kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Odobli bola elga manzur

Нажмите, чтобы узнать подробности

O'quvchilarga o’quvchining kiyinish odobi haqida  bilim  beradi, mustaqillik ne’matlari  bilan tanishtiradi va bilim, ko’nikmalarni shakllantiradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Odobli bola elga manzur»

Sana:

Sinf:1

Fan: Odobnoma

Mavzu: ODOBLI BOLA ELGA MANZUR

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Muloyimlik – umumiy madaniyat belgisi. Har qanday sharoitda o‘zini munosib tuta olish. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta’rifi:.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi”, “O’zingni halol bahola” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta’limiy: o'quvchilarga o’quvchining kiyinish odobi haqida bilim berish, mustaqillik ne’matlari bilan tanishtirish va bilim, ko’nikmalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash. O ‘quvchilarga tabiatni odob va ahloq munosabatlarini o’rgatish, odobli bo’lish hissini tarbiyalash va do ‘stona muhitni

Rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy flkrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish. Og’zaki nutqini yangi so’zlar bilan boyitish

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya:o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: ta’lim jarayonida faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

Fanga oid kompetensiyalar: Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik; to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarini biladi va unga rioya qila oladi; o‘z sog‘ligini asrashga harakat qiladi;

Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi;yaxshi va yomon odatlar va ishlarni ajrata oladi.


Darsning borishi

I. Darsni tashkil etish.

a)salomlashish

b)davomatni aniqlash

v)ob-havo haqida suhbat

II. Kirish suhbati.

Aziz bolajonlar, bugundan boshlab biz siz bilan odobnoma darslarini o'ta boshlaymiz. Bu darslarda odob – axloq me'yorlari, tevarak – atrofdagi kishilar bilan qilinadigan muomala, o'zbek milliy urf – odatlarimiz, rasm – rusum, an'analarimiz, ma'naviy merosimizdan ayrim namunalar, ona – Vatanimizga muhabbat, maftunkor tabiatimizni asrash kabi bilimlarni olamiz.

Odob tushunchasi kengdir. Deylik, siz o'zingizni tutishingiz, atrofingizdagi kishilarga muomalangiz, buyum, qushlar, hayvonlar, qo'yingki, jonli va jonsiz tabiatga munosabatingiz kabilarning hammasi odob tarozusi bilan o'lchanadi.

Sizdan ushbu darslarda beriladigan saboqlarni yaxshi o'rganib, olgan bilimlaringizni hayotingiz davomida qo'llash, qo'llay bilish talab etiladi.

III.O’tilganlarni takrorlash.O’tilgan mavzu yuzasidan savol javob o’tkaziladi

O’quvchilar uyga berilgan uyga vazifalari tekshirib baholanadi.

  1. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

  2. "Kiyinish odobi" mavzusida tuzib kelingan hikoyalar eshitiladi, o'quvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi

IV. Yangi mavzu ustida ishlash.

Bugungi mavzuimiz Odobli bola elga manzur, deb ataladi. Qani aytingchi, odob deganda nimalarni tushunasi? (O'quvchilar o'z tushunchalari doirasida savolga javob beradilar).

Ha, barakalla. Demak, Odob so’zi bir so’z, lekin aytaversak turi ko’p. Kattalar bir so’z deganda labbay deb javob berishingiz kerak. Odobsizlik yomon hislatdir. Kishining odobi uning salomidan bilinadi. Salom – alik odamning tarbiyalilik ko'zgusidir, ichki madaniyati belgisidir. Turli xalqlar o'z urf – odatlari, sharoiti, tarixidan kelib chiqqan holda turlicha salomlashadilar.Kishining xulqi ham uning odobini belgilaydi. Shuning uchun hushxulq bo’lishga harakat qiling. Odobni odobsizda o’rgan deb bejizga aytilmagan.

Masalan, Yevropa xalqlari bosh kiyimini yechib so'rashadi. Bu «Men sen bilan do'st bo'laman» degan ma'noni anglatar ekan. Hindistonliklar kaftlarini juftlab, peshonaga tekkizadilar hamda «Namaste» deyishadi. Bu «bosh omon bo'lsa, hamisha siz bilan birga bo'lamiz» degani ekan.

Xitoyliklar «Chifan – iya – ma», ya'ni «Sen bugun ovqatlandingmi?», «Qorning to'qmi?» deb so'rashsalar, tibetliklar bir – birlariga qarab tillarini chiqarib iljayishar ekan. Ularda til chiqarish ziynat, nazokat sanalar emish.

O'zbeklarda salomlashishning 20 dan ortiq turi bor. Shulardan biri qo'lni ko'ksiga qo'yib, salomlashish (darslik, 26 – bet): «Assalomu alaykum» - «Sizga tinchlik salomatlik tilayman», javob «Vaalaykum assalom» — «Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman» demakdir (Darslikdagi rasmlar sharhlanib, shu asosda suhbat o'tkaziladi).

IV. Dam olish lahzasi

V. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash.

Husayn Voiz Koshifiydan quyidagilar o'qib beriladi.

Salomlashish odobi

Salom salomatlik ma'nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so'rasalar, yetti holatda, deb javob bergin. Avvalo, yoru do'stlarni, aka – ukalarni ko'rganda salomlashish kerak. Ikkinchi, jamoat joylariga borganingda salom berishing lozim. Uchinchi, biror xonadonga borsang, u yerga salom berib kirgin. To'rtinchi, bir yerda jam bo'lib o'tirgan kishilar davrasiga kirsang salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomla-shishni unutma, uni vidolashish (xayru xush) salomi deyiladi. Oltinchi, maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber. Yettinchi, o'z xonadoningga kirganingda ham oila a'zolaringga salom berishni kanda qilma. Otliq piyodaga, turgan odam o'tirganlarga salom berishi lozim.

Kichiklar kattalarga, yolg'iz odam jamoat bo'lib turganlarga salom beradi. Salom berayotgan kishi ochiq chehrali bo'lishi darkor. Imo – ishora bilan emas, ovoz chiqarib salomlashish kerak.

Axloq – odobga oid hadis namunalaridan o'qib beriladi:

«Salom — Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir – birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, mo'min kishi odamlar oldidan o'tib borayotib, ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja ko'p savobiga erishadi. Mabodo alik olishmasa, unga baribir, ulardan yaxshiroq va afzalroq zotlar, ya'ni farishtalar alik olishadi».

«Bir – birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Shunda o'rtalaringizda mehru muhabbat uyg'onur».

VI. Mavzuni mustahkamlash.

1. Qachon qanday kiyinishni bilasizmi?

2. Ota-onangizga yordam berganingizda qanday kiyinasiz?

3. Maktab va uy kiyimining farqini aytib bering.

VII. Darsni yakunlashTopshiriq bajariladi. O'quvchilar javoblari eshitiladi. Namunali javoblar rag'batlantiriladi.

VIII.Uyga vazifa. Mavzuni mukammal o'rganish, matn mazmuni ustida


5



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Odobli bola elga manzur

Автор: Pirmatova Dilbar Abduraxmonovna

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546102


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства