kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

O'QISH DARSI. KITOBGA IXLOS. Mirakrim Osim

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данной конспект урока, посящается, великому уеному, врачу Ибн Сина. В тексте Миркарима Осима написано как Ибн Сина в молодости много читал книг и их всегда храниль. Учительница раскрила урок со всеми этапами.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«O'QISH DARSI. KITOBGA IXLOS. Mirakrim Osim»

Sana:

Sinf: 4

Fan :O‘qish

Mavzu: Kitobga ixlos. Mirkarim Osim.



Darsning maqsadi:

  1. O‘tmishdagi vatanparvar olimlarimizdan Abu Ali ibn Sino hayoti bilan tanishtirish , uning kitobga bo‘lgan muhabbatini o‘quvchilar qalbiga ko‘chirish.

  2. O‘quvchilarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini tarbiyalash.

  3. O‘qish ko‘niklamalarini takomillashtirish, o‘quvchi nutqiga istilochi, Xusayn, mutolaa, yarog‘ kabi so‘zlarni kiritish, qayta hikoyalash asosida bog‘lanishli nutqini o‘stirish.

Darsning turi. Yangi bilim beruvchi , hikoya o‘qish darsi.

Dars shakli. Sayohat darsi.

Dars metodi. Izohli o‘qish, suhbat, tarmoqlash, mustaqil ish metodi.

Dars jihozi. Buxoro, Samarqand, Registon maydonlari suratlari, Abu Ali ibn Sino rasmi. Ibn Sinoning gaplari yozilgan plakatlar, asar mazmuniga ishlangan rasm.

Darsning borishi


Darsning borishi


Usul


Vaqt


Izoh


I. Tashkiliy qism

Navbatchi axbarotini tinglash

Siyosiy daqiqa

Fasl haqida suhbat,texnika vositasidan foydalanish


3 minut


II. Uyga berilgan vazifani so‘rash

Savol-javob

5 minut

Dars davomida baholab borish. Kundalik daftarlariga tushurish


III. Yangi mavzu bayoni

Suhbat, tushuntirish, “Kim chaqqon” o‘yini, texnika vositasidan foydalanish


25 minut

Dars davomida baholab borish. Kundalik daftarlariga tushurish


VI. Yangi mavzuni mustahkamlash

Mustaqil ish topshirish: past o‘zlashtiruvchi,iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, texnika vositasidan foydalanish


8 minut

Dars davomida baholab borish. Kundalik daftarlariga tushurish

V. Darsni yakunlash

Suhbat

2 minut



VI. Uyga vazifa


Tushuntirish


2 minut

Kundalik daftariga belgilash

I Tashkiliy qism:O‘quvchilar bilan salomlashiladi, davomat aniqlanadi.

II. Yangi mavzu bayoniga tayyorgarlik.

O‘tilganlar yuzasidan qisqacha suhbat.

  • O‘qish darsida qaysi mavzudagi bo‘limlarni o‘rgandik?

  • «O‘zbekiston – Vatanim manim » bo‘limida qanday bilimlarga ega bo‘lgan edik? ( O‘zbekistonning tabiatini, xalqimizning hozirgi hayotini bilib olgan edik.)

III. Yangi mavzu bayoni:

Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Doskaga «Vatanimiz o‘tmishidan» mavzusi yozib qo‘yiladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi va ularga sardor tayinlanadi. Bugungi sayohatimiz Buxoroga bo‘ladi. Sayohatchi guruhlar bir necha tilsimlarni yechib, zinalardan shohsupaga chiqsa, Buxoro darvolazalari ular uchun ochiladi:

Savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalar solingan konvertlar guruh sardorlariga beriladi.

  • Tarixda yashagan buyuk olimlar, sarkardalar, shoir yozuvchilar nomini ayting.

  • Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?

  • Buxoroda qanday tarixiy binolar, joylar bor?

(Doskaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar ulardan foydalanib savollarga javob tayyorlashlari mumkin. Javob berish jarayonida rasmlardan tarixiy shaxslarni , tarixiy joylarni ko‘rsatadi.

Javoblardan namunalar:

  • Abu Rayhon Beruniy, Al – Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Yusuf Xos Hojib, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi va hakozo.

  • Abu Ali ibn Sino.

  • Sitorai Moxi Xosa, Minorai kalon, Ark, Labi hovuz.

  • Buxoro shahridamiz. Buxoroning tarixiy joylariga yo‘l olamiz. ( Buxoroning tarixiy joylari tasvirlangan joylari bir ansambl shakliga keltiriladi. Shu narsaga o‘quvchilar diqqati tortiladi.

Mana, Buxoro tarixida yashab o‘tgan olimlar haqida ma’lumot beruvchi muzey. ABU ALI IBN SINO 
(980 - 1037)

 


Abu Ali ibn Sino – ma’rifat parvar alloma



Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim

Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim. ( Abu Ali ibn Sino)


Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u yerdagi tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruhsat so‘radim. Shoh menga ruhsat berdi. ( Abu Ali ibn Sino)

Hozir Ibn Sino uchun ajratilgan xonaga kiramiz. Devorga ilib qo‘yilgan Ibn Sino portreti va u haqidagi yozuvlarga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi va o‘qitiladi.

O‘qituvchi: hozirgi kunda yashab ijod etayotgan yozuvchilarimiz ham Ibn Sino haqida asarlar yozishmoqda.

Hozir kitob javoni oldiga boramiz. (Javonga Mirkarim osimning “ Kitobga ixlos” asari kitobcha shakliga keltirib qo‘yilgan bo‘ladi. Kitob rasmlar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim. ) Javondan shu kitob olinadi: - Bolalar , shu kitobdagi asarni o‘qiymiz. Qani , bu kitobda Ibn Sino haqida nimalar deyilgan ekan?

O‘qituvchi asarning 1-bo‘limini ( bir darsga mo‘ljallangan) ifodali qilib o‘qib beradi.

Asar yuzasidan kirish suhbati.

  • Asar orqali Ibn Sino haqida nimalarni bilib oldingiz?

  • Ibn Sino qanday davrda yashagan ekan?

  • Yosh hakimning yuragi nimani sezdi?

Endi «So‘zlar olamiga sayohat»imizni boshlaymiz.

O‘quvchilar bilan og‘zaki suhbatidan so‘ng , quyidagi so‘zlar lug‘ati yozilgan karton doskaga ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar so‘zlarni o‘qiydilar va daftarlariga yozib oladilar. Ularning ma’nosini darslikdagi izohli lug‘atchaga qarab aniqlaydilar. Ayrimlarini o‘qituvchidan so‘raydilar.

Qorabug‘raxon – Shimoliy Turkiston xoni

Suron – shovqin, to‘polon

Zayl – biror joyni tomosha qilish

Mutolaa – o‘qish, kitob oq’ish

Yarog‘ – qurol

Istilochilar – bosqinchilar.

Kim so‘z ma’nosini tog‘ri yozib borsa, shu sayohatchiga Ibn Sino kutubxonasiga kirishga, «Kitobga ixlos» asarini olib o‘qishga ruxsat beriladi.

Asarni qismlarga bo‘lib o‘qitish va qayta hikoyalatish. Asarning 1-bo‘limi 4 qismga bo‘linadi. Ikki guruhga o‘rtasida “Kim tog‘ri, va ifodali o‘qiydi?” musobaqasi uyushtiriladi. Har bir guruhdan ikkitadan o‘quvchi o‘qiydi.

Badiiy vositalar ustida ishlash.

Kartonga quyidagi ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo‘yicha savol-topshiriqlar beriladi.

Birikmalar o‘qing. Tagiga chizilgan so‘zlarning ma’nosiga diqqat qiling. Ularning qaysi ma’noda qo‘llanganini izohlashga harakat qiling.

Olovning qip – qizil tillari – gurulab yonayotgan olovning yuqoriga buralab – buralab ko‘tarilish

Olovning … tillari osmonni yalar – baland ko‘tarilar

O‘zini o‘tga urmoqchi – olovning ichiga kirmoqchi

O‘quvchilarga yordam brish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab , taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:

Olovning tili – odamning tili

Odam tili bilan yalaydi – olov tili bilan osmonni yalaydi

O‘tga urmoqchi – bolani urmoqchi

Qysi birikmada til, yalaydi, uradi so‘zlari o‘zining ma’nosida qo‘llangan? Qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan?

O‘xshatishlar ustida ishlash. Gaplar oldindan doskaga yoki kartonga yozib qo‘yiladi va ular yuzasida topshiriq beriladi. Gapni o‘qing . alanga nimaga o‘xshatilyapti?

…. yong‘in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib,

hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.

Suv alangaga qanday ta`sir qildi? Nima uchun?

- Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha moydek ta`sir qilayotgandek edi.

- Ibn Sinoning holati nimaga o‘xshatilayapti?

- Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko‘rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib,

yarim-yorti kuygan kitobini qo‘ltiqlagan holda uyga jo‘nadi.

-Ibn Sino qora quzg‘unlar uyasiga aylangan shaharni tark etib…

Iboralar ustida ishlash. Bunda quyidagi topshiriq beriladi:

Berilgan gaplarni o‘qing, tagiga chizilgan iboralarning ma`nosiga diqqat qiling. Ularni

bir so‘z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki: ularning ma`nosini boshqa so‘z bilan

ifodalash mumkinmi?

Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi. - qattiq eshitiladi

Kechasi uyqusi kelib, ko‘ziga qum tiqila boshlaganda… hovliga tushdi.-Ko‘zi og‘riy

boshlaganda , uyqusi kela boshlaganda Ba`zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo‘llarini qo‘ltiqqa urdilar-

…ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi – ishini to‘xtatdi

…kiyimi bilan o‘zi yonib ketishi turgan gap edi. – aniq edi. Oxiri baxayr bo‘lsin-

yaxshilik bilan tugasin.

…nima to‘g‘risida bosh qotirayotganini bilib turibman-

o‘ylayotganini

Bul yerda qolsam bir kuni meni chaqirib , oyog‘imga bolta uradilar – yo‘q qiladilar

Reja tuzish. Asar mazmuni yuzasidan reja tuzish har bir guruhda mustaqil ish qilib beriladi.

IV. Mustahkamlash

Topshiriq. Matnni ichingizda o‘qing. Har bir qismga reja tuzing.

Reja.

  1. Qorabug‘roxonning xalq boshiga qora kunlarni solishi.

  2. Ibn Sinoning tungi mashg‘uloti.

3. Kutubxona o‘t ichida.

4. Ibn Sinoning uyga qaytishi.

Har bir reja asosida asarni qisimlarga bo‘lib o‘qish.

Reja asosida qayta hikoyalash. Guruhlar o‘rtasida “Kim reja asosida to‘liq va izchil qayta hikoyalaydi?”musobaqasi uyushtiriladi.

G‘olib guruhlar va ularning ballari e’lon qilinadi.

V. Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish.

- Kitoblarni nima uchun bilimlar koni deymiz?

- Kitob o‘qigan odam undan nima oladi?

- O‘zingiz o‘qigan kitoblar haqida gapiring.

Sayohatimiz Ibn Sino kutubxonasida to‘xtaydi. Keyingi darsda yana sayohatimizni davom ettiramiz.

O‘qituvchi: - Ibn Sino bobomiz sizda qanday taassurot qoldirdi?

Sizda nimaga intilish paydo bo‘ldi?

Topishmoq javobini topamiz.

O‘quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa. Keyingi sayohatga borish uchun 1-bo‘lim yuzasidan darslikda birilgan savol-topshiriqlarga javob tayyorlab kelish. Asar mazmuni yuzasidan savol tuzib, kartochkalarga yozib kelish. Matnni rollarga bo‘lib o‘qishni mashq qilish.

Izoh, “Kitobga ixlos ”asarining 2-bo‘limi ham shu dars kabi taskil etiladi.35-39 betlar


























Sana:

Fan: 4-sinf . Matematika

I. Mavzu : Ustun shaklida ko’paytirish usuli.

II. Dars maqsadi:

1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ko’p xonali sonni bir xonali songa ko’paytirish usulini tushuntirish.

2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga hayotimizda hisoblashning ahamiyatini o’qtirish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar ongida ko’paytirish jadvalini mustahkamlash, hozirjavoblikka o’rgatib borish.


Darsning borishi


Usul


Vaqt


Izoh


I. Tashkiliy qism

Navbatchi axbarotini tinglash

Siyosiy daqiqa

Fasl haqida suhbat,texnika vositasidan foydalanish


3 minut


II. Uyga berilgan vazifani so‘rash

Savol-javob

5 minut

Dars davomida baholab borish. Kundalik daftarlariga tushurish


III. Yangi mavzu bayoni

Suhbat, tushuntirish, “Kim chaqqon” o‘yini, texnika vositasidan foydalanish


25 minut

Dars davomida baholab borish. Kundalik daftarlariga tushurish


VI. Yangi mavzuni mustahkamlash

Mustaqil ish topshirish: past o‘zlashtiruvchi,iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, texnika vositasidan foydalanish


8 minut

Dars davomida baholab borish. Kundalik daftarlariga tushurish

V. Darsni yakunlash

Suhbat

2 minut



VI. Uyga vazifa


Tushuntirish


2 minut

Kundalik daftariga belgilash


Dars turi: Aralash.

Dars jihozi: Rasimlar, ko’rgazmalar tarqatma materallar.

Darsning borishi:

1. Darsga hozirlash

2. O’tilgan darsni so’rash

1. 624*8 ko’paytma qanday bajarilishini tushuntiring:

2.Ko’paytirish amali deganda nimani tushunasiz?

3. Ko’paytirish amalida qanday qoidalar mavjud aytib bering?

Sinifdagi 3ta guruhdan 3tadan o’quvchi doskaga chiqib, o’qituvchi Stoliga terib qo’yilgan test sovollaridan olib javob beradilar. Ularning javoblari, rag’bat va jarima bilan rag’batlantirilib boriladi. Uchta guruh o’rtasidagi musobaqa dars davomida davom etadi.


III. Yangi dars bayoni :

1. Lug’at.

2. Mavzuni tushuntirish.

Ko’p xonali sonni bir xonali songa ko’paytirish, uch xonali sonni bir xonali songa ko’paytirish kabi bajariladi.

X

7

2

9

1




3

2

1

8

7

3


Ko’paytirishda ustun qilib yozishni qisqartirish mumkin.

Masalan: 172 ni 6 ga ko’paytiraylik

X


1

7

2




6


1

0

3

2

  1. 2(birlik)ni 6 ga ko’paytirib, 12 birlikni hosil qilamiz: bu 1ta o’nlik va 2ta birlik degani: 1ta o’nlikni yoddan chiqarmaslik uchun 7ning ustiga, 2ta birlikni esa 6ning tagiga yozamiz.

2) 7 o’nlikni 6ga ko’paytirib, 42 o’nlikni hosil qilamiz: yoddagi 1o’nlik bilan 43 o’nlik bo’ladi: bu 4ta yuzlik va 3ta o’nlik degani: 4 yuzlikni 1ning ustiga yozamiz, 3o’nlikni 7ning ostiga yozamiz.

3) 1ta yuzlikni 6ga ko’paytirib, 6 yuzlikni hosil qilamiz: unga 4 yuzlikni qo’shamiz . Bu 10ta yuzlik , yoki 1ta minglik degani . Shunday qilib natija 1032 ga teng bo’ladi.

1-misol

X

2

3

1

2


X

1

2

9

8


X

2

9

1

4




3





2





3


6

9

3

6



2

5

9

6



8

7

4

2

2-masala a) Novvoy bir kunda 1125 ta non yopadi. U bir haftada nechta non yopadi? 1125*7=7825 javob: bir haftada 7825 ta non yopadi. b) Uch qutida 3425 ta tugma bor . Xuddi shunday 4 ta qutida nechta tugma bor ? 1) 3423:3=1141 2) 1141*4=4564 javob: 4 ta qutida 4564 ta tugma bor . 3-masala Har bir yoritgichdan ikkitadan xarit qilish uchun necha so’m kerak bo’ladi?

1) 6200*2=12400 2) 4800*2=9600 3) 3500*2=7000 4) 12400+9600+7000=29000 javob: har bir yoritgichdan ikkitadan xarid qilish uchun 29000 so’m kerak bo’ladi.

4-masala

Birinchi o’ramada 14m 60sm gazlama, ikkinchi o’ramada 15m 80 sm gazlama bor. Ikkinchi o’ramda jami qancha gazlaman bor?

14 m 60 sm.


15 m 80 sm.

1)14m 60sm =1460sm 15m 80sm = 1580 sm

2)1460+1580=3040

3040 sm=30 m 40sm. javob: ikkala o’ramda jami 30m 40sm gazlama bor.

5-misol

Bu misol musobaqa tarzida yechiladi. Qaysi guruh o’quvchilari misolni tez va to’g’ri yechsa g’olib hisoblanadi. Guruh o’quvchilari rag’batlanitiriladi.

a)

+

3

8

0

9

2


+

4

4

4

9

6


-

4

4

8

1

8


6

4

0

4




3

2

2



5

4

8

9


4

4

4

9

6



4

4

8

1

8



3

9

3

2

9

b)

+

5

9

6

0

8


+

6

3

6

6

5


-

6

3

8

8

3


4

0

5

7




2

1

8


2

4

0

9

3


6

3

6

6

5



6

3

8

8

3



3

9

7

9

0


Uchta guruh o’rtasida ,,5xonali son” o’yini o’tkaziladi.

Bu o’yinda 3 qatorda 5 tadan 15 o’quvchi qatnashadi. Har bir qatorda 5 tadan turib olib 5 xonali sonlar yozadi.

1-qator 2- qator 3- qator

54623 72345 23475

45768 64578 54381

17257 91423 67496

23654 86729 48657

42468 19286 19183

Navbatdagi o’quvchi mana shu yozilgan sonalardan bittasini tanlab olib 5 ga, ustun shakilida yozib ko’paytirish kerak. Qaysi qatordagi o’quvchi adashmay birinchi bo’lib yechsa, o’sha qator o’quvchilari o’yin g’olibi deb e’lon qilinadi. Rag’batlantiriladi.

6. misol.

671974-126:6=671953 465902+3129*7=487805


1

2

6

6



6

7

1

9

7

4


x

3

1

2

9


+

4

6

5

9

0

2


1

2


2

1

-





2

1





7



2

1

9

0

3


0

0

6




6

7

1

9

5

3


2

1

9

0

3



4

8

7

8

0

5




6



























0
























27412 * 5 + 532 : 4 = 137193


2

7

4

1

2


-

5

3

2

4





1

3

7

0

6

0

x





5


4



1

3

3

+




1

3

3

1

3

7

0

6

0


-

1

3







1

3

7

1

9

3








1

2




















-

0

1

2




















1

2






















0












56794 * 6 – 942 : 6 = 157



5

6

7

9

4




9

4

2

6




x





6




6



1

5

7


3

4

0

7

6

4




3

4














-

3

0















0

4

2















4

2
















0







7-misol.

Og’zaki bajariladi:

Bittacho’pni shunday oling-ki, natijada uchta kvadirit qolsin.











IV. Darsni mustahkamlash:

1. 4 ta yuzlikni 6 ga ko’paytiring?

2. 48 sonining 6 dan bir qismini toping?

3. Uzunlik o’lchov birliklarini aytib bering?

4. O’quvchilardan ko’paytirish jadvali aralash so’raladi.

VI. Dars yakuni:

Dars davomida guruh o’quvchilariningto’plagan rag’bati va jarima katchkalari hisob kitob qilinib g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: 8-masala, 9-masala.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
O'QISH DARSI. KITOBGA IXLOS. Mirakrim Osim

Автор: Тураева Гулмира Сулеймановна

Дата: 20.02.2021

Номер свидетельства: 573776


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства