undagi chiroy,

Malohatda tengsiz, latofatga boy.

Bahslasholmas hatto unga to’lin oy.

Ona sayyoramiz ko’rki misoli

Go’zallik timsoli – o’zbek ayoli


4- o’quvchi: Go’yo o’z borlig’i bergandek falak

Soch – qora tun, qoshlar – egik kamalak..

Unga teng kelolmay Zuhro jon halak,

Goh shom malikasi, goh tonggi malak,

Barchani lol etgan oydek jamoli

Husni mahliyoli – o’zbek ayoli.

5- o’quvchi: Mehridan bahramand barcha do’st-u yor,

Yurtda har jabhada, har ishda ilg’or.

Oilada esa mudom tadbirkor,

Umr yo’ldoshiga sadoqatli yor,

Farzandu yorida fikru xayoli

Saodat timsoli – o’zbek ayoli.


6- o’quvchi: Singilsiz, opamsiz, onaizorsiz

Go’zal qiz, go’zal yor – quvvat -madorsiz.

Sizlar bor maftunkor, so’lim diyorim,

Shoirga ilhom bergan dildagi torim.

Qalbi pok xilqatsiz, ajib dunyoli,

Oh, o’zbek ayoli, o’zbek ayoli.


Jon – dil farzand panohi, mehri daryo onasiz,

Onaizor, boshimizdan o’girilib parvonasiz

Yurasiz yo’ldosh, hamdam, joy tuzab o’ltirasiz.

Birgasiz, ko’nglim uyida bir chiroqdek yonasiz


Siz borsiz, saodat bog’i bexazon,

Siz borsiz, g’amsizmiz, yorqin hayotim

Siz borsiz, toshqindir, ilhom bulog’im,

Siz borsiz, porloqdor iqbol chirog’im


Ko’zingizning ko’zgusida

Faqat farzand aksin ko’rdim.

Hayotingiz yog’dusida

Bolam degan aksin ko’rdim.


Ona – dongdor quruvchi,

Ona – mohir paxtakor,

Ona – lochin uchuvchi

Ona – doktor shifokor

Quyoshdan so’rdilar: « Ey nurli quyosh,

Sening ham taftingdan bormi hech kuchli?»

Quyosh javob qildi: «Mendan ham otash

Mendan ham nurli, onalar mehridir, onalar mehri

Ha, aziz ayollar, mehribon onajonlar. Sizlarni qancha e’zozlasak, ardoqlasak, kamlik qilur. Zeroki,

Ayol poklikdan yaralgan ma’vo

Bir qo’lida beshik, birida dunyo.


Ayol – nazokatdan yaralgan ma’vo,

Ayol - yuraklarda sevgi-sadoqat.

Ayol – bu dunyoning bor mo’’jizasi,

Ayolda jam erur borki latofat.


Beshikdadir bir qo’li

Dunyo tebratar biri

Barcha go’zallik siri

Sizda asli ayollar.

Qalbin tafti quyoshli

Metindayin bardoshli

Qorako’z qalam qoshli

Hurlar nasli ayollar

Qizlarjon ” qo’shig’ga qizlar raqsi

O’qituvchi: O’z farzandiga jonini bergan onaning mashaqqatli mehnatlarini unutmaylik. Onalar hurmatlarini saqlaylik, ko’ngillarini olaylik.

1-o’quvchi: Muhtarama onajonlar, qadrli opa-singillar, dilbar ayollar! Siz azizlarga har qancha tashakkur aytsak, har qancha ta’zim qilsak kamdir.

2- o’quvchi: Muhtaram onaxonlar, aziz opa-singillar. Sizlarni go’zal ayyomingiz bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etamiz.

3- o’quvchi: Doimo har bir xonadonda ro’zg’orimiz sarishtasi, xonadonimiz farishtasi - oqila onalarimiz bor bo’lsinlar va sog’ bo’lsinlar.

4- o’quvchi: Sizlar uchun bayram lahzalari yana davom etadi. Hamisha baxtingiz, iqbolingiz ziyoda bo’lsin. E’tiboringiz uchun tashakkur.

5 - o’quvchi: Qadrli onajonlar

6- o’quvchi: Azizim buvijonlar

7- o’quvchi: Sevimli ayollar

6- o’quvchi: Butun jahon bolalari sizlarni tabriklaydi!

Hamma: Tabriklaymiz! Tabriklaymiz! Tabriklaymiz!

Muqaddas ayol” qo’shig’ini eshittirish

Uyga vazifa: Onalarimiz,buvilarimiz uchun tabriknoma tayyorlash


8



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
С праздником восмого марта

Автор: Мирзаева Дилфуза Фармоновна

Дата: 26.12.2019

Номер свидетельства: 533753


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства