kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq tarbiyaviy soat:Kitobim oftobim

Нажмите, чтобы узнать подробности

O'quvchilarni kitobga qiziqishini oshirish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq tarbiyaviy soat:Kitobim oftobim»

Kitobim oftobim

1-boshlovchi.

Salomdan boshlanur hurmat,ehtirom

Salomdir dunyoda eng shirin kalom.

Ey aziz ustozlar aziz mehmonlar,

Avvalo sizlarga salom Assalom.

2-boshlovchi.

Ollohim tanamga baxsh etganda jon,

Odob va axloqni etay ehtirom.

Bismilloh deb so’zimni boshlayman har on

Siz aziz do’stlarga yo’llaymiz salom.

1-boshlovchi.

Assalomualaykum hurmatli va aziz ustozlar.Bugun sizlarning e’tiboringizga 3-“V” sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “Kitobim-oftobim” mavzusidagi ochiq tarbiyaviy soatimizni taqdim etamiz.

2-boshlovchi.

Marhamat tomosha qiling.

Jasur :

Kitob qadim-qadimdan e’zozlangan.Ota-bobolarimiz kitobni qo’liga olganda uni o’pib ko’zlariga surtganlar.Bu “Bizga bilim berasan seni ko’z qorachig’idek asraymiz”-degani.Uning varag’ini yirtish,iflos joylarga qo’yish gunoh sanalgan kitobni muqaddas deb bilganlar.



Rayhona:

Nur ziyoga hon o’zing,

Do’stu qadrdon o’zing.

Ma’no to’la har so’zing

Kitobim, jon kitobim.

Zavq-shavqga to’lar dilim,

Olaman sendan bilim.

Bulbulday sayrar tilim,

Kitobim, jon kitobim!

Qo’limdan hech qo’ymayman,

O’qib-o’qib to’ymayman.

Kelajakka bo’ylayman,

Kitobim, jon kitobim!

E’zoza:

Kitob inson ma’naviy dunyosining boyish, fikirlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita.Uni doimo do’st tutish, undan ko’p rasalarni o’rganishga harakat qilish lozim.

Alisher:

Ko’p kitob o’qigan bola asardagi fikirlarni o’z qalbiga joylaydi.Yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga yaxshi insonlar qatoridan o’rin olishga harakat qiladi.

Sevinch:

Kutubxona-nurxona.Kutubxonaga tez-tez boradigan bola,albatta ko’p narsalarni biladi.Chunki kitoblar inson umrining sermazmun o’tishiga ilimli bilimli bo’lishiga yordam beradi.

Behruz:

Biz kitobni sevamiz.Bo’sh vaqtlarimizda har xil ertakllar va hikoyalar o’qiymiz.

Jasmina:

Sen bilan butun umrim

Chambarchasdir kitobim,

Ardoqlayman doimo

Eshit shundoq xitobim.

Sen oftobsan nuringdan

Charog’ondir bu ongim,

Seni o’qib o’rganib

Nurafshon bo’lar tongim.

Begzod:

Men kitobman, kitobman

Nurga to’la oftobman,

Agar meni yirtsalar

Biling shunda betobman,

A’lochiga ko’p zorman.

Beodobga ko’p xorman,

O’rganmoqchi bo’lsalar

Bilimlarga bisyorman.





Sevinch:

Juda sevamiz uni

Xilma-xildir mazmuni

U barchaning ulfati

Ba’zan bilar surati

Qani o’rtoq buni top

Eslagan dir bu-kitob.

X.sevinch:

Kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas.Kitob dillarni uyg’otib, munavvar qilish bilan birga hayot, mavjudot sirlaridan voqif etuvchi bebaho xazina.

Umida:

U ko’gillarga ezgulik urug’ini sepib, yashashdan saboq beradi.

Ozod:

Qiyinchiliklarni yenga olishga yaxshilik bilan yomonlikni ajrata bilishni o’rgatadi.

Zuhra:

Kitob zehnlarni peshlab, bilimlar koniga eshik ochadi.Ma’naviyatni boyitadi.

Shaxzod:

Inson jamiyatidagi mavqeyi qadru-qimmati bilimda ilimlar konini egallashdadir.

Havas:

Qani, bolalar aytingchi siz kitob o’qish qoidalarini bilasizmi?



Zinnura: Albatta, qani bolalar buni bir esga olaylik-chi.

R.Ozod: Kitobni toza qo’l bilan ushlang.

Aziz: Har bir o’quvchi kitoblarni asrab avaylashi zarur.

Muxlisa: KItobni yotib ko’zga yqin ushlab o’qimang.Bu salomatlikka zarar.

Muhammad: Kitobni yorug’lik chap tomondan tushadigan joyda o’qing.Kitobingizda hamisha xatcho’p bo’lsin.

Rahim: Quyida keltirilgan hikmatlarda kitob bamisoli oftob yanglig’ ulug’lanadi uning qadriga yetishlik ta’kidlanadi.

Hamma: Kitob-oftob

Qush dan qidirar olim kitob

Kitob bilim beradi bilim baxt keltiradi.

Abdulatif: Kitob ko’zgu unda olamni ko’rasan.

Zuhra: Non to’ydiradi, kitob kiydiradi.

Amira: Kitob o’qigan yaxshi, so’zga bo’ladi yaxshi.

Ali: Oltin yer tagidan kovlab olinadi bilim kitobdan.

Shoxijahon: Kitobsiz uy- quyoshsiz kun.

Mahliyo: Topay desang kamol, oltin olmay kitob ol.

A’zam: Hozir olamda nima ko’p kitob hozirgi zamon kishisi kitob asrida yashamoqda.Olimlarning aniqlashicha jahonda har kuni roppa-rosa yarim million kitob bosilar ekan.Buning ustiga benihoya ko’p jurnallar, gazetallar va boshqa axborot vositalari nashr qilinadi.

Iroda: Shunchalik ko’p kitoblar orasidan o’qish uchun zarur bo’lgan kitoblarni qanday tanlab olish mumkin.

Muhammad: Bunda bbizga ota-onamiz aka-opalarimiz ustozlarimiz baminnat xizmat ko’rsatuvchi kutubxonachilar yordamga kelishadi albatta.

Rahim: Kimda-kim yoshligida kitobni sevsa u bilan qiyomatli do’st bo’lib olsa kitob o’qishni har kungi odatga aylantirsa o’qish madaniyati ko’nikmasini hosil qilib uni tobora o’stirib borsa unday kishi albatta o’qimishli bo’lib yetishadi.

O’, Sarvinoz: Bugina emas balki mashhur kishi bo’lishga zamin hozirlaydi.Chunki ko’p o’qish o’qiganda ham kitob o’qish madaniyatiga amal qilgan holda ish tutilsa.Bu hol tafakkur javohiri kitob.

Madina:

Kitob do’stlikka mehnatsevarlikka matonatli bo’lishga qobilyatni o’stirishga fan va madaniyat loyihalarini egallashga insoniyat tarixi va hozirgi hayotni tushunib olishga yordam beruvchi har qanday vositaga aylanadi.

Q.Sevincg: Xo’sh kitob o’qish madaniyati deganda nimalarni tushunish lozim.

Sarvar: Bular: kitobni tanlay olish va zarurini o’qish.

Jasur: Kitob ustida ishlash malakasini obdon o’rganib olish va unga chuqur amal qila bilish.

Nodir: O’qiganingizda hayotiy xulosalar chiqarish.

Gulsevar: Muntazam ravishda o’qish ko’nikmasiga ega bo’lish.

Fotima: Kitobni shoshmasdan o’ylab diqat bilan o’qish malaksiga ega bo’lish.

A.Ozod: O’qigan kitobni do’stlar bilan o’rtoqlashish.

Jasur: Ha, kitob tanlash qanchalik qiyin bo’lsa, uni o’qish ham shunchalik mehnat talab qiladi.

Nodir: Shundan kelib chiqib barcha kitob xonda kitob o’qish madaniyati bir xilda tarkib topgan deya olmaymiz.

Begzod:Chunki kitob o’qish Gyote aytgani day bir umr o’rganiladigan mashg’ulot.

Havas: Bizning sinfdagi barcha o’quvchilar maktab kutubxonasiga a’zo bo’lishgan.

Zinnura: Biz kutubxonadan turli xil ertak, hikoya kitoblarni olib o’qib mutola qilyapmiz.

Bilol: Zero kitob bizning do’stimiz kitob bilan do’stlashgan bolaning fikri teran so’z boyligi ortib boradi.

O’gabek: Ertaklar yaxshilikka yetaklar deb bejiz aytilmagan.Chunki biz o’qigan har bir ertakda yaxshilik yovuzlik ustidan g’alaba qozanadi.

Ismoil:

Qo’limda kitob misoli oftob

Yoritar yo’lim berib ko’p bilim

Ajdodlar yodin o’qib ol deydi

Vatan tarixin o’qib ol deydi.

Mahliyo:

Yurtfa sadoqat elga shafoat

Mardga shijoat bo’ar kitobda

Jannat bog’larim qiru tog’larim

Mo’l chorbog’larim to’la kitobda.





Shaxzod:

Unutma bolam bu sirli olam,

Sinoatli ham jamdir kitobda.

Sen o’qib tolma g’aflatda qolma

G’ofil g’o’r bo’lma ma’no kitobda.

Behruz: Bizning dono bobolarimiz hikmatlarni tuganmas xazinaga o’shatishgan xazinadagi tilla-kumushlar kamayadi hatto tugashi mumkin.Lekin kitobdagi hikmatlarni o’qigan odam tuganmas xazinaga ega bo’adi.Aqli boyiydi aqli boy odam hatto o’limni kam yengishi mumkin.Kitobning qudrati shunday kuchli.

Bilol: Kitob insonning eng yaqin do’sti, maslahatgo’yi va aql qayrog’i.

Muxlisa: Kitob xazinalar kaliti tafakkur manbai.

Abdulatif: Kitob noonday aziz va muqaddas shu boisdan ham kitobni sevish qadrlash va e’zozlash qadim-qadimdan boshlangan.

Madina: Kitobni uning kitob yaxshi maslahatchi va o’qituvchi kitob o’qimasdan bilimli bo’lish qiyin.

Sherali: Madaniyatli insonlar ko’p kitob o’qiydilar.

Ali: Kitob go’yo tuganmas xazina bilim esa tuganmas boylikdir.

Havas: Shuning bilan 3-“V” sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “Kitobim oftobim” mavzisidagi ochiq tarbiyaviy soatimiz o’z nihoyasiga yetdi.

Zinnura : E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.Endi so’z navbati maktabimiz rahbarlariga.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq tarbiyaviy soat:Kitobim oftobim

Автор: Irgasheva Muatar Abdurashidovna

Дата: 01.04.2020

Номер свидетельства: 544923


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства