kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq tarbiyaviy soat:O'qtuvchi va murabbiylar kuni

Нажмите, чтобы узнать подробности

O'quvchilar  ongiga ustozlar haqida  tushuncha berish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq tarbiyaviy soat:O'qtuvchi va murabbiylar kuni»

1-oktabr ”O`qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag`ishlangan bayram tadbirinig

ssenariysi

Maktab faollar zali bayramona bezatilgan.Sahna gullar,turli xil rasmlar,monitoringlar bilan bezatilgan.

Musiqa sadolari yangrab turibdi.Sahnaga qator o`quvchilar chiqib keladilar.

1.Tilovat qilib o`tib ketgan ustozlar xotirasiga bag`ishlangan she`rni aytish orqali tadbir ochib beriladi.

(monitoring orqali o`tib ketgan ustozlar rasmlari birin-ketin ko`rsatiladi.)

1.Aziz:

Ustoz,bu foniy dunyo,

Yolg`on tush kabi go`yo,

Dardga izlasak davo,

Sizni sog`indik ustoz.

2.Farrux:

Nur to`la yuzlaringiz,

Nasihat so`zlaringiz,

Topolmay izlaringiz,

Sizni sog`indik ustoz.

3.Mohinur:

Shogirdlar qator-qator,

Yaxshiyam kitoblar bor,

O`qiymiz takror-takror,

Sizni sog`indik ustoz.

4.Amina:

Kelajak avlodlarga,

Ko`p so`zlaymiz siz haqda,

Jim,yolg`iz qolgan vaqtda,

Sizni sog`indik ustoz.

(o`quvchilar o`tib ketgan ustozlarning rasmlari oldiga borib gullar qo`yishadi.)”Ustozlar”musiqasi Madina tomonidan aytilib barcha tomoshabin ustozlarga gullar beriladi

O`tib ketgan ustozlar xotiralanib,sahnaga boshlovchilar chiqishadi.

1-boshlovchi:

Assalom, maktabim muqaddas dargoh,

Assalom,ustozlar kasbkori saboq,

Assalom, do`stlarim menga qo`shqanot,

Sinfdosh hayotga ishonch bilan boq.

2-boshlovchi:

Assalomu alaykum qadrli mehmonlar,aziz ustozlar va maktabdoshlar.Bugun mehribon,jafokash,mashaqqatli,shu bilan birga sharafli kasb egasi “O`qituvchi va murabbiylar”bayrami biz o`quvchilar aziz ustozlarimizni qutlab,”Mehnati elga aziz ustozim”deb nomlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.

(qizlar raqsi Ustozlar 1-raqs)

Shukrona:

Ba`zida dilingiz og`ritib qo`yib,

Uzrni aytmaymiz qadrli ustoz.

Shunda ham bizlarni kechirib ketib,

Yuksaklikka bizni etasiz parvoz.

Iqbol:

Madhingiz kuylasam yayraydi dilim,

Nomingiz tushirmas hech also tilim,

Sizdan o`rgandimku aziz ustozim

Ne ekan bu hayot,ne ekan bilim.

(2-raqs ‘Mustazod”)

Temur:

Partalar oralab o`tar umringiz,

Daftarni qaralab o`tar umringiz,

Aylanib ketganku mehr bag`riga,

Ustozim siz bizni boru-yo`g`imiz.

(Ommaviy raqs “Yuragida cho`g`I bor ukam”).

Feruza:

Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,

Ellarda dostondir mehnatlaringiz,

Yog`ilgay siz uchun rahmatlaringiz,

Ustozim,ustozim sizga ming ta`zim.

Nozichehra:

Sabr ham,toqat ham,bardosh ham sizsiz,

Goh quvonch,goh alam,ko`z yosh ham sizsiz,

Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,

Ustozim,ustozim sizga ming ta`zim.

Maktab,sinfdoshlar va ustozlar haqida latifalar.

Samira:

-Oyijon,bugun maktabda hammamizni emlashdi.

-Yaxshi-ku qizim!

-Yig`lamadingmi ishqilib?

-Yo`q oyijon.Hamshira meni quvalab yetolmadi.

Abdulaziz:

-Mamayusuf:

-Oyi meni maktabdan haydashdi.

-Nega o`g`lim?

-Bilmadim qisqartirishdi shekilli.

Laziza:

-Darsda o`qituvchi:

-Bolalar kim Parijga borishni xohlasa qo`lini ko`tarsin debdi.Sinfda bitta o`quvchidan tashqari hamma qo`lini ko`taribdi.

-O`qituvchi hayron bo`lib:

-Aziz,sen Parijga sayohat qilishni xohlaysanmi?

-Oyim maktabdan chiqib to`g`ri uyga kel deb tayinlaganlar,-dermish.

Asilbek:

-Abrorjon,-debdi onasi:

-Sen kecha nega maktabga bormading?

-Men o`qituvchimga sovg`a qildim.

-Qanday sovg`a o`g`lim?

-Kecha o`qituvchimizning tug`ilgan kunlari edi.

-Mensiz o`qituvchim bir dam olsin dedimda.

O`qituvchilar to`g`risida.

-Bir bosqinchi maktabdan qaytayotgan o`qituvchini tunamoqchi bo`lib:

-Soatingni ber menga!desa o`qituvchi shoshilib:

-Soatimni berolmayman o`zimga 1stavka chiqmaydi,mayli sinf rahbarligimni olaqol dermish.

Gulchehra:

Tortinib,kuymanib yashabsiz balsam,

Bir umr kuymanib yashabsiz balsam,

Ertam deb o`ylanib yashabsiz balsam,

Siz mening g`ururim aziz ustozim.

Ustozlar sizlarga ming ta`zim

Siz shunday buyuksiz muallim.

Sahna ko`rinishi.

































Yigit:

Ustozlar el ichra topgaydir qadr,

Doimo shogirdlar ehtiromida,

Bayram tadbiriga eting siz qabul,

Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida

Qiz:

Dilingiz aylasin bu qizlar xushnud

Unuting bir lahza tashvish g`amlarni,

Ilojin topsangiz siz ham qqo`shilling,

Yayrasin bu dillar tashlab kamlarin.

(ommaviy yigitlar va qizlar raqsi.)

Aziz:

Aziz ustozlar va bayramimizning tomoshabinlari shuning bilan bugungi bayramimiz o`z nihoyasiga yetdi.

Musina:

Qadrdon ustozlar ilohim umringiz uzun,taningiz sog`,biz shogirdlar baxtiga sog` bo`ling.

Aziz:

Xonadoningizda hamisha yaxshi kunlar ko`p bo`lsin.Biz shogirdlar doimo xizmatingizda bo`laylik.

Musina:

Yana bir bor bayramingiz muborak bo`lsin.

Aziz:

Endi so`z navbatini maktabimiz direktori Z.Sh.Isanovaga beramiz.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq tarbiyaviy soat:O'qtuvchi va murabbiylar kuni

Автор: Axmedova Gulchexra Axatovna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 544958


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства