Просмотр содержимого документа
«O'qish fanidan''kuz saxovati''»
Buxoro viloyati
Romitan tumani Xalq ta’limiga qarashli
11-umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Qurbonova SHahnozaning
3-sinf uchun ,,O’qish’’ fanidan “Kuz saxovati” deb nomlangan bir soatlik dars ishlanmasi
Sana:22.09.2021
Mavzu: Kuz saxovati. Uzumlar oilasi.
Ta’limiy:Kuz tabiati. Undagi o‘zgarishlar. Kuzda pishadigan meva va sabzavotlar. Mavzu mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
Tarbiyaviy: Ta’lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy ma’naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish.
Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatdabo’lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi;Dars jarayonida egallangan bilimlarni aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash. Sinfning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qilish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya :TK-3:shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; o‘z xatti-harakatini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.TK-4; badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash;TK-5; jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish. FK-1: ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; FK -2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Darsningjihozi,ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsningborishi
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I.Tashkiliyqism :Salomlashish , davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.
Boychechak
Binafsha
Lola
Aziz o`quvchilar, guruhlar o`zaro do`stlik munosabatlari asosida dars musobaqa tarzda olib boriladi. Barcha o`quvchilarni faollikka chaqiriladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qachon qabul qilingan?
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qachon qabul qilingan?
14-yanvar qanday kun?
8-mart qanday bayram?
O`quvchilar, hozirgi darsimiz nima?
-O`qish darsi, uqish darsi, erkin fikrlash darsi.
O`qish kitobimizning mualliflari kim?
- (darslik mualliflari keltiriladi)
Bizning shiorimiz nima?
-Ko`p o`qish kerak, o`qiganni uqish kerak.
O`qish darsida nimalarni o`rganamiz?
-Ifodali o`qishni, qayta hikoyalashni, hikoyalar tuzishni, she`rlarni yod olishni, mustaqil fikrlashni o`rganamiz.
O`tgan mavzuda qanday mavzuni o`tgan edik?
-O`quvchilar javoblari tinglanadi
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash:
Vatanimizni ulug`lovchi fikrlar bo`limdagi qaysi asarda berilgan?
Buyuk insonlar avlodi bo`lish uchun nimalar qilish kerak?
Qaysi asarlarda yurtimizning o`ziga xos jihatlari ko`rsatib berilgan? Misollar bilan tushuntiring.
Mavzuga doir qanday maqol va hikmatli so`zlarni bilasiz?
III.Yangimavzuningbayoni: Mavzu e’lon qilinadi. Hikoyani o’qituvchi ifodali o’qiydi,o’quvchilarni diqqatini o’ziga jalb qilib hikoyani qiziqarli qismida o’qishni to’xtatadi. Hikoya qanday davom etishini o’quvchilar mustaqil o’qib so’zlab berishlari lozimligini tushuntiradi.
Kuz saxovati
Aziz bolajonlar! Atrofingizga bir qarang, bizga sezdirmaygina oltin kuz fasli ham kelib qoldi. Bog`larda uzumlar sharbatga to`ldi. Polizlardagi qovun-tarvuzlar katta mashinalarga shaharlarga yo`l olib, bozorlarimizni to`ldirdi. Oltindek behilar avaylab terib olindi va savatlarga joylandi. Bog`bon Salimboy ota o`zlari yaratgan bog’ga mahallamiz bolalarini olib borib, “Daraxtlarga bekinib qolgan mevalarni terib olinglar, uvol bo`lmasin. Uyga olib ketasizlar”,-dedi. Alisher amaki bir chelak, olma, Nafisa bilan Shohjohon ikki chelak nok terdi. Mehribonu jajji paqirchani anjirga to`ldirdi.
- Bobojon, biz ham sizga o`xshab bog`bon bo`lsak maylimi?-dedi Alisher.
- Albatta, bolajonim, sizlar ona yurtimizda qancha ko`p bog` yaratsangiz, Vatanimiz shuncha gullab-yashnaydi, - dedi bobo. – Saxovatli kuz esa dasturxonimizni ne`matga to`ldiradi. Bolalar yo`l bo`yi bobodan kuz haqida hikoyalar eshtishdi: dov-daraxtlar qish oldidan barglarini to`kadi, tokzorlar kesilib, qo`ndoq qilib usti yopiladi. Ahil bolalar o`lkamizda qishlaydigan qushlar uchun in yasaydilar va daraxt shoxlari orasiga joylashtiradilar. Xazonlarni yig`ishtirib oladilar va yer bag`riga o`g`it uchun ko`madilar. Chaqqon qizchalar yo`laklarni chinniday qilib supurib, xazonlardan tozalaydilar.
UzumlaroilasiShe`rniifodalio`qish.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar;
— O'zbek xalqining kuz faslida o'tkaziladigan qaysi an 'anaviy bayramlarini bilasiz?
Javob namunasi. O'zbek xalqining kuzda o'tkaziladigan „Hosil bayrami", „Qovun sayli" kabi ko'pgina bayramlari bor. „Qovun sayli" qovunlar ayni g'arq pishgan pallada o'tkaziladi. „Qovun sayli"da qovunlar aytishuvi ham bo'ladi. Bunda har bir qovun o'zini ta'riflaydi, maqtaydi. Saylga yig'ilgan odamlar qovun-tarvuzlarni uzib, yig'ib olishga yordam beradi. Bunda odamlar pishib ketgan qovunlarni so'yib, qovun qoqi qiladilar. Qishki qovunlarni osib qo'yish uchun to'rvaxaltalar to'qiydilar. Bularning hammasi dehqonga ancha yordam bo'ladi.
“Tarmoqlash metodi”
V. Baholash. O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uygavazifa. “Kuz” mavzusida insho yozib kelish vazifa qilib beriladi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi”O`TIBDO`: _______________________