kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Qarama-qarshi ma'noli sifatlar

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sifatlarning ma'no turlariga oid mashqlar bajarish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Qarama-qarshi ma'noli sifatlar»







Namangan viloyati

Uchqo’rg’on tumani 39-sonli maktabning

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Ergasheva Nargiza Xojimirza qizining

3-sinflarda ona tili fanidan bir soatlik dars ishlanmasi.



Mavzu:




Sinf: 3-“Z”sinf Fan: Ona tili Mavzu: Qarama-qarshi ma’noli sifatlar (267-268-mashqlar) Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad :o`quvchilarga sifat so`z turkumi ,uning so`roqlari,gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berish;sifatning nutqimizdagi roli,sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko`ra bilish,sifatlarga so`roqlarni to`g`ri qo`ya bilish; Tarbiyaviy maqsad :o`quvchilarning nutqida sifatlardan foydalanib ta’sirchan so`zlash,go`zalikka intilish kabi his-tuyg`ularni tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad :o`quvchilarning lug`atini yangi so`zlar bilan boyitish. Darsning turi: yangi bilim,ko`nikma hosil qiluvchi dars Darsning metodi: tushuntirish,savol-javob,ko`rgazmalik. Darsning jihozlari:mavzuga mos rangli rasmlar,multimedia ilovalari,savolli kartochkalar,tarqatmalar. Darsning texnik chizmasi.

Dars bosqichlari

Belgilangan vaqt

1

Tashkiliy qism.

5

2

O`tilgan mavzuni so`rash.

10

3

Yangi mavzu bayoni.

15

4

Mavzuni mustahkamlash

8

5

Darsga yakun yasash,baholash.

5

6

Uyga vazifa berish.

2

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.

1.Tashkiliy qism (Navbatchi hisoboti)

-Qani ayting, bolalar,

Kim navbatchi bo`ladi?

Ushbu kunning hisobin

Menga aytib beradi?


Navbatchi’: Bugun hafta kunining beshinchisi, fevral oyining 22-sanasi bo`ladi.


Olloh ushbu kuniga katta nazar solibdi,

Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi.

Barcha ezgu- niyatlar ushbu kunning o`zida

Ijobat ham bolibdi.

Hozir buyuk mutaffakkir , bobomiz Mir Alisher Navoiy asos solgan ona tili darsi.


O`qituvchi; Ona tilim,onajonim tili bu,

Beshikdanoq singgan jonu-quloqqa.

Elu- yurtim,xonu-monimtilim bu,

Qadimlikdan o`xshar ona tuproqqa.



Sen onam tilisan,otam tilisan,

Sen bobom tilisan, asrlar oshgan.

Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,

Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim!


O’qituvchi -Ha, bolalar, til umr bo`yi o`rganiladigan fan.

Sayqal bergan sayin ochilib, yashnaydigan

san’at durdonasidir. Til – millatning qalbi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho xazinasidir. Shunday ekan, bugungi darsimizni boshlab, olgan bilimlarimizni sinab ko`ramiz. Marhamat, boshladik.(Slayd)

1)O`zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan?

2)Til haqida qanday maqol bilasiz?

3)Buyuk mutaffakir A.Navoiy tavalludining necha yilligini nishonlaymiz?

4)O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida til haqida ko`rsatilgan?

II.O`tilgan mavzuni takrorlash. O’qituvchi : 266-mashq. Uy vazifasi o’qitilib, tahlil qilinadi. Har bir o’quvchi o’zini daftarini tekshirib boradi.

Har bir o’quvchiga so’zlar beriladi. Oquvchilar bu so’zlarga klaster usulida belgilarini yozadilar.


Husnixat daqiqasi: O’quvchilarning odob-ahloq qoidalariga maktabga o’z vaqtida kelish, dars qoldirmaslik, darsliklar va o’quv-qurollarini ozoda saqlash kabilar kiradi.


III.Yangi mavzu bayoni:

Mavzuni tushuntirish uchun topishmoqlardan foydalaniladi.Topishmoqlar narsaning belgisiga ishora qilish bilan diqqatni o`ziga tortadi. Fikr belgi orqali narsaga tomon yo`nalgan bo`ladi. Darsga qadar doskaga anor haqidagi topishmoqni quyidagi ko`rinishda yozib qo`yiladi: Televizor orqali ko’rsatiladi.

Mayda,yoqutday qizil, Shirin,nordon,xilma-xil. Qalin,taxir po`sti bor, Hamma yerda do`sti bor. (Anor)


Topishmoq bir o`quvchiga o`qitiladi va quyidagi savol-javob o`tkaziladi:

1.Topishmoqda qaysi meva haqida gap boryapti? (Anor haqida) 2.Topishmoqning javobidagi so`zni ayting? (Anor) 3.Anorning donachalari qanday ekan (Mayda, qizil) 4.Uning mazasi-chi (Shirin, nordon) 5.Po`sti qanday ekan (Qalin,taxir) 6.Qanday,qanaqa so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar nimani bildiryapti (Narsaning belgisini) (Slayd) O`qituvchi avvaldan bir o`quvchiga ushbu she’rni bergan bo`ladi va uni o’quvchi ifodali aytib beradi..

So`z turkumlari ichida , Eng go`zaliman o`zim. Qanday deya so`rasang, Yaxshi-deb,tayyor o`zim. Maza-ta’mni bildirgum. Shirin olma, shirin so`z Sakling aytib o`taman. Ey dumaloq qisiq ko`z, Xususiyat bildirsam. Yomonni qoralayman, A’lo o`qi do`stginam. Bilimdonni qutlayman, A’lochiga “besh” baho Qizil tusga yaltirar. Men rassom,bo`yoqchiman. Menda ranglar saf tizar, Men shundayin boy turkum So`zi asal,moy turkum. Men haqimda bilmasang, Ahvolingga voy degum. 267-mashq. Rasmda nimalarni ko’ryapsiz?


Ular qanday hayvonlar vaqayerda yashaydi?

Sifatlardan foydalanib, avval tulkining, keyin quyonning tashqi ko’rinishini tasvirlab yozing. Ularning yashash tarzini ayting.

Foydalanish uchun so’zlar: qamishzor, chakalakzor orasi, mayin yungli, paxmoq dumli, ayyor, uzunquloq, kulrang, hurkak, ehtiyotkor.

Tulki o’rmonda qamishzorlar orasida yashaydigan yovvoyi hayvon. Pahmoq dumli bu jonivor juda ayyor bo’ladi.

Quyon chakalakzorlar orasida yashaydi. Quyonlar ko’pincha kulrang rangda uchraydi. Mayin yungli bu jonivor juda hurkak bo’ladi.

Dam olish daqiqasi o’tkazamiz

268-mashq. Har bir qatordagi so’zlardan gap tuzing. Tuzgan gaplaringizni yozing. Sifatlarni tagiga to’lqinli chiziq chizing. Hosil bo’lgan hikoyaga sarlavha toping.

Hiyobonda

Aziza ko’rkam xiyobonga bordi. Gulzorda oq, sariq, qizil gullar ochilgan. Daraxtlarda sayroqi qushlar sayrayapti.Aziza ko’m – ko’k maysalar ustida yayrab o’ynaydi. Qushlarning yoqimli sayrashini tingladi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Ko’rgazma asosida qarama qarshi ma’noli sifatlarni topishga oid musobaqa tashkil etiladi.


V.Darsga yakun yasash va baholash.

1.Bugun darsda nimani o’rgandingiz ? 2.Nimalarni bilib oldingiz ? (O’quvchilarning javoblari to’ldirilib yakunlanadi) Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish. O’quvchilarga darslikdagi mavzuni o’qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topishni, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.

269-mashq.chizmalar o’rniga so’z toping. Ularni birikma shaklida yozing


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Qarama-qarshi ma'noli sifatlar

Автор: Ergasheva Nargiza Xojimirza qizi

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546176


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства