kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Qor she`ri 2-sinf

Нажмите, чтобы узнать подробности

Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani 29-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Mo`minova Muborak Belyalovnaning 2-sinf uchun tayyorlagan dars ishlanmasi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Qor she`ri 2-sinf»






NAMANGAN VILOYATI

UCHQO`RG`ON TUMAN

XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI

29-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

MUMINOVA MUBORAKNING

O ’QISH FANIDAN BIR SOATLIK OCHIQ











Mavzu: Qor. (Zafar Diyor)

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: qor, musaffolik, qish.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha tarifi: O'quvchilarni Zafar Diyor ijodi bilan

tanishtirish, she'rni ifodali, ravon

o'qishga o’rgatiladi. O'quvchilarni

tabiatda qish faslida bo'ladigan

o'zgarishlar, qoming tabiatimizda

tutgan o'mi, ahamiyati bilan

tanishtiriladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Izohli o'qish, ifodali o'qish, mashq,

namoyish qilish, munozara.

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: Mavzuga oid rasm.

Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi

kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari

asosida baholanib, dars oxirida e’lon

qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta'limiy: ifodali o’qishni o’rgatish.

Tarbiyaviy: tabiatni asrashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda birgalikda ishlash, o'zaro

yordam ko'rsatish ko'nikmalarini hosil

qilish, lug'at boyligini oshirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida

ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli

munosabat bildirish.

Fanga oid kompetensiyalar: tinglab tushunish, fikrni og’zaki

bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon

qilish, hikoya, ularni ongli, ifodali to’g’ri

o’qiy oladi.





Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. *6daqiqa*

1. Salomlashish

2. Davomatni aniqlash

3. Siyosiy daqiqa o’tkazish

Salom aziz bolalarim,gulu rayhon lolalarim.

Qani tinglang so’zlarim ,jajji o’g’il qizlarim.

Ona yurt egasisiz,istiqlol ertasisiz

Bo’ling aqli rasolar, ham bilimdon donolar.

Bugun oddiy dars emas ,balki sinov darsidir

O’tib olsak sinovdan , bu hammadan yaxshidir.

Qani ayting bolalar,kim navbatchi bo’ladi

Ushbu kunning hisobin menga aytib beradi.

Navbatchi axboroti tinglanadi.



O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?

Darsimizga tayyormisiz?

O`quvchi:Ustoz bizlar sog`lommiz

D arsga tappa-tayyormiz.
















Sinf o'quvchilari guruhga bo'linib o'tiradilar. O'qituvchi guruhlar bilimi teng bo'lishi uchun qizil, ko'k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o'ziga nom tanlaydi. Buning uchun o'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, ha-rakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim.

— Topishmoqning javobini toping.

Elakdan un elandi

Supra unga belandi.

— Qor qaysi faslda yog'adi?

-Qish faslida

So'ng guruhga qish fasli bilan bog'liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.

1-guruh «Qorparcha»,

2-guruh «Ayozbobo»,

3-guruh «Qorbobo»,

4 -guruh «Qish» deb nomlaydi.





















Guruh a'zolari o'zlarining ichidan sardor saylaydi.

Har bir guruh o'z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib ko'rsatishi ham mumkin.

1-guruh — «Qorparcha»: Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog'u-tosh, dala-dashtda uchib, o'ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan o'rayman. Men yog'ganda bolalar, hatto kattalar ham qorbo'ron o'ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.

2-guruh — «Ayozbobo»: Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo'ladi. Bolalar yaxmalakda chang'ida, chanada uchadi, konki otadi. Tarnov-larda sumalaklar osiladi.

3-guruh — «Qorbobo»: Men qish faslida bolalarning eng se-vimli bobosiman. Uzoq-uzoq o'lkalardan ularga yangi yil bayrami sovg'alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning kuy-qo'shiqlari, o'yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg'irin sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag'ishlayman. Hammangizni yangi — qutlug' yilingiz bilan tabriklayman.

4-guruh — «Qish»: Yuqoridagi so'zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari mening qo'ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni — bayramlarni taqsimlab berganman.


II.O’tilgan mavzu yuzasidan suhbat. *7daqiqa*

Didaktik o'yin: «Narvoncha»

Doskaga 2ta parallel chiq chizilgan A3 formatdagi qog’oz yopishtiriladi. Har bir to’g’ri javob uchun narvoncha pog’onalri qoyiladi. O’quvchilarga berilgan topshiriqlar bajarilgach:

Bugungi narvonchamiz juda chiroyli chiqdi a bolajonlar deyiladi.”

















1.”Ayrilganni ayiq yer bo’linganni bo’ri yer” maqoli haqida fikringiz qanaqa?

2.Topishmoqni toping

Bozordan oldim bir dona, Ochib ko‘rsam, ming dona.

3.Tez aytishni ayting. Haligina Halima xola halloslab kelib ketdi











  1. 2. 3



III.Yangi mavzuni bayoni.

O'qituvchi she'rni ifodali o'qib beradi va mazmunini so'zlash jarayonida qish fasli haqidagi filmdan foydalanadi. Lug'at ishi o'tkaziladi.

She'r o'quvchilarga navbatma-navbat ifodali o'qitiladi. O'qish jarayonida kuzatib borish, o'quvchilaming kamchiliklarini aniqlash va to'g'rilash talab qilinadi.

























QOR. Zafar Diyor

Oppoq-tiniq, oppoq qor,

O‘ynab tushar osmondan.

Qor qo‘ynida o‘ynoqlab

Yurar yoshlar shod-xandon.



Mohir qo‘lli tabiat

O‘z hunarin ko‘rgizar...

Marhabo, – deb bizlarga

Sepayotir zar va zar...

Issiq-issiq kiyinib,

Qor qo‘ynida o‘ynaymiz...

Oyoqlarda konkilar

Ham chang‘ilar, quvnaymiz.



O'qituvchi o'quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradi.



Kengaytirish. Siz qish faslida qanday o'yinlar o'ynaysiz? Ijodiy ish daftaringizga shu haqda yozing. She'rni yod oling.

«Koinotga uchamiz» o'yini

Didaktik topshiriq: o'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini hosil qilish.

O'yin topshirig'i: 10 soni ichida to'g'ri va teskari sanash malakasini shakllantirish.

O'yin bayoni: O'quvchilar o'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Raqamlar ingliz tilida sanaladi. O'quvchilar qo'lini asta-sekin harakatlantirib 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 ,9 ,10 deb bosh qismgacha olib chiqadi. So'ng «Biz koinotga uchdik, endi bizga pastdan qo'ng'iroq bo'lyapti, demak yerga qo'nishimiz kerak», — deb bosh qismdan qo'lni ko'krak tomonga, ya'ni pastga harakatlantirib 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 deb sanashadi. Bu o'yin jarayonida o'quvchilar 10 soni ichida to'g'ri va teskari tartibda sanashni mukammal o'zlashtirib oladilar. Albatta, bu o'yinda hamma o'quvchi baravariga qatnashadi, ya'ni jo'r bo'lib qo'l harakati bilan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 deb sanaydilar. Yerga qaytamiz deyilganda teskarisiga sanaydilar..



IV.Mustahkamlash. *5daqiqa*

Archani bezatamiz o’yini

orqali o’tkaziladi

Doskaga A3 formatdagi Archa rasmi chizilgan qo’g’oz yopishtiriladi, guruhlardagi o’quvchilar savollar yozilgan archa o’yinchoqlari shakllaridagi o’yinchoqlarni olib savolga javob bergach archaga ilishadi.



























1. She’r nima haqida?

2. Siz qish faslida qanday o‘yinlar o‘ynay- siz?

3.She’rdan bolalar o‘yinlari haqidagi qismini topib o‘qing.

4.Mashg'ulot davomida qish fasli haqida nimalami bilib oldingiz?

5.She'rni o'qiganda ko'z oldingizda nimalar namoyon bo'ldi?

Yil fasllari” o‘yini. O‘quvchilar

Har bir guruhga yil fasllari va ularda bo‘ladigan

hodisalar rasmlari beriladi. O‘quvchilar tabiat hodisalarini yil

fasllarining mosiga yopishtiradilar.










V.. Darsni yakunlash, baholash. *7daqiqa*

Baholash. O'quvchilaming darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to'g'ri va ravon o'qishi o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.

Tarbiyaviy xulosa chiqarish.

Dars sizga yoqdimi?

Nimasi yoqdi?

Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?



VI.Uyga vazifa: She’rni yod olish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Qor she`ri 2-sinf

Автор: Mo`minova Muborak Belyalovna

Дата: 05.04.2020

Номер свидетельства: 545408


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства