kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish - yasash

Нажмите, чтобы узнать подробности

Этот курс станет отличным руководством для студентов по технологии.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish - yasash»



O`zbekiston Respublikasi

Xalq Ta`lim Vazirligi

Namangan viloyati

Xalq ta`limi Boshqarmasi

Yangiqo’rg’on XTBga

qarashli 22-sonli umumiy o`rta ta`lim

maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Dilafruz Xaydarovaning

1-sinf uchun texnologiya fanidan “Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish - yasash” mavzusidagi





















































































Ushbu dars ishlanma Yangiqo’rg’on tumanidagi 22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xaydarova Dilafruzning ko’p yillik ish faoliyati va tajribasi asosida yozildi .

Muallif :

D.Xaydarova

22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Muharrir:

Z.Boltaboyeva

22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika - informatika fani o’qituvchisi.

Taqrizchilar:

D. Saidvaliyev

Yangiqo`rg`on tumani XTB boshlang’ich sinf metodisti


Z. Qirg’izboyeva

40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.


M. Boboxonova

22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf bo’yicha uslubiy birlashma rahbari.












Ushbu dars ishlanma tuman metodika markazi huzuridagi boshlang’ich sinf bo`yicha o`quv metodika kengashining yig`ilishida ko`rib chiqilib 2020- yil _______ -sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.



T a q r i z

Boshlang’ich sinf o’qituvchilari me’todik qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin . Ushbu dars ishlanma o’quv dasturiga , DTS talablariga mos ravishda yozilgan . Bu dars ishlanmadan boshlang’ich sinf o’qituvchilari Texnologiya darsida foydalanishlari mumkin .

Dars ishlanmani “DTS talablariga mos” loyihasi asosida yaratilgan . Mavzu o’quvchi yoshiga , ongini hisobga olingan holatda , o’quvchilarni yanada qiziqtirish uchun turli хil o’yinlar, Multimediya , elektron darsliklardan foydalanib, AKT dan unumli foydalangan holda bayon qilingan . Ushbu dars ishlanma o’quvchilar bo’shlig’ini to’ldirish uchun darslarda foydalanishga ham tavsiya etiladi.

Ushbu dars ishlanmadan kam tajribali boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin .















XAYDAROVA DILAFRUZ

ISROILJANOVNA









Xaydarova Dilafruz Isroiljanovna 1980-yil 16-mayda Yangiqo’rg’on tuman Navkent qishlog’ida ziyoli oilada dunyoga kelgan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turmush o’rtog’i muxandis.

1997- yilda Namangan davlat Universitetining boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi bo’limiga o’qishga kirib, 2001 yilda mazkur oliygohni tamomlagan.

Ish faoliyatini 2001- yildan 22-o’rta maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib faoliyat boshlagan.

Hozirda mazkur maktabda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Dilafruz ish faoliyati davomida ya’ni,

2010-yilda o’quvchisi matematika fan olimpiadasida tuman bosqichi g’olibi bo’lib ,viloyat bosqichida ishtirok etgan.

2012-yilda matematika fanidan «Qoldiqli bo’lish» mavzusidagi

dars ishlanmasi, 2014-yilda «Noma’lum bo’linuvchini topish»

mavzusidagi dars ishlanmasi tumanda ommalashdi. 2015-yilda

«So’z turkumlari»mavzusidagi dars ishlanmasi, 2016-yil,,Biz

O’zbekistonda yashaymiz”mavzusidagi dars ishlanmasi,

2017- yilda ,,Gullayotgan daraxt shoxchasi” mavzusidagi dars

ishlanmasi,2018-yil ,,Rangin qorlar” mavzusidagi dars ishlanmasi 2020 – yili “Q tovushi va Q harfi” mustahkamlash mavzusidagi

dars ishlanmasi viloyatda ommalashgan.







Fan. Mehnat 1 – sinf


Mavzu : Qog’ozdan “Savatdagi gullar” kompozitsijyasini qurish va yasash.


Darasning maqsadi.


Talimiy: o’quvchilarga savatdagi gullar kompozitsiyasini yasashni o’rgatish.

Gullar go’zallik elchilari ekanligi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy : har bir muammoni xush muomilalik, hamjihatlik, hozirjanoblik bilan

bajarish, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash, inson mehnatini

qadrlash haqidagi tasavvurini kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash malakalarini,

Ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish.

FK: 1 o’rgangan ma’lumotlarini kundalik faoliyatida qo’llay olish.

Dars turi : o’quvchilar bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.

Dars uslubi : didaktik o’yin, yasash, tushuntirish, muammoli izlanish.

Dars jihozi : darslik, rangli qog’oz, yelim, kompyuter, tarqatma , blits so’rov.

Darsning borishi :

I. Tashkiliy qism: salomlashish, darsga tayyorgarlikni tekshirish, navbatchi

o’quvchi hisoboti, kun yangiliklari bilan tanishtirish.


II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uyda bajarib kelgan ishlarini, kamchiliklarini tushuntirib baholash.

- Biz o’tgan darsimizda quruvchilik kasbi haqida suhbatlashib, uycha maketini qurish – yasashni o’rgangan edik. Uyga vazifa qilib, uy maketini yasash berilgan edi. Uyda bajarib kelgan ishlaringizni oldingizga tayyorlab qo’ying tekshirib chiqaman. (O’quvchilarni ishlarini ko’rib chiqilib, kamchiliklar tushuntirib baholanadi)


- Bolajonlar hozir darsimiz texnologiya. Darsning shiorini takrorlab olamiz

Mehnat, mehnatning tagi rohat !

- Mehnat haqida maqollar bilasizmi ? Qani aytingchi.

Mehnat qilib topganing, qand - u asal totganing.

Mehnatdan kelsa boylik,

Turmush bo’lar chiroylik.

Yer ota, suv ona, mehnat boylik.


Dam olish daqiqasi .


Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni,

Oq yuvib, oq taragansan o’zing bizni.

Beshigimiz uzra bedor ona bo’lib,

Kunimizga yaragansan o’zing bizni.

Adoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston

Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston


III. Yangi mavzu bayoni.


Qog’ozdan “Savatdagi gullar” ni qurish - yasash

- Hozir o’lkamizda bahor fasli. Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi.

- Bahor fasli uch oydan iborat mart, aprel, may.

- Bahor fasli kelishi bilan atrof olam o`zgacha tus oladi. Quyosh tobora baland ko`tarilib , havo isiy boshlaydi. Birdan yomg`ir yog`ib, quyosh charaqlab chiqadi , kamalak ko`rinadi. Kunlar isib borgan sari daraxt tanasiga suv bilan birga ozuqalar ko`tariladi. Kurtaklar bo`rtib, kattalashib so`ngra gullaydi. Eng birinchi bodom gullaydi , eng oxiri behi , avval barg chiqarib , so`ng gullaydi. - Bahor haqida she`r bilasizmi ?

Bahor.

Dilshod Rajab.

Qish qahrini so`ndirib,

Ayozdan g`olib kelgan ,

Osmonlarni to`ldirib,

G`ildirak chalib kelgan ,

Kamalak olib kelgan,

Kapalak olib kelgan.

Qozonlarni to`ltib,

Sumalak solib kelgan.

Ko`klamoyim , marhabo ,

Ko`rkam oyim , marhabo.

(she`rlar ayttiriladi)


  • Bahor faslida shamol bo`lib , chaqmoq chaqib , yomg`ir yog`adi. Yomg`ir haqida kim she`r yoki ashula biladi?

Qo`shiq aytilguncha klaster bajariladi.

- Bir o`quvchi gul nomlarini , ikkinchi o`quvchi ob-havoga oid so`zlarni ajratadi.



Chuchmoma

Lola




Gul





Lolaqizg`aldoq



Boychechak













Yomg`ir

Ob havo

Chaqmoq







Kamalak

Shamol







Gullar tasvirlangan slaytlarni tomosha qilamiz .

-Savatdagi gullarni yasaymiz . Bizga qog`ozli stakancha , akvarel bo`yoqlari va rangli qog`oz kerak bo`ladi .Stakanchani olib qora qalam bilan chegaralab olamiz , qaychi bilan qiyib shakl beramiz , so`ngra akvarelda bo`yaymiz . Savatchamiz quriguncha , gulni yasab olamiz . Gulni yasash uchun chiroyli rangli qog`ozdan olamiz va bosqichma - bosqich yasaymiz. Savatning rangi jigarrang bo`ldi , gul yaproqlari pushti rangda , barglari yashil rangda bo`ladi. Ingliz tilida ranglar qanday nomlanishini bilamiz - a

Pushti- Pink

Jigarrang- Brown

Y ashil - Green



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash;

Darslik bilan ishlash

Topishmoqlar javobini topish

Yerda asta unadi

Ilk bahorda kuladi

( Boychechak)

Qovog`ini uyadi

Goh yomg`ir, goh qor quyadi.

( Bulut)

Bahor faslida tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi?

Bahor faslida nishonlanadigan bayramlarni ayting?

(Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiriladi)

V. Uyga vazifa : Savatdagi gullarni yasash.

Foydalanilgan adabiyotlar :

  1. I.Mannopova,

R.Mavlanova Texnologiya 1 – sinf darsligi 2019 – yil

  1. Boshlang`ich ta`lim jurnallari :

  2. J.O.Tolipova : Pedagogok texnalogiyalar – do`stona muhit yaratish omili 2005 - yil.

  3. R.Ishmuhammedov : Ta`limda inovatsion texnologiyalar 2008 - yil

  4. www.ta`lim .uz ,




































































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish - yasash

Автор: Xaydarova Dilafruz Isroiljanovna

Дата: 20.03.2020

Номер свидетельства: 543555


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства