Kasal bo’lganingizda sizga kim g’amxo’rlik qiladi?
Eng yaxshi ko’rgan insoningiz kim?
To’g’ri aytasiz bolalar bu onamiz.
“Mozaika mashqi”. Har bir guruhga onalar rasmi tasvirlangan konvertlar tarqatiladi. O’quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig’adilar.
III.Yangi mavzu bayoni.
- Bolajonlar yig’gan rasmlarni tasvirlashadi. O’quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qlinadi.
- Biz bugun sizlar bilan Kavsar Turdiyevaning “Oyijonlar, onalar” she’ri bilan tanishamiz.
Kavsar Turdiyeva haqida qisqacha ma’lumot beriladi. She’r mazmuniga mos videolavha na’moyish qilinadi va o’qituvchi she’rni ifodali o’qiydi. Guruhlar she’rni “Ichida o’qish” usulida o’qiydilar va notanish so’zlarni belgilaydilar.
Lug’at ishi:
Ostona – kiraverish, bo’sag’a
Safar – sayohat, sayir, biror joyga borish
Ulug’vor – savlatdor ko’rinishli, salobatli
Martaba – daraja, bosqich, qadr qimmat
Dam olish daqiqasi.
“Bu mening onam” qo’shig’i tinglanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1) “Zanjir” usulida o’qitish.
2) Guruhlarga topshiriq beriladi.
Guruhlar reja asosida “Mening onam” mavzusida og’zaki hikoya tuzishadi. Og’zaki hikoydan so’ng test topshiriqlarini bajaradilar.