kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Q.Muhammadiyning "Bahor keldi" she'ri

Нажмите, чтобы узнать подробности

"Bahor keldi" she'ri orqali o'quvchilar xotirasi mustahkamlanadi. tabiatni asrashga o'rgatiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Q.Muhammadiyning "Bahor keldi" she'ri»






Ozbekiston Respublikasi

Xalq ta'limi vazirligi


Namangan viloyat

xalq ta'limi boshqarmasi

Namangan shahar xalq ta'limi

bolimiga qarashli

51-sonli umumiy orta ta'lim maktabi boshlangich sinf oqituvchisi

salamova muqaddasNING

oqish fanidan bir soatlik ochiq






















N amangan shahar xalq ta’limi boshqarmasi



51-umumta’lim maktabi

boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi

Salomova Muqaddasning

bir soatlik dars ishlanmasi.





Namangan shahri

















Ushbu dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang’ich sinf o'qituvchisi Salomova Muqaddas tomonidan tayyorlangan.









Muallif: Salomova Muqaddas– Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang’ich sinf o'qituvchisi.







Muharrir: N.Yo'ldasheva- Namangan shahar xalq ta'limi bo'limi boshlang'ich sinflar uslubchisi.





Taqrizchi: S. Jumatova - Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang’ich sinflar ilmiy bo'lim mudiri





Mazkur dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta'limi bo'limining 201__- yil _________ oyidagi __-sonli qarori bilan ommalashtirildi.





Bahor keldi she`ri

Darsning ta`lim texnologiyasi modeli

Mavzuning qisqacha ta`rifi: O`quvchilarga bahor haqida yangi ma`lumotlar berib, bahor faslida bo’ladigan o‘zgarishlarni yoritib berish, matndagi qismalrning mazmunan bir-biriga bog`liqligini tushuntirish, o`quvchilardagi so`z va lug`at boyligini oshirish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars shakli: Jamoa bilan ishlash

Dars uslubi: An`anaviy, didaktik o`yin, izohli o`qish

Dars jihozi: Gul tasvirlari,gullagan daraxt tasvirlangan rasm, qo`shimcha didaktik materiallar va rangli rasmlar. Texnik vositalar, media. She`r va topishmoqlar.

Nazorat: Bolalarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: o`quvchilarning reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari:

Talimiy: O’quvchilarni matnni ifodali o’qishga o’rgatish, nutqini va so’z boyligini o’stirish. Bahor faslining fazilatini o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarga yil fasllari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’g’zaki nutqi, lug’aviy so’z boyligini oshirish va o’qish tezligini rivojlantirish.

Kuzatilayotgan natija:


Dars jarayoni va texnologiyasi:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy

qism

O`quvchilar davomadi aniqlanadi.sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Nazorat

3 daqiqa

2-bosqoch

Ehtiyojlarni aniqlash

Darsda rioya qilinadigan qoidalar bilan tanishtiriladi, dars shiori takrorlanadi.

B.B.B

Interfaol

Metod

2 daqiqa
















3-bosqich

Darsning borishi

1.Yo`llanma savollardan foydalanib fasllarga oid ishlangan rasmlar asosida o`quvchilar bilan birgalikda hikoya tuzish.

2.She`rdagi qоfiyadоsh so’zlarni aniqlash

3.O`quvchilar bilan qismlarga bo`lish ishlarini amalga oshirish.

4.Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Quvnoq o`yin o`ynaladi.

5.Barcha faslning o`z o`rni va dehqonlar hayotidagi ahamiyati aytiladi. Bunda bizning asosiy boyligimiz paxtaga katta foydasi borligi aytiladi.

6.Rangli rasmlar asosida she`r mazmunini yoritish.

7. Namunali she`rlardan yod olish.

8 .Maqol va topishmoq, testlar bilan ishlash.

9 .Lug`at ustida ishlash.

10. Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi.


suhbat



suhbat


andoza

bilan ishlash

andoza

bilan ishlash

o`yin


suhbat

namoyish

izohli yodlash

suhbat

suhbat

suhbat














20daqiqa

4-bosqich

Mustah-

kamlash

Savol va topshiriqlar asosida o`tilgan mavzu mustahkamlanadi

Savol-

Javob

15daqiqa

5-bosqich

Baholash

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

O`yin

3 daqiqa

6-bosqich. Uyga vazifa

She`rni yod оlish

Tushuntirish

2 daqiqa





Fan:O’qish

Mavzu: Bahor keldi. Quddus Muhammadiy

Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarni she`rni ifodali o’qishga o’rgatish, nutqini va so’z boyligini o’stirish. Qish faslining fazilatini o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarga yil fasllari haqidagi bilimlarinichuqurlashtirish. FK-1. Nutqiy kоmpetensiya. TK-2. Axbоrоtlar bilan ishlash kоmpetensiyasi.

Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalash. TK-4. Ijtimоiy faоl fuqarоlik kоmpetensiyasi

Rivojlantiruvchi: O’g’zaki nutqi, lug’aviy so’z boyligini oshirish va o’qish tezligini rivojlantirish. TK-3. O’z-o’zini rivоjlantiruvchi kоmpetensiya. TK-6., fan va texnika yangiliklaridan xabardоr bo’lish hamda fоydalanish kоmpetensiyasi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: Aralash (suhbat, tushuntirish, yangi pedtexnologiyadan foydalanish)

Dars jihozi: Rasmlar, slaydlar, ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

DARSNI BORIShI

I. Tashkiliy qism

O'qituvchi: Sog'misiz – omonmisiz

Bugun darsga tayyormisiz?

O'quvchilar: Ustoz bizlar sog'lommiz

Darsga doim tayormiz

O'qituvchi: Har narsadan habarchi

Sinfda kim navbatchi

O'quvchi: Har narsadan habarchi

Sinda men navbatchi

Sinfda 34 o'quvchi bo'lib

Barchasi darsga tayyor

Bizning shior: Ko'p o'qigan, ko'p bilar

O'qituvchi: Hozir qaysi dars?

O'quvchi: o'qish

O'qituvchi: O'qish darsidan nimalarni o'rganamiz?.

O'quvchilar: Odob-ahloqni

Vatanni sevishni

Ota-onamizni e'zozlashni

Ustozlarga mehrni

Kitob o'qishni yaxshilikni

O'qituvchi: Barakalla bolajonlar;

O'qish fanidan DTS bo'yicha 3-sinfda nimalarni bilishimiz kerak?

O'quvchilar javob beradilar

O'qituvchi: Bolajonlar darsimiz yanada qiziqarli bo'lishi uchun sinfimizni uch guruhga bo’lib olamiz.

Guruh nomlari:

1-guruh «Quvnoqlar»

2-guruh «Zukkolar»

3-guruh «Bilimdonlar»


Faol ishtirok etgan o'quvchilarni rag'bat kartochkalari bilan rag'batlantirib boraman

-Bizning Vatanimiz qayer?

-O'zbekistonning poytaxti qayer?

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti kim?

-Bolajonlar «Harakatlar strategiyasi» haqida nimalarni bilasiz?


O'quvchilar 5 ta ustivor yo'nalishni, hamda ranglar ta'rifini aytadilar.

-Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan?

-Bu yil necha yilligini nishonladik?

Qanday moddalardan bilasiz?

O'quvchilarga javob beradilar.

II. O'tgan mavzuni mustahkamlash

«Tabiat bilan suhbat» rivoyati asosida sahna ko'rinishi tayyorlab kelish vazifa topshirilgan edi. Tayyorlab keldingizmi?

O'quvchilar tomonidan sahna ko'rinishi ko'rsatishadi.

Mavzu asosida savol –javob o’tkaziladi.

-Bo’ron nima deb maqtandi?

-Jala nima dedi?

-Daryo nima dedi?

-Quyosh nima dedi?

-Odam qanday javob berdi?

Mavzu umumlashtiriladi.

-Aziz o'quvchilar hozir «Mohir rassom» o'yinini o'ynaymiz. Buning uchun varrak, gul, qaldirg’och rasmini doskaga chizib berasiz. Chizib bo'lguningizcha qolgan o'quvchilar bilan «Zanjir» usulida qatorlar bilan o'yin o'ynaymiz.

Zukkolar guruhi: Bahorda tabiatdagi o'zgarishlarni aytishingiz kerak.

Quvnoqlar guruhi: Bahor faslidagi o’yinlar haqida aytishingiz kerak

Bilimdonlar guruhi: Bahor faslidagi muhim sanalarni aytishingiz kerak.

O'quvchilar aytadilar. Shundan so'ng doskadagi o'quvchilar chizgan rasmlarni ko'rib, baho beriladi.

-Varrak, gul, qaldirg’och so'zlarini ingliz tilida qanday aytiladi?

Lug'at boyligimizni oshirdik.

Dam olish daqiqasi o'tkaziladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

Quddus Muhammadiy ,, Bahor keldi “

Doskaga sana va mavzu yoziladi.

Muallif haqida ma'lumot beriladi.Bahor keldi she’rini ifodali o'qib beriladi.

Qo’llarida soz bilan,

Gulg’uncha parvoz bilan,

Silkinib parvoz bilan

Uchib turna, g’oz bilan,

Qadrdon bahor keldi.

Bahorni kuting bog’da,

Bog’ emas , dala, tog’da.

Maysa yashnagan chog’da,

Qushlar sayrar butog’da,

Sevikli bahor keldi.


Har narsada o’zgarish,

Erib, oqib jo’nar qish .

Har yoqda yashnar turmush,

O’rik gulladi kumush,

Mehnat bahori keldi .

Bezanar maktab bog’i,

Gulga to’lib quchog’i.

Toshar hayot irmog’i,

Maktab dam olar chog’i,

O’quvchi, bahor keldi .

O’tmasin go’zal fursat,

Qani g’ayrating ko’rsat .

Imtihon sinovga vaqt

Hozirmi, darslaring taxt,

Hushyor bo’l, bahor keldi .

Monitor orqali mavzuga oid slaydlar ko'rsatiladi. Shu slaydlar orqali har bir to'rtlik tahlil qilib beriladi.

O'quvchilar mustaqil o'qib, tushunmagan so'zlarini aytadilar.

-Qani o'quvchilar aytingchi, she'rda qofiyadosh so'zlar ham bor ekanmi?

-O'quvchilar topadilar:

soz – parvoz

tog’da- chog’da

turmush – kumush

quchog’i- irmog’i

fursat – ko’rsat

vaqt - taxt

Endi savollarga javob qaytaramiz.

1. She'rni to'xtamlarga rioya qilib ifodali o'qing.

O'quvchilar navbat bilan she'ni ifodali o'qiydilar.

2.,,O’tmasin go’zal fursat,

Qani g’ayrating ko’rsat “ misralarini tushuntiring va izohlab bering .

3. Shoir bahor kelishini qanday tasvirlagan?

Yangi mavzuni mustahkamlash

Mavhuni mustahkamlar uchun «Baliq» skeleti metodidan foydalanamiz.

Zukkolar guruhi: She'rdagi qofiyadosh so'zlarni topib yozadilar.

Quvnoqlar guruhi: She'rdagi bahor fasliga doir so'zlarni yozadilar.

Bilimdonlar guruhi: Bahorda qanday taomlar pishirilishini yozadilar.


Slayd оraqali bahorni ta`riflaymiz.

BBB metоdidan fоydalanib, bugungi mavzudan nimalarni bilib оlganliklari haqida suhbatlashiladi. Rag’bat kartоchkalari sanalib, g’оlib guruhlar aniqlanadi, o’quvchilar bahоlanadi.



V. Darsni yakunlash.

VI. Uyga vazifa: She`rni yod оlib kelish.























































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Q.Muhammadiyning "Bahor keldi" she'ri

Автор: Salomova Muqaddas Abdusamadovna

Дата: 20.03.2020

Номер свидетельства: 543648


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства