kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq dars:So'z turkumlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

O'quvchilarni so'roqlar yordamida so'z ma'nolari asosida turkumlarga ajratish malakalarini oshirish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars:So'z turkumlari»

Ona tili:

Darsning mavzusi: So’z turkumlari (136-138-mashqlar)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: So’roqlar yordamida so’z ma’nolari asosida turkumlarga ajratish malakalarini rivojlantirish.

F.K.1:Oqilgan matn mazmunini va o’zgalar fikrini anglab ifodalsh so’z turkumlarini farqlash nutq jarayonida o’zlashtirilgan yangi so’zlarni og’zaki nutqda qo’llay olish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’z vatandoshlari bilan faxrlanish tuyg’ularini tarbiyalsh.

T.K.3: Mustaqil o’qib o’rganish va bilimni muntazam oshirib boorish.

T.K.4: O’quvchilik burch va huquqlarini vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil fikrlashi,husnixat malakalarini shakllantirib, tasavvur qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, ko’nikmalarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, vidiodiktant, “To’g’ri tanla”, “Zinama-zina” ta’limiy o’yinlari.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, so’zlar yozilgan kartochkalar, tarqatma materiallar.

Darsning borishi.

Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

-Aziz bolajonlar hozir sabog’imiz nima?

-Hozir sabog’imiz ona tili darsidir.

-Ona tili darsi bizga nimani o’rgatadi?

-Ona tili darsi bizga so’z va gaplarni to’g’ri o’qishni chiroyli va nafis did bilan yozishni o’rgatadi.

-Lug’at boyligimizni oshiradi.

Ona tili darsning shiori.

Chiroyli yoz yozsang xat

Bu ham erur bir san’at.

Ona tilimiz bizning boyligimiz,faxru iftixorimiz uni sevib o’rganaylik, zero ona tilimiz –shonli tariximiz , go’zal san’atu bebaho adabiyotimizni o’rganishning eng qudratli kalitdir.

Endi darsimizni ma’naviyat daqiqasi bilan davom etttirsak.

-Aziz bolajonlar yaqinda biz qanday kunni nishonlaymiz?

-18-noyabrda O’zbekiston Respublikasuning Davlat ba’rog’I qabul qilingan kuning 26 yilligini nishonlaymiz.

-O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I haqida siz nimalarni bilasiz.

X.Sevinch.

Davlat ramzlarining muqaddasligini anglash- bu ularning bizga yurt manfaati har nedan ustinligini doimo yodda saqlamog’imiz lozimligini bildiradi.

A’zam.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I 1991-yil, 18-noyabrda tasdiqlangan.Bu bejiz emas, albatta.Har qanday mustaqil davlat o’z bayrog’iga ega bo’lishi shart.

E’zoza.

Davlatimiz bayrog’ida oy bilan o’n ikki yulduz tasvirlangan.Quyosh bir yil davomida o’n ikki burjni aylanib chiqadi. Har bir burjda bir oydan bo’ladi.Bayrog’imizdagi 12 yulduz ana shu burjlarning ramzidir.

O’g’abek.

Yangi oy tasviri esa ertangi nurli kelajakka bo’lgan umid va ishonchimizning ulkan ekanligidan dalolat.

Jasmina.

Shuningdek bayrog’imizdagi moviy rang- tinch osmonimiz, oq rang – muqaddas tinchlik , yashil rang esa tabiatning yangilanish timsoli sanaladi.Qizil chizig’lar – vujudimizdagi jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.

Darsimizning oltin qoidalarini eslatib o’tamiz.


-Biz o’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

- Biz o’tgan darsda so’z va so’z tarkibi, mavzusi bilan tanishgan edik.

-O’tilgan mavzuni “ Tanla javob ber” ta’limiy o’yini orqali mustahkamlaymiz.Bolalar hozir o’lkamizda qaysi fasl.

-Kuz fasli.Kuz faslining asosiy belgilardan biri nima?

-Daraxtlarning barglarini sarg’ayib to’kilishi.

-Juda yaxshi bolalar, e’tibor bering doskada burglar ilingan.Barglar orqasiga

Savollarga javob berishingiz kerak bo’ladi.Har bir to’g’ri javob “Rag’bat” va”Jarima” kartochkalar bilan ballanib boriladi.

Savollar.

1.So’zning asosi nimani ifodalaydi.

2.So’z yasovchi qo’shimchalarni ayting?

3.So’zlarni bog’lovchi qo’shimchalarniayting?

4.Qo’shimchalar nima uchun so’z yasovchi va so’zlarni bog’lovchi deb turlarga ajratiladi?

5.Qaysi qo’shimchalar asosdosh so’zlarni hosil qiladi?

6.Tildagi so’zlar qanday ko’payib borishni bilasizmi?

7.Gul so’zidan asosdosh so’zlar hosil qiling.

8.Berilgan so’zlardan gap hosil qiling.

9.Tuz so’zidan asosdosh so’zlar hosil qiling.

10.Mehnat so’ziga so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar qo’shib tuslang.

Husnixat daqiqasi. ( O’zbekiston Respublikasi bayrog’iga bag’ishlab)she’r.

Hilpira bayrog’im, hilpira mag’rur

Ozod, hur xalqimga baxsh etish surur.

Birlashgan millatlar koshonasida

Hilpira bizlarga baxsh etib g’urur.

Yangi mavzu: So’z turkumlari.

“Rasmli diktant”

Shifokor, o’qituvchi, oshpaz, tikuvchi, gul, parta, paxta, daraxt.

O’qituvchi o’quvchilarga o’yinchoq mashinani ko’rsatib so’raydi.

Bu-nima?-mashina.

Mashinani kim boshqaradi?haydovchi. Haydovchi so’ziga so’roq bering kim?. Kim? Nima ? so’roq javob bo’lgan so’zlar nimani bildiradi.(shaxs va narsa) Mashinanig rangi qanday? qizil. Qizil so’zi shaxs-narsa nimasi? belgisi. Shaxs narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roq javob bo’ladi.(qanday? qanaqa?) Mashina nechta (bitta). Bitta so’zi narsaning nimasini bildiradi sonini.

Narsaning sonini bildiradigan so’zlar qanday? so’roq javob bo’ladi.(nechta qancha) Mashina nima qiladi? Harakatlanadi. Harakatlanadi so’zi shaxs narsaning nimasni bildiryapti?(harakatini) Shaxs narsa harakatni bildirgan so’zlar qanay so’roqga javob bo’ladi.O’quvchilar qanday so’z turkumlari borligini esga olib aytadilar.

136-mashq. Ona tilim

A.Oripov she’ri o’quvchilarga ifodali o’qitiladi.

Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’roq berib, qaysi so’z turkumiga kirishini aytadilar.

Ming ( necha? Son) o’zgarmaydi(nima qilmaydi? fe’l) bulbul (nima? ot) she’rga (nimaga ot) to’ti(nima? ot).

137-mashq. Matnni o’qing.

Matn sizga kim haqida ma’lumot berdi? Z.Diyorning qaysi she’rlarini yod olgansiz.

Behruz.

“Serquyosh o’lka” “Binafsha” “Bahor yaqin” Ona tilim “ Lola” “Turnalar” men g’unchaman.

Matnda nechta gap bor? 4ta .

Ajratilgan gapni ko’chiring.

Zafar Diyor(kim, ot) 1912-yilda (nechanchi? Son) chsut tumaning samsogtepa(qayerda ot) qishlog’da tug’uldi.( nima qildi? fe’l).

138-mashq. So’zlarni o’qing ularni so’roqlar yordamida turkumlarga ajratib yozing.Kim? nima? Pahlavon, qovun, giyoh, dehqon, uchuvchi, kitobxon qanday? sovuq, issiq, ziyrak necha? Nechanchi? To’qqiz, yeti, nima qildi? Ergashayapti, chanqatdi, pishibdi-sug’urmoqchi.

Dam olish daqiqasi.

MUstahkamlash.

Sifat qanday?qanaqa? shaxs va narsa belgisini

Ot kim? Nima?shaxs va narsa nomini ega

“Venn diagrammasi”


So’z turkumlari


Fe’l nima qildi? Nima qilyapti?nima qilmoqchi?

Son nechta, qancha sanog’ini tartibini


“Tog’ri tanla” ta’lim o’yinni.

Bunda stol ustida har xil so’zlar yozilgan burglar va so’z turkumlari yozib savollar 1-guruh ot, 2-guruh sifat, 3-guruh fe’l.

Tegishli barglarni savollarga soladilar.

“Yelpig’ich” metodi

Ungacah har bir qatorga 1 varaqdan beriladi. 1-guruh kim? Nima? 2-guruh qanday? qanaqasi? 3-guruh nima qildi? Nima qilmoqchi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni yozadilar.



Dars yakunida o’quvchilar bilimini baholab, rag’batlantirish.

Uyga vazifa 139- mashq.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq dars:So'z turkumlari

Автор: Irgasheva Muatar Abdurashidovna

Дата: 01.04.2020

Номер свидетельства: 544926


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства