Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars:Tirik organizmlarni oziqlanishiga ko'ra turlari»
Kattaqo’rg’on shahar 2 – umumta’lim maktab
Xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi
2 – umumta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Inatov Azizbekning
biologiya fanidan ochiq
Mavzu: Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko'ra turlari.
1.
Darsning maqsadi
1.Ta'limiy maqsad: tirik organizmlarning oziqlanish turlari bilan tanishish
2.Tarbiyaviy maqsad:Shaxsiy salomatliklari haqida o'zlari qyg'urishlari, zarurligini o'zlari his etish,axloqiy va estetik tarbiya berish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:.Darslik bilan ishlash ko'nikmalarini ,o'z fikrlarini asoslablab berish ,ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish
Mavzuga oid yangi ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazishda yangi texnologiyalardan foydalanish.
Mavzuga oid yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish va hayotda qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Darsning texnologik bosqichlari.
N
Darsning bosqichlari.
Vaqt
(minut)
O'qituvchi faoliyati
O'quvchi faoliyati
1.
Tashkiliy qism
3
1) Sinfni darsga tayyorlaydi
2) Salomlashadi
3) Davomatni aniqlaydi
4)Ko'rgazmali qurollarni darsga tayyorlaydi
1) Salomlashadi
2) Darsga tayyorlanadi
2
O'tilgan mavzuni so'rash va xulosalash
15
O'qituvchi o'tilgan mavzuni 2 ta metod yordamida so'rab oladi.
1.blits so'rov metodi
2.Masala yechish
orqali
o'quvchilarning bergan javoblarini xulosalaydi, yakunlaydi va yangi mavzuning nomini aytadi.
O'quvchilar nazorat topshiriqlariga faol qatnashishga harakat qiladilar.Nazorat topshiriqlarini bajaradilar ,natijalari bilan tanishadilar.
3
Yangi mavzuning bayoni
15
Ko'rgazmali og'zaki va suhbat usulida tushuntiriladi
Reja:
1.mavzuga tushunchalar berish.
2.hayotiy misollar keltirish.
3.rasmlar orqali namoyish qilish.
O'qituvchi ma'ruzasini tinglaydi va kerakli ma'lumotlarni daftarga yozishadi.
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10
O'qituvchi o'quvchilarga yangi mavzu yuzasidan ozlashtirilgan bilimlarini 3 ta nazorat baxo bilan baxolaydi.
1. jadval bilan ishlash
2. test topshiriqlari
3.rasmlar bilan ishlash
O'quvchilar berilgan nazoratlarni yozadilar va bajaradilar.
5
Darsni yakunlash
2
1) Xulosa qilinadi
2) Uyga vazifa beriladi
3) O'quvchilarni darsda erishgan natijalari izohli e'lon qilinadi.
4)baholash.
1) Yangi mavzu o'qituvchi yordamida xulosalaydi
2.uyga vazifani yozib oladilar.
3) Olgan baxolari bilan tanishadilar
4) Natijalarni kundalik daftarga qo'ydiradilar
5
Darsni yakunlash
2
1) Xulosa qilinadi
2) Uyga vazifa beriladi
3) O'quvchilarni darsda erishgan natijalari izohli e'lon qilinadi.
4)baholash.
1) Yangi mavzu o'qituvchi yordamida xulosalaydi
2.uyga vazifani yozib oladilar.
3) Olgan baxolari bilan tanishadilar
4) Natijalarni kundalik daftarga qo'ydiradilar
3.Bosqich : Otilgan mavzuni so'rash va xulosalash.
Blits savollar . ( O'quvchilar uchun)
1-guruh
1.Xlor(Cl) makro elementmi yoki mikro element?
2.Suvda yaxshi eriydigan moddalar nima deyiladi?
3.Polisaxaridlarga misol keltiring?
4.Glyukozaning molekulyar massasi qanchaga teng?
6.Don shakari nima deyiladi?
7. kartoshka tugunagida kraxmal necha foiz bo'ladi?
8.proteinlar so'zini ma'nosi nima?
9.Ko'p hujayrali organizmlarning o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydigan hujayralar nima deyiladi.
2-guruh
1.Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar nima deyiladi?
2.Chargof qoidasiga ko'ra Adeninlar soni nimaning soniga teng?
3.Qaysi element tish emali tarkibiga kiradi?
4.Suvda yaxshi erimaydigan modd lar nima deyiladi?
5.Sut shakari deb nomalanuvchi uglevod qanday ataladi?
6.9.3 kkal yoki 38,9 kj energiya qaysi modda oksidlanishidan hosil bo'ladi?
7.Sholi va makkajo'xori donida kraxmal necha foiz bo'ladi?
8.Oqsil tarkibida necha aminokislotalar mavjud?
9.kislorodsiz bosqichda glyukozaning parchalanishidan necha kj energiya ajraladi?
3-guruh
1.Xemosintez hodisasini kim kashf etgan?
2.Fotosintezning yorug'lik bosqichi xloroplastning qaysi qismida kechadi?
3.DNK dagi axborotni I-RNK ga orqali ko'chirilishi nima deyiladi?
4.180 g Glyukozaning to'liq parchalanishidan necha kj energiya ajraladi?
5.1g oqsil to'liq oksidlanganda necha kj energiya hosil bo'ladi?
6.Monosaxaridlarga misol keltiring ?
7.B12 vitamini tarkibiga kiradigan emement nomini ayting?
8. glikogen gidrofil moddami yoki gidrofob?
9.Hujayra nazariyasini qaysi oilmlar yaratgan?
4-guruh
1.Hujayra tuzulishining yangilanib turishiga nima deyiladi.?
2.kislorodsiz bosqichda bir molekula glyukozani parchalanishidan qancha sut kislota hosil bo'ladi?
3.Fotosintezning qorong'ulik bosqichi xloroplatlarning qaysi qismida kechadi?
4.Fitogormonlarga misol keltiring?
5.DNK da jami nechta nukleotid bo'ladi?
6.Aminokislotalar necha xil bo'ladi?
7.Lipidlarning uglevodlar bilan birkishidan hosil bo'ladigan murakkab moddalar nima deyiladi.
8.Bug'doy donida necha foiz kraxmal bo'ladi?
2. bosqich: DNK ning tuzulishiga oid masalalar yechish.
1-guruh
DNK molekulasi 5500 nukleotiddan iborat , shundan 1500 tasini guaninli nukleotidlar tashkil etadi. Shu DNK molekulasining uzunligini va boshqa nukleotidlar sonini toping.
2- guruh
Bir zanjirida AAAGSTASSGCAACCGAASSGTTA nukleotidlar ketma- ketligi bo'lgan DNK molekulasidagi vodorod bog'lar sonini toping?
3-guruh
DNK molekulasining uzunligi 920 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini toping.
4-guruh
DNK molekulasida A-550 ta , S- 800 ta bo'lsa shu DNK molekulasining uzunligini va boshqa nukleotidlar sonini toping.
Yangi mavzu bayoni.
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar ochiq biologik sistemalardir, ya’ni ular bilan atrof-muhit o‘rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi bo‘lib turadi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlar, hujayradagi plastik reaksiyalar, membrana orqali moddalar transporti, hujayralarning o‘sishi va bo‘linishi, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash uchun energiya zarurAvtotroflar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluv chi organizmlardir. Organik moddalarni sintezlash uchun ener giya zarur. Avtotroflar qaysi energiya tu ridan foydalanishiga ko‘ra fototrof va xemotrof larga bo‘linadi.
Fototroflar – yorug‘lik energiyasidan foydala nib or ganik moddalarni sintezlaydi gan organizmlardir. Fototrofl arga barcha yashil o‘simliklar va sianobak teriyalar kiradi. Xemotroflar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir. Xemotrofl arga nitrifi kator, oltingugurt, vodorod va temir bakteriyalari kiradi. Geterotrofl ar organik uglerod manbayidan foydalanuvchi, ya’nitayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlardir. Geterotrof organizmlar o‘z hayot faoliyati uchun zarur energiyani organik birikmalarni parchalash hisobiga oladi.Oziqni qaysi usul bilan o‘zlashtirishlaridan qat’i nazar oziq moddalarning organizmlarda o‘zgarish yo‘llari, masalan, makromolekulalarning hazm organlarida fermentlar ishtirokida monomerlarga parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining so‘rilishi, hujayralarga transport qilinishi kabi jarayonlar barcha geterotrof organizmlarda kuzatiladi. Geterotrof oziqlanishning bir necha tiplari farqlanadi. Ulardan asosiylari golozoy, saprofit, parazit oziqlanish hisoblanadi.
Golozoy oziqlanish bir necha bosqichdan iborat: oziqning yutilishi, hazm qilinishi, ya’ni fermentlar ta’sirida parchalanishi, so‘rilishi. Oziqlanishning bu tipi o‘txo‘r va yirtqich hayvonlarga xosParazitlar xo‘jayin organizmidagi organik moddalar hisobiga yashaydi. Parazit hayot kechiruvchi organizmlar ayrim bakteriyalar (ko‘kyo‘tal, vabo, o‘lat, qoqshol qo‘zg‘atuvchilari), zamburug‘lar (vertisillium, qorakuya zang, zamburug‘lari), o‘simliklar (raffl eziya, devpechak, zarpechak, shumg‘iya), hayvonlar (leyshmaniya, bezgak paraziti, tripanosoma, askarida, jigar qurti)ga xos.
O‘simliklarning mineral oziqlanishi. Yashil o‘simliklar organizmidagi hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsillar, lipidlar, nuklein kislotalar, viraminlar, fi togormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod, vodorod, kisloroddan tashqari azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar ham kiradi.
Hayvonlarning mineral oziqlanishi. Geterotrof organizmlarda kechadigan plastik jarayonlar, to‘qimalarning yangilanishi ko‘p jihatdan mineral moddalarga ham bog‘liq.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash
Tirik organizmlarning uglerod va energiyani qanday manbayidan foydalanishiga ko'ra turlari
3.Nazorat topshirig'i : klaster metodi
Avtotroflar
Geterotroflar
parazit
xemotrof
fototrof
saprofit
golozoy
Sardorlar uchun: Zinama-zina metodi.
Tirik organizmlar
avtotroflar geterotroflar
fototrof saprofit
archa achitqi
zamburug[
zam
4-shart. Rasmlar bilan ishlash.
O'quvchilarni baholash: Dars davomida faol qatnshgan oquvchilarni baholash va taqdirlash.
Uyga vazifa: Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko’ra turlari mavzusini o'qib ,savollarga javob topish, AKT dan foydalanib mavzu bo'yicha yangi ma'lumotlar topish,savol kartochkalari va krasvordlar tuzib kelish
Xulosa
O 'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi" Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktablardagi boshqa o'quv fanlari qatori biologiya o'quv fanining o'qitilishini tubdan yangilashni talab etmoqda.
Biologiya darslari o'quvchilarning ilmiy dunyo qarashining rivojlanishiga ,ma'naviy,axloqiy madaniyatini shakllantirishga ,ekologik tarbiyasini oshirishga ,ularni kasbga yo'naltirish va amaliy hayotga tayyorlashga yordam beradi.