kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ona tili darslarida “ sinkveyn ” usulini qo’llash haqida

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ona tili darslarida turli metodlar va usullarning qo'llanilishi haqida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ona tili darslarida “ sinkveyn ” usulini qo’llash haqida»

ONA TILI DARSLARIDA “ SINKVEYN ” USULINI QO’LLASH HAQIDA


Qudratova Oydin Shaxritddinovna

Navoiy viloyati, Navbahor tumani 14-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Annotatsiya. Sinkveyn - fransuz tilida “5 qator” ma’nosini bildiradi. Sinkveyn- ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir.

Kalit so’zlar. Sinkveyn, mavzu mohiyati, didaktika, Ya.A.Kоmenskiy, "Buyuk Didaktika", tahlil, ta’lim.


Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
1- qator: Mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).
2- qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).
3- qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so‘z bilan ifodalanadi.

(3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi).
4- qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi.(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi).
5- qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta so‘z yoziladi (mavzuga sinonim so‘z yoziladi).
1-topshiriq. Quyidagi berilgan pedagogik tushunchalarga “Sinkveyn” metodi yordamida ta’rif bering






SINKVEYN” metodi


Tushuncha-ot


O’qituvchi

2 so`zdan iborat sifat


Malakali o’qituvchi


3 so`zdan iborat fe’l


Malakali o’qituvchi o’qitmoqda


4 so`zdan iborat munosabat


Malakali o’qituvchi yaxshi o’qitmoqda


1 so`zdan iborat sinonim


Ustoz

Didaktika (yunoncha didaktikos – o’qitish, o’rgatish) pedagogikaning ma’lumot olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir. Didaktika maktab o’quvchilarini ma’lumotli qilish vazifalariga va shu ma’lumot mazmuniga o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish va ko’nikmalar hosil qilish jarayoniga, ta’lim printsiplari, usullari va uni tashkil etishga oid hamma masalalarni o’rganadi. "Didaktika"atamasi dastlab, asosan XVII asrda chex pedagogi Ya.A.Kоmenskiy tomonidan ishlatilgan. U "Buyuk Didaktika" asаrida (1657) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqdi. XIX asrning o’rtalaridan didaktika pedagogikaning alohida sohaci sifatida ko’p mamlakatlarda o’rganila boshladi. Didaktika bu - tadqiqot usullari (o’quv jarayonini kuzatish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, o’quvchilаrning ishlarini tahlil qilish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, anketalar tarqatish, matematik usullar va boshqalardan foydalanishdir.
Didaktikaning predmeti - ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qоnuniyatlari o’rganiladi, o’qitish vositalari va usullari samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollashtirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, individual pishiq rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni tа’minlаydi.
Bilimlar - bu o’quvchilar ongida tizilimli mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan ma’lumotlar, ilmiy nazariy tushunchalardir. Buni asosida ko’nikma, malaka hosil bo’ladi. O’quvchilarning bilim doirasini kеngaytirish jismoniy kamol topish jarаyonini samarali qiladi. Bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi, ko’nikmalarning hosil bo’lishiga olib keladi.
Ko’nikma bu – shахsni оngli rаvishdа mаqsаdgа yo’nаltirilgаn hаrаkаtlаrni аmаlgа оshirishdаgi qоbiliyatidir. Ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakagа aylanadi.
Malaka - o’rganib qolingan, muayyan usul bilan behato bajariladigan harakatdir. Malakalar har xil bo’ladi: o’quv malakalari; mehnat malakalari; harakat malakalari (yurish, yugurish, uloqtirish); Malaka egallangan bilimlar asosida hosil bo’ladi. Ta’limda bilim etakchi o’rinni egallaydi. Beruniyning ta’kidlashicha, o’qitish izchil, ko’rsatmali, maqsadga muvofiq bo’lishi va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Chunki ko’rsatmalilik ta’limining tushunarliroq va qiziqarliroq bo’lishini ta’minlaydi, tafakkurni rivojlantiradi. Alisher Navoiy hayotining so’nggi yillarida yaratgan "Mahbub ul qulub " chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega falsafiy asardir. Asarda donishmand allomaning o’gitlari pand-nasihatlari mujassamlashgan. Bu asar boshdan oyoq hikmatu nasihatlarga boy bo’lib, pedagoglar ta’lim jarаyonida bu pandu-nasihatlardan unumli foydalanishlari kerak. Chunki asardagi muammolar bugungi kunimizda ham dolzarbdir. Didaktika rivojiga buyuk chex pedagogi Yan Amos Kоmenskiy ham katta hissa qo’shgan.Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib ya’ni unda o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bilimlarni o’zlashtirish jarаyonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi. O’­qituvchi, o’quvchi va talabalardagi fikrlash jarаyonini to’g’ri yo’lga solish uchun amaliyotdan kеng foydalanish kerak.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.S.T.Turg`unov, B.X.Daniyarov, D.M.Otajonova. “O`qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda ta`lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalari”. –T:Sanostandart.,2011.-148b.

2 S.T.Turg`unov, B.X.Daniyarov, D.M.Otajonova. “O`qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda ta`lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalari”. –T:Sanostandart.,2011.-148b.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ona tili darslarida “ sinkveyn ” usulini qo’llash haqida

Автор: Qudratova Oydin Shaxritddinovna

Дата: 21.05.2021

Номер свидетельства: 581091


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства